Energetika va sanoatni axborotlashtirish



Download 28,26 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi28,26 Kb.
#200627
Bog'liq
5 tashabbus


NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI

“ENERGETIKA VA SANOATNI AXBOROTLASHTIRISH” FAKULTETI



25-TJBAKT-20 guruhining axborot va murabbiylik soati
BAYONNOMASI № 15
18 fevral 2020 yil To’raqo’rg’on tumani.
Qatnashdilar: Guruh rahbari B. Akbarov,

25-TJBAKT-20 guruhi talabalari


Axborot va murabbiylik soati kun tartibidagi masalalar


  1. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar bilan tanishtirish

  2. Besh muhim tashabbus” mavzusida davra suhbati.

  1. Talabalar bilan “Kamtar” fazilati haqida suhbatlashish

  2. Fevral oyi uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar mutaolasi haqida


Eshitildi:

1-masala yuzasidan guruh rahbari B. Akbarov so’zga chiqib, o’tgan bir hafta ichida O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar bilan ya’ni Intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 8-fevral kuni Andijon va Toshkent viloyatlaridagi investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Dastlab joriy yilda ishga tushiriladigan loyihalar haqida axborot berildi.Xususan,Andijon viloyatida bu yil umumiy qiymati 1 milliard 433 million dollar bo’lgan 616 ta loyiha foydalanishga topshiriladi.Sohalar kesimida aytganda,ularning 258 tasi sanoat,185 tasi xizmat ko’rsatish,173 tasi qishloq xo’jaligi tarmoqlarida.Bularning natijasida qariyb 10 trillon so’mlik ishlab chiqarish quvvati tashkil etilib,95 millon dollarlik import o’rnini bosish hamda 265 millon dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi.61 mingta yangi ish o’rni ochiladi.Toshkent viloyatida bu yil 355ta loyiha ishga tushiriladi.Umumiy qiymati 1 milliard 624 millon dollar bo’lgan mazkur proektlarning 198 tasi sanoat,81 tasi xizmat ko’rsatish,76 tasi qishloq ho’jaligi sohasidadir.Bundan tashqari,viloyatda 187 ta yangi investitsiya loyihasi rejalashtirilmoqda.

2-masala yuzasidan guruh rahbari B. Akbarov so’zga chiqdi. U o’z so’zida quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi: 5 ta tashabbus xalqimiz,ayniqsa,yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.Ushbu tashabbusning mohiyatiga nazar tashlaydigan bo’lsak,har birining zamirida chuqur o’ylangan ma’no va nazmun borligiga guvoh bo’lamiz.

Birinchi tashabbus:Yoshlarning musiqa,rassomlik,adabiyot,teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga,iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus:Yoshlarni jismoniy chiniqtirish,ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.

Uchinchi tashabbus:Axoli va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To’rtinchi tashabbus:Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ob qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan.

Beshinchi tashabbus:Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.”

Har bir tashabbus yo’nalishlari bo’yicha axoli va yoshlar jalb etilib loyihalar tayyorlangan.



Guruh talabalaridan D.Jumaboyev va M.Tolibjonovlar so’zga chiqib, masala bo’yicha o’z fikrlarini bildirib o’tdilar, mukamal bilim olib kelgusida yurt ravnaqiga xissa qo’shishga va’da berdilar..

3-masala yuzasidan guruh rahbari B. Akbarov so’zga chiqdi. U o’z so’zida quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi. “Kamtarlik” fazilati haqida davra suhbati qurdi. “Inson odobi bilan go’zaldir. SHuning uchun ham tabiatdagi boshqa mavjudotlardan farq qilib turadi. Kishi qancha yoshga kirmasin, to hayotdan ko’z yumguncha tarbiyaga, odobga, axloqqa muhtojdir. Bilimli, ilmli odam bo’lishi mumkin, ammo odamning odob-axloqi talab darajasida bo’lmasligi mumkin.

Odob-ahloq haqida so’z yuritar ekanmiz, biz - o’qituvchi murabbiylar oldida yoshlarga ta’lim-tarbiya berishdek mas’uliyatli vazifa yuklatilganini chuqur his qilamiz. Avvalo, o’qituvchining o’zi ham kasbiy, ham insoniy fazilatlarga ega bo’lmog’i hamda yoshlarga o’zi namuna bo’lishi ta’lim-tarbiya jarayonida katta ahamiyat kasb etadi. Ommaviy-axborot vositalarida, gazeta va jurnallarda hozirgi yoshlarning odob-axloqi xususidagi ko’rsatuv hamda munozarali maqolalarni ko’plab uchratamiz. Xo’sh, nima uchun yoshlarimizning odob-axloqi global muammoga aylanib boryapti? Yoshlarimizning bilimi, salohiyatidan ko’ra ularning odob-axloqi muhimmikan? Ha, insonning odobi uning barcha sifatlaridan muhim. Odamzod odobi, xulqi bilan “inson” degan sharafga loyiq bo’lgan. Uning barcha sifatlari “odob” bilan fazilatlarga aylangan. Ba’zilarning nazdida arzimasdek tuyulgan kamchiliklar bartaraf etilmas ekan, bora-bora bu kichik aybu-nuqsonlar katta halokatlarga olib keladi”.



4-masala yuzasidan guruh rahbari B. Akbarov so’zga chiqdi. Talabalardan oxirgi kunlarda o’qilgan badiiy asar haqida fikrlar so’raldi. Ular uchun fevral oyida tavsiya qilingan Nodar Dumbadzening “Abadiyat qonuni” nomli asari ekanini eslatib o’tdi.

Talabalar o’qigan asarlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdilar.


Qaror qilindi:


  1. Har bir talaba O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar bilan tanishib borsinlar.

  2. Har bir talaba o’zidagi yuksak ahloqiy sifatlarni tarbiyalab borsinlar

  3. Har bir talaba fevral oyi uchun Nodar Dumbadzening “Abadiyat qonuni” asarini mutaola qilsin.



Yig’ilish raisi: B. Akbarov
Yig’ilish kotibi: M. Soliyeva
Download 28,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish