Energatika va sa



Download 13 Mb.
Pdf ko'rish
Sana27.10.2022
Hajmi13 Mb.
#857050
Bog'liq
Kompьyuter tizimlari va telekommunikatsiyalar-maruza-1585082888



1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK­QURILISH INSTITUTI
“ENERGATIKA VA SA” FAKULTETI
«INFORMATIKA VA AT» KAFEDRASI
“KOMPYUTER TIZIMLARI VA TELEKOMMUNIKATSIYA”
FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI


2
1.
SHaxsiy kompьyuterlarning asosiy bloklari va ulaning vazifalari.
Mikprotsessor, sistemali shina, asosiy xotira, tashqi xotira, ta’minot
manbai, taymer, tashqi qurilmalar
2.
Kompьyuter tizimlarining tuzilishi.Kompьyuter tizimlari. Asosiy tushunchalar va
tariflar. Kompьyuter tizimlari rivojining asosiy bosqichlari.
3.
Kompьyuter tizimlarining arxitekturasi va klassifikatsiyasi. Kompьyuter
tizimlarining funktsional va strukturaviy tashkil etish, hamda ularning
xususiyatlari. Ko’p mashinali va ko’p protsessorli kompьyuter tizimlari
4.
Kompьyuter tarmog’i turlari. asosiy tashkil etuvchi apparatlari. Turli tarmoqlarni hosil
qilishda texnik ta’minot tarkibi, dasturiy tashkil etuvchilari.
5.
Flin klassifikatsiyasi. O’lchashlar uchun mo’ljallangan kompьyuter tizimlari.
Avtomatik boshqarish uchun mo’ljallangan kompьyuter sistemalari. Texnik
diagnostika. Tarmoqlarni qurishda vujudga keladigan asosiy muammolar.
6.
Kompьyuter tarmoqlar xavfsizligi. Axborot
xavfsizligini ta’minlash. Kriptografik
tizimlar. Maxfiy kalitlar, parolь.
7.
Aloqa liniyalari orqali ma’lumotni uzatish muammolari. telefon orqali internetga
ulanish
8.
Bir nechta kompьyuterlarni o’zaro bog’lash Ethernet texnologiyasi. Ethernet
texnologiyasi asosida tarmoqlar qurish xususiyatlari va ularning arxitekturasi.
Fast Ethernet texnologiyasi. Fast Ethernet texnologiyasi asosida qurilgan LKT
xususiyatlari.
9.
Faks­modemlar va ularning interfeyslari. Faks aloqasini o’rnatish tamoyillari. Faksimil
qurilmasi axborotlarini jo’natish va qabul qilish.
10. Elektron pochta va manzillari. O’zaro ma’lumotlar ayirboshlash vositasi.ep da
matnlarni, rasm, grafika, video, tovushlardan tashkil topgan ma’lumotlarni jo’natish
va qabul qilish. Ep ni o’rnatish va u bilan ishlash. Etiketi. Ms outlook express dasturi.
11. World wide web da ishlash. Internet resurslarini manzilgoxdan uslubiyoti. Gipermatn
va gipermedia. Www asosiy kontseptsiyalari.
12. Tarmoqlarni qurishni ko’p sathli yondashish asosida amalga oshirish. Protokol.
Interfeys. Protokollar steki.
13. OSI modeli. OSI modeli sathlari. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi va tarkibi.
14. Token Ring texnologiyasi. Token Ring texnologiyasining asosiy xususiyatlari va uning
tarkibiga kiruvchi maxsus vositalar.
15. FDDI texnologiyasi. asosiy xususiyatlari va uning tarkibiga kiruvchi maxsus vositalar.
16. Ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari va vositalari. ATM texnologiyasi.
17. Global kompьyuter tarmoqlari. Global tarmoqlarning turlari. Internet tarmog’i
arxitekturasi.
18. Kompьyuter tarmoqlari yordamida elektron kitoblarni o’zlashtirish.
Gipermedia kitoblar, mulьtimedia kitoblar. Giper murojaat qilish printsiplari.
Foydalanilgan adabiyotlar
1­ ma’ruza: SHaxsiy kompьyuterlarning asosiy bloklari va ulaning vazifalari.


3
Mikprotsessor, sistemali shina, asosiy xotira, tashqi xotira, ta’minot manbai, taymer,
tashqi qurilmalar
Reja:
SHaxsiy kompьyuterlarning asosiy bloklari va ulaning vazifalari.
Mikprotsessor, sistemali shina, asosiy xotira, tashqi xotira.
Kompyuterni elektr tarmoq manbaiga ulash.
Kompyuternining tashqi qurilmalari.
Tayanch iboralar:
Informatika, informatsiya birligi, bit, bayt, kilobayt, megabayt, gigabayt, kompьyuter,
elektron lampa, tranzistor, integral sxema, mikrosxema, protsessor, xotira, disk, diskovod,
disketa,
operativ xotira, mikroprotsessor, displey, printer, klaviatura, venchester,
sichqon, CD ROM, multimedia, plotter, skaner, modem va hujjatlarni nusxalovchi
vositalar.
Kompьyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari, ularning ishlash printsiplari.
Kompьyuter konfiguratsiyasi. Zamonaviy kompьyuterlarning turlari
Kompьyuterlarning tuzilishi. Yuqorida aytib o’tilganidek zamonaviy kompьyuterlarning
barchasi fon Neyman tamoyillari asosida yaratilgan, ya’ni ularning barchasi bir xil
funktsional tuzilmaga ega.
Kompьyuter konfiguratsiyasi deb uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar ro’yxatiga va
bu qurilmalarning asosiy parametrlariga aytiladi.
Zamonaviy kompьyuterlar quyidagi asosiy bloklardan tashkil topadi.


4
Protsessor (tizim) bloki;
Monitor;
Klaviatura va sichqoncha.
Protsessor bloki tarkibiga kamida quyidagi qurilmalar kiradi.
Korpus va elektr ta’minoti bloki;
Asosiy plata;
Mikroprotsessor va uni sovutuvchi kuler;
Tezkor xotira;
Vinchester turidagi tashqi xotira. Ulardan tashqari, protsessor bloki ichida optik
disklar: CD va DVD larni o’qiydigan va ularga ma’lumot yozadigan qurilmalar,
videoprotsessor platasi, internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio,
oddiy yoki sun’iy yo’ldosh televideniesini qabul qiluvchi qurilmalar va boshqa shunga
o’xshash jihozlar joylanishi mumkin.
Kompьyuterga ulanadigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, joystik, ovoz
kuchaytirgich, mikrofon, printer, skaner, foto va video kamera, mobilь telefon, flesh
xotira, tashqi vinchester, mahalliy kompьyuter tarmog’i, internetga ulanish kabeli va
boshqa shunga o’xshash qurilmalar protsessor blokiga uning old va orqa tomoniga
chiqarilgan ulanish nuqtalariga ulanadi.
Kompьyuterga ulanadigan, to’g’rirog’i, uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar
joylashiga ko’ra to’rt toifaga bo’linadi: joylangan, ichki, tashqi va qo’shimcha. Joylangan
qurilmalar asosiy plata tarkibiga kiradi. Ichki qurilmalar turli shinalar orqali asosiy
plataga ulanadi va kompьyuterning protsessor bloki ichida joylashgan bo’ladi. Tashqi
qurilmalar deb kompьyuterning asosiy
konfiguratsiyasi
tarkibiga
kiruvchi
va
protsessor
blokidan
tashqarida
joylashgan qurilmalar: klaviatura, sichqoncha,
monitor, printer, flesh xotira, ovoz kuchaytirgich kabi qurilmalarga aytiladi. Qo’shimcha
qurilmalar deb kompьyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kirmaydigan va
protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: proektor, skaner, videokamera va
boshqalarga aytiladi.
Funktsional vazifasi (ma’lumotlarni kiritishi va chiqarishiga) ko’ra qurilmalar uch
toifaga ajratiladi: kirituvchi, chiqaruvchi, hamda kirituvchi va chiqaruvchi kirituvchi
qurilmalar. Masalan, klaviatura kirituvchi, monitor chiqaruvchi, vinchester ham
kirituvchi, ham chiqaruvchi qurilmadir


5
Korpus. Kompьyuter korpuslari odatda tik va yotiq ko’rinishda bo’ladi. Tik
korpuslar Tower (minora) deb ataladi va ularning uchta turi bor: big (katta, balandligi 19
dyuym), midi (o’rta, 16 dyuym), mini (kichik, 13 dyuym). Ulardan birinchisi odatda
serverlar va o’ta kuchli kompьyuterlar, ikkinchisi ommaviy kompьyuterlar, uchinchisi
arzon kompьyuterlar uchun mo’ljallangan. Yotiq korpuslarning balandligi juda past
bo’lib, ular odatda ustiga monitor qo’yishga mo’ljallangan.
Keyingi paytda super mini tower va monoblok deb ataluvchi korpuslar
ommaviylashib bormoqda. Ularning ommaviylashuvining asosiy sababi birinchidan ular
kam joy egallaydi, ikkinchidan ularning boshqalardan ajralib turuvchi dizaynidir. Super
mini tower korpuslarining balandligi boshqa korpuslarning balandligidan 2­3 marta kam.
Monobloklarda esa tizim korpusidan butunlay voz kechilgan. Unda barcha
qurilmalar monitor korpusiga joylanadi.


6
Kompьyuter korpusi mustahkam bo’lishi kerak. Unga bir necha ventilyatorlar
o’rnatiladi va ular kuchli tebranishlarga sabab bo’ladi. Bu tebranishlar vinchester turidagi
disklar uchun juda xavfli. Korpus karkasi kuchli bo’lsa, ventilyatorlarning tebranishi
korpusning tebranishiga olib kelmaydi.
Korpusning
yana
bir
muhim
jihati
uning
qanday
asosiy
platalarga
mo’ljallanganligidir. Korpuslarning bu jihati form faktor deb ataladi. AT deb atalgan
korpuslar o’z o’rnini AT­X deb nom olgan korpuslarga bo’shatib berdi.
Korpuslar ularga o’rnatilgan elektr ta’minoti blokining quvvati bilan ham
farqlanadi. AT korpuslaridagi ta’minot bloki quvvati 100 – 300 Vatt bo’lsa, AT­X
korpuslarida bu ko’rsatkich 350 – 500 Vattga teng. Ta’minot bloklari 5 va 12 Volьt
kuchlanishli elektr toklarini ishlab chiqaradilar.
Ilgarilari mikroprotsessorlarga ham 5 volьtli kuchlanishli elektr toki berilardi.
Mikroprotsessorlarda tranzistorlar soni oshishi bilan ularda ajraladigan issiqlik miqdorini
kamaytirish uchun 5 volьt kuchlanish avval 3 volьtgacha, so’ng 1,1 volьtgacha kamaydi.
Protsessor.
Protsessor esa asosiy qurilma bo’lib, unda mikroprotsessor, operativ xotira, qattiq
disk, kontroller, disketalar bilan ishlash uchun qurilmalar va hokazolar joylashadi.
Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi:
Mikroprotsessor ­ kompьyuterni boshqarish va barcha hisob ishlarini bajaradi.
Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga
100 million amalga va undan ortiq bo’lishi mumkin.


7
Operativ xotira protsessor uchun zarur bo’lgan programmalar va ma’lumotlarni
saqlaydi. Kompьyuter o’chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o’chiriladi.
Qattiq diskdagi programma va ma’lumotlar o’chiriladi.
Qattiq diskdagi programma va ma’lumotlarni doimo saqlaydi.
Elektron sxemalar (yoki kontrollerlar)
kompьyuterga
kiruvchi (monitor,
klaviatura va hokazolar) turli qurilmalar ishini boshqaradi.
Kiritish ­chiqarish porti orqali protsessor bilan ma’lumot almashadi.
Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda
umumiy portlar mavjud.
Umumiy portlarga printer, "sichqoncha" ulanishi mumkin.
Umumiy portlar 2 xil bo’ladi: parallel ­ LPT1 ­ LPT4 bilan belgilanadi va
ketma­ket COM1 ­ COM3 bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish chiqishni ketma­ket
portga nisbatan tezroq bajaradi.
Mikroprosessor
Mikroprosessor (MP) SHK ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha
bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy
amallarni bajarish uchun mo’ljallangan.
Mikroprosessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.
Boshqarish qurilmasi (Bq): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq
boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar
bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi;
bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu
adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli
ketma­ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
Arifmetik­mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik
va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi modellarida
amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik soprosessor ulanadi).
Mikroprosessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining yeng yaqin taktlaridagi
hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish
uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini
ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprosessorning
samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har
doim ham ta’minlayvermaydi.
Registrlar —
turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi
yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka yega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX
yacheykalaridan farqli o’laroq,).
Mikroprosessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan ulash va
aloqa qilish uchunmo’ljallangan, u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi, buferli eslab
qolish registrlari va kiritish­chiqarish portlarini (KCHP),boshqarish sxemalari va tizimli
shinani oladi.
Interfeys (interfase) — kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa qurilmalari
to’plani bo’lib, ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.
Kiritish­chiqarish porti (I/O port) — ulash apparaturasi bo’lib, mikroprosessorga boshqa
qurilmalarni ulash imkonini beradi.
Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy tavsiflaridan biri


8
hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi, negaki mashinadagi har bir
amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.
Qo
’shimcha integral mikrosxemalar
SHK ning tizimli shinasiga va MP ga tipik tashqi qurilmalar bilan bir qatorda ba’zi bir
qo’shimcha integral mikrosxemalar ulangan bo’lishi mumkin; ular mikroprosessorning
ish imkoniyatlarini kengaytiradi va yaxshilaydi: matematik soprosessor, xotiraga bevosita
murojaat qilish nazoratchisi, kiritish­chiqarish soprosessori, uzilishlar nazoratchisi va b.
Matematik soprosessor qayd qilingan va ko’chib
yuradigan nuqtali ikkilik sonlar ustida, ikkilik
kodlangan o’nlik sonlar ustida amallar bajarishni
tezlashtirish uchun, ba’zi bir transsendent, shu
jumladan trigonometrik funksiyalarni hisoblash uchun
keng ishlatiladi. Matematik soprosessor o’zining
buyruqlar tizimiga yega va asosiy MP bilan parallel
(vaqt bo’yicha kelishilgan holda), lekin MP boshqaruvi
ostida ishlaydi. Amallarni bir necha o’n martalab
tezlashtiradi. MP ning oxirgi modellari, 80486 DX MP dan boshlab, soprosessorni o’z
strukturasi ichiga olgan.
Xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi MP ni magnit disklardagi yig’uvchilarni
bevosita boshqarishdan holos yetadi, bu yesa SHK ning samarali tezkorligini jiddiy
oshiradi. Bu nazoratchisiz TXqva TEQQ orasidagi qiymatlarni almashish MP registri
orqali ikki qadamda, nazoratchi bor bo’lganda yesa bir qadamda amalga oshiriladi
qiymatlar bevosita, MP ni chetlab o’tib, TXQ, va TEQQ, o’rtasida uzatiladi.
Kiritish­chiqarish soprosessori — MP bilan parallel ishlashi hisobiga, bir nechta tashqi
qurilmalarga (displey, printer, QMDY, EMDY va b.) xizmat ko’rsatganda
kiritish­chiqarish jarayonlarini bajarishni juda tezlashtiradi; MP ni kiritish­chiqarish
jarayonlarini qayta ishlashdan ozod yetadi, shu jumladan xotiraga bevosita murojaat
qilish rejimini amalga oshiradi.
Uzilishlarning nazoratchisi
SHK da muhim rol o’ynaydi.
Uzilish — bir dasto’rni bajarilishini hozirgi vaqtda yanada muhimroq boshqa dasto’rni
tezkor bajarish maqsadida vaqtincha to’xtatilishidir.
Uzilishlar kompyuterni ishlashida doimo paydo bo’ladi, shuni aytish yetarliki,
ma’lumotlarni kiritish­chiqarishning hamma jarayonlari uzulishlar bilan bajariladi,
masalan, taymerdan uzulishlar uzulish nazoratchisi tomonidan sekundiga 18 marta hosil
qilinadi va xizmat ko’rsatiladi (tabiiyki, foydalanuvchi
ularni sezmaydi).
Uzilishlar quyidagilarga bo’linadi:
• kiritish­chiqarish bazaviy tizimidan uzulishlar yoki quyi
daraja uzulishlar;
• operasion tizimdan uzulishlar yoki yuqori daraja
uzulishlari.


9
Uzilishlar nazoratchisi uzulish jarayonlariga xizmat ko’rsatadi, tashqi qurilmalardan
uzulishga so’rovni qabul qiladi, bu so’rovni muhimlilik darajasini aniqlaydi va MP ga
uzulish xabarini beradi. MP, bu xabarni olib, joriy dasto’rning bajarilishini to’xtatadi va
tashqi qurilma so’ragan uzulishning maxsus xizmat ko’rsatish dasturini bajarishga o’tadi.
Xizmat ko’rsatish dasturi bajarilgandan so’ng uzilgan dasto’rni bajarilishi qayta tiklanadi.
Uzilishlar nazoratchisi dasturlanadigan hisoblanadi.
Klaviatura. Klaviatura kompьyuterga harf va raqam ko’rinishidagi ma’lumotlar va
buyruqlarni kiritish uchun ishlatiladigan tashqi qurilmadir. U yozuv mashinasining
klaviaturasiga o’xshab ketadi, lekin unga nisbatan kengroq imkoniyatlarga ega. Uning
tugmalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Harf va raqamlarni kiritish tugmalari.
Boshqarish tugmalari
Funktsional tugmalar.
Kursorni boshqarish tugmalari.
Qo’shimcha klaviatura tugmalari.
Mulьtimedia bilan ishlash uchun qo’shimcha tugmalar.
Barcha klaviaturalarda tugmalar to’plami deyarli bir xil. Ular odatda bir­biridan faqat
mulьtimedia bilan ishlash uchun mo’ljallangan qo’shimcha tugmalarining soni va
joylashishi bilan farq qiladilar. Oxirgi paytda tugmalarining joylashishi biroz
o’zgartirilgan ergonomik (foydalanuvchi uchun qulay va bezarar) klaviaturalar urf
bo’lmoqda.
Klaviaturalarni kompьyuterga ulash uchun hozirgi paytda maxsus raz’em OS/2 dan
foydalaniladi. Bu raz’emni 25 yil avval IBM kompaniyasi birinchi marta qo’llagan edi.
Kompьyuterga standart USB port orqali ulanadigan klaviaturalar ham ko’payib
bormoqda. Bundan tashqari kompьyuterga infraqizil nurlar yordamida ulanadigan simsiz
klaviaturalar ham bor.
Sichqonchalar. Sichqonchasiz kompьyuter bilan ishlashning deyarli iloji yo’q. Grafik
interfeysli dasturlar bilan ishlash uchun maxsus ishlab chiqilgan sichqoncha, ayniqsa
kompьyuterda ishlashni endi boshlaganlar uchun juda qulay. Sichqonchaning ekranda
kursor deb ataluvchi ko’rsatkichi bo’lib, sichqonchani joyidan qimirlatsak, kursor ham
unga mos ravishda harakatga keladi.
Sichqoncha yordamida bir necha amalni bajarish mumkin xolos, lekin bu amallardan
barcha dasturlarda keng foydalaniladi. Bular uning chap tugmasini bir yoki ikki marta
chertish, o’ng tugmasini bir marta chertish, uning g’ildiragini aylantirish va chap
tugmasini bosib turib sichqonchani yurgizishdir.
Hozirgi paytda sichqonchaning lazerli deb ataluvchi turi ishlab chiqariladi. Bunday
sichqonchaning harakati lazer nuri yordamida aniqlanadi. Avvallari sichqoncha sharikli
mexanik qurilmaga ega bo’lib, uning yordamida harakat yo’nalishi aniqlanar edi.


10
Sichqonchalar ham klaviaturalar kabi kompьyuterga OS/2, USB portlari orqali yoki infra
qizil nurlar yordamida simsiz ulanishi mumkin.
Monitorlar. Kompьyuter qanchalik kuchli bo’lmasin, u ma’lumotlarni foydalanuvchi
uchun qulay ko’rinishda tasvirlab bera olmasa, undan hech qanday foyda yo’q.
Foydalanuvchi kompьyuterdagi ma’lumotlarni asosan, monitor orqali oladi. Monitor
ma’lumotlarni chiqarish qurilmasi hisoblanadi.
Hozirgi paytda sensorli (sezgir) ekranli monitorlar ham ishlab chiqarilsada, ular shaxsiy
kompьyuterlarda hozircha keng tarqalmagan. Bunday sensorli ekranlardan telefonlarda,
bookreader (elektron kitoblarni o’qish uchun mo’ljallangan qurilmalar), sotuv
avtomatlarida va ba’zi noutbuklarda foydalaniladi. Sensorli ekranlarda sichqoncha
vazifasini foydalanuvchi barmoqlari bajaradi. Ularda biron ob’ektni sichqoncha
yordamida chertish o’rniga ekrandagi shu ob’ektni barmoq bilan chertish yetarli.
Monitorlar birinchi navbatda ularda ekran sifatida nima ishlatilishi bilan farqlanadi.
Dastlab monitorlar elektron nurli trubkalardan foydalanganlar. Ular CRT (Color Ray
Tube – rangli nur trubkalari) deb nomlanadi. Ularda ekrandagi tasvir elektron nur
yordamida yaratiladi. Rangli tasvir yaratish uchun bunday trubkalarda bir vaqtda uchta
nurdan foydalaniladi. Bu nurlar asosiy ranglar deb ataluvchi: Red (qizil), Green (yashil)
va Blue (ko’k) ranglarga mos keladi. Uchta asosiy ranglarni qo’shib, tabiatda
uchraydigan deyarli barcha ranglarni yaratish mumkin. SHu sababli, monitorlarda rang
hosil qilish va rangli tasvirlarni saqlashning ba’zi sistemalari RGB qo’shiluvchi ranglar
sistemasi deb ataladi. CRT monitorlari hozircha keng tarqalgan bo’lsa­da, bugungi kunda
deyarli ishlab chiqarilmaydi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan monitorlarning deyarli barchasi suyuq kristalli
monitorlardir. Dastlab, bundan qirq yil oldin elektron soatlar va kalkulьyatorlarda
foydalanilgan suyuq kristallar hozir deyarli barcha tasvirlarni aks ettiruvchi qurilmalarda
ishlatiladi. LCD (Liquid Crystal Display – cuyuq kristalli displey) deb ataluvchi bu
monitorlar foydalanuvchilar orasida o’zining tashqi o’lchamlari sababli yassi monitor deb
ham ataladi. Bu monitorlarda odatda suyuq holda bo’ladigan, lekin elektr toki ta’sirida
kristallana oladigan va rangini o’zgartiradigan moddalardan foydalaniladi.
Yana bir monitorlarning turi bu plazmali monitorlardir. Ularning ishlash tamoyili
shimoliy qutb yog’dusiga o’xshab ketadi. Bu monitorlarda gaz yuqori haroratli plazma
ko’rinishida bo’ladi va ulardan elektr toki o’tganda o’zidan yorug’lik nuri chiqaradi. Bu
monitorlarda tasvir elementlari (piksellarning) o’lchamlari ancha katta bo’lib, ularni
kichiklashtirishning deyarli iloji yo’q. SHu sababli, bunday monitorlarning o’lchamlari
bir necha metr bo’lib, ular shaxsiy kompьyuterlarda deyarli foydalanilmaydi.
So’nggi paytda yarim o’tkazgichli fotodiodlardan foydalanadigan monitorlar keng ishlab
chiqarila va narxlarning pasayishi sababli ommaviylasha boshlandi. Bunday monitorlar
LED (Light Electronic Diode – yarim o’tkazgichli fotodiod) deb nom olgan. Suyuq
kristallar yorug’lik manbasidan chiqayotgan nurlarni o’tkazsa, fotodiodlarning o’zi


11
yorug’lik manbasidir. SHuning uchun bu monitorlarning bir qator parametrlari, birinchi
navbatda tasvirning kontrastligi boshqa turdagi monitorlarga nisbatan juda yuqori.
Ular LCD va plazmali monitorlarning kamchiliklari: ko’rinish burchagining kichikligi,
ekrandagi tasvir kontrastligi va yorqinligining nisbatan pastligi kabi kamchiliklardan holi.
Fotodiodli (boshqacha nomi nurli diodli) monitorlarning o’lchami 12 dyuymdan 200
dyuymgacha bo’lishi mumkin. Katta o’lchamli (masalan, 4X3m2) monitorlar hozirgi
kunda ko’chalarda ko’plab uchraydi. Ular, xattoki, quyosh nurlari ostida ham yaqqol
ko’rinadigan tasvirlar yarata oladilar.
Monitorlar o’lchamlarining nisbati bilan ham farqlanadi. CRT monitorlarning o’lchamlari
nisbati 4X3 kabi. Dastlab LCD monitorlarning nisbati 4X3 kabi bo’lgan bo’lsa,
keyinchalik maishiy kinoteatrlarining keng tarqalishi sababli, 5X3 nisbatdagi, so’ngra
16X9 nisbatdagi monitorlar ommaviylashib ketdi.
Monitorlarning yana bir muhim parametri ularning o’lchamlaridir. Monitorlarning
o’lchamlari televizorlardagi kabi ularning diagonali uzunligi bilan o’lchanadi, bunda
o’lchov birligi sifatida dyuymdan foydalaniladi. Bir dyuym 2,56 smga teng. Dastlab 12
va 14 dyuymli monitorlar ishlab chiqilgan bo’lsa, keyinchalik 15 va 17 dyuymli, oxirgi
paytda 19 va 22 dyuymli monitorlar urf bo’ldi. Hozirgi paytda 32 va 42 dyuymli
monitorlar ham ishlab chiqariladi.
Monitorlarning yana bir muhim parametri undagi piksellar sonidir. Bu son undagi
ustunlar va satrlar soni orqali aniqlanadi, masalan 640X480. 4X3 nisbatdagi monitorlar
uchun piksellar soni 800X600, 1024X768, 1280X960, 1600X1200 bo’lishi mumkin.
Keng formatli (16X9 o’lchamli) monitorlar uchun piksellar soni 1280X720 ga (HD –
High Definition – yuqori aniqlikdagi) teng. Hozirgi paytda piksellari soni 1920X1080 ga
teng (Full HD – to’liq HD) monitorlar ham ko’plab ishlab chiqarilmoqda.
Nazorat savollari:
Zamonaviy kompьyuterlarning qanday sinflarini bilasiz ?
Protsessorning vazifasini tushuntiring.
Xotiraning turlari va ularning vazifasi qanday ?
Qanday tashqi qurilmalarni bilasiz ?
IBM PC kompьyuterining asosiy va qo’shimcha qurilmalari va ularning vazifalari
nimadan iborat ?
Xotira qurilmalari nima?
Mikroprotsessor nima ?
Kompьyuterning dasturli ta’minoti deganda nimani tushunasiz?
Skaner va strimer nima ?


12
3­ ma’ruza: Kompьyuter tizimlarining arxitekturasi va klassifikatsiyasi. Kompьyuter
tizimlarining funktsional va strukturaviy tashkil etish, hamda ularning xususiyatlari. Ko’p
mashinali va ko’p protsessorli kompьyuter tizimlari
Reja:
Kompьyuter tizimlarining arxitekturasi va klassifikatsiyasi.
Kompьyuter tizimlarining funktsional va strukturaviy tashkil etish, hamda ularning
xususiyatlari.
Ko’p mashinali va ko’p protsessorli kompьyuter tizimlari
Informatsion texnologiya vositalari
Kompьyuter tarmog’i –
alohida joylashgan kompьyuterlar o’rtasida ma’lumotlar
almashuvini tashkil etuvchi jixozlar va dasturiy ta’minotlar majmuasi (o’rtadagi masofa
bir necha metrdan minglab kilometrgacha bo’lishi mumkin).
Markazlashgan boshqaruvli
tarmoqda
bir yoki undan ortiq ajratilgan kompьyuterlar (serverlar) bo’lib, ular tarmoq
bo’yicha ma’lumotlar almashuvini boshqaradi (qolgan kompьyuterlarni
ishchi statsiyalari
deb ataladi). Bir xil rangli tarmoqda esa ajratilgan kompьyuter bo’lmaydi (bunda
boshqarish funktsiyasini ishchi stantsiyalarlarda biri yoki ular navbati bilan bajaradi).
Kompьyuter tarmog’ining dasturiy ta’minoti ­
alohida joylashgan kompьyuterlar
o’rtasida ma’lumotlar almashuv funktsiyasini bajaruvchi dasturiy majmua. Xozirgi
vaqtda kompьyuter tarmog’ining dasturiy ta’minoti operatsion sistemaning tarkibi qismi
sifatida kiritilgan (ular alohida o’rnatilishi ham mumkin).
Lokal hisoblash tarmog’i –
uzoq masofada bo’lmagan alohida joylashgan
kompьyuterlar o’rtasidagi aloqa tizimi (bir xona yoki binoning qavati miqyosida). Ular
bir xil tipdagi bin necha o’n kompьyuterlarni bir biri bilan bog’laydi. Bularda aloqa
liniyalari sifatida ikki simli kabel yoki koaksional kabel ishlatiladi.
Korporativ hisoblash tarmog’i –
TCP/IP protokoli bilan ishlaydigan, Internet
kommunikatsiya standartlarini va server ilovalarini ishlatadigan tarmoq. Bu tarmoq
Internetga ulangan bo’lishi shart emas. Bunday tarmoqlar tashkilot yoki muassasa
miqyosida tashkil etiladi.
Global hisoblash tarmog’i
ko’plab lokal tarmoqlarni va millionlab turli xildagi
EHMlarni dunyo bo’yicha birlashtiradi. Bunday tarmoqda aloqa liniyalari sifatida
optokabel yoki kosmik radioliniya aloqasi ishlatiladi.
Ishchi guruh (workgroup) ­
bir nechta kompьyuterlar to’plami bo’lib, ular qulaylik
uchun tarmoq resurslarini ko’rishda bir xil nom yuritiladi.
Domen (domain) ­
tarmoq administratori tomonidan belgilangan kompьyuterlar
turkumi. Bu kompьyuterlar WINDOWS NT Server operatsion sistemasida umumiy
ma’lumotlar bazasini va himoya tizimini ishlatishadi. Xar bir domen bir xil bo’lmagan
(unikal) nomga ega.
Tugun (uzel­host) –
tarmoqqa ulangan asbob (kompьyuter), u tarmoqda o’zining
adresi bilan ajratiladi (Masalan, Internet tarmog’ida host­adres unikal 32­razryadli ikki
hisoblash tizimidagi son).
Ma’lumotlarni uzatish tezligi –
kompьyuter tarmog’ida ma’lumotlarni uzatish
tezligi bir daqiqada necha bit (
v bitax v sekundu,
bps ­
bit per second) sifatida o’lchanadi
yoki bod (
boud
).


13
Trafik (traffic) –
ma’lumotlarni uzatishda axborotlar to’plami. Bu uzatuvchi
muxitning darajasini belgilovchi taxminiy ko’rsatkichdir (og’ir, o’rta va yengil trafiklar
bo’ladi).
Servar EHM –
klient EHMda tushayotgan so’rovlarni bajaradigan, yuqori tezlikka
va yetarli operativ va diskli xotira xajmga ega bo’lgan kompьyuter.
Fayl­server ­
klient EHMi foydalanuvchilari tomonidan ishlatiladigan ma’lumotlar
va dasturlar saqlanadigan va alohida ajratilgan EHM.
Server dasturi (prilojenie) –
klent­dasturi tomonidan tashkil etilgan so’rovlarni
bajarishga qodir bo’lgan dastur.
Klient EHM –
cheklangan resurslarga ega va serverda bajarishga mo’ljallangan
so’rovlar yuboradigan foydalanuvchi kompьyuteri.
Klent­dasturi –
alohida fuktsiyalarni bajarish maqsadida server­dasturga murojat
etuvchi dastur.
Protokol (Bayon) –
ikki va undan ortiq kompьyuterlarni bog’lashda ishlatiladigan
qoida va kelishuvlar to’plami.
Tormoq topologiyasi
(topology) –
tarmoqdagi
mashinalarning
fizik
konfiguratsiyasi
Marshrutizatsiya –
tarmoqda joylashgan ob’ektlar (kompьyuterlar) gacha bo’lgan
optimal yo’lni aniklash jarayoni
.
Paket (datagramma) –
birlashtirilgan va bir vaqtda jo’natiladigan ma’lumotlar
(xamma kommunikatsiya tarmoqlari ma’lumotlarni katta bo’lmagan qismlar – paketlar
yoki datagrammalar orqali yuboradi).
Tarmoq strukturasi.
Hozirda informatsion oqimni ortib borishi kompьyuterlarni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar
uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etishni taqozo qiladi. Buni butun dunyo
kompьyuter tarmog’i hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko’rish mumkin.
Uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan kompьyuterlar majmuiga kompьyuter tarmog’i
deyiladi. Bundan foydalanuvchilarni axborot almashuvi vositasi va apparat, dastur hamda axborot
tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.
Kompьyuterlarni tarmoqqa birlashishi qimmatbaxo asbob uskunalar ­ katta
hajmli disk, printerlar, asosiysi xotiradan
birgalikda foydalanish, umumiy dasturiy
vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi
kompьyuterlarni apparat resurslaridan foydalanish mumkin bunday tarmoqlar millionlab
kishilarni qamrab olib axborot tarqatish va qabul qilish jarayoni butunlay o’zgartirib
yubordi, xizmat ko’rsatish tarmog’ining keng tarqalgan turi – elektron pochta orqali
axborot almashuvini amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining
taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishni ta’minlash
va ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo’lib
foydalanishni
tashkil
etish.
SHuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari
o’rtasida
ma’lumotlarni uzatishnining qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Umumiy
axborotlashgan davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global kompьyuter
tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar
ishlashi uchun ma’lumot­larning umumiy ba’zasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda
yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.
Ma’lumotlar ba’zasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma’lumotlarni


14
markazlashtirishda, ma’lumotlarni ma’lum masofaga uzatishda va ularni taqsimlab
qayta ishlash borasida ko’pgina vazifalar mavjud. Bo’larga bir qancha misolar keltirish
mumkin: Bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar; bozorning ahvolini aks ettiruvchi tijorat
tizimi ("talab­taklif"); ijtimoiy ta’minot tizimi; soliq xizmati; orliq masofadan turib
kompьyuter ta’limi. Ko’rsatilgan ushbu barcha qo’shimcha ma’lumotlarni to’planishi,
saqlanishi va undan foydalana olish (kirish) noto’g’ri ma’lumotlar bo’lishidan va ruxsat
berilmagan kirishdan himoyalongan bo’lishi kerak. Ilmiy, xizmat, ta’lim, ijtimoiy va
ma’daniy hayot sohasidan tashqari global tarmoq millionlab kishilar uchun yangi xil dam
olish mashg’ulotini yaratdi. Tarmoq kundalik ishni va turli sohadagi kishilarning dam
olishini tashkil etish quroliga aylandi.
Kompьyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan hududiy taqsimlanishi
jihatidan tasniflash mumkin bunga ko’ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar
farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqlardan foydalanuvchi­larni qamrab
oladi va ko’pincha bir­biridan 10 – 15 ming kilometr uzoqlikdagi EHM va aloqa
tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalaniladi.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi
foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan
foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10 – 1000 kilometrni tashkil qiladi.
EHM lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin
binolardagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. CHunki 80 –
90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday
tuzilmaga
ega
bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompьyuterlar yuqori
tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi. Barcha
kompьyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo’lishi – lokal
tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug’lik o’tkazgich inson sochi
tolasi qalinligida
yasalgan. U o’ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel
hisoblanadi.
Lokal tarmoqda EHMlar orasidagi masofa uncha katta emas – 10 km. gacha,
radiokanal aloqasidan foydalanilsa – 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki
hisoblanadi va ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Kompьyuterni elektr tarmog’iga ulash 
Kompьyuterni ishonchli va beto’xtov ishlashi
uchun uni turli xil kutilmagan tasodiflardan
himoya qiluvchi, uning elektr tarmog’idan
ta’minlanishini maxsus tizimini ko’zda tutish
kerak.
Bu
kutilmagan
tasodiflar,
birinchi
navbatda
elektr
ta’minoti
parametrlarini
standartdan turlicha chetga og’ishlaridir.
Texnik nuqtai nazardan, bu:
• kuchlanishning yo’qolib qolishi (blackout —
shubxasiz, barcha kompьyuterlardan foydalanuvchilar xatto kuchlanishning qisqa vaqtli


15
yo’qolib qolishidan, shakllanishiga bir necha soatlab ish vaqti sarflangan asosiy
xotiradagi ma’lumotlarni yo’qolishidan ma’naviy iztirob chekkanlar;
• kuchlanishning o’tirib qolishi (brounout) — bir vaqtning o’zida bir nechta quvvatli
elektr energiyasi iste’molchilarining ulanishi bilan kelib chiqqan kuchlanish
amplitudasining juda qisqa vaqtga nominaldan pastga tushib ketishi;
• kuchlanishning sakrashlari (strike) — elektr energiyasining quvvatli iste’molchilari
ulanganda va o’zilganda, statik razryadlar va yashin urishlar bilan ham va elektr
tarmog’idagi o’tkinchi jarayonlar bilan ham chiqariluvchi, amplitudasi bir necha ming
voltlargacha yetadigan kuchlanishning qisqa vaqt oshib ketishi;
• elektromagnit halaqitlar (electromagnetic interference) — turli xil jixozlarning
ishlashidan kelib chiqadigan induktiv yoki galvanik oshib ketishlar natijasida kuchlanish
shaklining sinusoidal shakldan og’ishi;
• chastotaning og’ishi (frequency deviation) — kuchlanish manbai chastotasining doimiy
emasligidan kelib chiqadi.
Bu barcha og’ishlar, odam uchun deyarli kuchlanishni to’liq yo’qolib qolishidan
tashqari sezilmaydi, lekin kompьyuter ishini buzishi mumkin. Baholashlarga qaraganda,
SHK ishlashidagi 75 % tushuntirib bo’lmaydigan buzulishlar (osilib qolishlar, dasturlar
ishlashidagi uzulishlar, xotiraga murojaat qilishdagi xatoliklar) past sifatli elektr ta’minoti
sababli kelib chiqadi.
SHuning uchun kompьyuterni hech bo’lmaganda kerakmas ruxiy zarbalardan
saqlash uchun ham elektr tarmog’ining ko’ngilsiz ta’sirlaridan himoya qilish maqsadga
muvofiqdir.
Kompьyuterni elektr ta’minoti qurilmasining ushbu ikki tipini ishlatishni tavsiya
etish mumkin:
• tarmoqli filьtrlar;
• uzluksiz ta’minot manbalari;


16
Tarmoq filьtrlari (masalan, Pilot tipidagi) kompьyuterlar elektr ta’minoti
zanjirlarini va boshqa elektron apparaturani kuchlanish sakrashlaridan va elektromagnit
xalaqitlardan himoya qilish uchun mo’ljallangan.
Uzluksiz
ta’minot
manbalari
(UTM)
elektr
ta’minot
ko’ngilsizliklaridan kompьyuterni kompleks himoya qilishni amalga
oshiradi.
Ular ikki asosiy vazifani bajaradi:
• kirish kuchlanishi to’liq, yo’q bo’lib qolganda yoki o’zoq, vaqt keskin pasayganda
(o’rnatilgan diapazondan tashqarida) zaxiraviy elektr ta’minoti;
• kirish kuchlanishining ko’ngilsiz holatlarini bartaraf qilish yo’li bilan kuchlanishning
ma’qul sifatini ta’minlash.
Aytilgan vazifalarni amalga oshirish uchun UTM mos ravishda quyidagilarga ega:
• zaryadlash qurilmasiga ega bo’lgan akkumulyator batareyasi;
• elektromagnit va impuls xalaqitlarni bartaraf etish uchun kirish filьtri.
UTM uch tipda ishlab chiqariladi:
• zaxiraviy (off line) — faqat minimal himoyani ta’minlovchi oddiy UTM;
• interaktiv (line interactive), u zaxiradagidan kirish kuchlanishini doimiylashtirish
sxemasining borligi bilan farq, qilib, bu sxema, xususan, pasaygan ta’minot
kuchlanishida akkumulyatorning tez razryadlanishining oldini oladi;
• almashtiriluvchi (on line) yoki kuchlanishni ikkilangan o’zgartiruvchi, u himoyaning
eng yuqori darajasini ta’minlaydi, lekin ular nisbatan qimmatdir (taxminan 2 marta
qimmatroqdir).
UTM ni tanlashda birinchi navbatda quyidagilarga e’tiborni qaratish kerak:
• qurilmaning chiqish quvvati — u kompьyuterning barcha bloklari iste’mol qiladigan
quvvatdan taxminan 40 % ga kattaroq bo’lishi kerak;
• o’zib quyilgan ta’minotda avtonom ishlash vaqti;
• UTM tarmoqdan ishlaydigan kirish kuchlanishining ruxsat etilgan oralig’i.
Pirovardida bir necha maslahatlarni beramiz:
• odatda UTM yerga ulash sifatiga juda talabchandir; manba birinchi marta ulanganda
agar chiyillay boshlasa xayron bo’lmang — elektr tarmog’ining «erga ulash» va neytral
(betaraf)ini aloxida yotqizilishi to’g’risida oldindan g’amini yeyish tavsiya etiladi;
• UTM ga lazerli printerlarni ulash tavsiya etilmaydi — lazerli printer qizish vaqtida
iste’mol qiladigan tok nominal qiymatdan 10 marta oshib ketishi mumkin;
• bazi bir ishlab chiqaruvchilar qurilmani Yevropacha variantda sotishadi — harid


17
qilishda UTM da kirish kuchlanishi 220 volt bo’lishiga ishonch hosil qiling.
Nazorat savollari?
Nazariy qismda berilagan ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.
Elektr ta’minoti parametrlarini standartdan turlicha chetga og’ishlari deganda nima
tushuniladi.
Tarmoq filьtrlariga misol keltiring va amaliyotda kompьyuterni tarmoq filьtriga ulab
ishlating.
Uzluksiz ta’minot manbalari haqida ma’lumot bering. Amaliyotda kompьyuterni UTM
qurilmasi orqali ishlatish malakasini egallang.


18
4­ ma’ruza: Kompьyuter tarmog’i turlari. Tarmoqlarning asosiy tashkil etuvchi
apparatlari. Turli tarmoqlarni hosil qilishda texnik ta’minot tarkibi. Mahalliy tarmoqqa
xizmat ko’rsatish jarayoni Tarmoqlarning dasturiy tashkil etuvchilari. Tarmoqda ishlash
imkoniyatini beruvchi dasturlar.
Reja:
Lokal tarmoqlar.
Mintaqaviy tarmoqlar.
Global tarmoqlar.
Tayanch so’z va iboralar
: Tarmoq, stantsiya, lakal tarmoq, (LAN), mintaqviy tarmoq
(MAN), global tarmoq (WAN), Markazlashtirilgan.
Korxonalar miqyosida iqtisodiyotni boshqarish mazkur jarayonda katta
jamoalarning ishtirok etishini talab qiladi. Bu jamoalar shaharning turli tumanlarida,
mamlakatning turli mintaqalarida va hatto boshqa­boshqa davlatlarda joylashgan bo’lishi
mumkin. Boshqaruvni oqilona amalga oshirishni hal etish uchun axborot almashish tezligi
va qulayligi, shuningdek ma’muriyatning uzviy aloqada bo’lish imkoniyatlar muhim va
dolzarb bo’lib qoladi.
1970­1980 yillarda ushbu masalalarni hal etishda axborotni "markazlashtirilgan" qayta
ishlash tizimlaridan (1.3­rasm) foydalanish keng tus olgan edi. Katta moddiy harajatlar
talab qiluvchi elektron hisoblash mashinalardan (EHM) markazlashgan usulda foydalanish
avvalo uning hisoblash quvvatidan beunum foydalanishiga va kompьyuter resurslaridan
foydalanish imkoniyatlarini cheklanishiga olib keldi. Qolaversa markaziy EHM ning biror
bir qismining qisqa vaqtga bo’lsada ishdan chiqishi butun tizim uchun og’ir oqibatlarni
keltirdi. Bu esa informatsion tizim foydalanuvchilarining barchasining ishini to’xtatishga olib
keldi.
Kichik EHM kompьyuterlar, serverlarning dunyoga kelishi, hamda tarmoq
texnologiyalarining rivoji axborotlarni yig’ish va qayta ishlashning yangi "tarmoqlangan


19
qayta ishlash" texnologiyasini yaratishga asos bo’ldi (1.4­rasm).
Axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan tizimi informatsion tizimning shunday bir
turiki, unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida­alohida, lekin o’zaro
informatsion aloqa kanallari bilan bog’liq bo’lgan kompьyuterlarda amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko’p
mashinali birlashmalar tashkil etilib, ular ko’p mashinali hisoblash majmualari (KMQM)
yoki kompьyuter (hisoblash) tarmoqlari ko’rinishlarida amalga oshirilishi mumkin.
Ko’p mashinali hisoblash
majmualari yonma­yon joylashtirilgan hisoblash
mashinalari guruhi bo’lib, ular maxsus bog’lash vositalari yordamida birlashtirilgandir va
birgalikda yagona axborot hisoblash jarayonini bajaradi.
Kompьyuter (hisoblash) tarmog’i aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni
tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompьyuterlar va terminallar
to’plami bo’lib, u ko’p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.
Kompьyuter tarmog’i "tarmoq abonenti ", "stantsiya " va "fizik uzatish muhiti " kabi
tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
Tarmoq abonentlari tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni iste’mol
qiluvchi ob’ektdir.
Alohida EHMlar, EHM majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy
boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo’lishlari mumkin. Tarmoqning
har bir abonenti stantsiyaga ulanadi.
Stantsiya axborot uzatish va qabul qilish bilan borliq vazifalarni bajaruvchi ob’ekt.
Abonent va stantsiya birgalikda "abonent tizimi" deb ataladi. Abonentlarning o’zaro
aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo’lishi kerak.
Fizik uzatish muhiti elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga
oshiriladigan aloqa kanali, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish qurilmasidir.
Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o’rtasida axborot uzatishni
ta’minlovchi kommunikatsion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday
kompьyuter tarmog’ini abonent tizimlari va kommunikatsion tarmoq yig’indisi sifatida
ko’rish imkonini beradi (1.5­rasm).


20
Abonent tizimlarining hududiy joylashuviga qarab kompьyuter tarmoqlarini
uchta asosiy turkumga ajratish mumkin:
lokal tarmoqlar (LAN Local Area Network).
mintaqaviy tarmoqlar (MAN Metrorolitan Area Network);
global tarmoqlar (WAN Wide Area Network);
Lokal kompьyuter tarmog’i uncha katta bo’lmagan
hudud chegarasida
joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi
kompьyuterlarni o’zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompьyuter tarmog’i
turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining hududiy
joylashuvi bo’yicha qat’iy cheklashlar yo’q. Odatda bunday tarmoqlarning doirasida
22,5 km bilan cheklanadi.
Mintaqaviy kompьyuter tarmog’i bir ­ biridan ancha uzoq masofada joylashgan
kompьyuterlarni va lokal kompьyuter tarmoqlarini o’zaro bog’laydi. U katta shahar,
iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o’z ichiga olishi
mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog’i abonentlari o’rtasida masofa o’nlab,
yuzlab kilometrni tashkil etadi.
Global kompьyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki qit’alarda joylashgan
abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o’rtasidagi aloqa telefon, radio
aloqa va kosmos aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi.
Global, mintaqaviy va lokal kompьyuter tarmoqlarining birlashuvi ko’p
tarmoqli ierarxiyani tashkil etib, umum jahon axborot resurslarini birlashtirish va
ulardan kollektiv ravishda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi (1.6­rasm).


21
Kompьyuter Internet bilan ishlashni ta’minlovchi vositadir. Kompьyuter bu
hisoblash mashinasidir. Kompьyuter vositalari va ularning vazifalari bilan
tanishaylik.
Nazorat savollar:
Tarmoq obonentini tushuntirib bering.
Stantsiya nima?
Fizik uzatish muhitini tushuntirib bering.
Lokal tarmoqlar nima?
Mintaqaviy tarmoqlar nima?
Global tarmoqlar nima?
Tarmoq kartochkasini tushuntirib bering.
Mulьtimedia nima?


22
5­ ma’ruza: Axborot uzatish muxiti. Kabellar Aloqa yo’llarining texnologik
ko’rsatkichlarini moslash. Axborotlarni kodlash.
Axborot uzatish muhiti deb, kompyuterlar o’rtasida axborot almashinuvini
taьminlovchi axborot yo’llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko’pchilik kompyuter
tarmoqlarida (ayniqsa, mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi,
vaholanki, simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
Mahalliy tarmoqlarda ko’pincha axborotlar ketma­ket kodda uzatiladi, yaьni bir bit
axborot uzatilgandan so’nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot
uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin ishlovchi usuldir.
SHuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish, ulangan kabellar
(simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar oshadi
(masalan, 8­razryadli kodda 8 marotaba axborot yo’li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel
kam sarf bo’ladigandek ko’rinadi, aslida juda ko’p sarf bo’ladi. Tarmoqdagi abonentlar
o’rtasidagi masofa katta bo’lsa ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar
yoki undan ham ko’p bo’lishi mumkin. 8,16 yoki 32 ta kabellarni o’tkazishga qaraganda,
bir dona kabelni o’tkazish ancha oson. Taьmirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari
ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas.
Kabelning turidan qatьi nazar axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va
qabul qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida
kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa kuchsiz signalni tiklash
(detektorlash) kerak. Ketma­ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul
qiluvchi qurilma talab qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi
qurilmalar soni esa, ishlatiladigan parallel axborotni razryadlar soniga teng bo’ladi.
SHuning uchun uzunligi uncha ko’p bo’lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashda
ko’pincha axborotni ketma­ket uzatish usuli tanlanadi.
Axborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu — har bir bitni uzatishga
mo’ljallangan kabellar uzunligi bir­biriga deyarli teng bo’lishligidir. Aks holda, turli
uzunlikdagi kabellardan o’tayotgan signallar o’rtasida qabul qilish qurilmasining
kirishida vaqt bo’yicha siljish hosil bo’ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilishi yoki
butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish teziigida va bitni
uzatish davri 10 ns bo’lganda vaqt bo’yicha siljish 5—10 ns.dan oshmasligi lozim.
Bunday siljish kattaligi, kabellarning uzunlikdagi farqi 1—2 metr bo’lganda hosil bo’ladi.
Kabel uzunligi 1000 metr bo’lganda esa, bu kattalik 0,1—0,2 % ni tashkil qiladi.
Haqiqatan, baьzi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2—4 talik kabel yordamida
axborot parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzon kabel ishlatish
mumkin, lekin kabelni ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi. Misol
tariqasida
Fast Ethenet
tarmoq segment
100 BASE­T4
keltirish mumkin. Kabelsozlik
sanoati korxonalari kabel turlarini ko’p miqdorda ishlab chiqaradi. Hamma ishlab
chiqariladigan kabellami uch turga bo’lish mumkin:
o’ralgan juft simli kabel (Vitaya napa —
twisted pair),
ular
himoyalangan, yaьni ekranlashtiriladi (ekranirovannыe —
shielded
twisted pair, stop)
va himoyalanmagan, yaьni ekranlashtirilmagan
(neekranirovannыe,
unshielded twisted pair, UTP);
koaksial kabellar
((coaxial cable);
shisha tolali kabellar (optovolokonnыe –
fiber optic).
Kabelning har bir turi o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega, shuning uchun kabel turini
tanlanganda hal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek, alohida olingan tarmoq
xususiyatini va awaldan mavjud bo’lgan barcha korxona standartlarining o’rniga,
1995­yilda qabul qilingan
EJA/TIA 586 (Commercial Building Telecommunication
Cabling Standard)
standarti mavjud bo’lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foydalaniladi.


23
2.1. O’ralgan juftlik asosidagi kabellar
o’ralgan juft simlar hozirgi kunda eng arzon va eng ko’p tarqalgan kabellarda
ishlatiladi. o’ralgan juftlik asosidagi kabel tuzilishi ikkita mis sim dielektrik material bilan
har biri alohida qoplanib, ular o’zaro bir­biriga o’ralgan, bunday juftliklarning bir
nechtasi umumiy dielektrik (plastikli) g’ilofga olingan bo’ladi. U ancha egiluvchan va uni
aloqa kanaliga yotqizish qulaydir.
Odatda o’ralgan juftlik kabel tarkibida 2 ta yoki 4 ta juftlikdan iborat bo’ladi
(2.1­rasm).
Himoyalanmagan o’ralgan juftliklar tashqi elektromagnit xalaldan (pomexa) sust
himoyalangan va shuningdek, sanoat ayg’oqchiligi maqsadida axborotlarni eshitishdan
ham himoya­lanmagan. Axborot o’g’irlashning ikki turi maьlum: ulanish (kontaktnыe) va
ulanmasdan masofadan turib (beskontaktnыy). Ulanish orqali axborotni o’g’irlash ikkita ignani
kabelga sanchish orqali amalga oshirilsa, ulanmasdan axborotni o’g’irlash esa, kabel
tarqatadigan elektromagnit maydonni radio orqali egallash usulidan foydalanib amalga
oshiriladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun kabel himoyalanadi (ekranlanadi).
To’qilgan juftlikni
(STP) e
kranlashtirish vaqtida har bir juftlikni ochiq to’qilgan metall
simli qobiq (ekran)ning ichiga joylashliriladi. Bunday konstruksiya kabelni nurlanishini
kamaytiradi, tashqi elektromagnit maydon xalaqitlardan va juft simlarning bir­biriga
taьsirini ham kamaytiradi
(crossialk,
perekrestnыe novodki, chorraha yo’nalishlar).
Tabiiyki, ekranlashtirilgan o’ralgan juftlik, ekranlashtirilmagan juftlikka nisbatan narxi
ancha qimmat bo’ladi, ulardan foydala­nilganda maxsus ekranlashtirilgan ulovchi
moslamalardan (razyom) foydalanish zarur. SHuning uchun ekranlashtirilmagan o’ralgan
juftlikka nisbatan ekranlashtirilgan o’ralgan juftlik kam uchraydi.
Ekranlashtirilmagan o’ralgan juftlikning asosiy afzalligi kabel uchlariga razyomlarni
ulashning osonligi va shuningdek har qanday shikastlanishlarni taьmirlashning boshqa
turdagi kabelga qaraganda qulayligidir. Qolgan hamma texnik ko’rsatgichlari boshqa turdagi
kabellarga nisbatan yomon. Masalan, signalni uzatishda berilgan so’nish tezligi (kabeldan
signal o’tgan sari uning amplitudasini kamayishi) bu kabellarda koaksial kabel
ko’rsatgichiga nisbatan katta. Agarda, kam himoyalanganligini ham hisobga olsak, nima
uchun o’ralgan juftlik kabellarining uzunligi kam bo’lishi (100 metr atrofida) tushunarlidir.
Hozirgi vaqtda o’ralgan juftliklardan 100 Mbit/s tezlikda axborot uzatish uchun
ishlatilmoqda va uzatish tezligini 1000 Mbit/s.ga yetkazish ustida ish olib borilmoqda.
ekranlashtirilmagan o’ralgan juftli kabellaming
(UPT) EIA/TIA 568
standartiga ko’ra yetti
toifasi mavjud:

1­toifadagi kabel
— bu oddiy telefon kabeli (o’ralmagan juft sim) bo’lib, u orqali faqat
tovushni uzatish mumkin, axborotni emas. Bu turdagi kabel texnik ko’rsatgichlari katta
chekinishlaridan iborat (to’liq qarshiligi, o’tkazish yo’lagi, chorraha yo’nalishi);

2­toifadagi kabel—bu
o’ralgan juftlikdan iborat kabel bo’lib, axborotni 1MGts. gacha
chastota oralig’ida uzatish uchun mo’ljallangan. Kabel chorraha yo’nalishlar darajasiga
testlanmaydi. Hozirgi vaqtda juda kam ishlatiladi.
EIA/TIA 568
standarti 1 va 2­toifadagi
kabellarni ajratmagan;

3­toifadagi kabel —
bu kabel axborotlarni 16 MGts.gacha chastota oraliqda uzatishga
mo’ljallangan, o’ralgan juftlikdan tashkil topgan bo’lib, 1 metr uzunlikda ikki sim


24
bir­biriga 9 marotaba o’ralgan, kabel hamma ko’rsatgichlar bo’yicha testlanadi va 100 Om
to’lqin qarshilikka egadir. Mahalliy tarmoqlarga standart tomonidan tavsiya qilingan eng
oddiy kabel turi bo’lib, hozirgi vaqtda ko’p tarqalgan;

4­toifadagi kabel
— bu kabel axborotlarni 20 MGts.gacha chastota oraliqda uzatishga
mo’ljallangan. Kam ishlatiladi, chunki ko’rsatgichlari bo’yicha 3­toifadagi kabel
ko’rsatgichlaridan kam farqlanadi. Standart 3­toifadagi kabel o’rniga 5­toifadagi kabeldan
foydalanishni tavsiya etadi. 4­toifadagi kabelni hamma texnik ko’rsatgichi bo’yicha
testlash mumkin va 100 Om to’lqin qarshilikka ega.
IEEE 802.5
standartli tarmoqda
foydalanish uchun yaratilgan kabeldir;

5­toifadagi kabel
— bu hozirgi vaqtda eng mukammal kabel bo’lib, 100 MGts chastota
oralig’ida axborot uzatishga mo’ljallangan. O’ralgan juftliklardan tashkil topgan, 1 metr
uzunlikda 27 ta o’ramdan kam emas (1 futga 8 ta o’ram). Kabelning hamma
ko’rsatgichlari testlanadi va 100 Om to’lqin qarshilikka ega. Hozirgi zamon yuqori
tezlikda ishlovchi tarmoqlarda, yaьni
Fast Ethernet
va TPFDDT foydalanish tavsiya
etiladi. 5­toifadagi kabel 3­toifadagi kabelga nisbatan taxminan 30—40 % qimmat;

6­toifadagi kabel —
bu kabelni kelajagi yaxshi bo’lib, 200 MGts.gacha chastota
oralig’ida axborot uzatadi;

7­toifadagi kabel
— bu kabelni kelajagi porloq va 600 MGts. gacha chastota oralig’da
axborot uzatishi mumkin.
2.2. Koaksial kabellar
Koaksial kabel elektr toki o’tkazuvchi kabel bo’lib, tuzilishi 2.2­rasmda
ko’rsatilgandek, markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo’lib, metall sim
toqmaga (ekran) o’ralgan hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bo’ladi.
Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko’p tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori
darajada himoyalanganligi (sim to’qimasi ­ ekran mavjudligi), to’qilgan juftlikka
qaraganda, axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s.gacha) yuqoriligi va katta masofalarga
uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va undan ko’proq kilometrga). Tarmoqdan ruxsat
etilmagan axborotni mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek, u tashqariga
sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq o’ralgan juftli kabelga
nisbatan koaksial kabelni taьminlash va yig’ish ishlarini olib borish ancha murakkabdir,
narxi ham qimmat (uning bahosi o’ralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5—3 barobar
yuqoridir). Kabel uchlariga razyomlar o’rnatish ham murakkab ishdir. SHuning uchun bu
turdagi kabellarni o’ralgan juftli kabellarga qaraganda kam ishlatiladi.


25
Koaksial kabellar asosan «SHina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda kabel
uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun, albatta, terminatorlar
o’rnatilishi va bu terminatodardan faqatgina bittasi yerga ulanishi kerak. Yerga ulanmasa,
kabeldagi sim to’qimasi (ekran) tarmoqni tashqi elektromagnit to’siqlardan himoya qila
olmaydi va tashqi muhitga uzatilayotgan axborotni nurlanishini ham kamaytira olmaydi.
Lekin kabeldagi sim to’qimani ikki va undan ko’proq joyidan yerga ulangan taqdirda,
tarmoqqa ulangan qurilmalar va shuningdek, kompyuterlar ham ishdan chiqarishi
mumkin. Terminatorlar, albatta, kabel bilan moslangan bo’lishi shart, yani ular qarshiligi
kabelning to’lqin qarshiligiga teng bo’lishi shart. Masalan, agarda 50 Om kabel ishlatilsa,
unga mos terminator faqat 50 Om. li bo’lishi kerak. Koaksial kabellar kamroq «Yulduz»
va «Passiv yulduz» topologiyali tarmoqlarda ham foydalaniladi, masalan,
Arcnet
tarmog’i.
Bu holda moslash muammosi keskin soddalashadi, chunki kabelning ochiq qolgan
uchlariga tashqi terminatorlar lozim bo’lmay qoladi. Kabelni to’lqin qarshiligi haqidagi
axborot har bir kabel o’ram hujjatida keltiriladi. Ko’pincha lokal tarmoqlarda 50 Om.li
(masalan,
RG­62, RG­11)
va 93 Omli kabellar (masalan,
RG­62)
ishlatiladi.
Televizion texnikasida ko’p tarqalgan 75 Om.li kabel lokal tarmoqlarda ishlatilmaydi.
Umuman, o’ralgan juftli kabellar rusumiga qaraganda koaksial kabellar rusumi ancha kam.
Bu turdagi kabellardan kelajakda kam foydalaniladi.
Fast Ethernet
tarmog’ida kaoksial kabellardan foydalanish rejalashlirilmaganligi
ham, albatta, tasodif emas. Lekin ko’pchilik hollarda «SHina» topologiya («Passiv yulduz»
emas) juda qulay. Yuqorida aytib o’tilganidek, qo’shimcha qurilma ­ konsentratordan
foydalanishning hojati yo’q.
Koaksial kabellarning asosan ikki turi mavjud:
• ingichka
(thin)
kabel. diametri 0.5 sm atrofida, ancha yegiluvchan;
• yo’g’on
(thick)
kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi kabelni
zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda.
Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yo’g’on kabellarga nisbatan ko’p
ishlatiladi, chunki ularda signal so’nishi ko’proq. Lekin ingichka kabel bilan ishlash
ancha qulay, tez har bir kompyuterga o’tkazish mumkin. Yo’g’on kabelni xona
devorlariga bir vaziyatda aniq mahkamlab qo’yishni taqozo qiladi. Ingichka kabelga BNS
turidagi razyomni ulash qulay va qo’shimcha moslama talab qilinmaydi, lekin yo’g’on
kabelga ulanish qimmat moslamalardan foydalanishga to’g’ri keladi, chunki markaziy mis
simga etish uchun qoplamalarni teshib o’ta olish hamda himoya sim to’qima (ekran) bilan
ham ulanish lozimdir. Yo’g’on kabel ingichka kabelga nisbatan narxi ikki barobar qimmat.
SHu sababli ingichka kabellar ko’p qo’llaniladi.
Xuddi o’ralgan juftli kabellar singari koaksial kabellarda ham tishqi qoplama turi muhim
ko’rsatgich hisoblanadi. Xuddi shuningdek, bu vaziyatda ham
non­plenum (PVC)
va
shuningdek,
plenum
kabellari ishlatiladi. Tabiyki, teflonli kabel polivinilxloridli kabelga
nisbatan qimmat. Odatda, qoplama turini uning rangiga qarab ajratish mumkin. (Masalan,
Belden
firmasining
PVX
kabellari uchun sariq rang, teflon qoplama uchun qovoqrang.)
Koaksial kabellarda signal tarqalishining ushlanishi ingichka kabel uchun 5 ns/m.ni
tashkil qilsa, yo’g’on kabel uchun 4,5 ns/m.ni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda koaksial kabellar eskirib qolgan, deb hisoblanadi va ko’pchilik hollarda
ularni to’liq o’ralgan juftli kabellar bilan yoki shisha tolali kabellar bilan almashtirish
mumkin. Kabel sistemalari uchun mo’ljallangan yangi standartlarga endi koaksial kabel
turlari ro’yxati kiritilmagan.
2.3. SHisha tolali kabellar
SHisha tolali kabel ­
bu yuqorida ko’rib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan
farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali ko’rinishda emas, yorig’lik
ko’rinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi ­ shaffof shisha tola bo’lib, u
orqali yorug’lik juda katta masofalarga (o’nlab kilometrgacha) kam (sezilarsiz) so’nish
bilan uzatiladi.


26
SHisha tolaning tuzilishi juda oddiy bo’lib, u koaksial elektr kabel tuzilishiga
o’xshash (2.3­rasm). Faqat markaziy mis sim o’rniga bu kabel turida ingichka (diametri
1­10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama o’rniga esa, yorug’likni
shisha lola tashqarisiga tarqatmaydigan shisha yoki plastik qoplamadan foydalanilgan.
Bu holda biz ikki modda chegarasidan har xil sinish koef­fitsientli to’liq ichki qaytish
holatiga ega bo’lamiz (shisha qopjamaning sinish koeffitsienti markaziy tolaning sinish
koef­fitsientiga nisbatan ancha kam). Kabelda sim to’qma yo’q, chunki tashqi
elektromagnit to’siqlardan himoya kerak emas. Ammo baьzi hollarda tashqi mexanik
taьsirdan saqlash uchun sim to’qima bilan o’raladi. Bunday kabelni baьzi holda yuqori
darajada himoyalangan (bronevoy) deb ham ataladi, u simli to’qima ichida bir necha
shisha tolali kabellardan tashkil topgan hamda umumiy
PVX
qoplamaga olingan bo’lishi
mumkin. SHisha tolali kabel to’siqlardan himoyalanish va uzatilayotgan axborotni sir
bo’lib qolish ko’rsatgichlari yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech qanday
tashqi elektromagnit to’siq nurli signalni o’zgartira olmaydi, signalni o’zi esa, hech
qanday elektromagnit nurlanish hosil qilmaydi. Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni
olish uchun kabelga mexanik ulanish amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish
tufayli kabelni butunligi buzilib ishga yaroqsiz bo’lib qoladi. Nazariy jihatdan bunday
kabelni signal o’tkazish yo’lagi 10
12
Gts.gacha yetadi, boshqa turdagi elektr kabellarga
qaraganda, bu juda ham yuqori ko’rsatgich. SHisha tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib,
hozirgi vaqtda taxminan ingichka koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan. Biroq, bu
holda maxsus qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. Bu qurilmalar
yorug’lik signalini elektr signaliga va teskariga o’zgartirib berishi uchun xizmat qiladi.
Bunday qurilmalar tarmoq narxini sezilarli darajada oshirib yuboradi.
Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada shisha toladagi signalning so’nishi,
odatda, taxminan 5 dB/km tashkil qiladi, past chastolali elcktr kabel ko’rsatgichiga to’g’ri
keladi. SHisha tolali kabelda signalni kabel orqali uzatish chastotasi oshishi bilan signalni
so’nishi juda kam bo’ladi. Yuqori chastotada (ayniqsa, 200 MGts. dan yuqori) uning
ustunligi shubhasiz va hech qaysi elektr kabel turi raqobat qila olmaydi.
Lekin shisha tolali kabelning ham baьzi bir kamchiligi mavjud. Ulardan eng asosiysi
­yig’ish
ishlarining murakkabligi. Razyomlarni o’rnatishni mikron aniqlikda amalga
oshirish lozim, shisha tolani uzish aniqligi va uzilgan yuzani shaffoflash aniqligidan
razyomdagi signalning so’nish ko’rsatgichiga o’ta bog’liq. Razyomlarni o’rnatish uchun
kavsharlanadi
yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi. Gelning yorig’lik sinish
koefiitsienti shisha tolaning yorig’lik sinish koeffitsientiga teng bo’ladi. Har qanday holatda
ham bu ishlami amalga oshirish uchun maxsus moslamalar va yuqori malakali
mutaxassislar kerak. SHuning uchun shisha tolali kabellar turli uzunlikda va uchlariga


27
kerakli turdagi razyom o’rnatilgan holda savdoga chiqariladi.
SHishatolali kabellarda signalni ikkinchi yo’nalishga ham ayirish imkoni bo’lsa ham
(buning uchun maxsus 2—8 kanallarga taqsimlovchi moslamalar ishlab chiqariladi),
odatda, bu kabellarni bir tomonga axborot uzatish uchun ishlatiladi. Yaьni bitta uzatuvchi va
bitta qabul qiluvchi qurilma oralig’ida. Har qanday taqsimlanish, oqibatda yorug’lik signalini
ilojsiz so’nishga olib keladi va agarda, ko’p kanalga taqsimlanilsa, u holda yorug’lik
tarrnoq oxirigacha yetib bormasligi ham mumkin.
Elektr kabeliga qaraganda, shisha tolali kabelning mustahkamligi va egiluvchanligi kam
(ruxsat etilgan egilish radiusi 10—20 sm atrofini tashkil etadi). Ionlashgan nurlanish harn unga
tez taьsir qiladi, chunki shisha tola shaffofligi kamayib, signalning so’nishi oshib boradi.
Haroratning keskin o’zgarishiga ham sezgir, sababi, bunday o’zgarish taьsirida shisha tola darz
ketishi mumkin. Hozirgi vaqtda radiatsiyaga chidamli shishadan optik kabellar ishlab
chiqarilmoqda, tabiiyki, ularningnarxi qimmatdir. SHisha tolali kabellar, shuningdek,
mexanik taьsirga ham sezgir (urilish, ultratovush) bu holatni mikrofon effekti, deb ham
yuritiladi. Bu taьsirni kamaytiiish uchun yumshoq tovush yutuvchi qobiqdan foydalaniladi.
SHisha tolali kabellarni faqat «Yulduz» va «Halqa» topologiyalarda qo’llaniladi. Bu holda
hech qanday moslash va yerga ulash muammosi mavjucl emas. Kabel tarmoq
kompyuterlarini ideal ravishda galvanik ayirish holatini taьminlaydi. ehtimol kelajakda
kabellami bu turi elektr kabellarni siqib chiqaradi yoki ko’p qismini siqib chiqaradi.
Qitьamizda mis zaxiralari kamayib borayapti, lekin shisha ishlab chiqarish uchun
xomashyo esa, zaruridan ortiq. SHisha tolali kabellarni ikki turi mavjud:
ko’p modli yoki multimodli kabel, ancha arzon, lekin sifati past;
bir modli kabel, narxi ancha qimmat, lekin yaxshi texnik ko’rsatgichlarga ega.
Bu tur kabellarni asosiy farqi shuki, ularda yorug’lik nuri turli tartibda o’tadi. Bir inodli
kabellarda hamma nur bir xil yo’ldan o’tish natijasida ularning hammasi qabul qilish
qurilmasiga bir vaqtda yetib keladi va signalning tuzilishi o’zgarmaydi. Bir modli
kabelning markaziy tola diametri 1,3 mkm atrofida bo’lib, faqat 1,3 mkm to’lqin
uzunligidagi yorug’likni uzatadi. SHuningdek, dispersiya va signalni so’nishi sezilarsiz
darajadadir, bu esa, ko’p modli kabeldan ko’ra, ancha uzoq masofaga signal uzatish
imkonini beradi. Bir modli kabellar uchun lazerli uzatish va qabul qilish qurilmalaridan
foydalaniladi. Bu qurilmalar faqat talab qilinadigan to’lqin uzunligidagi yorug"lik
ishlatiladi. Bunday uzatish va qabul qilish qurilmalari hozirda nisbatan qimmat va ko’p
ishlatishga chidamsiz. Kelajakda bir modli kabellar o’zining juda yaxshi ko’rsatgichlari
uchun asosiy kabel bo’lib qolsa kerak.
Ko’p modli kabelda yorug’lik nurlarining yo’llari sezilarli darajada farq qilgani uchun
kabelning qabul qilish tomonida signal ko’rinishi o’zgaradi. Markaziy tola diametri 62,5
mkm, tashqi qoplama diametri esa, 125 mkm (bu baьzida 62,5/125 ko’rinishda belgilanadi).
Uzatish uchun lazer emas, oddiy yorug’lik diodi (svetodiod) ishlatiladi, bu esa, uzatish va
qabul qilish qurilmasini narxini arzonlashtiradi hamda xizmat vaqtini bir modli kabelga
nisbatan oshiradi. Ko’p modli kabelda yorug’likni to’lqin uzunligi 0,85 mkrn. ga teng. Kabelni
ruxsat etilgan uzunligi 2­5 km oralig’ida bo’ladi. Hozirgi vaqtda ko’p modli kabel turi
shisha tolali kabellar turining asosiysi, chunki ular arzon va topish ham oson.
SHisha lolali kabellarda signal tarqalishining ushlanishi elektr kabellardagi
ushlanishidan ko’p farq qilmaydi. Ko’p tarqalgan kabellarda ushlanish kattaligi 4—5 ns/m
atrofldagi qjymatini tashkil qiladi.
2.4. Kabelsiz aloqa
Kompyuter tarmoqlarida baьzi hollarda kahel orqali ulash o’rniga, shuningdek,
kabelsiz kanallardan ham foydalaniladi. Ularning asosiy afzalligi shundan iboratki, hech
qanday kabel yotqizishga hojat qolmaydi. Demak, devorlarni teshishga, kabellarni
mahkamlashga, folshpol ostidan o’tkazishga yoki osma shipdan va shamollatish yo’llaridan
kabellarni o’tkazishning keragi yo’q. SHuningdek, kabelning uzilganjoyini qidirish va
ulashga ham hojat qolmaydi. Yana kompyuterlarni bemalol xonada yoki bino bo’ylab


28
ko’chirish mumkin, chunki kompyuter kabellar bilan bog’lanmagan.
Radiokanal —
bu usulda axborot uzatish uchun radio to’lqinlaridan foydalaniladi,
shuning uchun bu usulda aloqa yuzlab va hatto, minglab kilometrga uzatiladi. Axborot
o’tkazish tezligi sekundiga o’nlab megabitgacha yetishi mumkin (bu holda tanlangan to’lqin
uzunligi va kodlash usuliga bog’liq). Mahalliy tarmoqlarda radiokanaldan foydalanmaslik
sabablari quyidagilar: uzatish va qabul qilish qurilmalari qimmat, shovqindan saqlanish
darajasi past, axborotni uzatish vaqtida sir saqlash butkul taьminlanmagan va
mustahkamlik clarajasi past.
Lekin global tarmoqlar uchun radiokanal ko’pincha yagona vosita bo’lib qoladi, chunki
signalni tiklash sputnigi yordamida axborotlarni butun dunyoga uzatishni taьminlash
nisbatan oddiydir. Uzoqdajoylashgan bir necha mahalliy tarmoqlarni o’zaro ulab, bir butun
tarmoq hosil qilish uchun ham radiokanaldan foydalaniladi. Axborotni radio uzatish
turining bir necha standarti mavjud. Ularning ikki turiga to’xtalib o’tamiz:
tor spektorda (yoki bir chastotali uzatish) uzatish 46500 m
2
maydonni qamrashga
mo’ljallangan. Bu holdagi radiosignal metall va temir­beton to’siqlardan o’ta olmaydi,
shuning iichun bir bino hududida ham aloqa o’rnatishda jiddiy muammo hosil bo’lishi
mumkin. Aloqa bu holda nisbatan sekin amalga oshadi (4,8 Mbit/s atrofida);
bir chastotali uzatishning kamchiligini yengish uchun tar­qalgan spektorda qandaydir
chastota yo’lagini kanailarga bo’lib ishlatish taklif qilinadi. Tirmoq abonentlarining
hammasi jnaMum vaqt oralig’ida barobar (sinxron ravishda) keyingi kanalga o’tadilar.
Maxfiylikni saqlash uchun maxsus kodlashtirilgan axborot ishlatiladi. Bunday uzatish
tezligi unchalik yuqori emas 2 Mbit/s.dan oshmaydi, abonentlar orasidagi masofa 3,2 km
(ochiq maydonda) va bino ichkarisida 120 metrdan ko’p emas.
Keltirilgan turlardan ham boshqa radiokanallar mavjuddir, masalan, uyalik tarmoq,
xuddi uyali telefon tarmoq tamoyillari kabi (ular maydonda teng taqsimlangan signalni
qayta tiklash qurihnalaridan foydalanadiiar), shuningdek, mikroto’lqin tarmog’ida tor
yo’naltirilgan uzatishni yerdagi qurihnalar o’rtasida yoki sputnik va yerdagi stansiyalar
oralig’ida qo’llaniladi.
Infraqizil kanal
ham simlarsiz axborot uzatishni taьminlaydi, chunki aloqa uchun
infraqizil nurlanish ishlatiladi (televizorlarning masofadan boshqarish qurilmasi kabi).
Radiokanalga qaraganda, ularning asosiy afzalligi elektromagnit to’siqlarga sezgir emas,
bu xususiyati sanoat korxonalarda ishlatish imkonini beradi. Bu holatda haqiqatan uzatish
quvvati yuqori bo’lishi talab qilinadi, sababi boshqa hech qanday issiqlik nurlanish
(infraqizil) manbalari taьsir qilmasligi uchun. Infraqizil aloqa havoda chang miqdori ko’p
bo’lgan sharoitda ham yomon ishlaydi.
Infraqizil kanal bo’ylab axborot uzatishning chegara qiymati 5—10 Mbit/s.dan
oshmaydi. Axborotni sir tutish imkoniyati ham radiokanal holatidek yo’q. Radiokanal kabi
uzatish va qabul qilish qurilmalari nisbatan qimmat. Bu sanab o’tilgan kamchiliklartufayli
infraqizil kanalidan kam foydalanadilar. Infraqizil kanal ikki gunihga bo’linadi:
ko’rish masofasidagi kanallar, bularda aloqa nur orqali amalga oshiriladi. Nur uzatish
qurilmasidan to’g’ri qabul qilish qurilmasiga yo’naltiriladi. Bu holda aloqa tarmoq
kompyuterlari o’rtasida to’siq bo’lmagan holdagina amalga oshadi. Ko’rish masofasidagi
kanalning axborot uzatish masofasi bir necha kilometrga yetadi;
tarqalgan nurlanishdagi kanallar, bu turdagi kanal pol, shift, devor va boshqa to’siqdan
qaytgan signallarda ishlaydi. To’siqlar bu holda qo’rqinchli emas, lekin aloqa faqat birbino
chegarasida amalga oshadi.
Tabiiyki, mavjud simsiz aloqa kanallari «SHina» topologiyasiga to’g’ri keladi, sababi
axborot hamtna abonentlarga hir vaqtning o’zida uzatiladi. Lekin tor yo’naltirilgan
axborot uzatishni tashkil qilingan taqdirda xohlangan topologiya (“«Halqa” «Yulduz» va
boshq.) uchun radiokanalni va xuddi shuningdek, infraqizil kanalini tatbiq qilish
rnumkin.
2.5. Aloqa yo’llarining texnologik ko’rsatgichlarini moslash


29
Har qanday elektr aloqa yo’llari maxsus chora ko’rilishini talab qiladi, bu choralarsiz
axborotlarni bexato uzatib bo’lmasligidan tashqari, butunlay tarmoq o’z vazifasini bajara
olmaydi. SHisha tolali kabellar bu kabi muammolarni o’z­o’zidan hal qiladi.
Moslash
— bu elektr aloqa yo’li signallarni uzun masofaga meьyorida, aks sadosiz va
o’zgartirmasdan yetkazash uchun ishlatiladigan tadbir. Moslash prinsipi ancha sodda: kabel
uchlariga moslovchi qarshilik (terminator) o’rnatish kerak, bu qaishilikning kattaligi
ishlatilayotgan kabelning to’lqin qarshiligiga leng bo’lishi shart.
To’lqin qarshilik
— bu kabel tunning ko’rsatgiehlaridan biri bo’lib, faqat uning tuzilish
ko’rsatgichlari, yaьni kesim yuzasi, o’tkazgich shakli va soni, qalinligi hamda
himoyalovchi dielektrik materialga bogiiq. Kabelni to’lqin qarshiligining qiymati kabel
huijatlarida keltirilgan bo’ladi va u, odatda, 50—100 Om koaksial kabel uchun, 100—150
Om To’qilgan juftlik yoki ko’p simli yassi kabel uchun tashkil qiladi. To’liq qarshilikni
aniq ko’rsatgichini kabel orqali o’tkazilayotgan impuls ko’rinishining o’zgarishiga qarab
ossillograf va impuls generatorlari yordamida oson o’lchash mumkun. Odatda, moslovchi
qarshilikning qiymati u yoki bu tomonga 5— 10
%
dan ko’p o’zgarmasligi talab qilinadi.
2.6. Axborotlarni kodlashtirish
Tarmoqdan uzatilayotgan axborotni kodlash, axborot uzatish­ning maksimal ruxsat
etilgan tezligiga va ishlatilgan uzatish muhitining o’tkazish qobiliyatiga to’g’ridan to’g’ri
taьsiri bor. Masalan, bir kabeldan o’tayotgan turli kodlarda uzatilayotgan axborotning
ruxsat etilgan chegara tezligi ikki barobar farq qilishi mumkin. Tanlangan koddan, tarmoq
qurilmalarining murakkabligi va axborot uzatish ishonchliligiga bog’liq. Mahalliy
tarmoqlarda foydalaniladigan baьzi kodlar 2.10­rasmda keltirilgan. Bu kodlarni afzalliklari
va kamchiliklarini ko’rib chiqamiz.
2. W­rasm.
Axborot uzatishda ko’p ishlaiiladigan kodlar.
NRZ kodi (Non Return to Zero
) — nol holatga qaytmaslik — bu oddiy kod odatdagi
raqamii signaldan iborat (qutblari teskari o’zgargan yoki bir va nolga teng qiymatlar
o’zgargan bo’lishi mumkin).
NRZ
kodining muhim afzaliiklariga uning oddiy hosil
qilinishi (boshlang’ich signalni uzatish tomonda kodlash va qabul qilishda dedektorlash
kerak emas), shuningdek, boshqa kodlar orasida aloqa yo’lidan eng kam tezlikda o’tislii
kiradi.
Misol uchun tarmoqda signalni eng ko’p o’zgarish holati, bu ­ 1 bilan 0 ga 010
o’zgarib turish holati, yaьni 1010101.010.... ketma­ketlik, shuning uchun 10 Mbit/s (bir
bit davri 100 ns) tezlikda uzatilishi amalga oshirilganda, signalni chastotasi va
shuningdek, aloqa yo’lining talab etilgan o’tkazish imkoniyati 1/200 ns = 5 MGts
tashkil etadi (2.11­rasm).


30
NAZORAT SAVOLLARI
Axborot uzalish muhiti tushunchasining taьrifi.
Kabel turlarini sanab bering.
O’ralgan juftlik kabeli qanday tuzilgan?
O’raigan juftlik kabel afzalliklari va qo’llanilishi.
Kabellar qanday tashqi g’ilofda ishlab chiqariladi?
Koaksial kabel tuzilishini bayon eting.
Koaksial kabelning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?
Koaksial kabelning texnik ko’rsatgichlari va qo’llanilishini izohlang.


31
6­ ma’ruza: Flin klassifikatsiyasi. O’lchashlar uchun mo’ljallangan kompьyuter tizimlari.
Avtomatik boshqarish uchun mo’ljallangan kompьyuter sistemalari. Texnik diagnostika.
Tarmoqlarni qurishda vujudga keladigan asosiy muammolar.
Tarmoqning kommunikatsion (aloqa) funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan
turib ыzaro muloqat qilish imkoniyatini yaratadi. Foydalanuvchilar aloqa liniyasidan
birgalikda foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Kommunikatsion texnologiyaning eng
muxim xususiyatlardan biri, bunda axborot manbalari aloqa liniyalari aloqa kanallari va
texnik vositalardan bir vaqtning ыzida jamoa bыlib, birgalikda foydalanishni tashkil
etadi. Bundan tashqari foydalanuvchilarga videomuloqat qilish, videokonferentsiyalar
uyushtirish, bir shahardan turib, ikkinchi shahar kuchalarini tamosha qilish va x.k.
imkoniyatlarini yaratib boradi. Aloqa menyusidan muloqat amalga oshirlganda esa aloqa
kanali ham va unda ishtirok etuvchi biror bir texnik vosita ham monopol egallanmaydi.
Foydalanuvchilar tarmoqda samarali ishlashi uchun lokal tarmoqda yordamchi
dastur modullari bilan ta’minlanadi. Ular ayrim hollarda tarmoq OT bilan, ayrim hollarda
alohida olinadi.
Ular:
elektron pochta – xatlarni, fayllarni, ma’lumotlarni, tovush, faks va video xabarlarni
yetkazishni ta’minlaydi;
uzoqdan kirish vositalari ­ xuddi tarmoqga bevosita ulangandek lokal tarmoqga modem
orqali ulanadi va kommpьyuterda ishlaydi;
gurux
bыlib
ishlash
vositalari
­
birgalikda xujjatlar
ustida ishlash,
turli
foydalanuvchilarning xujjatlar versiyasini kelishuvini ta’minlash, xujjat oborotini tashkil
etishni tayminlaydi;
rezerv (zaxira) nusxalash dasturlari ­ lokal tarmoq kompьyuterida saqlanayotgan
ma’lumotlarni rezerv nusxasini olish;
lokal tarmoqni boshqarish vositasi ­ bitta ishchi joyining tarmoq resurslari yordamida
boshqarishni amalga oshiradi.
Kompьyuterlar orasidagi aloqa, maxsus periferiya qurilmalari adapterlar
yordamida bajariladi. Tarmoq kompьyuterlari orasidagi ыzaro xarakat tarmoq adapteri va
aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari turli xil periferiya qurilmalari ­
printerlar, modemlar va faks apparaturalaridan foydalaniladi. Katta tarmoq ishlarini
boshqarishda shtat administratori tarmoqdagi xatolarni testlab uni aniqlaydi, tuzatadi,
rezerv nusxalarni yaratadi va tarmoq resurslari ishini nazorat qiladi. Ma’lumotlarni
uzatish apparaturalari (Data Circuit Terminatinq Eguipment DCE) va bevosita ma’lumot
uzatuvchi apparatga ulanuvchi asboblar (Data Terminal Eguipment; DTE) (kompьyuter,
kommutator,
marshrutizatorlar)
foydalanuvchining
aloqa
yыlida
ishlatiladigan
apparaturasiga kiradi. Aloqa liniyasidan birgalikda foydalanishni tashkil etishda
tarmoqda uzatilayotgan sыrov, xabar va ma’lumotlar bir necha mayda bыlaklarga
bulingan “paket”lar kurinishida amalga oshiriladi. Bu paketlar TSR (Transfer Control
Protocol) paketlari deb ataladi.
Har bir TSR paket tarkibida jыnatuvchi va qabul qiluvchi IP adreslar mavjud
bыladi. Amaliyotda internetning real, fizik bog’lanishlar orqali tashkil topgan
tarmog’idagi kompьyuterlar bilan virtual informatsion fazoni tashkil etuvchi elektron
xujjatlari har xil adreslar yordamida ifodalanadi. Tarmoq tarkibiga kirgan har bir


32
kompьyuter turt qismdan tashkil topgan ыz adresiga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu
manzil IP (internet protokol) manzil deb ataladi.
Kompьyuterlarni nomlash uchun (identifikatsiyalash) 32 razryadli IP adres
ishlatiladi. IP adresda tarmoq nomeri va unda kыrsatilgan kompьyuter nomeri bыladi.
Har bir tarmoq adresi Internet tarmog’ining informatsion markazi tomonidan beriladi.
Tarmoqlardagi boshqa kompьyuterlar bilan aloqani tashkil etishda bunday
adreslardan foydalanish foydalanuvchiga noqulaylik keltirib chiqaradi. SHuning uchun
domen nomlar kiritilgan. Bu tizimda tarmoq kompьyuterdan foydalanuvchi uchun qulay
bыlgan nomlar kыrsatilgan. Bu nomlarda mos adreslar yashiringan bыladi.
Domen nomi ikki qismdan iborat bыladi: korxonalar identifiqatori va nuqtalar
bilan ajratiladigan domen identifiqatori. Yuqori darajali domenlarga kuydagilar
kiritilgan:
com – tijorat tashkilotlari uchun masalan: Microsoft.com.ibm.com.
edu – ukuv muassalari uchun, masalan: vcu.edu (virgima Commowealth University),
cmu. Edu (Kornegi Mellon Universiteti)
gov – davlat muassasalari uchun: masalan: Watehouse. Gov (ok uy).
org – notijorot tashkilotlar uchun, masalan: irex. org (ayreks tashkiloti).
Net­ internetning xizmat provayderlari uchun, masalan: internec. net ( inter NTC)
Davlatlarni izoxlovchi domen kodlari mavjud:
· UZ
Ыzbekiston
· LI
Lixtenshteyn
· UK
Buyuk Britaniya
· CH
Xitoy
· CA
Kanada
· RU
Rossiya
· CH
SHveytsariya
· DE
Germaniya
· AV
Avstraliya
Internet adreslaridan foydalanuvchilarga tarmoqga ulangan kompьyuterda ularning
registratsion nomlari bыlishi mumkin. Bu nomdan sung @ belgi bыladi. Barcha
tomondagilar kompьyuter nomiga birlashtiriladi. Masalan: kompьyuterda Axmad nomi
bilan registratsiya qilingan foydalanuvchi, internetdagi mavjud nom tutoz. sptu. edu
adresi kuydagicha bыladi: axmad @ tutoz. sptu. edu. Internetda nafaqat insonlar nomi,
balki guruxlar nomi ham ishlatilishi mumkin. Axtarish yыlini qayta ishlashda
domenlarda maxsus server nomlari mavjud. Ular domen nomlarini mos raqam
adreslariga qayta shaklantirib beradi.
Bir necha kompьyuterlarni birlashtirishda ularni manzilgoxlash muammolari paydo
bыladi. Ular manzilgoxlash raqamli (masalan, 129.26.255.255) va belgili (site. domn.ru)
bыlishi mumkin. Bitta va ыsha manzilni turli formatlarda yozish mumkin.
129.26.255.255 raqamli manzilni ыn oltilik raqamlari bilan 81. 1a.ff.ff deb yozish
mumkin.
Manzilgoxlash na faqat alohida interfeyslarni nomlash uchun, balki ularni
guruxlarini (gurux manzillarini) manzilgohlash mumkin. Guruh manzillarini yordamida
ma’lumotlarni bir vaqtning yozida bir nechta uzellarga yuborish (jыnatish) mumkin.
Kompьyuter tarmoqlari texnologiyalarining kыpida keng yetkazuvchi topologiyalarining


33
kыpida keng yetkazuvchi manzillar ishlatiladi. Bunday adreslar bыyicha jыnatilgan
ma’lumotlar barcha tarmoq uzellariga yetkazilishi kerak bыladi.
Kыpchillik manzillar, manzilgoxlash sxemasi bыyicha krititilishi mumkin buni
adresli kenglik deyiladi.
Adresli kenglik ­ yassi (chiziqli) yoki ierarxik bыladi. CHiziqli (YaSSI) adresli
kengik hech qanday strukturalashtirilmagan, ierarxik adreslash sxemasida, ular bir ­
biriga kiritilgan (taxlangan) guruxchalar kыrinishida bыlib, adres doirasini ketma ­ ket
qisqartirib, oxirida alohida tarmoq interfeysini aniqlaydi.
Yassi adres kengligi
n uzel manzalii
manzil
uzellarninig
kыpchiligi
a) ierarxik manzilli kenglik
kыpchilik adres
Tarmoq manzili
guruxlarining
interfeysi n
interfeysi (h)
kыpchillik
manzil gurux­
larining inter­
feysi (k)
b) ierarxik manzil (k,h,n)
Rasm 2.6. Manzil kengligining ierarxik strukturasi. a) yassi adres kengligi; b) ierarxik
manzilli kenglik.
Rasmda uch darajali adres kengligi strukturasida adresli kenglikni oxirgi uzelli uchta
tashkil etuvchi: “ k ” gurux, bыlib unga“h” guruxi va “n” guruxi kiradi. Ierarxik
manzilgoxlash, yassi manzilgoxlashga nisbatan ratsional ishlaydi.
Belgili manzilgoxlash odamlarga qulay, ammo formatning ыzgaruvchanligi va katta
uzunligi hisobiga ularni tarmoqdan uzatilishi uncha tejamli emas. Manzillarni bir turdan
…………………
…………………
…………………
………
…………………
…………………
…………………
……….
…………
…………


34
ikkinchisiga ыtkazish uchun maxsus yordamchi protokollar ishlatiladi. Bunday
protokollarni ­ manzillarga ruxsat etish protokollari deyiladi.
Ierarxik sonli manzillarning turli tarmoq IP va IPX manzillaridir. Bularda ikki
darajali ierarxik bыlib, manzil katta qism ­ tarmoq nomerli (tartibli) va kichik ­ uzel
nomeri (tartibi) ga bыlinadi. Bunday bыlinish tarmoqlar orasida faqatgina tarmoq
tartibiga asoslangan xabarlarni uzatish mumkin, uzel tartibi esa, xabar uzatilgach kerakli
tarmoqga yetkazish uchun ishlatiladi.
Zamonaviy tarmoqlarda uzellarni manzilgoxlash uchun bir vaqtning ыzida yuqorida
kыrsatilgan sxemalardan foydalaniladi.
Tarmoq texnologiyasi Ethernet ­ hisoblash tarmog’ini tuzish uchun yetarli,
kelishilgan standart (andoza) bayonnoma va ularni bajaruvchi dasturiy apparat
vositalarining tыplamidir. Bu tыplam minimal vosita tыplami bыlib, ular yordamida
ishga qobiliyatli tarmoq tuzish mumkin. Ayrim vaqtlarda tarmoq texnologiyasi deb ham
ataydilar, Ethernet asosida istalgan tarmoqning bazasi tuziladi.
Ma’lumotlarni taqsimlovchi muhitga uzatuvchi tasodifiy kirish usuli asosiy
tamoyini tashkil etadi. Ethernet standartida elektr aloqalarining topologiyasi qat’iy
belgilangan, kompьyuterlar taqsimlovchi muxitga “umumiy shina” strukturasiga mos
ravishda ulanadi. SHinaning vaqt bыyicha taqsimlanishi yordamida ikkita kompyuter
ma’lumotlar bilan olmashadi. Aloqa yыliga kirishni boshqarish Ethernetning maxsus
kontroleri bыlgan ­ tarmoq adapteri orqali amalga oshiriladi.
koaksial kabel
kompьyuter
tarmoq
adenteri
Rasm 2.7. Ethernet tarmoq.
Ethernet tarmoq shunday tuzilganki, ma’lumotlarni uzatuvchi taqsimlaydigan
muxitni kadrni tushishida barcha tarmoq adapterlari bir vaqtning ыzida bu kadrni qabul
qiladi. Kadrning boshlang’ich maydonning birida joylashgan manzilni vazifasini taxlil
qiladilar va bu manzil agar ularning shaxsiy manzili bilan mos tushsa, kadr tarmoq
adapterining ichki buferiga joylashadi. SHunday qilib, manzilchi ­ kompьyuter unga
tegishli bыlgan ma’lumotlarni oladi. Ayrim xollarda ikkita yoki undan ortiq
kompьyuterlar, tarmoq bыsh deb, axborotlarni uzatadi, bunday holda tarmoq bыyicha
uzatilayotgan ma’lumotlarni tыg’ri kelishiga tыsqinlik qiladi ­ bunday xolat kolliziya deb
ataladi.
Ethernetning asosiy afzalligidan biri shundaki uning tejamkorligidir.
Bu
tarmoqlarni tuzish uchun har bir kompьyuter uchun bittadan tarmoq adapteri va kerakli
uzunlikdagi koaksial kabelli bitta fizik segment kerak xalos. Bundan tashqari Ethernet
tarmog’ida yetarli darajada muxitga kirish, manzilgoxlash va ma’lumotlarni uzatish


35
algoritmi oddiy tuzilgan, shuni ham aytish joizki Ethernet tarmog’ini kengaytirilishi
yaxshiligi, ya’ni yangi uzellarni ulashni yengilligi uning afzalligini yana bir bor oshiradi.
Strukturalashtirish katta tarmoqlarni tuzishda vosita sifatida maqsadga muvofiqligi
Lokal va global (katta) tarmoqlarni strukturalashtirish sabablardan biri bu shundan
iboratki, 10 – 30 dan ortiq kompьyuterlar kыpincha topologiyaning umumiy shina, xalqa,
aylana, yulduz turlarning biri bilan bog’lanadi. Bunday bog’lanishda tarmoq
kompьyuterlari, boshqa kompьyuterlarga kirishda bir xil xuquqga ega bыladi. Albatta
bunday bir xil struktura kompьyuterlarga xizmatni va tarmoq ekspluatatsiyasini
yengillashtiradi. Biroq, katta tarmoqlarni tuzishda aloqaning bir xil strukturasining
afzalligi uning kamchiligiga aylanib qoladi. Bunday tarmoqlarda namunaviy strukturani
ishlatish turli cheklanishlarga olib keladi:
uzellar orasidan uzunlikni cheklash;
tarmoqdagi uzel sonini cheklash;
tarmoq uzellari bilan paydo bыladigan trafik intensivligini cheklash. Masalani Ethernet
texnolgiyasi bыyicha ingichka koaksial kabel bilan 185 metr uzunlikdagi kabelni ulaydi,
unga 30 tadan ortiq bыlmagan kompьyuterlar ulanadi. Biroq, agar kompьyuterlar ыzaro
axborotlar bilan almashayotgan bыlsa, ayrim hollarda kabelga ulangan kompьyuter
sonini 20 gacha, yoki 10 taga kamaytiriladi; buning, sababli har bir kompьyuterga
tarmoqning umumiy ыtkazuvchanlik qobiliyati yetarli bыlishi kerak. Bunday
cheklanishlarni bartaraf qilish uchun maxsus asbob ­ uskunalardan foydalaniladi.
Fizik aloqalar topologiyasi: tarmoqning fizik va logik strukturalaridan iborat.
Fizik aloqaning konfiguratsiyasi kompьyuterlarni elektrik ulanishlarini aniqlaydi.
Logik aloqa tarmoq uzellari orasidagi tashkil etadi.
Tarmoqning umumiy uzunligini kыpaytirish maqsadida lokal tarmoqning
kabelning turli segmentlarini fizik ulash uchun kommunikatsion qurilmaning oddiy
takrorlovchi (povtoritelь) (reprator) ishlatiladi. Takrorlovchi bir tarmoq segmentidan
kelayotgan signallarni uning boshqa segmentiga uzatadi.
takrorlovchi
takrorlovchi
takrorlovchi
185 m
terminator
terminator
Rasm 2.8. Takrorlovchi Ethernet tarmog’ini uzunligini oshirishga imkon beradi.
Bir nechta portlarni va bir nechta fizik segmentlarni ulovchi takrorlovchilarga
kontsentratorlar
yoki
xablar
deyiladi.
Kontsentratorlar
lokal
tarmog’i
baza
texnologiyalari uchun xarakterlidir:
­ lokal tarmoqlar: Ethernet, Arc NEF, Token Rinq, FDDI, Fast Ethernet, Giqabit
Ethernet.


36
Istalgan texnologiyada kontsentratorlarning ishlashida kыp umumiylik mavjud.
Ular bir portdan kelgan signallarni boshqa ыzining portlariga uzatib beradi. Ular aynan
portlarda kirish signallari bilan farq qiladi xalos.
Ethernet kontsentratori ыzining barcha kirish signallarini takrorlaydi, undan
tashqari qaysi portdan signal kelsa, uni ham takrorlaydi (rasm 2.9. a). Token Rinq
kontsentratori ayrim portlardan kelgan signallarni takrorlaydi, ya’ni keyingi kompьyuter
xalqasi ulangan bitta port signalini takrorlaydi (rasm 2.9. b).
a)
b)
Rasm 2.9. Turli texnologiyali kontsentratorlar.
Kыp hollarda fizik va logik tarmoq topologiyalari bir ­ biriga mos bыladi.
fizik xalka
А
В
С


37
logik xalka
a) fizik topologiyaga ega.
A
V
S
D
E
F
b) umumiy fizik shina
Fizik topologiyaga ega bыlgan kompьyuterlar xalqa kabeliga kirishga ruxsatni,
maxsus kadrni bir ­ biriga uzatish hisobiga oladilar. Kadr ­ marker ham xuddi ыsha
tartibda kompьyuterdan kompьyuterga ketma ­ ket uzatiladi, ya’ni fizik xalqa hosil qilib,
markerni A kompьyuter V ga, V kompьyuter S kompьyuterga v.k. uzatadi.
b) logik va fizik topologiyalarni mos tushmaganligi. Bunda fizik kompьyuterlar
umumiy shina topologiyasi bыyicha ulangan. Bu yerda marker xalqa tartibda uzatiladi va
fizik aloqani takrorlamaydi, balki tarmoq adapterlarining logik konfiguratsiyasi bilan
aniqlanadi. Kontentratorlar yordamida tarmoqni strukturalash na faqat tarmoq uzellari
orasidagi masofani kыpaytirish balki uning mustaxkamligini ham oshirib beradi.
6. Kompьyuter tarmog’ining mantiqiy strukturasi
Lokal hisoblash tarmoq tarkibiga kiruvchi hisoblash mashinalari, kaerda hisoblash
tarmog’i barpo etilayotgan bыlsa, shu xududda joylashgan bыladi. SHuni ta’kidlash
kerakki, fizik muxitga murojaat usuli va tarmoqni boshqarish metodlari uchun EHM
abonentlari qanday joylashganligi befark emas. SHuning uchun LXS ning topologiyasiga
(mantiqiy strukturasiga) murojaat qilish kerak.
Tarmoq topologiyasi – bu tarmoq uzellarini geometrik sxemalarini mantiqiy
bog’lanishidir.
Har qanday kompьyuter tarmog’i uzellar tыplamidan iborat deb qarash mumkin.
Uzel – bu tarmoqning uzatuvchi vositasiga bevosita ulanuvchi har qanday qurilma.
Lokal hisoblash tarmog’i uchun uchta tipik topologiya turi mavjud. Xalqa (aylana),
shina va yulduz.
Xalqa topologiyasi – tarmoq uzullarini berk egri uzatuvchi muxit kabeli bilan
bog’lanishni taqazo etadi.
Tarmoq uzelining bitta “ chiqish ” i boshqa tarmoq uzelining “ kirish ” i bilan
Д
Е
F


38
bog’lanadi.
Uzatuvchi va qabul qiluvchi har bir oralik uzel uzatilgan xabarni retranslyatsiya
qiladi qabul qiluvchi uzel uni tushununadi va faqat adreslangan xabarni qabul qiladi.
Rasm. 2.10. Xalqali tarmoq topologiyasi.
Xalqa topologiyasi katta bыlmagan masofadagi tarmoq uchun ideal topologiya bыlib hisoblanadi.
Markaziy uzelning mavjud emasligi uning mustaxkamligini ta’minlaydi. Axborotlarni retranlyatsiya
uchun uzatish muxitiga hohlagan turli kabellar ishlatilishi mumkin. Bunday tarmoq uzellarni ketma­ket
xizmat qilishi uning tezligini pasaytiradi, bitta uzelning ishdan chiqishi esa, xalqaning ishini buzadi va
axborot uzatish traktini saqlash uchun maxsus chora qabul qilishni talab qilinadi.
SHina topologiyasi – oddiy topologiya bыlib hisoblanadi. Unda uzatish muxiti
sifatida koaksial kabel ishlatishi bilan bog’liq.
Tarmoqning uzatish uzelidan ma’lumotlar shina bыyicha ikki tomonga tarqaladi.
Axborot barcha uzelarga kelib tushadi, lekin axborotni kaysi biriga adreslangan bыlsa,
faqat usha uzel qabul qiladi. Xizmat qilish parallel tartibda olib boriladi.
LXT ning shinali topologiyasi yuqori tezlikni ta’minlaydi. U alohida uzellarning
buzilganligiga bog’liq bыlmaydi. Yulduzsimon kurinishdagi topologiya markaziy uzelga
asoslangan bыlib, unga pereferiyali uzellar ulanadi. Har bir pereferiyali uzel ыzining
alohida markaziy uzel bilan aloqa yыliga ega. Barcha axborotlar, retranlyatsiya qiluvchi,
tarmoqdagi informatsion oqimini marshrutlaydigan, qayta ulaydigan markaziy uzel orqali
uzatiladi.
Rasm 2.12. Yulduzsimon tarmoq topologiyasi.
Yulduzsimon topologiyasi LXT uzelarini bir­biri bilan ыzaro aloqasini qisqartirilishga olib keladi
va soddaroq tarmoq adapterlarini qыllashga imkon beradi.
Yulduzsimon topologiyada LXT ning ishlash qobiliyati butunlay markaziy uzelga
bog’liq bыladi.
УЗЕЛ 1
УЗЕЛ 2
УЗЕЛ 3
УЗЕЛ 6
УЗЕЛ 5
УЗЕЛ 4
УЗЕЛ 1
УЗЕЛ 2
МАРКАЗИЙ
УЗЕЛ
УЗЕЛ 3
УЗЕЛ 4


39
Tarmoqni logik strukturalash asosan ыrta va katta tarmoqlar uchun taaluqlidir.
Bunda tarmoqning turli fizik segmentlari orasidagi uzatilayotgan trafikni qayta
taqsimlash muammosi yechiladi. Katta tarmoqlarda axborot oqimi bir xil bыlmaydi:
tarmoq kыp (mыl) ishchi gurux podsetlardan (tarmoqchalar), bыlimlardan, korxona
filiallaridan tashkil topgan. Ayrim hollarda axborotlarni intensiv almashuvi
kompьyuterlar aro kuzatilsa, (bitta qarashli) va lokal ishchi guruxlaridan tashqarida
joylashgan kompьyuter resurslarining kichik qismiga murojaat etiladi.
SHina, xalqa, yulduzli tarmoq topologiyalarida fizik segmentni bitta taqsimlaydigan
muxit deb qaralishi katta tarmoqdagi axborot oqimi strukturasiga tыg’ri kelmaydi.
Masalan, umumiy shinali tarmoqda istagan kompyuterning ыzaro xarakati har doim
axborotni almashtirishni egallagan, shuning uchun tarmoqda kompьyuter sonini
kыpaytirishda shina tor joy bыlib qoladi. Bitta bыlim kompьyuterlar boshqa bыlim
kompьyuterinini
almashini
kutib
qoladi.
Logik
strukturalashtirishda
mostlar,
kommutator, marshrutizator va shlyuzlar ishlatiladi.


40
7­ ma’ruza: Kompьyuter tarmoqlar xavfsizligi. Axborot xavfsizligini ta’minlash.
Kriptografik tizimlar. Maxfiy kalitlar, parolь. Dastur matni. Algoritm blok­sxemasi
Reja:
Axborot xavfsizligini ta’minlash.
Kriptografik tizimlar.
Maxfiy kalitlar, parolь.
Dastur matni. Algoritm blok­sxemasi
Har qanday axborot ma’lum hayotiylik davriga ega. Quyida axborotni hayotiylik
davri sxemasi keltirilgan:
Kompьyuter tarmoqlari havfsizligini ta’minlashdan maqsad tarmoqdagi axborotlarni
himoya qilish deganidir. Xo’sh axborotni himoya qilish o’zi nima?
Axborotni himoya qilish deganda:
Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elementlarining
buzilishi, yoki yo’q kilinishiga yo’l qo’ymaslik;
Axborotning butunligini saqlab qolgan xolda, uni elementlarini qalbakilashtirishga
(o’zgartirishga) yo’l qo’ymaslik;
Axborotni tegishli huquqlarga ega bo’lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan
Ахборотнинг ҳаётий даври
Ахборотни сақлаш
ва архивлаш
Сўровлар бўйича
ахборотларни танлаш
Ахборотни қайта
ишлаш
Сақлаш учун ахборотларни
тизимлаштириш, тартибга
солиш ва ўгириш
Ахборотдан
фойдаланиш
Олинган
ахборот
Ахборотларни
фойдалилиги ва
аниқлиги бўйича
баҳолаш
Ҳисобот
маълумотлари
Бирламчи
ахборот
Ахборотларни
янгилаб туриш
Эски ахборотларни
йўқотиш


41
ruxsat etilmagan xolda olishga yo’l qo’ymaslik;
Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o’rtasida
kelishilgan shartnomalar asosida qo’llanishiga ishonish kabilar tushuniladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganlarning barchasi asosida kompьyuter tarmoqlari va
tizimlarida axborot havfsizligi muammosining dolzarbligi va muhimligi kelib chiqadi.
Axborotlarga nisbatan havf­xatarlar tasnifi
Ilmiy va amaliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish natijasida axborotlarga
nisbatan havf xatarlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Xavfsizlik siyosatining eng asosiy vazifalaridan biri himoya tizimida potentsial havfli
joylarni qidirib topish va ularni bartaraf etish hisoblanadi.
Тармоққа таъсир услуби:
­ интерактив;
­ пакетли;
Фойдаланиладиган воситалар буйича:
­ стандарт дастурий таъминот;
­ махсус дастурий таъминот;
Хавфнинг максади
буйича:
­ махфийликни бузиш;
­ яхлитликни бузиш;
­ ишончлиликни бузиш.
Таъсир тамойили буйича:
­ объект (файл, канал)га
субъект
(фойдаланувчи)
ни кириш имкониятидан
фойдаланиш билан;
­ яширин каналлардан
фойдаланиш билан.
Таъсир характери буйича:
­ актив таъсир (коидани
бузиш);
­
пассив
таъсир
(кузатиш ва тахлил).
Ахборотларга нисбатан хавф – хатарлар (тахдидлар) таснифи
Фойдаланиладиган хато
буйича:
­
хавфсизлик
сиёсати­нинг
ноадекватлиги;
­
админстратор
хато­лари;
­ дастурдаги хатолар.
Таъсир усули буйича
объектга бевосита таъсир:
­ рухсатлар тизимига
таъсири;
­ билвосита таъсир.
Хужум объектининг
холати буйича:
­
сақлаш
(дискда,
лентада);
­ алоқа канали буйича
узатиш;
­
қайта
ишлашлар
(фойдаланувчи
жараёни
хужум объекти бўлганда).
Хужум объекти буйича
­
маълумотларни
кайта
ишлашнинг
автоматлашти­рилган
тармоклари субъектлари;
­
маълумотларни
қайта
ишлашнинг
автоматлашти­рилган
тармоклари объектлари;
­ умуман маълумотларни
кайта
ишлашнинг
автомат­лаштирилган
тармоқлари;
­
фойдаланувчилар
жараён­лари;
­
маълумотлар
пакет­лари
ва
алоқа
каналлари.


42
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, tarmoqdagi eng katta havflar — bu ruxsatsiz
kirishga mo’ljallangan maxsus dasturlar, kompьyuter viruslari va dasturning ichiga
joylashtirilgan maxsus kodlar bo’lib, ular kompьyuter tarmoqlarining barcha ob’ektlari
uchun katta havf tug’diradi.
Tarmoq havfsizligini nazorat qilish vositalari
Zamonaviy axborot ­ kommunikatsiyalar texnologiyalarining yutuqlari himoya
uslublarining bir qator zaruriy instrumental vositalarini yaratish imkonini berdi.
Axborotlarni himoyalovchi instrumental vositalar deganda dasturlash, dasturiy ­
apparatli va apparatli vositalar tushuniladi. Ularning funktsional to’ldirilishi havfsizlik
xizmatlari oldiga qo’yilgan axborotlarni himoyalash masalalarini yechishda samaralidir.
Xozirgi kunda tarmoq havfsizligini nazorat qilish texnik vositalarining juda keng spektri
ish¬lab chiqarilgan.
Kompьyuter tarmoqlarida himoyani ta’minlash usullari
Kompьyuter tarmoqlarida axborotni himoyalash deb foydalanuvchilarni ruxsatsiz
tarmoq, elementlari va zaxiralariga egalik qilishni man etishdagi texnik, dasturiy va
kriptografik usul va vositalar, hamda tashkiliy tadbirlarga aytiladi.
Bevosita telekommunikatsiya kanallarida axborot havfsizligini ta’minlash usul va
vositalarini quyidagicha tasniflash mumkin:
Yuqorida keltirilgan usullarni quyidagicha ta’riflash qabul qilingan.
To’sqinlik
apparatlarga, ma’lumot tashuvchilarga va boshqalarga kirishga fizikaviy
usullar bilan qarshilik ko’rsatish deb aytiladi.
Egalikni boshqarish
— tizim zaxiralari bilan ishlashni tartibga solish usulidir. Ushbu usul
quyidagi funktsiyalardan iborat:
• tizimning xar bir ob’ektini, elementini identifikatsiyalash, masalan, foydalanuvchilarni;
• identifikatsiya bo’yicha ob’ektni yoki sub’ektni haqiqiy, asl ekanligini aniqlash;
• vakolatlarni tekshirish, ya’ni tanlangan ish tartibi bo’yicha (reglament) xafta kunini,
kunlik soatni, talab qilinadigan zaxiralarni qo’llash mumkinligini tekshirish;
• qabul qilingan reglament bo’yicha ishlash sharoitlarini yaratish va ishlashga ruxsat
berish;
• himoyalangan zaxiralarga qilingan murojaatlarni qayd qilish;
Усуллар
Тускинлик
Эгаликни
бошқариш
Ниқоблаш
Тартиблаш
Мажбур­ла
ш
Ундамоқ


43
• ruxsatsiz harakatlarga javob berish, masalan, signal berish, o’chirib qo’yish
so’rovnomani bajarishdan voz kechish va boshqalar.
Niqoblash
– ma’lumotlarni o’qib olishni qiyinlashtirish maqsadida ularni kriptografiya
orqali kodlash.
Tartiblash
— ma’lumotlar bilan ishlashda SHunday shart­sharoitlar yaratiladiki, ruxsatsiz
tizimga kirib olish ehtimoli kamaytiriladi.
Majburlash
– qabul qilingan qoidalarga asosan ma’lumotlarni qayta ishlash, aks xolda
foydalanuvchilar moddiy, ma’muriy va jinoiy jazolanadilar.
Undamoq
— ahloqiy va odobiy qoidalarga binoan qabul qilingan tartiblarni bajarishga
yo’naltirilgan.
Yuqorida keltirilgan usullarni amalga oshirishda quyidagicha tasniflangan vositalarni
tadbiq etishadi.
Rasmiy vositalar — shaxslarni ishtirokisiz axborotlarni himoyalash funktsiyalarini
bajaradigan vositalardir.
Norasmiy vositilar — bevosita shaxslarni faoliyati yoki uning faoliyatini aniqlab
beruvchi reglamentlardir.
Texnikaviy vositalar sifatida elektr, elektrome¬xanik va elektron qurilmalar tushuniladi.
Texnikaviy vositalar o’z navbatida, fizikaviy va apparatli bo’lishi mumkin.
Apparat­texnik vositalari deb telekommunikatsiya qurilmalariga kiritilgan yoki u bilan
interfeys orqali ulangan qurilmalarga aytiladi. Masalan, ma’lu¬motlarni nazorat
qilishning juftlik chizmasi, ya’ni jo’natiladigan ma’lumot yo’lda buzib talqin etilishini
aniqlashda qo’llaniladigan nazorat bo’lib, avto¬matik ravishda ish sonining juftligini
(nazorat raz¬ryadi bilan birgalikda) tekshiradi.
Fizikaviy texnik vositalar — bu avtonom holda ishlaydigan qurilma va tizimlardir.
Masalan, oddiy eshik qulflari, derazada o’rnatilgan temir panjaralar, qo’riqlash elektr
uskunalari fizikaviy texnik vositalarga kiradi.
Dasturiy vositalar – bu axborotlarni himoyalash funktsiyalarini bajarish uchun
mo’ljallangan maxsus dasturiy ta’minotdir.
Axborotlarni himoyalashda birinchi navbatda eng keng qo’llanilgan dasturiy vositalar
xozirgi kunda ikkinchi darajali himoya vositasi hisoblanadi. Bunga misol sifatida parolь
tizimini keltirish mumkin.
Tashkiliy himoyalash vositalari — bu talekommunikatsiya uskunalarining yaratilishi va
qo’llanishi jarayonida qabul qilingan tashkiliy­texnikaviy va tashkiliy­huquqiy
tadbirlardir. Bunga bevosita misol sifatida quyidagi jarayonlarni keltirish mumkin:
binolarning qurilishi, tizimni loyixalash, qurilmalarni o’rnatish, tekshirish va ishga
tushirish.
Ahloqiy va odobiy himoyalash vositalari — bu hisoblash texnikasini rivojlanishi
Воситалар
Расмий
Норасмий
техникавий
дастурий
ташкилий
қонуний
ахлоқий ва
одобий
физикавий
аппаратли


44
oqibatida paydo bo’ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar qonun darajasida
bo’lmasada, uni tan olmaslik foydalanuvchilarni obro’siga ziyon yetkazishi mumkin.
Qonuniy himoyalash vositalari — bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy xujjatlar
sanaladi. Ular bevosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash va uzatishni
tartiblashtiradi va ushbu qoidalarni buzuvchilarning mas’uliyatlarini aniqlab beradi.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy ban¬ki tomonidan ishlab chiqilgan
qoidalarida axborotni himoyalash guruhlarini tashkil qilish, ularning vakolatlari,
majburiyatlari va javobgarliklari aniq yoritib berilgan.
Xavfsizlikni ta’minlash usullari va vositalarining rivojlanishini uch bosqichga
ajratish mumkin:
1) dasturiy vositalarni rivojlantirish;
2) barcha yo’nalishlar bo’yicha rivojlanishi;
3) ushbu bosqichda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanishlar kuzatilmokda:
­ himoyalash funktsiyalarini apparatli amalga oshirish;
­ bir necha himoyalash funktsiyalarini qamrab olgan vositalarni yaratish;
­ algoritm va texnikaviy vositalarni umumlashtirish va standartlash.
Xozirgi kunda ma’lumotlarni ruxsatsiz chetga chiqib ketish yo’llari quyidagilardan
iborat:
• elektron nurlarni chetdan turib o’qib olish;
• aloqa kabellarini elektromagnit to’lqinlar bilan nurlatish;
• yashirin tinglash qurilmalarini qo’llash;
• masofadan rasmga tushirish;
• printerdan chiqadigan akustik to’lqinlarni o’qib olish;
• ma’lumot tashuvchilarni va ishlab chiqarish chiqindilarini o’g’irlash;
• tizim xotirasida saqlanib qolgan ma’lumotlarni o’qib olish;
• himoyani yengib ma’lumotlarni nusxalash;
• qayd qilingan foydalanuvchi niqobida tizimga kirish;
• dasturiy tuzoqlarni qo’llash;
• dasturlash tillari va operatsion tizimlarning kamchiliklaridan foylalanish;
• dasturlarda maxsus belgilangan sharoitlarda ishga tushishi mumkin bo’lgan qism
dasturlarning mavjud bo’lishi;
• aloqa va apparatlarga noqonuniy ulanish;
• himoyalash vositalarini qasddan ishdan chiqarish;
• kompьyuter viruslarini tizimga kiritish va undan foydalanish.
Ushbu yo’llardan deyarli barchasining oldini olish mumkin, lekin kompьyuter
viruslaridan xozirgacha qoniqarli himoya vositalari ishlab chiqilmagan.
Bevosita tarmoq bo’yicha uzatiladigan ma’lumotlarni himoyalash maqsadida
quyidagi tadbirlarni bajarish lozim bo’ladi:
­ uzatiladigan ma’lumotlarni ochib o’qishdan saqlanish;
­ uzatiladigan ma’lumotlarni taxtil qilishdan saqlanish;
­ uzatiladigan ma’lumotlarni o’zgartirishga yo’l qo’ymaslik va o’zgartirishga o’rinishlarni
aniqlash;
­ ma’lumotlarni uzatish maqsadida qo’llaniladigan dasturiy uzilishlarni aniqlashga yo’l
qo’ymaslik;
­ firibgar ulanishlarning oldini olish.


45
Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda asosan kriptografik usullar qo’llaniladi.
EHM himoyasini ta’minlashning texnik vositalari
Kompьyuter orqali sodir etidadigan jinoyatlar oqibatida faqatgina AQSH har yili 100
mlrd. dollar zarar ko’radi o’rtacha xar bir jinoyatda 430 ming dol¬lar o’g’irlanadi va
jinoyatchini qidirib topish ehtimoli 0,004% ni tashkil etadi.
Mutaxassislarning fikricha ushbu jinoyatlarni 80%i bevosita korxonada ishlaydigan
xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Sodir etiladigan jinoyatlarning tahlili quyidagi xulosalarni beradi:
• ko’pgina hisoblash tarmoqlarida foydalanuvchi istalgan ishchi o’rindan tarmoqda ulanib
faoliyat ko’rsatishi mumkin. Natijada jinoyatchi bajargan ishlarni qaysi kompьyuterdan
amalga oshirilganini aniqlash qiyin bo’ladi.
• o’g’irlash natijasida hech nima yo’qolmaydi, shu bois ko’pincha jinoiy ish yuritilmaydi;
• ma’lumotlarga nisbatan mulkchilik xususiyati yo’qligi;
• ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida yo’l qo’yilgan xatolik o’z vaqtida kuzatilmaydi
va tuzatilmaydi, natijada kelgusida sodir bo’ladigan xatolarning oldini olib bo’lmaydi;
• sodir etiladigan kompьyuter jinoyatlari o’z vaqtida e’lon qilinmaydi, buning sababi
hisoblash tarmoqlarida kamchiliklar mavjudligini boshqa xodimlardan yashirish
hisoblanadi.
Kompьyuter tarmoqlarida ma’lumotlarni himoyalashning asosiy yo’nalishlari
Axborotlarni himoyalashning mavjud usul va vositalari hamda kompьyuter
tarmoqlari kanallaridagi aloqaning havfsizligini ta’minlash texnologiyasi evolyutsiyasini
solishtirish shuni ko’rsatmokdaki, bu texnologiya rivojlanishining birinchi bosqichida
dastu¬riy vositalar afzal topildi va rivojlanishga ega bo’ldi, ikkinchi bosqichida
himoyaning hamma asosiy usullari va vositalari intensiv rivojlanishi bilan xarakterlandi,
uchinchi bosqichida esa quyidagi tendentsiyalar ravshan bo’lmoqda:
­ axborotlarni himoyalash asosiy funktsiyalarining texnik jihatdan amalga oshirilishi;
­ bir nechta havfsizlik funktsiyalarini bajaruvchi himoyalashning birgalikdagi vositalarini
yaratish:
­ algoritm va texnik vositalarni unifikatsiya qilish va standartlashtirish.
Kompьyuter tarmoqlarida havfsizlikni ta’minlashda hujumlar yuqori darajada
malakaga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishini doim esda tutish
lozim. Bunda ularning harakat modellaridan doimo ustun turuvchi modellar yaratish talab
etiladi. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida personal eng ta’sirchan
qismlardan biridir. SHuning uchun, yovuz niyatli shaxsga axborot tizimi personalidan
foydalana olmaslik chora­tadbirlarini o’tkazib turish ham katta axamiyatga ega.
Nazorat savollari?


46
kriptografiya haqida asosiy tushunchalarni sanang?
kompьyuter ma’lumotlarini himoyalashning texnik­dasturiy vositalari nimalardan tashkil
topgan?
simmetriyali kriptotizim asoslari nima?


47
8­ ma’ruza: Aloqa liniyalari orqali ma’lumotni uzatish muammolari. telefon orqali
internetga ulanish
Reja:
Internetga ulanish.
Internet xizmat turlari.
Web xujjatlar.
Web server.
Web sahifa.
Tayanch so’z va iboralar:
Provayder, Login, Rassword, Masofadan tarmoqqa
kirish, darcha, WWW elektron sa hifa xizmati, Elektron pochta, Telekonferentsiya
(Usenet), Fayllarni uzatish (FTR), Slujba imen domen (DNS), Chat konferetsiya,
ma’lumotlarni izlash xizmati.
Paketlar va ularning tuzilishi. Paketlarni manzillash. Paketlar va ularning tuzilishi
Mahalliy hisoblash tarmoqlarda axborot, odatda, alohida qism, bo’laklarda uzatiladi,
ularni turli manbalarda turlicha —
paket, kadr
yoki
bloklar,
deb ataladi. Paketlarni
ishlatilishining asosiy sababi shundan iboratki, tarmoqda, odatda, bir vaqtning o’zida bir
necha aloqa seansi amalga oshiriladi («SHina» va «Halqa» topologiyalarida), yaьni turli juft
abonentlaro’rtasida bir vaqt oralig’ida ikki va undan xam ortiq axborot uzatish jarayoni
kechishi mumkin. Paketlargina axborot uzaiayotgan abonentlar o’rtasida tarmoq vaqtini
taqsimlay olishi mumkin.
Agarda, hamma zarur axborot birdaniga uzluksiz, paketlarga bo’linmasdan
uzatilganda edi, bu holda uzoq vaqt davomida bir abonent tomonidan tarmoq vaqtini
butkul ravishda egallab turishga olib kelar edi. Boshqa hamma abonentlar barcha axborot
uzatilib bo’lishini kutishga majbur edilar, qator hollarda o’nlab sekundlar va hatto minut
zarur bo’lar edi (masalan, qattiq diskda yozilgan barcha axborotni ko’chirish uchun).
Abonent huquqlarini birdek qilish uchun, shuningdek, tarmoqqa ega bog’lish vaqtini
taxminan tenglashtirish uchun va barcha abonentlar uchun axborot uzatishning integral
tezligini tenglashga aynan paketlardan (kadrlar) foydalaniladi. Paket uzunligi
tarmoqturiga bog’liq, lekin u, odatda, bir necha o’nlab baytdan to bir necha
kilobaytgacha tashkil topgan bo’lishi mumkin. Yaьni muhimi shuki, katta axborot
massivini uzatilayotganda to’siqva uzilishlar sababli xato qilish ehtimoli yuqoridir.
Masalan, mahalliy tar­moqlarga xos bo’lgan bittali xato bo’lish ehtimolining kattaligi
10
­8
ni, paket uzunligi 10 Kbit bo’lgan 10
­4
xatolikka yo’l qo’yilishi ehtnnoli bilan, 10
Mbit uzunlikdagi massiv esa 10
­1
ehtimoli bilan uzatiladi.
SHuningdek, bir necha megabaytli massivda xatolikni topish bir necha kilobaytdan
tashkil topgan paketda xatolik topishga qaraganda, ancha murakkab. Xatolik topilganda
butun massiv axborotini boshqatdan uzatish kerak bo’ladi, bu esa ixcham paketni
uzatishga qaraganda, birmuncha murakkabdir. Katta massiv axborotni qayta uzatganda,
yana xatolikka yo’l qo’yish ehtimoli yuqori va bu jarayon katta massiv bo’lsa, cheksiz
davorn etishi mumkin. Boshqa tomondan olib qaraganda, baytlab (8 bit) yoki so’zlab (16
bit yoki 32 bit) axborot uzatishga qaraganda, paketlab axborot uzatish afzalliklarga ega,
yaьni tarmoqdan foydali axborot o’tishi orqali, xizmatchi axborotlarni kamayishi hisobiga
erishiladi. Bu bir necha baytga ega bo’lgan uzunliklardagi paketlarga ham taalluqlidir.
CHunki tarmoqdagi uzatilayotgan har bir paket tarkibida, albatta, tarmoqda axborot
almashinuviga tegishli bo’lgan, shuningdek, bitlar bor (axborot almashinuvini boshlash
biti, manzil bitlari, paket turi va nomerini ko’rsatuvehi bitlar va hokazo).


48
Kichik paketlarni tarmoqdan uzatilganda, xizmatchi axborotlarning nisbati keskin
oshib boradi, bu vaziyat tarmoq abonentlari o’rtasidagi axborot almashinuvining intcgral
tezligini (o’rtacha) kamaytirishga olib keladi. Paketlarning qandaydir optimal uzunligi
mavjud (yoki paketlar uchun optimal uzunlik oralig’i), bunday paketlar tarmoq orqali
uzatilganda, tarmoqning o’rtacha tezligi maksimal darajasiga yetadi. Bu uzunlik
o’zgarmas uzunlik emas, u axborot almashinuvini boshqarish usuliga, tarmoqdagi
abonentlar soniga, uzatilayotgan axborot ko’rsatgichlariga va bundan tashqari ko’p omillarga
bog’liq.
Paketning tuzilishi, avvalambor, tarmoqdagi barcha qu­rilmalar xususiyatiga,
tanlangan tarmoq topologiyasiga va axborot uzatish muhitining turiga, shuningdek,
sezilarli darajada ishlatiladigan protokolga bog’liqdir (axborot almashi­nuvining tarkibi).
Jiddiy qilib aytganda, har bir tarmoqda paket uzunligi o’zgachadir. Lekin paket uzunligini
aniqlashning qandaydir umumiy prinsiplari mavjuddir, bu har qanday mahalliy
tarmoqdagi axborot almashinuvining xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Ko’pincha paket tarkibi asosiy maydon qismlaridan tashkil topadi (3.1­rasm):
boshlash kombinatsiyasi
yoki priambula, adapter qurilmasini sozlashni yoki boshqa tarmoq
qurilmasini paketini qabul qilib va ishlov berishni taьminlaydi. Bu maydon bo’lmasligi yoki
1 bitdan iborat boshlash biti bo’lishi mumkin;
qabul qiluvchi abonentning tarmoq manzili
(identifikator), yaьni tarmoqdagi har bir qabul
qiluvchi abonentga berilgan shaxsiy yoki jamoa nomeri. Bu manzil nomeri qabul qiluvchi
qurilmaga axborot shaxsan o’zigami yokijamoa tartibiga kirgan biror abonentga va balkim bir
vaqtning o’zida tarmoqdagi barcha abonentlarga tegishli ekanligini tanishga xizmat qiladi;
uzatuvchi abonentning tarmoq manzili
(identifikator), yaьni tarmoqdagi har bir uzatuvchi
abonentga berilgan shaxsiy yoki jamoa nomeri. Bu manzil nomeri qabul qiluvchi
abonentga paket qaerdan kelganligi haqidagi axborotni beradi. Paket tarkibiga uzatuvchi
manzilini ko’rsatilishining sababi bir qabul qiluvchiga galmagaldan turli uzatuvchilardan
paket kelishi mumkiniigi uchun;
xizmatchi axborot
— bu axborot paket turi, uning nomeri, o’lchami, formati, olib
boriladigan yo’nalishi va qabul qiluvchi qurilma bu paket bilan nima qilish kerakligini
ko’rsatadi;
axborotlar
— bu shunday axborotki. uni uzatish uchun paket hosil qilinadi. Haqiqatan,
maxsus boshqarish paketlari mavjud, ularda axborot maydoni bo’lmaydi. Bunday
paketlarni tarmoq buyruqlari, deb qabul qilish mumkin. Axborot maydoni mavjud
paketlarni, axborot paketlari, deb yuritiladi. Boshqarish paketlari aloqa boshlanishini, aloqa
tugashini, axborot paketini qabul qilinganligi tasdiqlanishini, axborot paketi so’rashni va
boshqa vazifalarni bajarishi mumkin;
paketning nazorat sonlar yig’indisi —
bu sonli kod, uzatuvchi qurilma tomonidan ma’lum
qoidalarga asosan hosil qilinib, paket haqida ixchamlangan maьlumotdir. Qabul qiluvchi


49
qurilma uzatuvchi qurilmada paketi bilan amalga oshirilgan hisoblashlarni qaytarib, hosil
bo’lgan sonni nazorat soni bilan solishtiradi va uzatilgan paketda xatolik bor yoki yo’qligini
aniqlaydi. Agarda, paketda xatolikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, u holda qabul qiluvchi qurilma
axborotni takroran uzatilishini so’raydi;
to’xtatish kodlar kombinatsiyasi —
axborotni qabul qiluvchi abonent qurilmasini paketni
uzatish tamom bo’lganligi haqida xabardor qilishi uchun xizmat qiladi va qabul qilish
qurilmasini qabul holatidan chiqarishni taьminlaydi. Bu maydon yo’q bo’lishi ham
mumkin, agarda, o’z­o’zini sinxronlash kodi ishlatilsa.
Ko’pincha paket tarkibidagi faqat uch maydonni ajratishadi:
paketni boshlang’ich boshqarish maydoni
(yoki paket sarlavhasi), yaьni bu maydon
tarkibida boshlash kombinatsiyasi, qabul qilish va uzatish qurilmalarining tarmoq manzili
va shuningdek, xizmatchi axborotlardan tashkil topgandir;
paketning axborotlar maydoni;
paketning oxirgi boshqarish maydoni
(yoki xulosa, treyler), bu maydon tarkibiga paketning
nazorat sonlari yig’indisi va to’xtatish kodlari kombinatsiyasi, shuningdek, xizmatchi
axborot ham kiritish mumkin.
Adabiyotlarda «paket» atamasi o’rnida, shuningdek, «kadr» atamasi ham ishlatiladi.
Baьzi hollarda bu ikki atama bir maydonni ifodalaydi, lekin baьzida kadr paket ichiga
joylashgan ham, deb faraz qilinadi. Bu holda hamma sanab o’tilgan kadr maydoni
priambula va to’xtatish kodlari kombinatsiyadan tashqari kadrga taalluqli. Pakelga,
shuningdek, kadr boshqarish belgisi (priambula oxirida) ham kirishi mumkin. Bunday
aiama, masalan, Ethernet tarmog’ida qabul qilingan. Lekin har doim esda tutish kerakki,
jismoniy maьnoda baribir tarmoqdan kadr uzatilmaydi, balki paket uzatiladi (agarda,
albatta, bu ikki tushunchaga ajratilsa). Aynan kadrni uzatilishi cmas, balki paketni uzatish
tarmoq bandligiga to’g’ri keladi. Tarmoqda uzatuvchi va qabul qiluvchi abonentlar
o’rtasidagi axborot almashinishi jarayonida o’rnatilgan tartibda axborot va boshqarish
paketlarini almashinuvi ro’y beradi, bu jarayon
almashinuv protokoli,
deb ataladi.
3.2. Paketlarai manzillash
Mahalliy tarmoqning har bir obekti (uzel) o’zining manziliga ega bo’lishi kerak (u ­
idintifikator, MAC — adress), uning manziliga paket jo’natish mumkin bo’lishi uchun tarmoq
obektiga manzil berishining ikki sistemasi mavjud (aniqrog’i, obektlarning tarmoq
manzillariga).
Birinchi sistema juda ham oddiy. Bu quyidagi oddiy tadbirlardan iborat. Tarmoq
o’rnatilayotgan vaqtda tarmoq obektlarining har biriga o’z manzili beriladi (dasturiy yoki


50
adapter platasidagi ulash moslamalari yordamida). Bu holda talab qilinadigan razryadlar
soni keltirilgan ifoda yordamida aniqlanadi:
2
n
>N max,
bu yerda, n ­ manzil razryadlar soni, Nmax­ tarmoqda eng ko’p bo’lishi mumkin bo’lgan
obektiar soni. Masalan, sakkizta manzil razryadi 255 ta obekt bor tarmoq uchun
yetarlidir. Bitta manzil (odatda,
1111...11) hamma obektlarga bir vaqtda
manzillashtirilgan paket uchun ajratiladi. Xuddi shunday yondashish taniqli Arcnet
tarmog’ida qo’llaniladi. Bunday yondashishning afzalligi — sodda va paket tarkibida kam
xizmatchi axborotning mavjudligi, shuningdek, paket manzilini aniqlovchi adapterdagi
qurilmaning soddaligi. Kamchiligi — manzillashni ko’p mehnat talab qilinishi va xatolik
mavjud bo’lishligi (masalan, tarmoq abonentlaridan ikkitasiga bir xil manzil berib qo’yishi).
Internetga bog’lanish
Internetga bog’lanish uchun nima qilish kerak? Internetga bog’lanish uchun
avvalambor kompьyuter, aloqa kanali, modem va dastur ta’minotiga ega bo’lish kerak.
Provayder telefon raqamlarini olish, hamda mijozning qayd qilingan takrorlanmas nomi
(Login) va narol (Rassword) ga ega bo’lish zarur.
Internetga ulanish tartibini aniq bir misol yordamida tushuntirishga harakat
qilamiz. Faraz qilaylik, O’zbekistonda internet xizmatini ko’rsatuvchi provayderlardan
biri bo’lgan "Sarkortelekom" orqali siz Internetga ulanmoqchisiz. Buning uchun siz
avvalo kompьyuteringizdagi Windows 98 operatsion tizim tarkibiga kiruvchi Udalenыe
dostup
k
seti
(Masofadan
tarmoqqa
kirish)
standart
dasturi
yordamida
kompьyuteringizni provayder serveriga avtomatik tarzda ulanish uchun sharoit yaratib
olishingiz kerak. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Windows 98 ish stolidan Moy kompьyuter belgisini izlab topasiz va
sichqonchaning chap tugmachasini unda ketma­ket ikki marta bosasiz. Natijada
kompьyuter ekranida Moy kompьyuter darchasi ochiladi (1­rasm).


51
1­rasm.
2. Ekranda paydo bo’lgan Moy kompьyuter darchasidan Udalenыe dostup k seti
belgisini topasiz va sichqonchaning chap tugmachasini unda ketma­ket ikki marta
bosasiz. Natijada kompьyuter ekranida Udalennь dostup k seti darchasi paydo bo’ladi
(2­rasm),
2­rasm.
3. Ushbu darcha Novoe soedinenie yozuvi va belgisini topasiz. Agar oldindan bog’lanishlar
tashkil etilgan bo’lsa, u holda bu darchada bu bog’lanishlarning belgilari bo’lishi mumkin.
4. Novoe soedinenie belgisida sichqoncha chap tugmachasini yana ketma­ket ikki marta
bosasiz. Kompьyuter ekranida muloqot tarzida ishlovchi quyidagi "darcha" paydo bo’ladi
(3­rasm).
3­rasm.
5. Ushbu darchadagi Vvedite nazvanie soedineniya ... jumlasi tagidagi joyga yangi
bog’lanish nomini kiriting. Bu nom shartli bo’lishi mumkin, u faqat informatsion
xarakterga ega xolos. Masalan, Sarkor Telecom.


52
Darchaning Nastroyka tugmachasi yordamida kompьyuterga o’rnatilgan modemingizning
modeli va turini tanlang (4­ rasm).
4­ rasm.
7. Modemga doir barcha rostlash jarayonini tugatganingizdan so’ng mavjud darchada
Dalee> tugmachasini toping va sichqonchaning chap tugmachasini ketma­ket ikki marta
bosasiz. Kompьyuter ekranida quyidagi darcha paydo bo’ladi (5­rasm).
5­rasm.
8. Ushbu darchada ma’lumotlar kiritilishi uchun uchta joy ajratilgan: SHahar kodi (Kod
goroda), telefon, mamlakat yoki viloyat kodi (Kod stranam ili oblasti). Bu
ma’lumotlarni siz internet xizmati ko’rsatadigan provayderdan olasiz va ularni
shoshmasdan joy­joyiga yozasiz. ( Masalan, O’zbekiston kodi 998, Toshkent shahi kodi
371(2), "SarkorTelesom" internet provayderi serverining telefon raqami 1386000)
9. Mavjud darchada Dalee> tugmachasini topib va sichqonchaning chap tugmachasini
ketma ­ ket ikki marta bosasiz (6­rasm).


53
6­rasm.
Ushbu darchada Gotovo tugmachasini topib va "sichqoncha" ning chap tugmachasini
ketma­ket ikki marta bosing. Udalenыe dostup k seti darchasida hozirgina tashkil
etilgan yangi bog’lanish belgisi va nomi paydo bo’ladi (7­rasm).
7­rasm.
Ushbu tashkil etilgan bog’lanish internet xizmati ko’rsatuvchi provayderga avtomatik
ravishda qo’ng’iroq qilib, ulanish imkoniyatini beradi, ammo internetda ishlashni
qulaylashtirish uchun yana bir necha amallarni bajarish lozim bo’ladi. Quyida bu
amallarni bajarish tartibi keltirilgan:
Udalenыe dostup k seti darchasida yangi tashkil etilgan bog’lanish belgisi va nomini izlab
topasiz va "sichqoncha" ning o’ng tugmachasini bosasiz, natijada ekranda yana bir
ko’shimcha darcha paydo bo’ladi va ushbu darchaning "Svoystva" tugmachasini bosing
(8­rasm).


54
8­rasm.
Navbatdagi darcha (9­rasm) bog’lanishning umumiy xususiyatlari haqidagi
ma’lumotlarni o’zida aks ettirib,
9­rasm.
Obshie, Tip servera, Stsenarii, Podklyucheniya qismlardan tashkil topgan. Avvalo Obshie
qismidagi ma’lumotlarnk to’g’ri va aniq ekanligiga ishon hosil qiling, so’ngra darchaning Tip
servera
qismini oching (10­rasm) va unda siz foydalanadigan "drayver" larnigina
qoldiring. Agar sizning kompьyuteringiz mahalliy tarmoqqa ulanmagan bo’lsa NetBEUI
va IRX/SRX protokollarini uzib qo’ying (ya’ni ushbu protokollar oldidagi belgini olib
tashlang).


55
10­rasm.
Agar provayder sizga qo’shimcha ma’lumot sifatida 2 ta DNS serverning IR adreslarini
bergan bo’lsa (asosiy va qo’shimcha), u holda Nastroyka TCR/IR tugmachasi yordamida
ushbu ma’lumotlarni kiritish zarur bo’ladi (11­rasm)
11­rasm.
Qolgan
Stsenarii,
Podklyucheniya
qismlaridagi
ma’lumotlar
yordamchi
vazifalarni o’tab, ularni to’ldirish zarur emas. Moslashtirish, sozlash jarayoni OK
tugmachasini bosish bilan tugatiladi (10­rasm).
Qulaylik uchun bog’lanish belgisini ish stoliga ko’chiring (12­rasm).
12­rasm.
Internetga bog’lanish uchun ushbu belgida tugmachasini cherting. Hosil bo’lgan


56
darchada Podklyuchitьsya tugmachasini bosing
Yuqoridagi barcha amallarni to’liq bajarib bo’lgandan so’ng internet tarmog’iga
ulanish mumkin bo’ladi.
(13­rasm).
Internet avvalambor uning foydalanuvchilariga informatsion xizmat ko’rsatish uchun
yaratilgandir. Xo’sh, bu xizmat nimadan iborat va uning qanday turlari mavjud?
Ushbu sahifada biz mana shu xizmat turlari haqida so’z yuritamiz.
Umuman olganda internet xizmat turlari nihoyatda ko’p va xilma­xil bo’lib,
(yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo’lib, ba’zilari yo’qolmokda) ularni quyidagi
guruxlarga ajratish mumkin:
WWW elektron sahifa xizmati
Elektron pochta xizmati
Telekonferentsiya (Usenet)
Fayllarni uzatish (FTR)
Slujba imen domen (DNS)
Telnet xizmati
IRC xizmati yoki Chat konferetsiya.
Ma’lumotlarni izlash xizmati
Nazorat savollari
1. Paket nima?
2. Paketlarning vazifasini tushuntirib Bering?
3. Paketlarning tuzilishi qanday?


57
9­ ma’ruza: Bir nechta kompьyuterlarni o’zaro bog’lash Ethernet texnologiyasi. Ethernet
texnologiyasi asosida tarmoqlarni qurish xususiyatlari va ularning arxitekturasi.
Tarmoq operatsion tizimlari va Ethernet.
Ethernet ko’pchilik keng tarqalgan operatsion tizimlar bilan ishlaydi, ularga:
­ Microsoft Windows 95;
­ Microsoft Windows NT Workstation;
­ Microsoft Windows NT Server;
­ Microsoft LAN Manager;
­ Microsoft Windows for Workgroups;
­ Novell Netware;
­ IBM LAN Server;
­ Apple share;
Ethernet
­ keng tarqalgan arxitektura ega bo’lsa­da,
boshqa
keng
foydalaniladigan arxitekturalar ham mavjud. Xususan, ko’pchilik tashkilotlar Token Ring
tarmog’ini ishlatadilar,
faqatgina IBM firmasi
chiqargani uchungina emas, balki
ko’pgina Ethernetda bo’lmagan xususiyatlarga ega.
1990­ yilda Ethernet muhiti uchun tarmoq kartasi ishlab chiqildi. Bu karta shunday
kartalar kombinatsiyasiyasidan iborat ediki, 10 BASE 2 dan foydalanishga mo’ljallangan
koaksial kabellarni ham 10 BASE ­T dan foydalanishga mo’ljallangn o’rama juftliklarni
ham bemalol o’ziga qabul qila olar edi (albatta RJ45 modulini qo’llagan xolda).
Kompьyuterlarni mahalliy tarmoq manzillarini sozlash
Mahalliy tarmoqda har kompьyuter o’zining unikal manziliga, IP manziliga ega
bo’ladi. Tarmoqdagi hech bir kompьyuterni IP manzili boshqa birikini aynan bir xil
bo’lmaydi. Ushbu amaliy ish davomida kompьyuterlarni qanday qilib IP manzillarini
sozlashni ko’rib chiqamiz.
Kompьyuterni IP manzilini o’rnatish uchun Pusk
Panelь upravleniya
Setevыe
podklyucheniya bo’limiga kiramiz. Ochilgan oynada LVS ili vыsokoskorostnoy Internet
bo’limida Podklyuchenie po lokalьnoy seti yorlig’i mavjud.
Mahalliy tarmoq IP manzilini sozlash uchun Podklyuchenie po lokalьnoy seti


58
ustida sichqoncha o’ng tugmasi bosilib unda Svoystva bo’limi tanlanadi.
Bizga mahalliy tarmoq ulanish xususiyatlari oynasi ochiladi. IP manzilini o’rnatish
mavjudlarini sozlash ushbu oyna orqali amalga oshiriladi. U oyna quyidagicha
ko’rinishga ega:
Tarmoq xususiyatlari bo’yicha barcha ishlar ushbu oyna orqali amalga oshiriladi.
Ochilgan oynaning Komponentы, ispolьzuemыe etim
podklyucheniem bandidan
Protokol Interneta (TCP/IP)ni tanlaymiz Svoystva tugmasini bosamiz.


59
Ushbu oyna TCP/IP Internet protokolini xusuyatlari oynasi hisoblanadi. Oynada IP
manzilini olishni ikki yo’li mavjud: birinchisi, avtomatik tarzda IP manzilni olish. Bunda
kompьyuterni tarmoq
kabelini mahalliy tarmoqqa ulanadi natijada tarmoq serveri
kompьyuterga IP manzilni o’zi taqsimlaydi.
Ikkinchi usulda IP manzil IP manzil maydoniga yoziladi. Odatda ushbu usuldan
ko’proq foydalaniladi. Maska podseti agar tarmoqda kompьyuterlar soni 254 tadan
oshmasa 255.255.255.0 konfiguratsiyada yoziladi.
Ushbu oynada ko’rinib turgandek kompьyuterimizga 174.166.1.102 IP manzilini
yozdik. Bajarilgan amallarni saqlash uchun OK tugmasini bosamiz. SHuning bilan
mahalliy tarmoq IP manzilini o’rnatish ishlari yakunlandi. endi mahalliy tarmoqda
174.166.1.102 IP manzil sizni kompьyuteringizniki bo’lda. Istalgan papka yoki diskka
ruxsat (dostup) berib boshqa kompьyuterlarga ma’lumotlaringizdan foydalanishga
imkoniyat yaratishingiz mumkin
Nazorat savollari?
Ethernet nima?
Maska nima?


60
10­ ma’ruza: Faks­modemlar va ularning interfeyslari. Faks aloqasini o’rnatish
tamoyillari. Faksimil qurilmasi axborotlarini jo’natish va qabul qilish.
«Barcha
madaniylashgan
insoniyat
fakslarni
yozayotgan,
imzolayotgan
va
o’qiyotganlarga, bu fakslarni uzatayotgan va qabul qilayotganlarga va bu fakslarni hech
qachon
ko’rmaganlarga
bo’linadi;
buning
ustiga
so’nggi
guruh,
tugab
bormoqda». (Tadbirkor odamlar xazili)
Butun tijorat tez rivojlanib borayotganda faksimil aloqa oddiygina raqobatga bardosh
berib turish uchun ham kerak, bu yerda muvaffaqiyatga erishish to’g’risida gapirmasa
ham bo’ladi.
Agar siz kontraktni (shartnomani) darhol yubora olmasangiz, u holda buyurtmachini
yo’qotishingiz mumkin. Agar siz yangi eskizni u tayyor bo’lishi bilanoq darhol
namoyish eta olmasangiz, mijozni yo’qotishingiz mumkin. Buyurtmachilar va mijozlarga
kerakli hujjatlar darhol kerak va bu muammoni tezkor, oddiy va qimmat bo’lmagan
faksimil aloqa bilan hal etish mumkin.
Faksimil aloqa oddiy pochta yoki kurьer xizmatidan tezkorgina emas, balki u deyarli
barcha holatlarda juda arzon hamdir (adolat yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, so’nggi
yillarda faksimil aloqaga jiddiy raqobatni elektron pochta — «E­mail» yaratmoqda).
Faksimil aloqa (facsimile communication) — qo’zg’almas tasvir va matnlarni masofadan
turib uzatish jarayonidir; uning asosiy vazifasi hujjatlarni jo’natuvchining qog’ozli
varaqlaridan oluvchining qog’ozli varaqlariga uzatishdan iboratdir; bunday hujjatlar
sifatida matnlar, chizmalar, rasmlar, sxemalar, fotosuratlar va sh.o’. bo’lishi mumkin.
Aslini olganda, axborotni faksimil uzatish usuli hujjatlarni masofadan turib nusxasini
ko’chirishdir.
Faksimil aloqani oldin fototelegraf aloqa deyilar edi, lekin TTXMK ning tavsiyalari
bo’yicha «fototelegraf aloqa» atamasini faqat yarim ochiq rangli tasvirlarni uzatish tizimi
uchungina qo’llash kerak; yanada umumiyrog’i «faksimil aloqa» atamasidir, u ham yarim
ochiq, rangli, ham shtrixlangan hujjatlarni uzatish tizimlariga xosdir.
Faksimil aloqa asosiga elektr signallarni vaqt oralig’dagi ketma­ketliklarini uzatish usuli
qo’yilgan bo’lib, bu signallar uzatilayotgan hujjatning ayrim elementlarini yorqinligini
harakterlaydi. Uzatilayotgan tasvirni elementlarga yoyib chiqishni yoyish, bu
elementlarni ko’rib chiqish va uqishni esa skanerlash deyiladi. Faksimil aloqaning muxim
afzalligi uzatishning to’liq avtomatlashganligi bo’lib, bunga qog’ozli hujjat­manbadan
ma’lumotni o’qish va qog’ozli hujjat­qabul qiluvchida ma’lumotni qayd qilish kiradi.
Faksimil aloqani tashkil etish uchun faksimil apparatlar (telefakslar) va aloqa kanallari
ishlatiladi: hammadan ko’proq telefon kanallardan, kamroq integral servisli (ISDN)
raqamli kanallari va aloqa radiokanallardan foydalaniladi.
Faksimil aloqa standartlari va rejimlari
Faksimil aloqada turli xil ma’lumotlarni uzatish standartlari va ajratish qobiliyati
rejimlari (faqat eng mukammal telefakslardagina ta’minlanadi) ishlatiladi.
Xalqaro tasnifga muvofiq xabarlar uzatish standartlarining 4 ta guruhi mavjud bo’lib,
ular 12­jadvalda keltirilgan.
Faksimil axborotni telegraf aloqa kanali bo’yicha uzatish tezligi 4800—28800 bit/s
oraliqdarda yotadi (TTXMK V.34 standarti); raqamli kanallarni ishlatganda
ma’lumotlarni qing’iroq siqish imkoniyati bor va uzatish tezligi 64000 bit/s gacha yetadi.


61
12­jadval
Faksimil xabarlarni uzatish standartlari
Xabarlarni
uzatish
standarti
A4
Hujjatlarni
uzatish
vaqti
(210x297), s
Ajratish qobiliyati, mm
da nuqtalar
Analogli
chastota­
modulyatsiyalangan
signallar
360 gacha
4tadan
Analogli ampletuda­
modulyatsiyalangan
signallar
180 gacha
4tadan
Axborotni
siqib
raqamli kodlash
60 gacha
7­9
Yuqori
tezlikni
raqamli uzatish
5­10
16 gacha
Faksimil apparatlari ma’lumotlarni uzatish tezligini, agar qabul qilayotgan telefaks yoki
aloqa kanali yuqori darajali xalaqitlarga ega bo’lsa, avtomatik o’rnatishi mumkin. Bu
holatlarda odatda boshida maksimal o’rnatilgan uzatish tezligi, qabul qilayotgan telefaks
tasdiqlagan axborotlarni ishonchli qabul qilishga erishmagunga qadar pasayadi (uzatish
seansi boshida uzatayotgan telefaks maxsus signal yuboradi; qabul qilayotgan apparat bu
signalni tushunganidan keyin, axborotni qabul qilganlik xabarini yuboradi). Masalan, A4
o’lchamdagi matnli hujjatni uzatish vaqti, uzatish tezligi 9600 bit/s bo’lganda, 20
sekundni tashkil etadi, lekin aloqa kanalining sifati pastligi tufayli uzatish tezligi 4800
bit/s gacha pasaysa, hujjatni uzatish vaqti ikki marta ortadi, tezlik 2400 bit/s bo’lganda
esa 4 marta ortadi, ya’ni hujjat 1 minutdan ortiqroq vaqt davomida uzatiladi.
Faksimil apparatlar ishlatadigan ajratish qobiliyati rejimlari:
• Standart — oddiy, ajratish qobiliyati 100x200 dpi;
• Fine (High) — sifatli (yuqori), ajratish qobiliyati 200x200 dpi;
• Superfine (Super high) — yuqori sifatli (o’ta yuqori), ajratish qobiliyati 400x200 dpi;
• Halftone (Photo) — yarim ochiq, rangli (fotorejim), qo’l rangning 64 tagacha (darajasi).
Yuqorida aytilganlarni tushuntiramiz.
Faks­hujjatning to’la satri qog’oz varaqa eni 210 mm bo’lganda 1600 ta elementdan
tashkil topadi, ya’ni faksning ajratish qobiliyati satr bo’ylab (gorizontal bo’yicha) deyarli
har doim 1 dyuymga 200 ta element (nuqtalar) yoki 200 dpi (dot per inch — dyuymda
nuqtalar; 1 dyuym 25,4 mm) — 1 ta element taxminan 1/8 mm joy oladi.
Oddiy rejimda qog’ozning siljish qadami 1/4 mm ni tashkil etadi (vertikal bo’yicha
ajratish qobiliyati 100 dpi); sifatli rejimda — qadam 1/8 mm ni tashkil etadi (ajratish
qobiliyati ­ 200 dpi).
Yuqori sifatli rejim ishlatilayotgan faksapparatga bog’liq ravishda 300—400 dpi ajratish
qobiliyatiga ega.
Yarim ochiq rangli rejim qo’l rang tuslarini uzatishni ta’minlaydi va kerak bo’lganda
yarim ochiq rangli fotosuratlarni yoki rasmlarni uzatish uchun ishlatiladi. «Qo’l rangni
darajalash» yarim ochiq rangni tasvirlash imkoniyatini belgilovchi muxim kattalikdir.


62
Fotosuratlar, rasmlar, reproduktsiyalar, rangli hujjatlar oq­qora tasvirda uzatilishi
mumkin va telefaks qo’l rang shu darajalashni (yarim ochiq rang, tuslarni) qanchalik ko’p
miqdorda shakllantira olsa, uzatilgan tasvirning sifati shunchalik yuqori bo’ladi.
SHuni inobatga olish kerakki, ajratish qobiliyatining qanchalik sifatli rejimi qabul qilinsa,
hujjatdan o’qilayotgan nuqtalarning soni shunchalik ko’p bo’ladi va butun hujjatni o’qib
chiqishga shunchalik ko’p vaqt talab qilinadi. Ma’lumotlarni fine rejimida uzatish stardart
rejimiga nisbatan uzatish vaqtini taxminan ikki marta uzaytiradi, superfine rejimi esa bu
vaqtni 4 marta uzaytiradi; halftone rejimida uzatish vaqti stardart rejimga nisbatan eng
kamida 8 marta kattadir.
Umuman olganda, bir varaq hujjatni uzatishga sarflangan vaqt bu varaqning o’lchamlari,
undagi tasvir harakteri, uzatish tezligi va o’tkazish tezligi rejimiga bog’liq.
Faksimil aloqa, agar EHM faksmodem bilan jixozlangan bo’lsa, uzatilayotgan axborotni
EHM ga avtomatik kiritish uchun ishlatilishi mumkin.
Faksimil apparatlar
Faksimil apparat uchta asosiy qismdan tuzilgan:
• qog’oz varag’idagi xabarni o’qish va uni apparatning elektron qismiga kiritishni
ta’minlaydigan skaner;
• xabarni oluvchiga uzatish va boshqa abonentdan xabarni qabul qilishni ta’minlaydigan
uzatuvchi­qabul qiluvchi qims (odatda modem);
• qabul qilingan xabarni rulonli yoki oddiy qog’oz varag’iga chop etuvchi printer.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan faksimil apparatlar tasvirlarni ifodalash turi, yoyish
turi va ajratish qobiliyati bilan farqlanadi.
Tasvirlarni ifodalash turi bo’yicha (ishlatilayotgan printer turi bo’yicha) faksimil
apparatlar quyidagilarga bo’linadi:
• termografik (Xerox 7235, Canon Fax­T20, Panasonic KX­F130B);
• ingichka oqimli (Panafax UF­305, Panafax UF­321);
• lazerli (Panafax UF ­755, Canon Fax 850, Xerox 7041);
• elektrografik (Panasonic KX­F 1000B, Panasonic KX­F 1100B);
• fotografik (Neva);
• elektrokimyoviy (Beryozka);
• elektromexanik (SHtrix).
Ko’pchilik zamonaviy faksimil apparatlar termografik tipdagidir: ular qimmat emas va
yetarli yaxshi tavsiflarga ega: ajratish qobiliyati mm da 7—10 ta nuqta, 16—32 darajali
qo’l rangni uzatishi mumkin, ko’pincha 9600 bit/s li modem bilan jixozlanadi; lekin
ularda vaqt o’tishi bilan sarg’ayib ketadigan maxsus qimmat turadigan termoqog’oz
ishlatiladi.
Telefaksda termochop etishning ishlash prinsipi. Uzatilayotgan hujjatdagi oq va qora
nuqtalarning almashinishib turishi tug’risidagi aloqa kanali bo’yicha kelgan ma’lumotlar
mos ravishda chop etadi.
13­rasm. Zamonaviy faksimil apparati
Kuchsiz va kuchliroq elektr signallari ko’rinishida bo’lib, termoqog’oz bilan kontaktda
bo’lgan qizdiruvchi elementlar chizg’ichiga beriladi. Yanada kuchli signalni olgan
termoelementlar qiziydi va u bilan kontaktda turgan qog’oz uchastkalarining qorayishiga
olib keladi. Termoelementlar sovigandan keyin termoqog’oz bir qadam oldinga suriladi
va tasvirni keyingi qatorda shakllanishi amalga oshiriladi. Bunday tsikl bir necha


63
millisekund davom etadi, bu esa yuqori tezlik bilan chop etishni ta’minlaydi.
Elektrografik va ingichka oqimli faksimil apparatlar ham taxminan shunday klassda
ishlaydi, lekin ularning asosiy xususiyati oddiy qog’ozni ishlatishi va birmuncha yuqori
narxdaligidir.
Lazerli faksimil apparatlar yaxshi tavsiflarga ega: ajratish qobiliyati 1 mm da 16 ta
nuqtagacha va 64 ta kul rang darajasi, 14400 bit/s li modemlar bilan jixozlanadi, lekin
ular sezilarli darajada qimmatdir.
Fotografik faksimil apparatlar boshqalarga qaraganda yarim ochiq rangni yaxshi uzatadi
va yuqori ajratish qobiliyatiga ega (mm da 16 ta nuqtagacha), lekin qimmat.
Elektrokimyoviy va elektromexanik apparatlarning ajratish qobiliyati taxminan bir xildir
— 1 mm da 4—6 ta nuqta, lekin elektromexanik apparatlar yarim ochiq ranglarni
uzatmaydi (ularni ko’pincha shtrixli apparatlar deyiladi). Elektrokimyoviy apparatlar
maxsus elektrokimyoviy qog’ozni ishlatadi. elektromexanik apparatlarning afzalligi
shundaki, oddiy qog’ozni ishlatadi va tuzulishi oddiydir.
Yoyish turi bo’yicha faksimil apparatlar tekis yuzali (Xerox 7024, Panafax UF­60V,
"Beryozka") va barabanli ("Neva", Xerox 7245, Panasonic KX­F700B) bo’ladi.
Tekis yuzali apparatlarda uzatilayotgan hujjatlar faqat enining o’lchami bo’yicha,
barabanlida esa ham eni bo’yicha, ham buyi bo’yicha cheklanadi.
Ba’zi faksimil apparatlarning tavsiflari 13­jadvalda keltirilgan.
Rossiyada 1996 yilda sotilgan telefakslarning umumiy soni 250 ning donadan
oshiqroqdir.
13­jadval
Ba’zi faksimil apparatlarning tavsiflari
Firma
Model
Hujjatni
uzatish vaqti
Kul rangni
darajalash,
dona
Ajratish
qobiliyati, 1
mm da nuqta
Panasonic
Panafex
UF­755
7
64
16
Canon
Fax 850 HD
3
64
16
Xerox
7041
7
64
16
Panasonic
Panafex UF
7
64
16
Xerox
7210
20
16
8
Xerox
7235
17
32
16
Panasonic
KX­F130
15
16
16
Canon
Fax T20
20
16
8
Faksimil apparatlarning servis imkoniyatlari
• hujjatlarni nusxalash rejimi borligi; ko’pchilik telefakslar hujjatlarni nusxalashni yuqori
tezlik bilan bajaradi — minutiga 10 tagacha nusxa (aslini olganda, bu chop etuvchi
qurilmaning ish tezligi bilan aniqlanadi);
• telefon trubkasi va tovushli aloqa rejimiga qayta ulanish imkoniyatining borligi, ba’zida
esa bir vaqtning o’zida faksni uzatish bilan bir qatorda so’zlashuvni olib borishga imkon


64
beruvchi qo’shimcha telefon kanalining borligi;
• avtojavob beruvchining borligi, u liniyaga oldindan yozib quyilgan nutqli xabarni
yuborish imkonini beradi, olingan xabarni qabul qilish va keyinchalik eshitib ko’rish
uchun saqlab turishga imkon beradi;
• «baland tovushli aloqa» — trubkani ko’tarmasdan nomer terish va abonent bilan
gaplashishni yoki uni faqat eshitishni amalga oshirish imkoniyati (birinchi holatda baland
tovushli aloqa ikki tomonlama, ikkinchisida esa bir tomonlama); bu rejimni amalga
oshirish uchun spikerfon — dupleksli baland ovozli dinamik va mikrofon bo’lishi kerak;
• kerakmas chiqaruvlarni qabul qilmaslik imkoniyati — siz xoxlamayotgan abonentlardan
kelayotgan chiqaruvlarni inkor qilish;
• faksimil apparatni kompyuterga ulash imkoniyati;
• bir necha Mbayt tezkor xotirani va o’nlab bayt tashqi xotiraning borligi;
• «nomerlar xotirasi» — muhim abonentlarning nomerini tezkor terishda ishlatish uchun
telefaks xotirasida saqlanadigan telefon nomerlari soni;
• «varaqlar xotirasi» — qog’oz yo’qligida va kutilmaganda tugaganda yoki keyinchalik
uzatish uchun telefaks tezkor xotirasiga yozilishi mumkin bo’lgan hujjatlar varag’i soni;
• abonentlarning nomerlarini va adreslarini elektron telefon ma’lumotnomasining borligi;
• suyuq kristalli raqam­harfli qayd etuvchining (displeyning) borligi, unda telefaksning
joriy ishlash rejimlari, shu jumladan terilayotgan telefon nomeri, ma’lumot almashish
tezligi, aloqa o’rnatilgan abonent nomi va nomeri va b. aks ettiriladi;
• xabarni ushlab turib uzatish («kechiktirilgan uzatish») va tashqi so’rov bo’yicha uzatish
imkoni;
• kechiktirilgan uzatish imkoni, bu oldindan uzatishga tayyorlangan hujjatni abonentlarga
berilgan vaqtda avtomatik uzatish, masalan, kechqurun, shaharlararo va xalqaro
so’zlashuvlarga tariflar birmuncha past bo’lganda uzatish;
• poling imkoniyati — faksimil axborotni avtomatik uzatishga kerakli stantsiyani
so’roqlash va taklif qilish; parol bilan himoyalangan so’roqlash, siz faks olishni xoxlagan
faks­apparatni himoyalangan kod nomerini bilishni talab etadi;
• fakslarni sir tutiladigan pochta qutilari bo’yicha saralash imkoniyati;
• hujjatlarni va qog’ozni avtouzatish imkoniyatining borligi;
• rulonli qog’ozni avtokesishning borligi va b.
Faksimil apparatda ishlash
Faksimil xabarni (faksni) qabul qilish, uzatish va hujjatni nusxalashni oddiy va keng
tarqalgan Xerox 7210 faksimil apparati misolida ko’rib chiqamiz.
Faksimil axborotni qabul qilish
Agar faksimil apparat ulangan va qog’oz bilan ta’minlangan bo’lsa, u holda u kelgan
faksni avtomatik rejimda sizning xech qanday aralashuvingizsiz qabul qiladi. Sizning
qiladigan ishingiz faksni rulondan kesib olish yoki apparat kesuvchi qurilma bilan
jixozlangan bo’lsa, undan chiqqan faksni olish bo’ladi.
Agar faksimil apparat o’chirilgan bo’lsa, sizga esa telefon bo’yicha qo’ng’iroq qilib
faksni qabul qilishni so’ralsa, u holda qog’oz borligini tekshirish va apparatni ulash lozim
(START knopkasini bosish kerak).
Faksimil axborotni uzatish
Eng avvalo uzatiladigan hujjatni e’tibor bilan tayyorlash lozim.


65
Uzatilayotgan hujjat o’lchamini sizning uzatayotgan apparatingiz va qabul qilayotgan
faksapparat imkoniyatlari bilan moslashtirish kerak.
Agar hujjat o’lchami apparatingiz imkoniyatlaridan kattaroq bo’lsa, uni masshtabli
nusxalash yo’li bilan kichraytirish, yoki qismlarga bo’lish va har bir qismni alohida
nusxalash kerak yoki oddiygina qilib alohida qismlarga bo’lish, keyin esa qismlar
bo’yicha uzatish kerak.
Xususan, Xerox 7210 telefaksi kengligi 216 mm gacha va uzunligi 1500 mm gacha
bo’lgan hujjatlarni uzatish imkonini beradi.
Qabul qilayotgan faksapparat imkoniyatlari bilan qabul qilinayotgan hujjatning maksimal
uzunligini moslashtirish kerak: ba’zi bir tipdagi apparatlarda bu uzunlik cheklangandir va
agar bunday apparatga juda ham uzun hujjat uzatsangiz, u holda hujjat to’liq qabul
kilinmaydi. Standart A4 o’lchamli hujjatlar (210x297 mm) amalda istalgan telefaksda
qabul qilinadi, shuning uchun hujjatlarni aynan shunday standart o’lchamda uzatishga
harakat qiling.
Qog’oz sifatiga ham e’tibor berish talab etiladi: g’ijimlangan qog’oz, juda qalin yoki
aksincha, juda yupqa qog’oz hujjatning tiqilib qolishi yoki ezilishiga olib kelishi
mumkin. Uzatilayotgan hujjatda begona narsalar: qiskichlar, changaklar, knopkalar va
sh.o’., bor­yo’qligini diqqat bilan tekshirish tavsiya etiladi, ular faqat hujjatnigina emas,
balki faksimil apparatning o’zini ham buzib qo’yishi mumkin.
Uzatishga tayyorlangan hujjatni matnini pastga qaratib kirish ariqchasiga qo’yish va
yo’naltirgichni hujjat kengligi bo’yicha sozlash kerak. Ko’pchilik faksapparatlar 5­10 ta
va undan ko’p varag’ni avtouzatkichiga ega, shuning uchun tayyorlangan hujjatlarni
unchalik ko’p bo’lmagan to’plamini birdaniga qo’yish mumkin. Xerox 7210 apparatida
uzatuvchi ariqchaga birdaniga 5 varaqni qo’yish mumkin.
Uzatish sifati rejimlarini o’rnatish tavsiya etiladi:
­ agar hujjat juda ham och rangda bo’lsa, LIGHT knopkasini bosish kerak;
­ ajratish qobiliyatining tanlangan rejimi knopkasini bosish kerak, bunda yuqori sifatli
rejimlarni tanlashni suiste’mol qilmaslik kerak, negaki ular katta uzatish vaqtini talab
etadi; odatda standart rejimlari bilan chegaralanish yetarlidir, kichik detallarga ega
bo’lgan hujjatlar uchun esa fine rejimi kifoya.
Faks yuborishni istagan abonent bilan telefon orqali bog’laning va unga bu haqda
ma’lumot bering. Trubkada faks xabarini paydo bo’lishini kutib, START knopkasini
bosing va telefon trubkasini joyiga qo’ying.
Agar abonentingizning faksapparati ulanganligiga ishonsangiz, telefon trubkasini
ko’tarmasdan uning telefon nomerini terib, START knopkasini bosishingiz mumkin.
Agar abonent nomeri tezkor terish klavishasida eslab qolingan bo’lsa, u holda bu
klavishani bosib, qabul qilayotgan tele­faks nomerini kiritishingiz mumkin.
Hujjatlarni nusxalash
Hujjatlarni nusxalash uchun:
• nusxa olinayotgan hujjat qog’ozining sifatini va hujjatda begona elementlar yo’qligini
tekshiring;
• telefaks qog’oz bilan ta’minlanganligini tekshiring va agar yo’q, bo’lsa qog’oz bilan
ta’minlang;
• nusxa olinayotgan hujjatni kirish ariqchasiga matnni pastga qaratib qo’ying;
• COPY knopkasini bosing;


66
• tayyor nusxani uzib oling yoki oddiygina oling.
SHuni nazarda tutingki, termografik faksapparatlarda hujjatlarni nusxalash iqtisodiy
tomondan foydali emas (juda ham qimmat qog’oz).
Faksimil servis­tizimlar
Faksimil apparatni mavjud bo’lgan faks­servis tizimlariga ulanishi servisli xizmatlar
hajmini sezilarli kengaytirish imkonini beradi. Rossiya, MDH, mamlakatlari va uzoqdagi
chet elning 500 dan ortiqroq shaharlaridagi hamma yirik korxonalarni qamrab olgan
umumrossiya kengaytirilgan faks­servis tizimi o’zining barcha abonentlariga quyidagi
xizmatlarni ta’ninlaydi:
• olinganligi to’g’risida tasdiqlash bilan hujjatlarni yuborish uchun ixtiyoriy faksapparat
yoki kompьyuter tizimiga murojaat qilish;
• hujjatlarni darxol yoki kechiktirib eltish — yetkazish kuni va vaqti jo’natuvchi
tomonidan muloqot qilish rejimida beriladi;
• oldindan tuzilgan ro’yxat bo’yicha hujjatlarni avtomatik; aylanma (tsirkulyar) yuborish;
• uzatilayotgan ma’lumotning maxfiyligi (abonentning identifiqatori va paroli bo’yicha);
• abonent buyrug’ining bajarilish natijasini (hujjat eltib berilgan yoki eltib berilmagan),
kun va vaqtini ko’rsatib hamda hujjat eltib berilmaganligi sababini ko’rsatgan holda
kvitantsiya berish;
• boshlovchi foydalanuvchilar uchun rus va ingliz tillarida spikerfon bo’yicha tovushli
aytib turish.
CHet elda faksimil tizimlar bizdagiga nisbatan birmuncha yaxshi rivojlangan. Ko’pchilik
mehmonxonalar, aeroportlar, ko’plab korxonalar faesida va boshqa jamoat joylarda
faksimil apparat xizmat ko’rsatilmaydigan xonalarga o’rnatiladi. Ular taksofonlar kabi
tamoyil bo’yicha ishlaydi. Ko’pincha faksimil kabinalar ikkita telefon liniyasiga ega
bo’lib, ularda bir vaqtning o’zida faks uzatish va telefonda so’zlashish mumkin.
Radiofakslar keng ishlatilmoqda; harakatlanadigan radio­faksimil aloqaning ko’p kanalli
tizimlari mavjud, ular avtomobillarda o’rnatiladigan harakatlanadigan radiofakslar va
statsionar bazaviy stantsiyani o’z ichiga oladi (hamda, amaliyotning ko’rsatishicha,
avtomobildagi radiotelefonlar va radiofakslar ko’pincha yo’l­transport xodisalari
sababchisi bo’lmoqda).
O’zini kompyuteriga ega bo’lgan uyali intellektual radiotelefon­fakslar mavjud —
elektron kotiblar (PDA); IBM firmasi shunga o’xshash Simon apparatini ishlab chiqardi,
mutaxassislarning fikricha, ular PDA ni siqib chiqarishga qodirdir.
Qo’lyozma xabarlarini va qo’lda bajariladigan sxemalarni uzatish uchun ishlatiladigan
telefonli faksimil qo’shimcha qurilmalar (pristavkalar), imzolarni uzatish uchun esa aslini
olganda teleavtograf qo’shimcha qurilmalar chiqarilmoqda. Bunday qo’shimcha qurilma,
bu kompyuter — telefonga ulanuvchi elektron daftarcha. Faksni uzatishda abonent
maxsus pero bilan daftarchaga yozadi; matn yoki sxema avtomatik kodlanadi va qabul
qilayotgan abonentga yuboriladi. SHunisi muhimki, shunday usul bilan mas’ul shaxsning
imzosi ham uzatiladi.
Kompyuterli faksimil tizimlar
Kompyuter kuchli hisoblagichdan kuchli kommunikatsion vositaga tobora ko’proq
aylanib bormoqda. Haqiqatan ham, turli xil axborot­hisoblash tarmoqlaridan butun
dunyoning eng uzoqdagi manzillariga axborotlarni yuborish va olish mumkin, yuzlab va
minglab abonentlar bilan ma’lumotlar va dasturlar almashish mumkin, tezkor xizmat


67
tizimidan ixtiyoriy ma’lumotnoma axborotlarini olish mumkin.
Yuqorida aytilganidek, kompyuter abonentlik telefon tarmog’iga ulanishi va bu
tarmoqning boshqa abonentlariga murojaat qilishi mumkin hamda bu tarmoq bilan
ishlovchi elektron pochta, teletayp va telefakslarga ulanishi ham mumkin (shunday servis
tarmoqlari xozirda mavjud: «Rosnet», REX 400 va boshqa tarmoqlar).
Faksmodemli kompyuter telefaksga qaraganda birmuncha ishonchliroq («qog’ozni
chaynamaydi») va turg’unroq ishlaydi, ko’pgina qo’shimcha ushbu servis xizmatlarini
ta’minlaydi: kompьyuter vositalarini hamma xazinasini ishlatib, faks matnlarini yanada
qulayroq va samaraliroq avtomatik tayyorlash; elektron pochta, teleks va kompyuterning
ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyasi; juda rang­barang foydali ma’lumotlarni o’z
ichiga oluvchi katga sig’imli elektron ma’lumotnoma kitobining borligi; faksga
xodimlarning va tashqi abonentlarning murojaat qilish huquqini ajratib qo’yish; aloqa
qog’ozlarining o’tishini nazorat qilish; faks bilan ishlashni to’liq statistikasi va sh.o’.
Hozirning o’zida abonentning telefon nomerini bevosita terish mumkin bo’lgan
kompyuter klaviaturalari (Compu Phone 2000 klaviaturasi) ishlab chiqarilmoqda;
hozirdanoq videokamera va mikrofon bilan jixozlangan kompьyuterlar paydo bo’ladi,
ular hamkorlar bilan faqatgina fakslar almashibgina qolmasdan, balki ular bilan ham
ko’rishish, ham gaplashish imkonini beradi.


68
11­ ma’ruza: Elektron pochta. Ep imkoniyatlari. Ep dasturlari va manzillari. O’zaro
ma’lumotlar ayirboshlash vositasi.ep da matnlarni, rasm,
grafika, video, tovushlardan
tashkil topgan ma’lumotlarni jo’natish va qabul qilish. Ep ni o’rnatish va u bilan ishlash.
Etiketi. Ms outlook express dasturi.
Reja:
Kongress Virtual kutubxonasi.
WWW Virtual kutubxonasi.
Rossiya milliy elektron kutubxonasi
Internetda ish birjasi.
Tayanch so’z va iboralar:
Virtual kutubxonasi., elektron kutubxonasi, WWW
Virtual kutubxona, ye­kutubxona, E­libraru, qidiruv tizmlari, ma’lumotlar hajmi,
marketing, reklama.
Elektron kutubxona Internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bu
kutubxonaning elektron shaklidir. Kutubxona deganda odatda ko’z oldimizga kitoblar
turgan uzundan ­ uzoq kitob javonli katta xonalar keladi. Elektron kutubxonada
javonlar vazifasini jildlar, kitoblar vazifasini Internet sahifalar bajaradi. Bu
kutubxona ma’lumotlari elektron ko’rinishda bo’ladi va kompьyuterda joylashadi. Bu
kutubxonadan foydalanish juda qulay. Siz dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan elektron
kutubxona ma’lumotlaridan foydalana olishingiz mumkin. Yana bir qulay tomoni
zarur ma’lumot nusxasini ko’chirib olishingiz mumkin. Elektron kutubxonadan
foydalanishingiz uchun kompьyuter, modem va Internet tarmog’i bo’lishi yetarli
(rasm 4.16).
Faraz qilaylik elektron kutubxonadan foydalanmoqchisiz. Biror ma’lumot bilan
tanishmoqchisiz. Kompьyuter va Internet yordamida ma’lumotni bir necha daqiqada
topish mumkin. Ma’lumot dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan bir pastda ekranda
tasvirlanadi. Buning uchun siz kompьyuterning tugmachasini bosishingiz va elektron
kutubxonaga kirishingiz yetarlidir. Bir necha dakiqada ma’lumot ko’z oldingizda
namoyon bo’ladi. Bu mo’’jizani eslatadi. Bu mo’’jiza virtuallik deb ataladi. Unga faqat
kompьyuter va maxsus tarmoq orqali erishish mumkin. Bir necha yil avval bir maqolani


69
topishga bir necha oy vaqt sarflash zarur edi. Bugun buning uchun boshqa shaharga
borish va vaqt sarflash zarurati yo’qoldi. Elektron kutubxonalar yordamga keldi. Elektron
kutubxonalarni turlicha nomlashadi:
Elektron kutubxona
Virtual kutubxona
e ­ kutubxona
e ­ library
digital library
Virtual kutubxona o’zi nima? Oxirgi paytda virtual dunyo, virtual olam, virtual
do’st kabi so’zlar paydo bo’ldi. Virtual so’zining ma’nosi bu tasavvur qilishdir.
Virtual kutubxona bu odatdagi kutubxonaning abstrakt ko’rinishidir. Bu kutubxona
kitoblari, jurnallari va ro’znomalari kitob javonlarda emas, balki kompьyuter
xotirasiga joylangan bo’ladi. Bu kompьyuterda yoki kompьyuter maxsus
qurilmalarida raqamli formatda saqlanadigan ma’lumotlarning to’plamidir. Bu:
bosma, audio, video va mulьtimedia ma’lumotlardir. Ma’lumotlar hajmiga qarab
Serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog’langan bir necha kompьyuterlardan iborat
bo’ladi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo’lmaydi, shuning uchun zarur kitob
yoki ma’lumotni kompьyuter javonlaridan siz o’zingiz qidirasiz.
Elektron kutubxona odatdagi kutubxonadan bir qancha qulayliklarga ega:
Joyning tejamlanishi, ya’ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joyning zarurati yo’qligi;
Nodir asar va ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalana olish imkoniyatining
mavjudligi;
Foydalanishning qulayligi va yengilligi;
Qidiruv tizimlarining mavjudligi;
Ma’lumotlar hajmining cheklanmaganligi;
Ma’lumotning audio, video va kompьyuter grafikasi yordamida sifatli va yaxshiroq aks
ettirish mumkinligi;
Vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi, ya’ni undan 24 soat mobaynida foydalanishingiz
mumkin;
Qo’shimcha xizmatlarning mavjudligi.
Demak, elektron kutubxona bu turli ma’lumotlar jamlangan Internet sahifasidir.
Bu sahifani kutubxonalardagi maxsus markaz mutaxassislari ma’lumotlarni muntazam
ravishda kompьyuterga kiritadi va yiьadi. Ya’ni ma’lumotlar doimo yangilanib turiladi
va kutubxona hajmi kengayib boradi.
Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin. Buning uchun kutubxona adresini
Adres maydoniga yozishingiz zarur. Odatdagi kutubxona singari elektron kutubxona
ma’lumotlari mavzu yoki alfavit bo’yicha tartiblanadi. SHuning uchun zarur
ma’lumotni shu tartibda topish mumkin. Virtual kutubxona haqida batafsil ma’lumot
bilan [1] da, yeki NTTR://vlibrary.freenet.uz sahifasida tanishishingiz mumkin
(4.17­rasm).


70
Hozirgi
kunda
elektron
kutubxonalar
soni
son­sanoqsizdir.
Kutubxonalar,
universitetlar, ba’zi tashkilotlar o’z elektron kutubxonalariga ega. O’zbekistonda ham
kutubxonalar mavjud. Quyida ba’zi elektron kutubxona manzillari va tavsifini keltiramiz.
Kongress Virtual kutubxonasi
NTTR://lcweb.loc.gov Kongress Kutubxonasining elektron ko’rinishi bo’­lib, u
dunyodagi eng yirik virtual kutubxonalardan biridir. (4.18­rasm). Kongress
kutubxonasi 1800 yil 24 aprelda tashkil etilgan. Unda 115 milliondan ziyod kitob va
hujjatlar yig’ilgan.
Virtual
kutubxonada
tarixga
oid
ma’lumotlar,
turli
kollektsiyalar,
rasmlar,
informatsiyalar, yangiliklar mavjud. Bu kutubxona bo’ylab sayr qilganingizda, unda
mujassamlangan obidalarning tarixi bo’ylab safar qilgandek bo’lasiz.
WWW Virtual kutubxonasi
NTTR://www.vlib.org WWW Virtual kutubxonasi turli tuman ma’lumotlarni o’z
ichiga oladi: qishloq xo’jaligi, iqtisod va biznes, kompьyuter texnologiyalari,


71
aloqalar, informatsiya va jurnalistika, o’qish, qonunlar, ilm­fan va hokazolar
(4.19­rasm). Kutubxonaning quyidagi bo’linmalari ham mavjud: Pansilvaniya Davlat
Universiteti (USA), Buyuk Britaniya (UK), SHveytsariya (Switzerland) va
Argentina. Kutubxonada alfavit bo’yicha, so’z va jumlalar bo’yicha qidirish tizimi
ishlaydi.
GRO Access kutubxonasi
NTTR://gro.gov
US
Goverment
Rrinting
Office
markazi
millionlab
ma’lumotlarni o’zida mujassamlagan (4.20­rasm). Unda Siz AQSH dagi turli­tuman
hujjatlar, kitoblar, yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Har oyda bu kutubxona
28.000.000 ta hujjat bilan to’ldirilib boriladi. Bu vazifani maxsus elektron ma’lumotlar
bo’linmasi bajaradi.
Bunda maxsus elektron kataloglar ham ishlab chiqariladi. Konsulьtatsiyalar va
buyurtmalar telefon va elektron pochta orqali bajariladi. Kuniga bir necha minglab
foydalanuvchilar bu xizmatdan foydalanadi. Bu kutubxonadan davlat va shaxsiy
korxonalar keng foydalanadi.
Kutubxonada bolalar uchun maxsus bo’linma bor. Bu bo’linmada bolalar o’ziga
zarur va qiziqarli ma’lumotlarni olishi mumkin. Bu: tarixga oid, qonunlarga oid,
o’qishga oid zarur to’plam va ma’lumotlardir. Bu bo’linma nomi AQSH hukumatining
bolalar uchun sahifasi (Ben's Guide to the U.S.
Goverment for kids), manzili NTTR://bensguide.gro.gov
Marketing va reklama bo’limi kutubxona kataloglarini ishlab chiqadi va ularni dunyo
bo’ylab tarqatadi.


72
NTTR://vcu.librarv.edu
Virginia Commonwealth University elektron kutubxonasi (4.21­rasm). Bu
kutubxona universitetning elektron kutubxonasidir. Bu kutubxona o’zida ko’pgina
kitob, maqolalar, jurnallar, audio va video ma’lumotlarni mujassamlagan. Kutubxona
barcha konferentsiyalar, anjuman va ma’ruzalar haqidagi ma’lumotlarni muntazam
e’lon qilib turadi.
www.library.wustl.edu
Vashington Universiteti Virtual Kutubxonasi
Ushbu kutubxonada quyidagi mavzulardagi ma’lumotlar mavjud: san’at va
arxitektura, biologiya, biznes, kimyo, ilm­fan, tibbiyot, qonunlar, matematika va
hokazolar. Kutubxona qidirish tizimi mavjud. Kutubxona ma’lumotlarga buyurtmalar
qabul qiladi.


73
Rossiya Milliy Elektron Kutubxonasi
NTTR://www.nns.ru Dunyodagi eng yirik rus tilidagi ommaviy informatsiya vositalarining
elektron to’plamidir (4.22­rasm). Unda matbuotdagi nashrlar, Informatsiya Agentliklari
xabarlari, tele va radio dasturlar izohlari va analitik ma’lumotlar keltirilgan. Ma’lumotlar 2.500
dan ko’p Moskva, Rossiya regionlari, SNG va Boltiq davlatlari informatsiya manbaalaridan
olinadi va doimo yangilanib turiladi. Kutubxonaga kuniga 6.500 dan oshiq hujjatlar kelib
tushadi va ular to’la hajmda kutubxonaga kiritiladi. Kutubxonada 4.000.000 dan oshiq hujjatlar
yig’ilgan. Kutubxonada qidiruv tizimi mavjud, u ma’lumotlarni so’z va iboralar bo’yicha
topish imkoniyatiga ega. Kutubxonadan ixtiyoriy paytda foydalanish mumkin. Kutubxona
manbalaridan tijoriy usulda foydalanish mumkin. Kutubxona Rossiyadagi eng yirik ommaviy
siyosiy va yangiliklar serveri xisoblanadi.
Moliyaviy Informatsiyalar Agentligi Virtual Kutubxonasi. 2000 yilda Yevrosiyo
fondining moliyaviy ko’magi yordamida tashkil etildi. Virtual Kutubxona biznes
jurnalistlar va ommaviy informatsiya vositalari mutaxassislarini informatsiya bilan
ta’minlash uchun yaratilgan. Kutubxona informatsiyani olish, yig’ish va uzatish uchun
zamonaviy kompьyuter va informatsion vositalar bilan ta’minlangan. Virtual kutubxona
zamonaviy usullarda informatsiya tarqatadi. Virtual kutubxona kitobxonlarga
respublikamizda va horijda yuz berayotgan zamonaviy texnologiyalar, hamda iqtisodiy
jarayonlar haqida ma’lumotlar olish uchun maxsus to’plamlar yaratilgan.
Internetda elektron ish birjalari mavjud. Elektron birja yordamida o’zingizga ish
yoki ishchi topishingiz mumkin. Buning uchun maxsus elektron birja sahifalari
mavjud.
Odatda o’zingizga mos ish topish uchun gazetalardagi e’lonlardan
foydalanasiz, yoki korxonalarga va mehnat birjalariga borasiz. Bunda son­sanoqsiz
e’lonlarni o’qib va tahlil qilib o’zingizga mosini topishga harakat qilasiz. Undan
keyin topilgan manzilga qo’ng’iroq qilasiz. UchrashuVGa borasiz, o’zingizni
tanishtirasiz. Bu jarayon ish beruvchi va ish qidiruvchidan anchagina harakat va
vaqt talab qiladi.
Elektron ish birjasi bu jarayonni ancha yengillashtirdi va qulaylashtirdi. Endilikda
korxona mutaxxassisga muhtoj bo’lsa, vakansiya haqida Internetda e’lon qiladi va
tanlov o’tkazadi. Yoki ish birjasidagi takliflar orasidan o’ziga mosini topishi mumkin.
Xuddi shunday mutaxxassis o’ziga mos vakansiyani topishi yoki o’z nomzodini taklif
etish imkoniyatiga ega.
Internetda anchagina ish birjalari mavjud. Ish birjalarida ma’lumotlar
kategoriyalarga qarab ajratiladi. Ya’ni mutaxxassislikka mos ish joylari keltiriladi.


74
Informatsion texnologiyaga oid, ishchi yoki boshqa vakansiyalar ro’yxat keltiriladi.
O’zingizga mos ishni kategoriyalarga qarab topib olishingiz mumkin. Quyida ba’zi ish
birjalar ro’yxatini keltiramiz.
NTTR://job.com – Juda boy resurslarga ega bo’lgan ish birjasi.
NTTR://careers.msn.com – Vakansiyalar va maslahatlarga ega bo’lgan sahifa.
Rossiya ish birjalari:
www.rabota.ru
www.job.ru
www.zarrlata.ru
www.job.rambler.ru (4.23rasm)
www.yandex.ru
www.joblist.ru
Ularda vakansiyalar va mutaxassislar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Ish topish
bo’yicha turli foydali maslahatlar keltiriladi.
www.baht.uz O’zbekiston ommaviy ma’lumotlar to’plami bo’lib, ish topish
bo’yicha maslahatlar mavjud. www.uzjobs.com O’zbekiston ish birjasi.
Nazorat savollari:
Virtual kutubxona nima?
Elektron kutubxona?
WWW virtual kutubxonasi?
Rossiya milliy eletron kutubxonasi?
Internetda ish bajarish?


75


76
12­ ma’ruza: World wide web da ishlash. Internet resurslarini manzilgoxdan uslubiyoti.
Gipermatn va gipermedia. Www asosiy kontseptsiyalari.
Reja:
WWW
Kidiruv tizimlari
Gipermatn va gipermedia
Internet resurslarini manzilgoxdan uslubiyoti.
WWW Internetning eng ommalashgan axborot xizmatlaridan biri sanaladi. Hozirgi
vaqtda internet xizmatining 90 % ga yaqinini WWW xizmati tashkil etadi. Internetga asos
solingandan boshlab (1969 yil) WWW xizmati tashkil etilgunga qadar internet sekin
rivojlandi va 25 yil davomida bor yo’g’i 2 millionga yaqin foydalanuvchiga ega edi holos.
WWW xizmati tashkil etilgandan so’ng esa (1996 yil), har yarim yilda internet
foydalanuvchilarining soni 1,5 barobarga ortib bordi. Bugungi kunda internet
tarmog’ining foydalanuvchilar soni 300 millionga yetdi.
WWW xizmatining asosiy tushunchalari:
HTML formati.
"Gipermatn" bog’lanishi.
HTTR "gipermatn" uzatish protokoli.
Web hujjatlar.
Web uzel va saytlar.
Web sahifalarning aktiv komponentlari.
HTML formati tushunchasi.
SHaxsiy kompьyuterda formatlashtirilgan elektron hujjat WYSIWYG (What You
See Is What You Get) "Nimani ko’rayotgan bo’lsang, o’shani olasan" printsipida
ishlaydigan matn tahrirlagichlar yordamida yaratiladi. Masalan, MS Word, Lexicon,
AmiRro kabilar yordamida.
Bunday dasturlar yordamida biz elektron hujjatni hoxlagan shriftda, o’lchamda,
chap yoki o’ng tomondan tekislangan holda, (ya’ni o’zimizga ma’qul bo’lgan
"format"da) yaratishimiz mumkin. Ammo biz ushbu elektron hujjatni internet yordamida
e’lon qila olmaymiz. Sababi, uni o’qimoqchi bo’lgan boshqa bir internet mijozining
shaxsiy kompьyuterida biz foydalangan matn tahrirlagich dasturi yoki shriftlar
o’rnatilmagan bo’lishi mumkin. Buni oldindan aytib bo’lmaydi. Undan tashqari ushbu
matnni ochishga mo’ljallangan "darcha"ning o’lchamlari, haqida hech qanday
ma’lumotlarga ega emasmiz. SHuning uchun ham, shaxsiy kompьyuterda
foydalaniladigan matn taxrirlagichlar va ularning "format" lash usullaridan internetda
foydalanib bo’lmaydi.
Bunday noqulayliklarning oldini olish maqsadida yangi HTML (Hyrer text Markur
Language) "gipermatnlarni belgilash tili" protokoli, standarti yaratildi. Bu standart bir qancha
maxsus operatorlar majmuasidan iborat bo’lgan HTML dasturlashtirish tili bo’lib, uning
yordamida elektron hujjatlarni internetda bevosita e’lon qilish mumkin.


77
NTTR "gipermatn" uzatish protokoli.
NTTR (Hyrer text Transfer Rrotocol) «gipermatnlarni uzatish protokoli» tarmoq
protokollari ichida eng sodda va qulay protokollardan hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi
«giperbog’lanish»dan hosil bo’lgan URL adresli elektron hujjatlarni o’qishga oid so’rov
(zapros) ni serverga jo’natish (huddi shu vaqtda so’ralayotgan hujjat joylashgan server
bilan aloqa o’rnatiladi) va so’ralayotgan hujjat olib bo’lingandan so’ng server bilan
aloqani uzishdan iborat.
Gipermatnli bog’lanish tushunchasi.
Internetda elektron hujjatlar gipermatn yordamida bayon etiladi. Gipermatn bu
matnni giperbog’lanishlar yordamida ifodalashdir.
Giperbog’lanishlar ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Agar giperbog’lanish boshqa
bir serverda mavjud bo’lgan alohida o’zining URL adresiga ega bo’lgan elektron hujjatga
nisbatan ishlaydigan bo’lsa, u holda bunday giperbog’lanish tashqi deb ataladi. Ba’zi
hollarda Web hujjat avtorlari qulaylik nuqtai nazaridan bir serverning o’zida joylashgan
elektron hujjatning o’zini ham bir necha bo’laklarga bo’lib, giperbog’lanishlar yordamida
ifodalaydilar, bunday giperbog’lanishlar ichki deb ataladi.
Web hujjatlar.
HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat HTML hujjat, Web hujjat yoki Web
sahifa deb atalishi mumkin.
Agar elektron hujjatni tayyorlash haqida ran borsa, u holda hujjat HTML hujjat deb
ataladi, va ushbu elektron hujjatni internetda e’lon qilish yoki tarqatish haqida borsa,
holda bu hujjat Web hujjat deb ataladi. Bordiyu, ushbu hujjatdan foydalanish haqida
borsa, u holda bunday elektron hujjat Web sahifa deb ataladi.
Web uzel yoki saytlar.
Bitta mauallif yoki WWWra tegishli bo’lgan bir gurux, o’zaro "giperbog’lanishlar"
bilan aloqador bo’lgan Web caxifalar majmuasi Web uzel (tugun) yoki sayt deb ataladi.
Web server.
Web server tushunchasini 2 xil ma’noda ishlatish mumkin.
Agar WWW xizmatini ko’rsatish haqida borsa, u holda Web server tarmoq
mijozlariga Web sahifa va saytlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur
mahnosini anglatadi.
Agar so’z internetning texnik ta’minoti haqida borsa, u holda Web server Web
resurslari saqlanayotgan va uning dastur ta’minoti ishlab turgan kompьyuter ma’nosini
anglatadi.


78
Internet tarmog’ining ixtiyoriy bir kompьyuterida bir nechta server dasturlar ishlab
turishi mumkin. Masalan, Web server dastursi, FTR servis elektron pochta serveri dastur
ta’minotlari va x.k.
Bitta Web serverda (kompьyuterda) bir qancha tashkilot yoki korxonalarning Web
saytlari (uzellari) Web sahifalari joylashishi mumkin.
Web sahifaning aktiv komponentlari.
Ma’lumki, Web sahifa tarkibiga NTTR protokoli orqali amalga oshirib
bo’lmaydigan alohida ob’ektlarni joylashtirish mumkin. Agar xuddi shu Web sahifa
tarkibiga biriktirilgan ob’ektlar NTTR protokoli kodlaridan farqli «dastur» bo’lsa, u
holda bunday ob’ekt Web sahifalarning aktiv komponentlari (ob’ektlari) deb ataladi.
Ushbu aktiv ob’ektlar yordamida Web sahifalarni joylashtirish mumkin. Masalan
animatsiya, mulьtiplikatsiya va video fragmentlarni joylashtirish yoki mijoz bilan
interaktiv muloqotni tashkil etish, fizika, ximiya yoki texnikaga oid har xil tajribalarni
namoyish etish va h.k.
Webserver bilan ishlash mobaynida Telnetra chetdan ulanishni bajarish, tarmoq
mijozlariga elektron pochta yuborish, FTR anonim yordamida fayllarni olish va
Internetning boshqa bir qator ilovalarida (amaliy dasturlar) ish bajarish mumkin. Bu
WWW Internetning integral xizmati deb hisoblashga imkon beradi.
Fayllarni FTR protokoli yordamida uzatish.
Elektron pochta, birinchi navbatda, turli kompьyuter tizimlari o’rtasida matnli
ma’lumotni almashishga xizmat qiladi. Internet tarmog’i dan foydalanuvchilar uchun
alohida fayllar va yaxlit dasturlarni almasha olish imkoniyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Internetda uchraydigan turli operatsion tizimlar o’rtasida ma’lumotlarni uzatishni
ta’minlash uchun foydalanilayotgan qurilmadan mustaqil ishlaydigan FTR (File Transfer
Rrotocol) fayllarni uzatish protokoli qo’llaniladi. Protokol ikki kompьyuter o’rtasida
fayllarni ko’chirishni ta’minlaydi hamda Internet tarmog’i mijoziga bir necha fayllarni
olish imkoniyatini yaratadi. Foydalanuvchi tarmoqqa ulangan kompьyuterlarda mavjud
turli fayllar va dasturlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ushbu protokolni
amalga oshiruvchi dastur Internetdagi ko’plab FTRserverlardan biri bilan aloqa
o’rnatishga yo’l ochadi. FTR server fayllari bilan foydalanish mumkin bo’lgan
kompьyuterdir. FTRmijoz dasturli ma’lumotlarni uzatish protokolini bajaribgina qolmay,
FTRserver katalogini ko’rib chiqish , fayllarni izlash va ma’lumotlarni joylashtirishni
boshqarish uchun qo’llaniladigan bir qator komandalarga egadir.
Unix yoki MS OOZda ishlashda foydalanuvchi FTRserver bilan aloqa o’rnatish
uchun foydalanuvchi FTR komandasini kiritishi lozim, so’ng uning manzili yoki domen
nomi kiritiladi. Agar aloqa o’rnatilgan bo’lsa, foydalanuvchining nomini kiritish taklif
qilinadi. Serverda qayd qilinmagan foydalanuvchi "anonymus" nomini tanlab muayyan
fayllar va dasturlardan foydalanishga ruxsat oladi. Agar parolь so’ralsa, elektron
pochtadagi shaxsiy manzilni kiritish mumkin. Mazkur amallarni bajargandan so’ng
FTRserver bilan ishlashga yo’l ochiladi.


79
Diqqat! Faylarni uzatishning asosiy rejimi ASCII kodi orqali uzatishdir. Ikkilik
kodlarni uzatish uchun binary komandasini kiritish lozim. Faol rejimni aniqlash status
komandasini kiritib amalga oshiriladi.
Aksariyat FTRserverlar operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlashi tufayli ushbu
tizimda ishlash texnologiyasi kompьyuter komanda satrida komandalarni kiritishni talab
etadi va foydalanuvchining mazkur rejimdagi ishini birmuncha mushkullashtiradi.
Windows 95 operatsion tizimi WS_FTR dastursi bilan ishlashga imkon yaratadi, bu
FTR serverlari bilan ishlashda ancha qulaylik tug’diradi.
Yana bir usul WWWHHHr Microsoft Internet Exrlorer, Netscare Navigator kabi
ilova navigatorlarini qo’llashga asoslanadi.
Boshqa kompьyuterlar bilan o’zaro aloqa (Telnet.)
Telnet boshqa kompьyuter bilan aloqaga kirishishni ta’minlaydi, Telnet orqali
aloqani o’rnatib foydalanuvchi boshqa kompьyuterda go’yoki "o’ziniki" bilan
ishlayotgandek ishlashi mumkin, ya’ni nazariy jihatdan barcha resurslarga ega bo’ladi.
Bu faqatgina ma’lumolardan foydalanshi ochiq bo’lgan holdagina mumkin. Amalda
Telnet kirishni ochib beradi, ammo o’zaro aloqani tashkil etish chet kompьyuter orqali
belgilanadi. Internet xizmatlarining ikki turi turli serverlarga Telnet orqali bog’lanishni
talab etadi, bular: kutubxona kataloglari va elektron e’lonlar doskasi (BBS).
Telnet dastursi foydalanishga juda qulay. Uning yordamida tarmoqqa ulangan biron
­ bir kompьyuter bilan aloqa o’rnatish uchun uning Internetdagi to’liq manzilini bilish
kifoya. Kerakli kompьyuter bilan ulanishda komandada uning manzili ko’rsatiladi.
Ulanish jarayonida xostkompьyuter foydalanuvchining nomini so’raydi. CHet tizim bilan
ishlash uchun foydalanuvchi unga kirish xuquqiga ega bo’lishi shart. Xostkompьyuterga
ulanish mufaqqiyatli tugallangandan so’ng foydalanuvchi qo’llanilayotgan terminal
turini ko’rsatishi kerak. Foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida xostkompьyuter,
odatda, qo’llanma ma’lumotni chaqirib olish usulini ko’rsatib beradi.
CHet tizim bilan ishlash serverdagi va mijozning dasturlari faqat ulanish protokolini
ta’minlaydigan "shaffof" rejimda hamda mijoz server komandalari to’pla
Lycos
NTTR://WWW.lycos.com/
1994 yilning oxiridan ishlayotgan qidiruv sistemasi. Eng keksa ommaviy qidiruv
sistemalardan biri bo’lib, keng foydalanuvchilar doirasiga ega.
NTTR://WWW.dejanews.com/
NTTR://WWW.shareware.com/
Quyidagi jadvalda ommabop qidiruv sistemalaridan foydalanish reytingi
ko’satkichlari keltirilgan. Jadvalda Yahoo qidiruv sistemasi foydalanuvchilari soni
salmoqli ekanligi yaqqol ko’rinadi.


80
Qidiruv sistema
2000 yn.1 yanvarь
Nomi
foydalanganlar soni
1.
Yahoo.com
44.698.000
2.
Lyeos.com
/ 27.121.000 /
3.
Go.com
19.487.000
4.
Excite.com
15.552.000
5.
Altavista.com
11.969.000
6.
Snar.com
10.923.000
7.
Looksmart.com
8.812.000
8.
AskJeeves.com
7.631.000
9.
Goto.com
7.208.000
10.
Iwon.com
6.480.000
Rossiya ommaviy qidiruv sistemalari
Rambler
NTTR://WWW.rambler.ru
Rossiya eng katta qidiruv sistemasi. 10500 Rossiya serverlarida qidiruv olib boradi.
Aport
NTTR://WWW.arort.ru/
Qidiruvni YubOOdan ortiq Rossiya va ingliz tilli serverlarda olib boradi. So’rovni rus tiliga
tarjima qiladi.
Yandex
NTTR://WWW.yandex.ru/
9000 ta Rossiya serverini o’z ichiga olgan qidiruv sistemasi.
Tela
NTTR://WWW.tela.dux.ru/
1000 Rossiya serverini qamrab olgan DUX kompaniyasining qidiruv sistemasi.
All Stars
NTTR://WWW.stars.ru/
Axborot resurslari bo’ylab ma’lumotnomali qidiruv sistemasi.
Ulitka
NTTR://WWW.ulitka.ru/
Internet ning rus tilidagi resurslariga ega bo’lgan eng yosh qidiruv sistemasi.
O’zbekiston ommaviy qidiruv sistemalari


81
Assalom InterNet
NTTR://WWW.assalom.uz/
O’zbekistondagi birinchi qidiruv sistemasi. Resurslarini ko’paytirish imkoniyatlari
mavjud.
Welcome to Uzbekistan
NTTR://WWW.gov.uz/
O’zbekiston Respublikasi xukumati sahifasi. Rasmiy axborot, Oliy majlis qarorlari
haqida ma’lumot beradi.
Uzbekistan­Reference
NTTR://WWW.book.uz/
O’zbekiston Respublikasi haqidagi axborotni o’z ichiga oladi.
WWW.freenet.uz
Respublika internet resurslari haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
WWW.baht.uz
Ommabop ma’lumotlar to’plami.
WWW.esezam.uz
Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya informatsion portali. Xudud internet resurslari
haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Mamlakatlarga oid entseklopedik ma’lumotlar
keltirilgan.
Nazorat savollari:
1.Web sayt haqida tushuncha bering.
2.Web server nima?
3.Elektron pochta nima?
4.Usenet teleanjumanini tushuntirib bering.
5.Fayllarni protokol yordamida uzatish deganda nimani tushunasiz?


82
13­ ma’ruza: Tarmoqlarni qurishni ko’p sathli yondashish asosida amalga oshirish.
Protokol. Interfeys. Protokollar steki
Internetda protokollar shajarasi.
R ye j a:
1. Ring, Telnet va FTR bilan ishlash.
2. Arcie va Gorher bilan ishlash.
Tayanch so’z va iboralar:
Ring, Telnet, FTR, terminal, protokol, emuttsiya, operatsion
tizim, aloqa, Arcie, Gorher, Internet, ma’lumotlar bazasi, server, arxiv, tarmoq.
Ring, Telnet va FTR bilan ishlash.
Ring dasturi Internetda boshqa kompьyuterlar bilan bog’lanish mumkinligini tekshirish uchun
mo’ljallangan. U qisqacha xabar jo’natadi, unga boshqa kompьyuter avtomatik ravishda javob beradi.
Agar siz Ring yordamida boshqa kompьyuter bilan bog’lana olmasangiz, demak buni umuman
amalga oshira olmaysiz. Ulanishni tekshirish uchun aloqa qilishni istagan host kompьyuter nomini
kiritish va Ring komandasini berish ("sichqon" cha orqali Ring tugmasini bosing) kifoya qiladi. Bunga
javoban aloqa bog’lash mumkinligi haqida axborot keladi.
Telnet bu terminalning emutsiya protokolidir. U orqali internetga olisdan turib
kirish mumkin. Terminal emutsiyasi – bu boshqa kompьyuterlarga kirishni ta’minlovchi
ish rejimi. Bu holatda boshqa kompьyuter bilan uning terminali sifatida mulokatda
bo’lasiz. Ko’pchilik xollarda DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va UNIX
oreratsion tizimida terminal emuliyatsiya uchun mo’ljallangan vt100 termunal
emulyattsiya ustidan foydalaniladi.
Unix operatsion tizimida fayllarni boshqarish DOS OT operatsion tizimidagi kabi
o’sha kataloglar tizilmasiga asoslangan.
Olisdan turib ishlash seansini boshlash uchun Telnet (UNIX) komandasini berish
va siz ishlashni xohlagan mashina nomini ko’rsatish lozim. Telnet host domain
Masalan:
Telnet well.cf.ca.us
Bu komandaga nisbatan olsdagi kompьyuter so’zini ro’yxatga olingan nomingizni
(login) va parolini suraydi. CHunki telnet aloqani o’rnatish uchunsiz ushbu olislashgan
kompьyuterda ro’yxatga olingan bo’lishingiz kerak. Agar siz telnet komanda katorida
turib telnetning barcha komandalari haqida ma’lumot olishni istasangiz klaviatura bilan
so’rov(?) alomatini kiriting.
Telnet dasto’rini kiritgan kompьyuter lokal hisoblanadi va o’z o’rnida aloqa
o’rnatadigan kompьyuter ­ olislashgan kompьyuter hisoblanadi.
Telnet maqsadga muvofiq foydalaniladigan holatlar:
Siz bir kator kompьyuterlarda ro’yxatga olingansiz va ba’zi ishlarni bajarishingiz kerak
(dasturni kiritish uchun sizning kompьyuterin­gizda resurs yetishmaydi, nisbatan kuchli
kompьyuterga kirishga ruxsat olish kerak. Boshqa kompьyuterda saqlangan ma’lumotga
ega fayl bor va ushbu ma’lumotlar bilan ishlash uchun dasturni kiritmokchisiz);


83
Siz Internet tizimining "mijoz ­ server" ilovasidan foydalanmoq­chisiz, lekin sizning
mashinangizga kerakli "mijoz ­ dastur" kiritilmagan;
Boshqa kompьyuterda joylashgan lokal dasturga kirishga ruxsat olishingiz shart;
Lokal dasturning uchta turi mavjud;
Ma’lum mavzu bo’yicha faylga kirishni ta’minlovchi e’lonlar taxtasi;
Ma’lumotlar bazasi;
Menyu tizimi yordamida fayllarga qulay kirishni ta’minlov­chi dasturlar;
Telnet
bazasida
hytelnet
ishlab
chiqilgan.
Hytelnet
telnet
yordamida
ochiqdan­ochiq ulanish imkonini beruvchi tizimlar va kutubxonalarning gipermatnli
ro’yxatida qayd etish uchun kompьyuterlar tanlash imkonini beradi. Hytelnet ni ishga
solish uchun Hytelnet komandasi beriladi.
Menyuda tanlash uchun yuqori kiritish klavishalari va ENTER klavishidan
foydalaniladi. Foydalanuvchining Hytelnet
ma’lumotlar bazasida saqlanadigan
identifikatori va paroli dastur bilan avtomatik ravishda kiritiladi. Web Hytelnet
taxminicha httr//library.usask.ca/hytelnet manzilgohi bo’yicha kiritish imkonini beradi.
FTR (file transfer rrotocol ­ fayllarni uzatish protokoli) – bu bir xost –
kompьyuteridan boshqasiga nusxa olish imkonini beruvchi FTR protokol va dasturning
jamlanmasi bo’lib, internetning ilk xizmat turlaridan biri sanaladi.
FTR imkoniyatlari:
olisdagi mashinadan fayllarni qidirish;
fayllarda ma’lumotlarni jo’natish( ham ikkilik, ham matnli ma’lumotlarni);
FTR serverlarda katta hajmdagi fayl arxivlari saqlanadi.
Hozir Internetda FTR – serverning uch xil turi mavjud:
Internet ­ style (serverning barcha fayllariga kirish);
Listserver (cheklangan kirish);
FTRmail (elektron pochta orqali kirish);
Ba’zi o’rinlarda ftr telnetga o’xshab ketadi. FTR ishlashi uchun olisdagi mashinaga
kirishga ruxsat bo’lishi zarur (foydalanuvchining mantiqiy nomi va parolni bilish lozim).
Ko’pgina uzellarda anonim FTR usuli qabul qilingan. Bunda mantiqiy nom sifatida
anonymous sifatida ro’yxatga olinsangiz, olislashgan tizim fayllarining cheklangan
to’plamiga kirishga ruxsat beriladi.
FTR yordamida fayllardan nusxa olish quyidagicha amalga oshiriladi:
FTR komadasi yordami bilan;
WinSock standarti FTR – dasturi yordamida;
Web – brauzer yordamida;
Ko’pgina Web ­ brauzerlar anonimi FTRni amalga oshirishi mumkin, lekin faqat fayllarni
kompьyuteringizga yozish uchun foydalaniladi. Freeware (bepul dasturiy ta’minot) – bu
dasturiy ta’minot tarqatish va foydala­nish uchun taqdim etiladi. Uning Shareware dan
farqi shundaki, Shareware bepul tarqatilishi mumkin, lekin bir qancha tanishuv davridan
so’ng haq to’lash lozim.


84
Arcie va Gorher bilan ishlash.
Internet orqali kirish bo’lgan dasturlardan o’z kompьyuteringizga nusxa
ko’chirishingiz mumkin. Bunda kerakli dasturni qidirish lozim bo’ladi. Archie nomi
bo’yicha FTR serverda faylni qidiradi va qidirilayotgan faylni o’z ichiga olgan serverlar
ro’yxatini chiqaradi. SHundan so’ng FTR yordamida kerakli fayllarni o’z
kompьyuteringizga yuborishingiz mumkin.
Archie doimo Internetni skanerlaydi va
uning ma’lumotlar bazasi to’xtovsiz yangilanadi. Agar siz faylning aniq nomini
bilmasangiz Archie yordamida kalit so’z bo’yicha faylni qidirish mumkin. Archie
ma’lumotlar bazasi ko’pgina universitetlar va tarmoq tashkilotlar tomonidan
qo’llab­quvvatlanadi.
Archie ma’lumotlar bazasiga kirishga ruxsatni quyidagi usulda olish mumkin:
sizning xost ­ kompьyuteringiz orqali kompьyuteringizga o’rnatilgan Archie mijoz
dasturi yordamida:
elektron pochta orqali;
Telnet orqali Archie server bilan kompьyuterga ulanish;
Kerakli faylni qidirish uchun FTR ­ search qidiruv tizimi xizmatidan foydalanish
mumkin. Bu tizim barcha domenlar bo’yicha yoki siz buyurgan domen bo’ylab faylni
tezkor usulda qidiradi, tashkil etish vaqti, mamlakatlar va boshqa belgilar bo’yicha
tanlangan fayllarni xillarga ajratadi. Siz /httr://ftrsearch.ntnu.no/ manzilgohi bo’yicha
mazkur qidiruv bilan bog’lanishingiz mumkin.
FTR Search – FTR arxivida fayllarni qidiruvchi eng yaxshi mashina va u
Tronxeym (Norvegiya)da joylashgan. FTR Search – ko’rsatilgan yoki barcha domenlar
bo’yicha tezkor qidiruvni amalga oshiradi, yaratish vaqtida natijalari, mamlakatlar va
boshqa belgilar bo’yicha uni xillarga ajratadi. Ma’lumotlar bazasi 4,650 FTR Sites, 5mln.
direktoriya va 65 mln. dan ortiq 135 MV hajmdagi fayllar nomini o’z ichiga oladi, har
haftada yangilanadi.
Gorher qulay shaklda Internet taqdim etadigan barcha xizmatlardan foydalanish
imkonini beradi. Gorher serverlaridan biriga ulanib, u bilan ishlash mumkin. Odatda har
bir Gorher – server ma’lum mavzuga: qishloq ho’jaligi, iqtisod qonunchiligi va
hokazolarga bag’ishlangan.
Gorher menyu tizimidan foydalangan holda sizga kerakli server bilan bog’lanish
mumkin. Ma’lumotlar arxivi bilan ishlashni osonlashtirish uchun Gorherda Veronisa
(Very Easy Rodent Oriyntal Netwide Index to Comruterzed Archives­kompьyuter
arxivining o’ta oddiy tarmoq ko’rsatkichi) dasturi mavjud. Ushbu dastur yordamida siz
kalit so’zlar bo’yicha Gorherning har qanday serverida kerakli ma’lumotlarni qidirib
topishingiz mumkin.
Nazorat savollari:
Ring dasturi qanday maqsadda qo’llaniladi?


85
Telnet nima?
FTRning qanday imkoniyatlari mavjud?
Hozirda Internetda FTRning qanday turlari mavjud?
Kerakli server bilan bog’lanish uchun nima qilish kerak?
Very Easy Rodent Oriyntal Netwide Index to Comruterzed Archives nima?
Gorherda Veronisa deganda nimani tushunasiz
Hozirda Internetda FTRning qanday turlari mavjud?
Kerakli server bilan bog’lanish uchun nima qilish kerak?
Telnet nima?


86
14­ma’ruza: OSI modeli. OSI modeli sathlari. IEEE 802.x standartlarining tuzilishi va
tarkibi.
Tayanch iboralar: OSI, inkopsulьyatsiya, dekapsulyatsiya, amaliy daraja,
tag’dim daraja, seans daraja, simpleks, polidupleks, polidupleks, transport daraja, tizim
daraja, kanal daraja, fizik daraja
,
IEEE Project 802 modeli, Yuqori daraja osti, Quyi
daraja osti
Reja: 1. OSI modeli tushunchasi.
2. OSImodelining darajalari.
3. IEEE Project 802 modeli.
Kom’pyuter tarmoqlarini ishlatishda va ishlab chiqarishda umumiy hollar uchun standart
sifatida model yaratilgan. 1984­yilda xalkaro standartlar tashkiloti ISO OSI modelini
yaratdi.
Tarmoqda ko’plab operatsiyalar bajariladi. Bu jarayonda ma’lumotlarni qayta ishlash
ko’p etaplardan o’tadi. Bunda ma’lumot bloklarga bo’linadi va ular xizmat ma’lumotlari
bilan to’ldiriladi.
Olingan bloklar paketlar tarzida tayyorlanadi. Bu paketlar
kodlashtiriladi hamda elektrik yoki nur signallari yordamida tarmoq orqali yuboriladi.
Yuborish davrida tarmoqda qabul qilingan uzatish usulidan foydalaniladi. Qabul qilingan
paketdagi ma’lumotlar olinadi. Agar paketlar bir nechta bo’lsa olingan bloklar bir­biri
bilan qo’shiladi va ilova uchun ma’lumot xisoblanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan jarayonni darajalarga bo’lish va bu darajalar o’rtasidagi
munosabatlarni aniqlash tarmoq modeliga yuklatilgan. Bu model OSI deb ataladi.
Avval tarmoq nima uchun kerak degan savolga javob beraylik.
Birinchidan, tarmoqdagi
kompьyuterlar
asosiy
xotiralaridan
umumiy
foydalanish uchun, bunda xotira muammosidan qutulish mumkin.
Ikkinchidan, tarmoqdagi abonentlar biror masala haqida umumiy ravishda
bosh qotirishlari mumkin.
Uchinchidan, tarmoqdagi
kompьyuterlar
ulardagi
axborotlarni
o’zaro
qiyinchiliklarsiz almashishlari mumkin.
To’rtinchidan, kompьyuterdagi
yuklamani
kamaytirish
uchun
boshqa
kompьyuterni operativ xotirasidan foydalanish mumkin.
Beshinchidan, dasturlar (masalan, tarmoqli (setevoy) o’yinlar) dan
o’zaro
bog’langan holda foydalanish uchun.
SHu kabi tarmoq ustunliklarini ko’pchiligini aytib o’tishimiz mumkin, lekin
shuni ham esda tutaylikki, tarmoqda kompьyuter viruslari juda tez tarqaladi.
Har bir narsaning o’z etaloni bo’lganidek, tarmoq ham biror etalonga
asoslanishi kerak, ya’ni muloqotning etalon modeli bo’lishi kerak. SHu munosabat
bilan Xalqaro Standardlar Tashkiloti ­ ISO (International Standarts Organisation)
tomonidan 1984­yili muloqotning etalon modeli – OSI modeli (OSI­ Open System
Interconnection) taqdim qilingan. U yettita bosqichdan iborat bo’lib, quyida shu
haqida va tarmoq qurilmalarining ba’zilari haqida to’xtalib o’taman.
Tarmoq arxitekturasi


87
Kompьyuterlarni tarmoqqa ulash jarayonida juda ko’p operatsiyalarni amalga
oshiriladi, ya’ni
kompьyuterdan kompьyuterga
axborotlarni uzatilishi
to’liq
ta’minlanadi. Qandaydir ilovalar bilan ish olib borayotgan foydalanuvchiga nima
qanday amalga oshirilayotganining farqi yo’q albatta. Uning uchun faqat boshqa
ilovaga ega bo’lish yoki tarmoqda joylashgan boshqa kompьyuter resurslariga ega
bo’lish mavjuddir xolos. Aslida esa hamma uzatilayotgan axborot ko’p ishlov
berish bosqichlaridan o’tib boradi. Avalambor u bloklarga ajratilib har biri aloxida
boshqarish axboroti bilan ta’minlanadi. Xosil bo’lgan bloklar paket
sifatida
jihozlanadi, bu paketlar kodlashtiriladi, shundan so’ng elektr signallari yoki
yorug’lik signali yordamida tanlangan ega bo’lish usulida tarmoq orqali uzatiladi,
ya’ni qabul qilingan paketni qaytatdan bloklangan axborotlari tiklanib, bloklar
axborotlar ko’rinishida ulanadi va shundan so’nggina boshqa ilovaga foydalanish
uchun tayyor bo’ladi. Bu albatta bo’ladigan jarayonni ancha soddalashtirib bayon
qilinishi. Aytib o’tilgan ishlarning bir qismi albatta dasturlar yordamida amalga
oshirilsa, boshqa qismi esa qurilmalar ishtirokida bajariladi.
Butun sanab o’tilgan va bajarilishi lozim bo’lgan muolajalarni (protsedur)
bir­biri bilan muloqot qiluvchi bosqich va bosqich ostiga bo’lihni aynan tarmoq
modellari bajarishi lozimdir. Bu modellar tarmoq tarkibidagi abonentlar o’rtasidagi
muloqotni va turli tarmoqlar o’rtasidagi turli bosqichdagi muloqotni to’g’ri tashkil
qilish imkoiyatini yaratadilar. Xozirgi vaqtda eng ko’p ishlatiladigan va tanilgan
OSI (Open System Interconnection) ochiq sitemada axborot almashinuvini etalon
modeli. Bu holtda “ochiq sistema” atamasi o’zi bilan ulanmagan, ya’ni boshqa
qandaydir sistemalar bilan aloqa qilih imkoniyati mavjud sistema tushiniladi (yopiq
sistemaga nisbatan).
Muloqot etalon modeli
Xalqaro
standartlar
tashkiloti
ISO (International
Standarts Organization)
tomonidan 1984­yili OSI modeli taqdim qilingan. SHundan beri hamma tarmoq
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Har qanday
universal model
singari, OSI modeli ham ancha qo’pol. Tez o’zgarishlarni
bajarishi qiyin, shuning
uchun
turli
formalar taklif qiladigan real
tarmoq
vositalari qabul qilingan vazifalarni taqsimlashga juda ham rioya qilmaydilar.
Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro’y berayotgan jarayonni
yaxshi
tushunishga
yordam
beradi.
Hamma
tarmoqda
bajariladigan
vazifalar(funktsiyalar) modelda 7 ta bosqichga bo’lingan(1­rasm). Yuqori o’rindagi
bosqichlar ancha murakkab bo’lib, global masalalarni bajaradilar. Buning uchun
pasdagi bosqichlarni o’z maqsadlari uchun ishlatib ularni
boshqaradilar. Pastda joylashgan bosqichlar
maqsadi –
yuqori bosqichga
xizmat ko’rsatish, yuqori joylashgan
bosqichlar uchun ko’rsatiladigan bu xizmatning
mayda
qismlarining bajarilish tartibi muhim emas.


88
1­rasm. OSI modelining yetti bosqichi
Hamma bosqich vazifalarini ko’rib chiqamiz.
Amaliy bosqich (Application, Prikladnыy urovenь) yoki ilovalar bosqichi, u quyidagi
xizmatlarni
amalga oshiradi : foydalanuvchining ilovasini shaxsan tasdiqlaydi,
masalan, fayllar uzatishning dasturiy vositalari axborot
bazasiga ega
bo’lish,
elektron pochta vositalari, serverda qayd qilish xizmati. Bu bosqich qolgan 6 ta
bosqichni boshqaradi.
Prezitentatsiya bosqichi(Presentation, Prezentativiy urovenь) axborotni
tanishtirish
bosqichi, bu
bosqichda
axborotni aniqlanadi va axborot formatini ko’rinish
sintaksisini tarmoqqa qulay ravishda o’zgartiradi, ya’ni tarjimon vazifasini bajaradi.
SHu yerda axborot shifrlanadi va deshifrlanadi, lozim bo’lgan taqdirda ularni
zichlashtiradi.
Aloqa o’tkazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session, Seansovыy urovenь) aloqa
o’tkazish vaqtini boshqaradi(ya’ni aloqani o’rnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi).
Bu
bosqichda
abonentlarni mantiqiy nomlarini tanish, ularga
ega
bo’lish
huquqini nazorat qilish vazifalari ham bajariladi.
Transport bosqichi (Transport, Transport) paketni xatosiz va yo’qotmasdan, kerakli
ketma­ketlikda yetkazib berishni amalga oshiradi. SHu yerda yana uzatilayotgan
uzatilayotgan axborotlarni paketga joylash uchun bloklarga taqsimlanadi va qabul
qilingan axborotlarni qayta tiklanadi.
Tarmoq bosqichi (Network, Setevoy urovenь) bu
bosqich
paketlarni
manzillash,
mantiqiy nomlarni
jismoniy tarmoq manziliga o’zgartirish, teskariga
ham
va
shuningdek paketni kerakli
abonentga jo’natish
yo’nalishini
tanlashga (agarda
tarmoqda bir nechta abonent bo’lsa) javobgar.
Kanal bosqichi yoki uzatish yo’lini boshqarish bosqichi (data link), bu bosqich
standard ko’rishdagi paket tuzishga va boshlash hamda tamom bo’lishni boshqarish
maydonini paket tarkibiga joylashishiga javobgardir. SHu yerda yana tarmoqqa
ega bo’lishni uzatishdagi xatoliklar aniqlanadi va yana qabul qilish qurilmasiga
xato uzatilgan paketlarni qaytatdan uzatishni boshqarish amalga oshiriladi.
Jismoniy bosqich (Psical, Fizicheskiy urovenь) – bu modelni eng
quyi bosqichi
bo’lib, uzatilayotgan axborotni signal kattaligiga kodlashtiradi, uzatish muhitiga
qabul qilishni va teskari kodlashni amalga oshirishga javob beradi. SHu yerda
yana ulanish moslamalariga, razemlarga, elektr bo’yicha moslashtirish va yerga
ulanish hamda to’siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi.
Modelni quyi ikki bosqichning (1 va 2) vazifasini odatda qurilmalar bajaradi
(2­bosqich vazifasini bir qismini tarmoq adapterining dasturiy drayveri bajaradi).
Aynan shu bosqichlarda tarmoq topologiyasi, uzatish tezligi, axborot almashishni
boshqarish usuli va paket formati (o’lchami), tarmoq turiga to’g’ri taalluqli
ko’rsakichlar
aniqlanadi (Ethernet, Token­Ring, FDDI). Yuqori
bosqichlar
to’g’ridan­to’g’ri biror aniq qurilma bilan ishlamaydi, vaholangki 3,4 va 5 bosqichlar
qurilma
xususiyatlarini hisobga olishlari mumkin. 6 va 7 bosqichlar umuman
qurilmalarga hech qanday aloqasi yo’q. Tarmoq qurilmalaridan birini boshqa birorta
qurilma bilan o’zgartirganda ham ular buni hech vaqt sezmaydilar.
2­bosqich (kanal bosqichi) ikkita bosqich ostiga ajratiladi:


89
Yuqori bosqich osti (LLC – Logical Link Control, Verxniy podurovenь) – bu bosqich
osti mantiqiy ulashni amalga oshiradi, ya’ni virtual aloqa
kanalini o’rnatadi (
uning vazifasini bir qismini tarmoq adapterlarining drayver dasturi bajaradi).
Quyi bosqich osti (MAC – Media Access Control, Nijniy podurovenь) – bu bosqich
osti aloqa
uzatish muhiti (aloqa kanali) bilan to’g’ridan­to’g’ri ega
bo’lishni
amalga oshiradi. U tarmoq qurilmasi bilan to’g’ri bog’langan.
OSI modelidan tashqari, 1980­yili fevral oyida qabul qilingan (802 soni yil va
oyidan kelib chiqqan) IEEE Project 802 modeli ham mavjud. Bu modelni OSI
modelini aniqlashtirilgan, rivojlantirilgan modeli deb qarash mumkin.
Bu model aniqlashtirgan standartlar (802­spesifikatsiya) o’n ikki toifaga
bo’linib, ularning har biriga nomer berilgan. Ular quyidagilar :
802­1 – tarmoqlarni birlashtirish.
802­2 – mantiqiy aloqani boshqarish.
802­3 – “shina” topologiyali CSSA/CD ega bo’lish usuli mahalliy hisoblash tarmoq
va Ethernet
802­4 – “shina” topologiyali lokal tarmoq, markerli ega bo’lish.
802­5 – “halqa” toplogiyali lokal tarmoq, markerli ega bo’lish.
802­6– shahar tarmog’i (Metropolitan Area Network, MAN).
802­7 – keng miqyosda aloqa olib boorish texnologiyasi (shirokoveщatelnaya
texnologiya).
802­8 – optotolali texnologiya.
802­9 – tovushni va axborotlarni uzatish imkoniyati bor integral tarmoq.
802­10 – tarmoq xavfsizligi.
802­11 – simsiz tarmoq.
802­12 – “yulduz” topologiyali markazni boshqarishga ega mahalliy tarmoq (100
VG­Any LAN).
802­3, 802­4, 802­5, 802­12 standartlar OSI model etalonning ikkinchi (kanal)
bosqichiga
qarashli
MAC
bosqich
osti
tarkibiga
to’g’ri
keladi. Qolgan
802­spesifikatsiyalar tarmoqning umumiy masalalarini hal qiladilar.
Ma’lumot almashinishda tarmoq hosil qilish muhim o’rin tutadi. eng ko’p
qo’llaniladigan tarmoq turlaridan biri bu mahalliy tarmoqlardir. Bu tarmoqlar ishini
tashkil etishda esa albatta zaruriy protokollar talab etiladi. Hozirigi zamonaviy axborot
texnologiyalarida bir necha protokollardan foydalanib kelinmoqda. Bularga misol sifatida
quyidagi protokollarni keltirish mumkin: ARCNET, DECnet, IP, TCP, UDP, AppleTalk,
Token Ring, IPX, SPX, FDDI, HIPPI, Myrinet, QsNet, ATM, IEEE­488, USB, IEEE
1394 (Firewire, iLink), X.25, Frame relay, Bluetooth, IEEE 802.11, Systems Network
Architecture, RapidIO.
Yuqorida sanab o’tilgan protokollar qatoriga Ethernet va Fast Ethernet mahalliy
hisoblash tarmog’ini ham kiritish mumkin. Xo’sh Ethernet va Fast Ethernet o’zi nima?
Uning ishlash texnologiyasi qanaqa printsipga asoslangan? SHularni quyida batafsilroq
o’rganib chiqamiz.
Ethernet tarmoq tuzilmasi
Tarmoq arxitekturasi (network architecture) ­ bu standartlar,tiplar va to’plamlar


90
kombinatsiyasi bo’lib, tarmoq ishlashini ta’minlaydi. Ethernet tarmoq strukturasini
birinchi bo’lib 1972 yilda Robert Metkalf va Devid Boggs (Xerox firmasining Talo
Alto tekshirish markazi) signallarni uzatish kabel tizimini ishlab chiqdilar. Ethernetning
boshlang’ich turkumining uzatish tezligi 2,94 mbit/s va 100ta kompьyuterlarni 1km kabel
bilan birlashtiradigan yagona tizimni tashkil qiladi.
Xerox firmasining Ethernet tarmog’i shunchalik omadga ega ediki, Xerox
kompaniyasi Intel Corporation va Digital equipment 10 mbit/s uzatish tezligiga ega
bulgan Ethernet standarti (DIX) ishlab chiqarildi. Xozir uni kabel bog’lash usuli va
kompьyuter, axborot tizimlarini birgalikda ishlatish qismi sifatida ko’riladi.
Ethernet
qismlari
OSI
modelining
fizik va kanal darajalari bajaradigan
funktsiyalarni bajaradi. Bu ishlab chikarishning IEEE 802,3 asosiy tarkibida turadi.
Asosiy tavsiflar.
Ethernet ­ hozirda eng ko’p tarqalgan tarmoq arxitekturasi. U tor yo’lakli 10 mbit/s
tezlikli "shina" tipli uzatishni ishlatadi,trafikni boshqarishda esa kabel sohasida Ethernet
(kabel) muxiti massiv xisoblanadi, ya’ni kompьyuterdan quvvat oladi. Bunda esa fizik
zararlanishda terminator noto’g’ri ulanganda o’z ishini to’xtatadi.
Ethernet tarmog’i quyidagi tavsiflarga ega:
­ odatdagi topologiya
­ chiziqli shina
­ boshqa topologiyalar
­ yulduz­shina
­ uzatish tipi
­ tor yo’lakli
­ kirish metodi
­ CSMA/CD
­ ro’yxatlari
­ IEEE 802,3
­ berilganlarni uzatish tezligi ­ 10 va 100 mbit.
­ kabel tizimi
­ yo’g’on va mayin koaksial, ITR.
Kadr formati.
Ethernet qiymatlarni to’plamlarga (kadrlarga) bo’lib chiqadi.
Ularning qiymati boshqa tarmoqda ishlatiladigan to’plamlar formatidan farq qiladi.
Kadrlar ma’lumotlar blokidan iborat va ular bir
butun holda uzatiladi.
Ethernet
kadrining uzunligi 64 dan 1518 baytgacha bo’lishi mumkin, lekin Ethernet kadri
tuzilmasi kamida 18 baytni ishlatadi, shuning uchun qiymatlar
bloki
kattaligi
Ethernetda ­ 46dan 1500 baytgacha bo’ladi. Har bir kadr boshqarish ma’lumotiga ega
va boshqa kadrlar bilan umumiy tashkilotga ega.
Masalan tarmoq bo’yicha uzatilayotgan Ethernet II kadri TCP/IP qaydnomasi
uchun foydalaniladi. Kadr jadvalda ko’rsatilgan qismlardan iborat:
Kadr joyi
Izoh
Preambula
kadr boshini belgilaydi


91
Belgilangan joy va manba
Manba
va
qabul
qiluvchining
manzilini ko’rsatadi
Tip
Tarmoq
darajasi
IP
yoki
IPX)
qaydnomasi
identifikatsiyasi
uchun
ishlatiladi
Siklik ortiqcha kod
Xatoni tekshirish uchun ma’lumotlar
maydoni.
Ethernet tarmoqlari turli variantdagi kabel va topologiyalarni ishlatadi. Quyida
IEEE ro’yxatiga asoslangan variantlar ko’rsatilib o’tilgan.
Tarmoq operatsion tizimlari va Ethernet.
Ethernet ko’pchilik keng tarqalgan operatsion tizimlar bilan ishlaydi, ularga:
­ Microsoft Windows 95;
­ Microsoft Windows NT Workstation;
­ Microsoft Windows NT Server;
­ Microsoft LAN Manager;
­ Microsoft Windows for Workgroups;
­ Novell Netware;
­ IBM LAN Server;
­ Apple share;
Keyingi qadam
Ethernet
­ keng tarqalgan arxitektura ega bo’lsa­da,
boshqa
keng
foydalaniladigan arxitekturalar ham mavjud. Xususan, ko’pchilik tashkilotlar Token Ring
tarmog’ini ishlatadilar,
faqatgina IBM firmasi
chiqargani uchungina emas, balki
ko’pgina Ethernetda bo’lmagan xususiyatlarga ega.
1990­ yilda Ethernet muhiti uchun tarmoq kartasi ishlab chiqildi. Bu karta shunday
kartalar kombinatsiyasiyasidan iborat ediki, 10 BASE 2 dan foydalanishga mo’ljallangan
koaksial kabellarni ham 10 BASE ­T dan foydalanishga mo’ljallangn o’rama juftliklarni
ham bemalol o’ziga qabul qila olar edi (albatta RJ45 modulini qo’llagan xolda).
Topshiriqlar:
Tarmoq vazifalari haqida ma’lumot bering.
OSI modeli qachon ta’sis etilgan.
OSI modeli bosqichlari sanang.
Ethernet va uning standartlari to’g’risida so’zlab bering.


92
15­ma’ruza: Token Ring texnologiyasi. Token Ring texnologiyasining asosiy
xususiyatlari va uning tarkibiga kiruvchi maxsus vositalar.
Token Ring tarmoqlarini, Ethernet tarmoqlari singari, ma’lumotlar uzatishning
ajratilgan muxiti xarakterlaydi, bunday xolda u barcha tarmoq stantsiyalarini aylanaga
birloshtirgan kabel kesmalaridan iborat bo’ladi. Aylana umumiy ajratilgan resurs
xisoblanib, unga kirish uchun Ethernet tarmoqlardagi kabi tasodifiy emas, balki
determinlashgan, stantsiyalarga aylanani ma’lum bir tartibda ishlatish xuquqini uzatishga
asoslangan algoritm talab qilinadi. Bu xuquq marker yoki token (token) maxsus format
kadri yordamida uzatiladi.
Token Ring texnologiyasi IBM kompaniyasi tomonidan 1984 yili ishlab chiqilgan,
so’ngra standart loyixa sifatida IEEE 802.5 qumitasiga topshirilgan, u esa uning asosida
1985 yili 802.5 standartini qabul qilgan.
Token Ring tarmoqlari ikkita bitli – 4 va 16 Mbit/s tezliklarda ishlaydi. Bir
aylanada turli tezliklarda ishlovchi stantsiyalarning aralashtirilishiga yo’l qo’yilmaydi. 16
Mbit/s tezlikda ishlovchi Token Ring tarmoqlari erkin foydalanish algoritmlarida 4
Mbit/s li standartga nisbatan ayrim mukammallashtirishlarga ega.
Token Ring texnologiyalari Ethernetga nisbatan murakkabroq texnologiya
xisoblanadi. U inkor qilish turg’unlik xususiyatlarga ega. Token Ring tarmog’ida
aylanasimon strukturali teskari aloqani – jo’natilgan kadr doimo jo’natuvchi stantsiyaga
qaytib keladi ­ ishlatuvchi tarmoq ishini nazorat qilish protseduralari aniqlangan. Ayrim
xollarda tarmoq ishida aniqlangan xatoliklar avtomatik tarzda bartaraf etiladi, masalan,
yo’qotilgan marker qayta tiklanishi mumkin. Boshqa xollarda xatoliklar faqat ro’yxatga
olinadi, ularni bartaraf etish esa xizmat etuvchi personallar tomonidan qo’lda amalga
oshiriladi.
Tarmoq nazorati uchun stantsiyalarning biri aktiv monitor deb ataluvchi rolni
bajaradi. Aktiv monitor aylanani initsiallash ­ maksimal MAS­manzil qiymatli stantsiyani
aniqlash paytida tanlanadi. Agar aktiv monitor ishdan chiqsa, aylanani initsiallash
protsedurasi qaytariladi va yangi aktiv monitor tanlanadi. Tarmoq aktiv monitorni
inkorini aniqlashi uchun, u ishchi xolatda xar 3 soniyada maxsus o’z ishtirok kadrini
generatsiyalaydi. Agar bu kadr tarmoqda 7 soniyadan ortiq vaqt paydo bo’lmasa, u xolda
qolgan stantsiyalar yangi aktiv monitorni tanlash protsedurasini boshlaydi.
FDDI texnologiyasi bilan Ethernet va Token Ring texnologiyalari o’rtasidagi farq
FDDI texnologiyasi tarmoqning javobgar qismlari uchun ishlab chiqilgan, ya’ni
magistral tarmoqlar uchun xizmat qiladi. Masalan, bino setlari qolaversa yuqori
ishlab­chiqaruvchi setlarda. SHuning uchun dasturchilarning bosh vazifasi yuqori
tezlikni ta’minlash, yuqori sifatli protokol va uzoq masofali setlar ishlab chiqish edi.
Natijada barcha ko’zlangan maqsadlarga erishiladi. CHunki
FDDI texnologiyasi
ko’zlanganidek sifatli chiqdi. Lekin bu texnologiya juda qimmat edi. SHuning uchun
dasturchilar FDDI texnologiyasining arzonlashtirish yo’llarini qidira boshlashdi. FDDI
texnologiyasi asosan magistral setlar, bir necha binolar, qolaversa katta shahar setlarini
birlashtiradi. FDDI texnologiyasi qariyb 10 yildan buyon ishlab­chiqilayotganiga
qaramay uning narxi sezilardi darajada pasaymadi.


93
Natijada 90­ chi yillarda set ustalari tomonidan yangi arzonroq yo’nalish qidirila
boshlandi va ushbu davrda yuqori sifatli texnologiya, shu davrgacha rivojlanib kelgan,
80­chi yillarda ishlab chiqarilgan Ethernet va Token Ring
texnologiyalari bo’ldi.
Quydagi jadvalda FDDI texnologiyasi bilan Ethernet va Token Ring texnologiyalari
o’rtasidagi farqlar ko’rsatilgan.
Ta’rif
FDDI
Ethernet
Token Ring
Tezlik
100Mbit/s
10 Mbit/s
16 Mbit/s
Topologiyasi
2 uzukli
daraxt
SHina/ yulduz
Yulduz/uzukli
Ulanish usuli
Marker qayta
ishlash
davrigacha
CSDMA/CD
Ishonchli zaxira
sistemasi
Malumot uzatish
turi
Ortiqcha ekran
bo’lmagan 5
para
Yo’g’on koaksal,
ingichka koaksal ,
3 sinf parasi
CHiziqli va chiziqli
bo’lmagan para,
optik tola
Setning
maksimal
uzunligi
(mostsiz)
200 km
25 km
4 km
Uzilishlar
o’rtasidagi
maksiial masofa
2 km
2.5 km
100 m
Maksimal
ulanishlar soni
500
1024
260 ta ekranli para
uchun, 72 ta ekranli
bo’lmagan para
uchun
Bo’lingan muxitga kirishning marker usuli.
Kirishni marker usulidagi tarmoqlarda (ularga Token Ring, tarmog’idan tashqari
FDDI tarmog’i xam) davriylik asosida mantiqiy xalqa bo’ylab bekatdan bekatga o’tish
imkoniyati beriladi. Token Ring tarmog’ida xalqani kabel bo’lakdari xosil qiladi qo’shni
bekatlarni bog’lovchi. SHunday qilib, xar bir bekat undan oldingi va keyingi bekatlar
bilan bog’langan va bevosita faqat ular bilan ma’lumot almashinishi mumkin. Bekatni
jismoniy muxitga kirishini ta’minlash uchun maxsus qolip xalqa bo’ylab aylanadai. Bu
marker Token Ring tarmog’ida xalqa doim bevosita ma’lumotni faqat oldinda turgan
bekatdan oladi. Bunday bekat oqimda yuqoriroq joylashgan yaqin faol qo’shni deb
nomlanadi – NAUN Ma’lumotni oldinda turgan bekat undan pastda turgan bekatga
beradi.
Markerni olgach, uni taxlil qiladi va kuzatishga kerakli ma’lumot aniqlanmagach
keyingi bekatga xarakatini ta’minlaydi. Agar bekat olgan markerida uzatishga ma’lumot
bo’lsa, unda xalqadan ma’lumotni bo’lsa, unda xalqadan ma’lumotni olib, jismoniy
muxitga kirish imkonini beradi. So’ng bekat xalqaga belgilangan kompьyuterda bitlar
ketma­ketligida kadr ma’lumotlarini beradi. Uzatilgan ma’lumot xalqa bo’ylab doim bitta
yo’nalishda bekatdan­bekatga o’tadi. Kadr adres manbasi va adres belgisi bilan


94
ta’minlangan. Agar kadr belgilangan bekatga kelsa, o’zini adresi ekanligini aniqlab,
kadrni ichki buferiga kopiya keladi va kadrga qabul qilganligi xaqida belgi qoldiradi.
Bunday kirish algoritmlari Token Ring tarmog’ida 4 Mbit/s tezligida ishlaydi. Rasmda
vaqt diagrammali muxitga kirish algoritmi tasvirlangan.
6
5
4
3
2
1
t1
t2
t3
t4
t5
t6
t7
t8
t9
marker
A paketning nusxasi
A paktdan xalkaga
2­stantsiya markerni
stantsiya
3 stantsiyaga
chikish.
kabul kiyapti
kabul kilish paketini
baxolash
Bunda
A
paketini xalqada uzatilishi ko’rsatilgan; qaysiki
V
bekatdan tashkil topgan
va bekat 1 dan bekat 3 ga uzatilgan. Paket
A
manzilga yetgach unda 2 ta alomat
aniqlanadi­ adresini aniqlash alomati va paketini buferga kopiya qilish alomati. Paketni
bekat 1 ga qaytarilganidan keyin jo’natuvchi adres manbaiga qarab paketini aniqladi va
xalqadan paketnio’chiradi. Bo’luvchi muxitga ega bo’lish vaqti
Token Ring
tarmog’ida


95
markerni ushlab turish vaqti bilan chegaralanadi. Vaqt tugagach bekat shaxsiy
ma’lumotlarni uzatishni to’xtatish kerak va markerni xalqa bo’ylab uzatish kerak. Odatda
markerni ushlab turish vaqti 10 Mbit/s ga teng.
Token Ring
tarmog’ida 16 Mbit/s tarmog’ida xalqaga kirishni sal boshqacha
algoritmli ishlatiladi. Bu algoritm markerni oldinroq ozod qilish deb nomlanadi. Bunda
bekat markerni kadrini oxirgi bitini o’tkazishi bilanoq keyingi bekatga uzatadi. Bunda u
qabul qilganligi xaqida tasdiqlanishini kutmaydi. Bunday usul samarali chunki xalqa
bo’ylab birdaniga bir necha bekatlarni kadrlari xarakatlanadi. Lekin faqatgina markerga
ega bo’lgan bekatgina kadrlarni kiritish qilish mumkin. Qolgan bekatlar bu vaqtda boshqa
bekatlarni kadrlarini qaytaradi.
Kadrlar orqali uzatilgan xar­xil turdagi ma’lumotlarga xar­xil ustivorliklar
belgilanishi mumkin: 0 dan 7 gacha. Kadrni aniq bir ustivorligini uzatilgan bekat xal
qiladi. Marker shuningdek doimiy joriy bosqich ustivorlikka ega bo’lishi mumkin. Bekat
o’zi jo’natgan markerni qo’lga olishi mumkin, faqatgina , jo’natmoqchi bo’lgan kadr
ustivorligi marker ustivorligidan baland (yoki teng) kelsagina. Aks xolda bekat markerini
keyingi xalqadagi bekatga uzatishga majbur. Faqatgina, yagona nusxadagi markerni
tarmoqda bo’lishiga aktiv (faol) monitor javob beradi. Agar aktiv monitor markerni uzoq
vaqt davomida qayta qabul qilmasa, u yangi marker xosil qiladi.
FDDI texnologiyasining asosiy xususiyatlari va uning tarkibiga kiruvchi maxsus
vositalar.
Bugungi kunda tarmoq texnologiyalarining bir necha turlari mavjud. Qisqa vaqt
ichida turli yangi texnolgiyalar amaliyotga joriy etilmoqda. Quyida ana shunday tarmoq
texnologiyalari ichida tezkorligi va samaradorligi bilan tavsiflanuvchi tarmoq
texnologiyalaridan biri FDDI texnlogiyasining xarakteristikalari xaqidagi ma’lumotlar
bilan tanishasiz.
Fiber Distributed Data Interface texnologiyasi – bu lokal tarmoqlarda ma’lumotlarni
uzatish muhiti sifatida optik tolali kabeldan foydalanilgan birinchi texnologiya
hisoblanadi.
Yorug’likni axborot tashuvchi sifatida qo’llash ustida tadqiqot ishlari anchadan beri
olib borilayotgan edi. 1880 yil Aleksandr Bell tovush to’lqinlari bilan sinxron
tebranuvchi va qaytgan yorug’lik bilan modulyatsiyalanuvchi, 200 metr oralig’ida
ko’zgu yordamida so’zni jo’natuvchi
qurilmaga patent olgan edi. Yorug’likdan
axborotlarni uzatish sifatida foydalanish ishlari 1960­yillarda juda yuqori chastotalarda
yorug’likni modulyatsiyasini ta’minlovchi, katta miqdorli yuqori tezlikdagi axborotni
uzatish uchun keng polosali kanal yaratish imkonini beruvchi lazer ixtirosidan keyin
jadal tus oldi. Taxminan ana shu paytlarda xuddi an’anaviy mis simlarda elektr
signallarini uzatishiga o’xshash va kabel tizimlarida yorug’likni uzatish imkoniga ega
bo’lgan optik tolali kabellar paydo bo’ldi. Lekin, bu optik tolalarda yorug’likni
yo’qotilishi juda yuqori bo’lib, mis simlar o’rniga foydalanib bo’lmasdi.
Nisbatan arzon yorug’lik signali quvvatini past darajada yo’qotilishini va keng
polosali o’tkazishni (bir necha GGts gacha) ta’minlovchi optik tolali kabellar
1970­yillarga kelibgina paydo bo’ldi. 1980­yillar boshiga kelib telekommunikatsiya


96
tizimlarida optik tolali kanallar xosil qilish va foydalanish sanoati taraqqiy eta boshladi.
SHuningdek, 1980­yillarda optik tolali kanallarni lokal tarmoqlarda qo’llash uchun
standart texnologiyalar va qurilmalar yaratish ishlari ham boshlandi. Lokal tarmoqlar
uchun birinchi optik tola standarti ishlab chiqish va orttirilgan malakalarni
umumlashtirish bo’yicha qilingan ishlarni jamlash uchun Amerika Standartlashtirish
Milliy Instituti – ANSIda shu maqsadda X3T9.5 komiteti tuzildi. FDDI standartini har
xil qismlarini tashkil qiluvchi boshlang’ich versiyasi 1986­1988 yillarda X3T9.5
komiteti tomonidan ishlab chiqildi. O’shanda ushbu standartda qo’llaniladigan birinchi
qurilmalar – tarmoq adapterlari, kontsentratorlar, ko’priklar va marshrutizatorlar paydo
bo’ldi.
Hozirgi kunda ko’pchilik tarmoq texnologiyalarida fizik sathning bir varianti sifatida
optik tolali kabellarni qo’llash imkoniyati mavjud. FDDI standartlari vaqt davomida
tekshiruvdan o’tdi va o’z o’rnini saqlab qoldi, har xil korxonalar tomonidan ishlab
chiqarilayotgan qurilmalar bir biri bilan o’zaro ishlash, moslashish darajasi yaxshiligini
ko’rsatmoqda.
Bu yuqori tezlikka ega bo’lgan
har xil turdagi tarmoqlarni tashkil etishda
qo’llaniladi. Bu texnologiya Ethernet (10 Mbit/s) va Token Ring (4 Mbit/s) tarmoqlariga
nisbatan ancha yuqori tezlikda ma’lumot almashishni ta’minlovchi muhitda foydalanish
uchun ishlab chiqilgandir. FDDI tarmog’i yuqori tezlikda ishlash zarur bo’lgan, uncha
katta bo’lmagan bir necha lokal tarmoqlarga xizmat ko’rsatishi mumkin.
FDDI tarmog’i ikkita halqadan iborat bo’lib, bu halqalarda
o’xshash, lekin
qarama­qarshi yo’nalishdagi ma’lumotlar oqimi mavjud bo’ladi. Ulardan birinchi halqasi
dastlabki halqa deyilsa, boshqasi ikkinchi halqa deb ataladi. Agar birinchi halqada
nosozlik yuzaga kelsa (masalan, kabelь uzilsa), halqa ma’lumotlarni qaytadan jo’natish
uchun uni ikkinchi halqaga jo’natadi va shu tarzda ma’lumot jo’natish jarayoni oxiriga
yetkaziladi.
Kirish metodi
FDDI tarmog’ida kirish metodi sifatida marker (grafik belgi) jo’natish jarayonidan
foydalaniladi. Kompьyuterning FDDI tarmog’ida ma’lum ajratilgan vaqt mobaynida u
generatsiya qila oladigan miqdordagi ma’lumot paketlarini u markerdan xalos bo’lguncha
jo’natish mumkin. Qachonki kompьyuter ma’lumot jo’natishni to’xtatsa yoki unga


97
ajratilgan vaqt oralig’i tugasagina kompьyuter markerni xalos qiladi.
Qachonki
kompьyuter ma’lumot jo’natishni tugatib markerni bo’sh qo’ysa,
halqada bir vaqtning o’zida bir necha paketlar aylanishi mumkin. Jo’natishning bu usuli
marker bir jo’natilganda faqat bitta kadr o’tishi mumkin bo’lgan oddiy Token Ring
tarmog’idan ko’ra ancha samaralidir.
FDDI standarti Amerika milliy standartlashtirish instituti ANSI (spetsifikatsiya
ANSI X3T9.5) tomonidan tavsiya etilgan. Undan so’ng ANSI spetsifikatsiyasiga mos
ravishda ISO 9314 standarti qabul qilingan. Ushbu tarmoq standartining darajasi yetarli
darajada yuqori.
FDDI tarmog’ining asosiy texnik xarakteristikalari:
Tarmoqdagi maksimal abonentlar soni ­ 1000 ta.
Tarmoqning maksimal uzunligi – 20 kilometr.
Tarmoq abonentlari orasidagi maksimal masofa – 2 kilometr.
Kirish metodi – markerli.
Ma’lumot uzatish tezligi – 100 Mbit/s (dupleks rejimida jo’narishda esa 200 Mbit/s).
FDDI tarmog’ida yuqori
tezlikka erishish uchun ikki xil abonentlar ulanishidan
foydalanilaniladi:
A klass (stantsiyasi) abonentlari
(Ikki tomonlama ulanish abonentlari, DAS –
Dual­Attachment Stations) tarmoqning ikkala (tashqi va ichki) halqalariga ulanadi.
Bunda tarmoqda 200 Mbit/s tezlikkacha ma’lumot almashish mumkin.
V klass (stantsiyasi) abonentlari (Bir tomonlama ulanish abonentlari, SAS –
Single­Attachment Stations) tarmoqning faqatgina bir halqasi (ichki halqasiga) ga
ulanishi mumkin.
FDDI tarmog’ida kontsentratorlarning ikki xili ikki tomonlama ulanish (DAC –
Dual­Attachment Concentrator) va bir tomonlama ulanish (SAC – Single­Attachment
Concentrator) kontsentratorlari bo’ladi.


98


99
16­ma’ruza: Ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari va vositalari. ATM
texnologiyasi
Reja:
Ma’lumotlarni uzatish kanallari.
Internetda tadbirkorlik.
Internetda tanishish.
Tayanch so’zi va iboralari:
Masofadan o’qitish uslubi, o’quv uslubiy materiallar,
o’qituvchi, o’quvchi, kommunikatsiya, elektron darslik, audio va video darsli, internet
sahifa, elektron kutubxona, testlar, mulьtimediya.
Ko’pchilik internetdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish,
elektron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas.
Internetning imkoniyatlari kundan ­ kunga oshib bormoqda. Internetdan foydalanishning
yangi bosqichi boshlandi, ya’ni Internet turli soxalarga tadbiq qilindi. Internet
texnologiyalar:
masofadan
o’qitish,
elektron
kutubxonalar,
telemeditsina,
telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar va boshqalar .
Quyida bu texnologiyalarning qisqacha, lekin asosiy tavsiflarini keltiramiz.
Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o’zgarmoqda.
Deyarli
xar
daqiqada
sayyoramizning
turli
burchaklarida
o’zgarishlar,
yangilanishlar va kutilmagan voqea xodisalar sodir bo’lmoqda. Xar bir kunimiz kuchli
informatsiya oqimi ostida kechmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta’tilda
ta’qib etadi. Inson informatsiya ta’siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Xayotni
anglash, uni o’rganish informatsiyalarni yig’ish va o’zlashtirish orqali kechadi. Insonning
bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o’zlashtirilgan
informatsiyalarning ko’p yoki ozligi bilan belgilanadi.
SHuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish ta’limotni
takomillashtirishda yangi informatsiya texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi
kunning talabiga aylandi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O’zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi qonuni ham zimmamizga shu ma’suliyatni
yuklaydi.
Vaholanki ta’lim tizimida sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ta’lim tizimida
masofadan o’qitish uslubi shakllari qo’llanilmoqda. Masofadan o’qitish uslubi bu sirtqi
o’qishning yangi shaklidir. Masofadan o’qitish bu mustaqil o’qishdir. Mustaqil o’qish
insonning mustaqil fikrlash, xolatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini
rivojlantiradi.
Masofadan o’qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o’kuvchi o’ziga qulay
vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan xolda o’qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli
bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Ko’pgina yirik korxonalar
mutaxassislari malakasini oshirish yoki o’zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib,
yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.
Masofadan o’qitishning yana bir afzallik tomoni unda o’qish muddatini o’kuvchi
o’zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o’qishni boshlaydi, materiallarni o’qituvchi


100
nazoratida o’zlashtiradi. O’zlashtirish topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi.
O’quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o’zlashtirsa, shunchalik tez o’qishni tugatadi
va guvohnoma oladi. Dasturni o’zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o’qishni davom
ettirishga imkoniyat beriladi.
AQSH masofadan o’qitish texnologiyasi bilan Virginia Commonwealth
University MCV da Dr. Dolores Clement rahbarligida o’rgandik [Z], Bu usuldan bir
necha yillar davomida foydalanilmoqda. Unda magistraturani tugatgan vrachlar o’qiydi.
Vrachlar dunyoning turli nuqtalaridan turib o’qish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ba’zi
bakalavriyat talabalari birnecha mutaxxassislikni egallash maqsadida bu usuldan
foydalanishadi.
Masofadan o’qitishda odatda ishlayotganlar, onalar, o’qiyotganlar biror
mutaxxassislikni egallash yoki malakasi IH oshirish maqsadida o’qiydi. Bu uslub
nogironlar uchun juda qulaydir. Masofadan o’qitishda hattoki mahbuslar ham o’qish
imkoniga ega. Bu haqida bir necha bor Avstraliyada eshitdik.
Masofadan o’qitish ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodan qulaydir.
Masofadan o’qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan o’qitish
uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan o’qitishda
moliyaviy harajatlar asosan o’quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus
auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu harajatlar ning asosiy qismi bu jarayonni tashkil
etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy harajatlar kamayadi. SHuning
uchun talabalar sonini oshishi bilan o’qish narxi ham pasayadi. Masofadan o’qitishda
asosiy e’tiborni o’kuv uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish darkor. CHunki
o’quv uslubiy materiallarning sifati masofadan o’qitish sifatining eng asosiy
omillaridan biridir. O’quv uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil bo’lsa,
shunchalik u o’quvchiga foydali bo’ladi. Ya’ni material uslubiy jihatdan puxta
bo’lmog’i zarur.
Masofadan o’qitish nima?
Masofadan o’qitish bu Internet tarmog’i orqali sizga qulay bo’lgan vaqtda o’qishdir.
Masofadan o’qitishning tarkibiy belgilari: o’qituvchi, o’kuvchi, kommunikatsiyadir
(4.1rasm).
Masofadan o’qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:
• Darslik
• Audio va video darsliklar
• Onlayn darslar (Internet sahifa)


101
• Elektron kutubxonalar
• Testlar
• Mulьtimedia elektron darsliklar
Hozirgi kunda respublikamizda ham masofadan o’qitish uslubiy materiallari ayrim
fanlarni o’qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natijalar bermokda. Elektron
kutubxonalar, elektron darsliklar, onlayn darsliklar rasmga kirmoqda. Misol sifatida
quyidagi darslik bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Bu "Zamonaviy informatsion texnologiyalar" kursi bo’lib, u bilan Internet orqali
tanishib chiqish mumkin.
Ya’ni sizga qulay bo’lgan paytda bu kursni o’rganib chiqishingiz mumkin. Kursdan
Toshkent Davlat Texnika Universiteti talabalari bir necha yillar davomida foydalanib kelmokda
(4.2rasm).
Mulьtimedia darslik o’zida ko’pgina ma’lumotlarni mujassamlash bilan birga, bu
ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz yordamida izohlaydi. Mulьtimedia
darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yaqqol aks ettiradi. Ya’ni, mulьtimedia
voqea va ma’lumotlarni hayotiylashtiradi. Bu matn, videotasvir, mulьtiplikatsiya, ovoz
va musiqa yordamida amalga oshiriladi.
Masofadan o’qitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali videokonferentsiyalar,
darslar, Internet yordamida muloqot va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Bu
esa o’quvchi uchun maxsus o’qish doirasini berdi. O’quvchining fanni o’zlashtirish tezligi
va sifati keskin yaxshilandi.
Masofadan o’qitish qanday amalga oshiriladi. Dunyoda ko’pgina universitetlarda
va o’kuv markazlarida bu usul mavjud. Kerakli manzilni Internetdan topishingiz
mumkin.
Manzilga kirib bu o’qish talabasi bo’lish uchun maxsus shaklni to’ldirishingiz
zarur. Odatda avval kursning va o’qish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin.
Keyin shakldagi satrlarni to’ldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur.
Kursga kirish tartibi turlicha, bu mutaxxassilikka bog’liq.
O’qish tartibi quyidagicha: o’qituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar
beradi. Siz ko’rsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va o’qituvchiga
yuborasiz. O’qituvchi uni tekshirib, javobni sizga qaytaradi. Zarur xolda ko’rsatmalar
beradi. SHu tartibda kurs mavzulari o’rganib chiqiladi. Muzoqara asosan elektron pochta
orqali amalga oshiriladi. Telefon tarmog’idan ham ba’zan foydalaniladi. Bosma o’quv
materiallari pochta orqali yuboriladi, o’qish jarayonida talaba darsliklardan, elektron


102
kutubxona va darslikardan, elektron forumlardan, vidoekonferentsiyalardan foydalanadi.
Bunda o’qish individual shaklda olib boriladi va o’qituvchi o’quvchining qobiliyati
va xususiyatlarini xisobga olgan xolda o’qitadi. Bu individuallik o’quvchida qiziqish
uyg’otadi va uni o’qishda aktivlikka rag’batlantiradi.
Respublikamiz Oliy va O’rta Maxsus bilim yurtlarida masofadan o’qitishni tadbiq
etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Masofadan o’qitish uslubi haqida batafsil www.dl.uz
sahifada tanishishingiz mumkin (4.3rasm).
Keyingi vaqtlarda telemeditsina va uni sog’liqni saqlash tizimidagi benihoya o’rni
haqidagi xabar va maqolalar ommaviy informatsiya vositalarida tez ­ tez paydo bo’lib
bormoqda. Xo’sh, zamonoviy meditsinaning bunday ilg’or yo’nalishlari rivojida informatsion
texnologiya va internetning o’rni qanday?
Ma’lumki internet o’zaro ma’lumotlar almashish imkonini beruvchi katta
informatsion magistral bo’lib, u nafaqat raqamli ma’lumotlarni balki raqamlar
majmuasiga aylantirilgan audio va video ma’lumotlarni ham uzatish, qabul qilish
imkoniyatini beradi. SHundan foydalangan xolda, hamda maxsus dasturlar asosida
mulьtimediya vositalari va kameralar bilan jihozlangan ikki yoki undan ortiq
kompьyuterlar yordamida meditsina markazlari o’rtasida video konferentsiyalar tashkil
etish mumkin (4.4rasm).
Bunday imkoniyatga ega bo’lgan vrach mutaxassis yuzlab, minglab kilometr
masofadan turib internet orqali o’z mijozining (bemorning) xolati haqidagi video
tasvirlarni olishi, operatsiya stolida yuz berayotgan jarayonni bevosita kuzatishi. rentgen,
ulg’tra tovush, endoskop va boshqa maxsus tashxis qurilmalaridan olingan ma’lumotlarni
tahlil qilishi mumkin. Bu esa o’z navbatida meditsina xizmati saviyasini oshirish,
yuqori malakali mutahassislar maslahatlaridan markazdan uzoqdagi bemorlar ham
foydalanish, masofadan turib tez tibbiy yordam ko’rsatish imkoniyatlarini beradi.
4.5­rasmda internet texnologiyasi asosida telemeditsina xizmatini tashkil etishning
umumlashgan sxemasi keltirilgan.
Bunday informatsion kompьyuter tizimi vrach mutaxassislar o’rtasida, meditsina
xizmati ko’rsatuvchi markazlar, bo’limlar o’rtasida o’zaro videokonferentsiyalar tashkil
etish,


103
bemor xolati haqidagi videotasvirlarni masofaga uzatish imkoniyatlarini yaratib berish
bilan bir qatorda, davolash jarayonini tashkil etish va uni boshqarish uchun zarur bo’lgan
yagona informatsion muhitni ham yaratib beradi.
Ushbu tizimdan foydalanilgan xolda meditsina o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv
kurslarini tashkil etish, yirik mutaxasislarning noyob operatsion jarayonlarini namoyish
etish, hamda o’zga mamlakat va shaharlarda faoliyat ko’rsatuvchi mutaxasislarning
maslahatlarini tashkil etish ham mumkin bo’ladi.
Elektron tadbirkorlik nima? Ko’pchilik uchun bu yangi tushunchadir. Bu
texnologiya O’zbekistonga ham kirib keldi. Elektron tadbirkorlik bu Internet orqali
sotish va sotib olishdir. Uning imkoniyatlari turli­tuman. Internet yordamida o’zingizga
zarur kitob, kiyim, yoki kompьyuter va hattoki oziq ­ ovqat mahsulotlarini xarid
qilishingiz mumkin. Korxonalar mahsulotni sotishi yoki zarur mahsulotni sotib olishi
mumkin. Rossiyalik bir fermer Internet orqali xo’jaligiga traktor sotib olibdi. Bu usul
unga anchagina pulni tejaganligi sababli u avtomobilni ham Internet orqali xarid qilibdi.
Xo’sh bu qanday usul, uning afzalliklari qanday, va undan foydalanish tartiblari qanday?
Bu texnologiya bir necha yillar davomida ravnaq topdi. AQSH da bu texnologiya juda
taraqqiy etgan. Bu texnologiyadan Dell, Cisco, IBM, HR, Oracle, Microsoft va Sun
kompaniyalari juda keng ko’lamda foydalanishadi. Cisco kompaniyasi mahsulotlarni coram
faoliyatini 80% ini Internet orqali amalga oshiradi.
Elektron tadbirkorlik bu Internet tarmog’i yordamida virtual savdo rastasida yoki
maydonida savdo sotiqni amalga oshirishdir. Unda sotuvchi va sotib oluvchi qatnasha di.
Bu savdo sotiqning quyidagi ko’rinishlari mavjud. Ya’ni V2V (Business to business) va
V2S (Bisiness to Customers).
B2B korxonalar o’rtasidagi savdo ­ sotiq muomalasi. V2S korxona va shaxs
o’rtasidagi savdo ­ sotiq muomalasi.
Internet orqali elektron tadbirkorlik qanday amalga oshiriladi? Buni misol
yordamida tavsiflaymiz. Masalan, kitob xarid qilmoqchisiz. Maxsus qidiruv tizimlar
yordamida elektron kitob magazin adresini topasiz. Magazin bir zumda oldingizda paydo
bo’ladi. Elektron magazin bu mahsulotni sotayotgan magazin Internet sahifasidir. Unga
kirib, javonlardan kitob qidirayotganingizni sezmay qolasiz. Sahifada kitoblar ro’yxati
beriladi. Hohlagan kitobingizni tanlashingiz mumkin. Odatda kitoblar magazindagi
singari mavzusiga qarab tanlanishi mumkin. Lekinki 9314 toblar son sanoqsiz
bo’lganligi sababli, magazin qidirish tizimidan foydalanishingiz mumkin. Xar bir kitob


104
tavsifi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Kitobni tavsifi va narxi sizni
qanoatlantirsa, siz uni xarid qilishingiz mumkin. Buning uchun kredit kartochkangiz
bo’lishi shart. Kredit kartochkasi bankda xisob ochilganda beriladi. Bizda ham kredit
kartochkasi yordamidagi muomala asta­sekin muomalaga kirmoqda. Maxsus shaklni
to’ldirib, kredit kartochkangiz raqamini ko’rsatishingiz zarur. SHundan so’ng magazin
sizning kredit kartochkangizni tekshirib, muomalani amalga oshiradi. Birnecha
kundan so’ng mahsulot uyingizga keltiriladi. Albatta bunda kitobning sizga yetib
kelish muddati manzilingizga bog’liq. Bunday usulning qanday afzalliklari bor:
Mahsulot assortimentining to’laligi.
Mahsulot bilan batafsil tanishish imkoniyati.
Manzil va vaqtning ahamiyatga ega emasligi. (Ya’ni sizga qulay bo’lgan vaqtda
dunyoning ixtiyoriy nuqtasidagi do’kondan xarid qilishingiz mumkin.)
Kitobni uyga yetkazish zaruriyatining yo’qligi. (Kitobni do’kon siz ko’rsatgan manzilga
yetkazadi.)
Ayniqsa, do’stingizga sovg’a yuborishda bu xizmat qo’l keladi. Sovg’ani elektron
do’kondan bemalol tanlab, uni maxsus qog’oz yoki qutiga jihozlashni va manzilga
ko’rsatilgan sanada yetkazishni buyurtma qilishingiz mumkin.
Do’konma ­ do’kon yurishga vaqt va asabni sarflamasdan, mahsulotni ko’tarib
uyga olib kelmasdan xarid qilish mumkin ekan. Bu mo’jizani Internet amalga
oshirishda yordamga keldi. Bu usulda turli ­ tuman mahsulotlarni xarid qilishingiz
mumkin. Bu oddiy ruchkadan tortib to avtomobilg’, yoki samolyot chiptasidan to dam
olish chiptasigacha bo’lishi mumkin. Biz V2S usuldagi muomala tavsifi bilan tanishib
chiqdiq (4.6rasm).
B2B muomala faqatgina muomala hajmi, takliflar va imkoniyatlar soni bilan
farqlanadi.
Faraz qilaylik, korxonangiz kompьyuterlar sotib olmoqchi. Siz Internetdan kerakli
manzilni topib, talablaringizga javob beruvchi kompьyuterlarni sotuvchi korxonani bir
zumda topasiz va muomalani amalga oshirasiz. Yoki talabnomangizni kiritishingiz va
unga javobni bir zumda topishingiz mumkin. Bu texnologiya orqali muomalada qimmatli
vaqt ni va mablag’ni tejaysiz. SHuning uchun Hozirgi kunda bu texnologiya dunyoda
keng tarqalgan. Rossiyada muomalalarda shu usuldan ko’proq foydalanilmoqda. Bu
muomala afzalliklari ko’pgina, bunda ish safarlari soni, telefon va faksga, mutaxxasislar
vaqti va soni xisobiga mablag’lar sezilarli darajada kamayadi. Eng asosiysi va muomala
operativ ravishda bajariladi. Bahzilar Internet dallollarni yuqotadi degan fikrda. Lekin
internetda elektron dallollar dallollik savdo maydonchalari (marketrlaces) paydo bo’ldi.


105
Ularda xar kuni muomalalar qizg’in amalga oshiriladi. Mutaxxassilar 2004 yilga borib
elektron tadbirkorlikdan foyda 3 trillion dollarga yetishini bashorat qilishmoqda (4.7rasm).
Hozirgi kunda Internetda 40 milliondan ko’proq elektron rastalar mavjud.
Elektron tadbirkorlik kelib chiqishiga 80 yilda Internet davlat byudjetining
kattagina qismidan mahrum bo’lganligi va o’zini ­ o’zi ta’minlashi zarurligi sababchi
bo’ldi. SHuning uchun Internetdan va uning resurslaridan tijorat maqsadida
foydalanishga o’tildi. Bunda daromadlar Internet xizmati va reklama, hamda Internet
bilan ta’minlash xisobiga (Internet provayderlik) olina boshlandi.
SHunday qilib, masofalarni yuqotib dunyoni bir kiberolamga aylantirgan Internet
tadbirkorlikni rivojlantirishda, kengaytirishda juda qo’l kelmoqda.
Respublikamizda bir necha elektron rastalari mavjud:
NTTR://www.menatech.da.ru Menatek kompaniyasining elektron rastasi (4.8rasm).
Ushbu rastada kompьyuter va kompьyuter anjomlarini sotib olish mumkin. Buning uchun
maxsus shaklni (4.9rasm) to’ldirib, buyurtma berish lozim.
NTTR://www.tashor.uz Kompьyuter va kompьyuter dasturlarini xarid qilishingiz
mumkin.
NTTR://www.uzshor.uz STIV kompaniyasi elektron rastasi: kompьyuter va ofis
anjomlari (4.10rasm).


106
httr/www.irroex.com Irrodrom exrress rastasida turli asboblar, uskunalar va
mahsulotlarni xarid qilishingiz mumkin.
Internet ofislarni boshqarishda va ish yuritish borasida ko’p imkoniyatlarni
yaratdi. Global o’zgarishlar ishlab chiqarishda yangi muhitni yaratdi. Endilikda eski
boshqarish usullari, biznes jarayonlar, tashkiliy shakllar, ishlash usullari yangi global
va o’zgaruvchan muhitga to’g’ri kelmay qoldi. SHuning uchun korxonalar bu borada
tezkor o’zgartirishlar kiritib harajatlarni kamaytirishga kirishdilar. Natijada elektron
ofislar yaratildi. Bu borada korxonalar informatsion texnologiyalarning yangi
imkoniyatlaridan foydalana boshladi (4.11rasm). Bunda mijozga xizmat ko’rsatish
shakli sifatiga e’tibor qaratildi. Elektron ofis korxona ishida ko’pgina qulayliklar
yaratdi.
Hujjatlar bilan ishlash qulayligi.


107
Korxona ma’lumotlar bazasining ochiq tizimi yaratilganligi, korxona ishchilari barcha
yangiliklardan va jarayonlardan ixtiyoriy joyda: ofisda, uyda va safarda xabardor bo’lish
va kuzatish imkoniga egaligi.
Korxona mutaxasislari anjumanlarni, munozara va muzokaralarni tarmoq orqali amalga
oshirishi mumkinligi.
Korxona ishchilarining bir joyda bo’lish zarurati ahamiyati yo’qolganligi.
Yuqori tajribali mutaxxasislar guruxini tashkil qilish imkoniyati.
Mijozlar bilan ishlashning qulayligi. Buning natijasida qimmatli vaqt tejaladi va
harajatlar iqtisod xisobiga kamayadi.
Masalan, ko’pgina kompaniyalar mutaxassislari dunyoning turli nuqtalaridan
ofisiga Internet tarmog’i orqali bog’lanib, zarur hujjat va ma’lumotlar bilan ishlash
imkoniyatiga egadirlar. Bu albatta ishni tezlashtiradi va daromadni oshiradi. Masalan,
Cisco kompaniyasi shu usulda ishlaydi.
Nazorat savollari:
Masofadan o’qitish nima?
Audio va video darsliklar?
On­lay darslar (internet sahifa) ni tushuntirib bering.
Eletron kutubxonalarni tushuntirib bering.
Mulьtimediya elektron darsliklari nima?
Telemedetsina imkoniyatlari nima?
Internetda tadbirkorlik nima?
Elektron rastalar nima?
Elektron ofis nima?


108
17­ma’ruza: Global kompьyuter tarmoqlari. Global tarmoqlarning turlari. Internet
tarmog’i arxitekturasi.
R ye j a:
1. Internetda domenli adreslash.
2. Protokollar.
Tayanch so’z va iboralar:
Tarmoq, mustaqil tarmoq, kompьyuter tarmoqlarining
rivojlanish tarixi, Internetni tashkil etilishi, tarmoqlarda adreslash. Protokol, qoida, IR
protokol, TCR protokol, tarmoq daraja, transport daraja, amaliy daraja, protokol
ahamiyati.
1. Internetda domenli adreslash
1957 yili ARRA (Advanced Research Rrojects Aqency) tashkiloti tuzildi. 60­yillar
oxirida DARRA (Defense Advanced Research Rrojects Aqency) ARRANet tajriba
tarmog’ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq 1972­yili namoyish etildi.
U 40 ta kompьyuterdan iborat bo’lib, asosiy to’zilish printsipi tarmoqdagi barcha
kompьyuterlarning teng huquqli bo’lishi edi. 1975­yili ARRANet tajriba tarmog’i
maqomini harakatdagi tarmoq maqomiga o’zgartirdi. 80­yillar boshida tarmoqda
mashinalarning o’zaro ta’siri protokollari standartlashtirildi. Boshlang’ich variant
TCR/IR (Eransfer Control Rrotocol/Internet Rrotocol). BBN kompaniyasi bilan
shartnoma tuzildi, bu esa TCR/IR ni UNIX OT safiga kiritdi. 1983 yilda Internet tashkil
etildi. ARRANet 2 qismga bo’lindi; MILN va ARRANet, ularga NSFNet va boshqa
tarmoqlar
ulandi.
1989
yili
ARRANet
mustaqil
tarmoq
sifatida
tugatildi.
Internet­axborotlar bilan mustaqil almashish imkoniyatini yaratdi. Biroq bir necha yil
ilgari uning resurslariga faqat faylga murojaat qilishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot
yordamidagina kirish mumkin edi.
Gipermatnli inqilob. 1965 yili Nelьson gipermatn so’zini qo’lladi. Van Dam va
boshqalar 1967 yili gipermatn taxrirlovchisini tuzib chiqdilar. Nelьson esa 1987 yili
ma’lumotlarning gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Jeneva TSERN da ishlovchi
fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga
Internet orqali tadqiqot natijalarini o’zaro almashish imkonini berar edi.


109
6.2 ­
rasm
. Global tarmoq tuzilmasi
SHunday qilib xalqaro axborot tarmog’i ­ World Wide Web (WWW) ga poydevor
bo’ldi. 1993 yili Mark Anderson rahbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brauzeri
ishlab chiqildi. 90 yillar o’rtalarida Internet biznes­ishlovchilar bilan ishlash uchun
qo’llanila boshladi. Biroq bu borada turli xil muammolar mavjud edi:
tarmoq kanallarini ortiqcha yuklash;
axborotni himoyalash;
Internet ning statistik ma’lumotlari quyidagicha:
1981 y. ­ Internet ga 213 ta kompьyuter ulangan;
1983 y. ­ Internet ga 562 ta kompьyuter ulangan;
1986 y. ­ Internet ga 5089 ta kompьyuter ulangan;
1992 y. ­ Internet ga 727000 ta kompьyuter ulangan;
1995 y. ­ Internet ga 20­40 million kompьyuter ulangan;
Internetga joylashgan asosiy g’oyalar.
ISQ ochiq tizimlar o’zaro ta’sir standartini ishlab chiqdi, uning asosiy maqsadi turli
darajadagi tarmoq komponantlarining o’zaro munosabatlarini tashkil etuvchi tartiblar va
turli xildagi darajalardir.
7­daraja – Amaliy. U tarmoqda amaliy va tizmli dasturlarning o’zaro aloqasini
ta’minlaydi. Bu darajada amaliy xizmatlar bajariladi, ya’ni: fayllarni uzatish, olislashgan
holda terminalga kirish, elektron pochta va hokazo.
6­daraja – ma’lumotlarni takdim etish. Bunda ma’lumotlarni uzatishda kodirovkani
bir xillashtirish ta’minlanadi. Tarmoqqa birlashtirilgan kompьyuterlar o’rtasida


110
ma’lumotlar almashuvi uchun fodalaniladigan shaklni belgilaydi. Ma’lumotlarni
uzatuvchi kompьyuterda bu daraja amaliy darajadan olingan formatdan ma’lumotlarni
oraliq formatlarga qayta aylantirishni amalga oshiradi.
5­daraja – seansli. U ikkita gapni turli kompьyuterlarga joylash,
foydalanish va birikishini tugallash imkonini beradi. Bu darajada quydagilar amalga
oshiriladi:
Xavfsizlik vositalarini boshqarish.
Ma’lumotlar almashuvini sinxronlash.
Uzilish natijasida seansni qoldirish.
4­daraja – trasportga oid. Ushbu daraja ma’lumotlarni to’g’ri tashishni ta’minlaydi,
xatolarni imkon darajasida to’g’rilaydi. Tashish bo’yicha servis xizmatini ko’rsatadi.
3­daraja – tarmoqli ikki mashina o’rtasida aloqani tashkil etadi. Ma’lumotlarni
manzillariga jo’natishga va mantiqiy manzilgohlar va nomlarning jismoniy manzillari
o’zgarishga javob beradi: jo’natuvchi kompьyuterdan qabul qiluvchi kompьyutergacha
bo’lgan marshrutni belgilaydi; tarmoq shartlariga bog’liq holda ma’lumotlarning o’tish
yo’lini belgilaydi;
2­daraja – kanalga oid. Tarmoqqa uzatish va tarmoqga olish uchun ma’lumotlarni
to’playdi. Ma’lumotlarning jismoniy muhitga kirishni boshqaradi.
1­daraja ­ hisoblash tarmog’i o’rtasidagi aniq jismoniy aloqani ta’minlaydi.
Ko’pchilik zamonaviy tarmoqlar ISO/OSI etalon modeliga faqat yaqindan mos keladi.
Biror xil nomdagi darajalar to’g’ridan­to’g’ri o’zaro ta’sir qilmaydi. Har qanday daraja
faqat qo’shni daraja bilangina ta’sir ko’rsata oladi. Qo’shni daraja bilan o’zaro ta’sir
ko’rsatish interfeys deb yuritiladi.
Agar biror mashinaning bitta darajasi boshqa mashinaning mos keluvchi darajasiga
murojaat qilsa, aslida u interfeys orqali qo’shni pastki darajaga murojaat qilgan bo’ladi.
Axborot bir daraja pastga tushadi, chunki u yerda axborot yana qayta ishlanib yanada
pastga uzatiladi. Jismoniy darajada axborot aloqa kanali bo’yicha boshqa mashinaga
uzatiladi. U yerda teskari jarayon yuz beradi; axborot kerakli joyga yetmaguncha kerakli
darajaga ko’tarilaveradi. Bir xil nomdagi darajagi tishimlarning o’zaro ta’sir qoidasi
ma’lumotlarni uzatish qoidasi deb yuritiladi. Axborotlarni Internet bo’yicha uzatish
asosida paketlar kommunikatsiyasi yetadi. Internet orqali yuboriladigan axborotlar
aloxida paketlarga taxlanadigan qismlarga ajraladi. Paket ichida axborot hajmi odatda 1
dan 1500 baytni tashkil eta di. Bu biror foydalanuvchi tomonidan aloqa tarmog’ining
monopoliyallashning oldini oladi va qolganlarga teng xukuk va imkoniyat yaratadi.
Barcha axborot paketlari tarmoq bo’yichaular uchun umumiy bo’lgan joyga yubriladi.
Har bir paket belgilangan joyga yetib kelishidan oldin turli marshrutlar buylab
harakatlanishi mumkin. Biz marshrut degan ma’lumotlarni uzatish tarmog’i uzellarining
ketma­ketligini tushunamiz. Qabul qilish oxirida paketlar yana tegishli tartibda
to’planadi.
2. PROTOKOLLAR
Protokol qoidani belgilaydi. Buqoida asosida ikkita dastur yoki ikkita kompьyuter
birgalikda harakatlanadi. Ayrim protokollar ma’lumotlar harakatini boshqaradi, ayrimlari
xabarlarni butunligicha tekshiradi, yana birlari esa ma’lumotlarni bir formatdan


111
boshqasiga o’tkazadi.
Internet buylab yuborilgan har­bir axborot protokol orqali kamida uch daraja buylab
o’tadi.
Tarmoq daraja ­ bunda xabarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazish kuzatib boriladi.
Transport daraja ­ bunda uzatiladigan xabarlar butunligi kuzatiladi.
Amaliy daraja ­ xabarlarning kompьyuter formati kishining ma’lumotni qabul qilish
uchun kulay ko’rinishga o’zgaradi.
Internetda ikkita asosiy protokoldan foydalaniladi:
1. IR (Internet Rrotosol) – tarmoqlararo protokol, ma’lumotlarni aloxida paketlarga
ajratadi. U qabul qiluvchining manzili (IR­manzil) bo’lgan sarlavxa ta’minlaydi. Ularning
belgilangan punktga to’g’ri ketma­ketlikda yetib borishi protokol bilan kafolatlanmaydi.
Ushbu protokolning muxim vazifalaridan biri ­ bu marshrutlash (Internet bo’yicha yul
tanlash. Paketlar shu yul orqali uzatiladi). IRprotokoli mantiqiy birikishlarsiz ishdaydi, u
xatolarni aniqlamaydi va to’zatmaydi.
2. TCR (Transmission Control Rrotocol) ­ transport darajali protokol ­ u paketni
to’g’ri yetkazib berishga javob beradi (6.1­jadval). Internet IR protokolini va TCR
oilasiga mansub protokollardan birini kafolatli qo’llab­quvvatlaydigan ko’plab
tarmoqlarni birlashtiradi. Qoida bo’yicha TCR/IR atamasi TCR va IR protokollari bilan
bog’liq barcha narsalarni anglatadi. U butun bir protokollar oilasini qamrab oladi.
Internetda ko’pgina amaliy protokollar mavjud bo’lib, ular Mail, telnet, ftr, archie,
gorher, WAIS, World Wide Web kabi dasturlar foydalaniladi. Masalan fayllarni jo’natish
protokolli (FTR), olislashgan mashina terminal emulyatsiyasi protokoli (telnet), oddiy
pochtaning jo’natish protokoli (SMTR), nomlarning (DNS) domen (mintaqaviy) tizimli
protokoli, marshrutlashning axborotlashgan protokoli (RIR), va xokazo. TCR/IR
protokoli avvaliga global tarmoqqa mo’ljallangan edi.
6.1­jadval
TCR/IR oilasi 4 ­ darajali sxema bo’yicha tashkil etiladi.
TCR/IR
ISO/OSI
1. Amaliy dasturlar
2. Transport darajasi
3. Tarmoqlar darajasi
4. Tarmoqqa kirish darajasi
1. Amaliy dasturlar darajasi
2. Ma’lumotlarni aks etish darajasi
3. Seans darajasi
4. Transport darajasi
5. Tarmoq darajasi
6. Kanal darajasi
7. Jismoniy daraja
Transport darajasi ­ ma’lumotlarni kompьyuterdan kompьyuterga yetkazib berishni
ta’minlaydi.
Tarmoqqa kirish darajasi ­ apparat interfeyslari va ushbu apparat interfeyslari
drayverlari.


112
Nazorat savollar:
Internet nechanchi yili tashkil topga¬n?
Interfeys deb nimaga aytiladi?
Protokollar nima uchun kerak?
Protokollarning turlarini tushuntiring.
SPARC Station nima?
Modulyatsiya va demodulyatsiyani tushuntiring.
FKS nima?
Kompьyuterlar o’rtasida telefon liniyasi nima uchun kerak bo’ladi?


113
18­ma’ruza: Kompьyuter tarmoqlari yordamida elektron kitoblarni o’zlashtirish.
Gipermedia kitoblar, mulьtimedia kitoblar. Giper murojaat qilish printsiplari.
Informatsiyalarni qayta ishlashning hozirgi zamon vositalari.
REJA:
1. Mulьtimediya va uni qo’llanilishi.
2. Mulьtimediya sistemasini o’rnatish uchun kompьyuterlarga qo’yiladigan talablar.
3. Ovoz kartasi va uning turlari.
4. Hozirgi zaman informatsion sistemalar dasturlari.
Mulьtimediya va uni qo’llanilishi.
Tayanch so’z va iboralar: Mulьtimediya, ko’p muxit, CD­ROM, vint, informatsiya
uzatish tezligi, lazer disk, kopakt disk, mikroprotsessor, operativ xotira, tashqi xotira,
chastota, xotirlash hajmi, video sistema, razryad, ovoz kartasi, ovozni sintez qilish,
kartani ishlash pritsipi, WT, FM, ovoz kartasi turlari, MIDI, dastur, INSTALL, ‘ffice,
NetWare, ilova, operatsion sistema, drayver.
Informatsion texnologiyadagi “Mulьtimediya” (multimedi) terminini “ko’p muxit”
deb tushunish mumkin. Mulьtimediya ­ bu maxsus texnologiya bo’lib, maxsus dastur
ta’minoti va texnik vositalar asosida kompьyuterda oddiy matnli informatsiyalarni ovoz
va harakatlanuvchi ob’ekt bilan bog’laydi. Mulьtimediya quyidagilarni tashkil qiladi.
Kompьyuterni berilganlar va mulьtimediya ovoz chiqaruvchi informatsiyalariga murojaat
eta oluvchi texnik vositalarni;
murojaatni va ovozni o’qishga xizmat qiluvchi dastur ta’minoti;
Mulьtimediyada informatsiya saqlovchi qurilma.
Mulьtimediya sistemasini o’rnatish uchun kompьyuterlarga qo’yiladigan talablar.
Kompьyuterni mulьtimediya vositasi sifatida qurish uchun ba’zi minimum
apparatga ega bo’lishi kerak. Xalqaro tajribalarni ko’rsatishga, hozirgi zamon
mulьtimediyasi dastur ta’minotini qo’llash uchun personal kompьyuterga quyidagi
talablar qo’yiladi:
mikroprotsessor 486 SX takt chastotasi 25 Mgts dan kichik bo’lmasligi;
Operativ xotira hajmi 4 Mb dan, qattiq magnit diks hajmi 160 Mb dan kichik bo’lmasligi;
videosistemani imkoniyati 640X480 va ranglar soni 65536 dan kam bo’lmasligi;
ovoz kartasi va akustik kolonkalar;
SD­Rom sisatemasi.
Mulьtimediyada asosiy informatsiya tashuvchi sistemasida CD­Rom (Compact
Disk Read­Only Memory) qurilmasida qo’llanuvchi kompakt disk hisoblanadi. CD­Rom
egiluvchan magnit diskka va vinchester o’rtasidagi joyini egallaydi. Uning xotirasi hajmi
650 Mb atrofida. CD­Rom qurilmasidan kompakt disk oson olib, qo’yiladi. Diskdan
informatsiya uzatilishi tezligi vinchesternikidan ancha past. Informatsiya kompakt lazer


114
diskdan o’qiladi xolos. Unga informatsiya tayyorlovchi zavod tomonidan yoziladi.
Diskdan informatsiya uzatilishi uni aylanish tezligiga bog’liq hozirda 12 va 24
tezlikni CD­Rom lar qo’llanilmokda.
CD­diskovod Kompьyuterga apparat xolida o’rnatilib asosiy plataga maxsus shlef
yordamida ulangandan keyin diskovodning drayveri Kompьyuter operativ xotirasiga
yuklandi. Drayver yuklangandan keyinoq CD­diskovodni sistema navbatdagi logik disk
(D: yoki Ye:) kabi ekranga ochadi. Undagi informatsiyalarni oddiy vinchester (C: logik
disk) kabi bemolo o’qish, boshqa joyga nusxa olish mumkin.
CD­Rom hajmi katta informatsiyalarni saqlay olishi mumkinligi uchun kuydagi
xollarda keng qo’llaniladi:
Birinchidan, CD­Rom dan ixtieriy dastur maxslotlarini uzoq vaqt saqlash mumkin.
Bu esa sanoat va jamiyat uchun zarur bo’lgan informatsiyalarni to’plamlarini saqlash
imkoniyatlarini beradi.
Ikkinchidan, Kompьyuter sistemalarini INSTALL dasturni saqlash va ulardan
foydalanib sistemalarni personalp Kompьyuterlarga o’rnatish.
Ovoz kartalari va ularni tiplari.
Ovoz kartalari yordamida ovozni sintez qilishni ikkita metodi mavjud:
WT(Wave Table­to’lqinlar jadvali)­oldindan yozilgan raqamli
ovozlarini
chiqarishni ­ Samrles deyiladi. Qisqa vaqt ovoz beruvchi instrumentlar odatda to’la
yoziladi. Qolganlari boshi va oxiri yozilib o’rtada yozilib qaytaruvchi qismlari yoziladi.
Ovoz balandligini o’zgartirish uchun o’qish tezligi o’zgaradi.
Bu metodni yutug’i­ovozni xaqiqiysiga o’xshashligi va ovoz olishni soddaligidir.
Kamchiligi ko’pchilik parametrlarni vaqt bo’yicha o’zgartirib bo’lmasligidir.
Aytib o’tish kerakki, ko’pchilik musiqa platalarida WT sintez metodida
ishlovchilari eski sistemasidaligidadir.
FM (Frequency Modulation­chastota modulyatsiyasi)­ovozni bir necha signal
gineratorlari yordamida sintez qilish. Odatda sinusoidal generator kuzda tutiladi. Har bir
generator chastota boshqarish va signal amplitudasini boshqarish sxemasiga ega.
Metodni yutug’i oldindan yozib qo’yilgan ovoz yo’kligi va xotira kerakmasligidir.
Kamchiligi juda oz tembrlar mavjudligidir.
MIDI (Misical Instrument Digitalb Interface)­muzikal instrumentlarni raqamli
interfeysi. U boshqarish sistemasini va bir necha instrumentlarni birlashtirilishi.
MIDI deyilganda instrumentlarni ulash­kabeli razyomini metodlari, signallarni
uzatish metodlari va instrumentlar o’rtasida xabarlar, buyruqlari yigindisi. ko’pchilik
xabarlar real vaqtda uzatilib klaviaturaga ta’sir unda seziladi.
Ovoz kartalarini ishlatilish maqsadiga karab uch gruppaga bo’linadi:
­faqat ovozli, faqat raqamli yozish va o’qishni bajaradi. Bu platalar faqat uzliksiz
ovoz oqimini magnitafon singari yozadi va o’qiydi.
­faqat muzikali,muzikali sintezatordan iborat. Bu platalar zunga uzun bo’lmagan
muzikalarni generatsiyalanishini protsessordan olingan buyruq asosida amalga oshiradi.
­Kombinatsiyalashgan platalar, bunda muzikasiz sintezator raqamli ovoz bilan
kushiladi.
Kombinatsiyalashgan kartada bir­biriga unchalik bog’lik bo’lmagan to’rta blokga


115
bo’lishi mumkin:
1.Blok, raqamli yozish va o’qish bloki. Anolog signalini raqamiga, raqamlini
analog signaliga aylantirish. U analog­raqamli aylantiruvchi va boshqarish qismidan
iborat.
2.Blok sintezator.
3.Blok MRU.Tashqi MIDI­interfeysi orqali
berilganlarni qabul qilish va
uzatishni bajaradi.
4.Miksher bloki. Analog signallarni satxini, komo’tatsiyani boshqarishni tashkil etiladi. Miksher
tarkibiga oldindan, oralik va chiqish signallarni kuchaytirgich kiradi.
Hozirgi zaman informatsion sistemalar dasturlari.
Hozirgi zamon informatsion texnologiyani asosiy rivojlanish soxalardan biri ofis
ilovalari amaliy dasturlar paketini yaratish yo’nalishidir. Amaliy dasturlar insonlarni
zerikarli hisob ishlaridan ozod qilib ijodiy ishlar bajarishga vaqtlarini orttiradi.
“Office” so’zini tarjimai kontora (idora) degan ma’noni beradi. So’zni ma’nosidan
kelib chiqib shuni aytish kerakki, u yerda informatsiyalarni qayta ishlab ma’lum formaga
solinib, tayyorlanib, saqlanib zaruriy xollarda olinadi.
Demak ‘ffice ilova dasturlari bitta kontorada olib boriladigan ilmiy texnikaviy
masalalarni yechish, informatsiyalarni qayta ishlash va zaruriy xujjatlarni tayyorlash
ishlari uchun mo’ljalanadi. Ularni umumlashtirib quyidagini keltirish mumkin.
1. Har hil matnli infomatsiyalarni ya’ni, xat, hisobot, telefonnogramma, jadval va
boshqalarni qayta ishlash.
2. Moliviy va tijorat hisoblarini maxsus jadval va rasmlar bilan to’zish.
3. Buxgalteriya hisobotlarini yuritish, operatsiyalarini bajarish. Kirim va
chiqimlarni hisobini yuritish va xokozolar.
4. Elektron pochta: matnli va grafik informatsiyalarni ma’lum masofadagi
adreslarga jo’natish; jo’natiladigan xabarni qabul qilish, registratsiya qilish;
5. Xodimlarni ishlarini boshqarish (xodimlarga korxona xolatidan kelib chiqib ish
grafigini to’zish, kadrlar hisobini yuritish.
Hozirda yuqoridagi ishlarni bajara oladigan ofislar ilovalar keng tarqalgan,
Masalan: Lotus troyka (matn redaktorlari AmiPro, elektron jadvallar Lotus
1­2­3),Microsoft office (matn protsessori Word, elektron jadval Excel, Access) va
boshqalar.
Nazorat savollari:
1.Mulьtimediya nima?
2. CD­ROM deganda nimani tushinasiz?
3. Ovoz kartasini vazifasi nima?
4. Kompakt disklarni asosiy yutuklari nimada?
5. Mulьtimediya nima?
6. Mulьtimediya nima uchun ishlatiladi?


116
7. Mulьtimediyaning tarkibiga nimalar kiradi?
8. Hozirgi zamon Mulьtimediyasi dastur ta’minotini qo’llash uchun personalp
Kompьyuterga qanday talablar qo’yiladi?
9. SD­ROM nima degani?
10. WT nima?


117
A D A B I Yo T L A R
ASOSIY ADABIYOTLAR
V.G. Olifer, N.A. Olifer “Kompьternыe seti. Printsipы, texnologii, protokolы” «Piter»
2001 g.
V.G. Olifer, N.A. Olifer «Setovыe operatsionnыe sistemы» «Piter» 2003 g.
N. V. Makarovoy «Informatika» M: 2000 g.
V. A. Ostreykovskiy «Informatika» vыsshaya shkola M: 2000 g.
Pod redaktsii N.V. Makarovoy «Informatika praktikum po texnologii rabotы na
kompьtere» Finansы ierarxiya statistiki 1997 g
QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR
Pod redaktsiya A.D. Xomonenko «Osnovы sovremennыx kompьyuternыx texnologii»
Sankt – Peterburg «Koronь print» 1998 g.
Zalogolova i dr. «Informatika» zadachnik – praktikum tom 1.2 Moskva, laboratoriya
bazovыx znaniy. 2000g.
D. Givaney, R.Rosser. «Mikroprotsessorы ierarxiya mikrokompьyuterы» Moskva «Mir»
1982g.
V. N. Kasatkin «Informatsiya algoritmы EVM» Moskva. «Prosveshenie» 1991 g.
V. A. Mishenko i dr. «Logicheskoe proektirovanie BIS» Moskva. «Radio i svyaz» 1984g.

Download 13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish