Energiya shakillari bo‘yicha iste’molga to‘lov mexanizmi. Issiqlik energiyasi tariflari va narxlari. Elektr energiyasi tariflari va narxlari


Iste’molchilarning issiqlik energiyasi qurilmalari ulanishiga qo‘yiladigan texnik shartlar



Download 107,5 Kb.
bet3/4
Sana12.07.2022
Hajmi107,5 Kb.
#779221
1   2   3   4
Bog'liq
5-4

Iste’molchilarning issiqlik energiyasi qurilmalari ulanishiga qo‘yiladigan texnik shartlar
YAngi quvvatlarni ulashga, ishlab turgan ob’ektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasini ko‘paytirishga ruxsatnomaga ega bo‘lgan barcha issiqlik energiyasi iste’molchilari, iste’molchilarning issiqlik qurilmalari ulangan issiqlik ta’minoti tashkilotidan issiqlik energiyasidan foydalanish uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar.
Issiqlik ta’minoti tashkilotining issiqlik tarmoqlariga yangi iste’molchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlari va shu kabilarni) ulashga texnik shartlar buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirig‘iga ko‘ra bosh loyihalovchi tashkilotdan loyihalanayotgan ob’ektni tavsiflovchi qisqa shakldagi ma’lumotlar: uni loyihalash va qurish muddati, o‘rnashgan joyi (kartografiya materiali), issiqlikni iste’mol qilish turlari (texnologiya ehtiyojlari, isitish, ventilyasiya, issiq suv ta’minoti va boshqalar) bo‘yicha yuklamalarning tavsifi va issiqlik bilan ta’minlashning ishonchliligi bo‘yicha talablar ko‘rsatilgan buyurtmanomasiga ko‘ra issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan beriladi.
Issiqlik ta’minoti tashkiloti buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirig‘iga ko‘ra bosh loyihalovchi tashkilotdan buyurtmanomani olgandan keyin ikki hafta muddatda, ularni turli maydonchalarda joylashtirish uchun texnik-iqtisodiy taqqoslash variantlari yoki qurilishni, kengaytirishni yoki qayta tiklashni asoslash bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar qilinayotgan yangi quriladigan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini issiqlik bilan ta’minlashning dastlabki shartlarini beradi.
Elektr energiyasi tariflari va narxlari
Elektr energiyasini qabul qiluvchi — elektr energiyasini qabul qilib olish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki uskuna;
Energiya qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar (ular o‘rnatilgan inshootlar va binolar bilan birga);
energiya ta’minoti tashkiloti — energiyani shartnoma bo‘yicha sotish va taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
energiya ta’minoti tashkiloti abonenti — energiya ta’minoti tashkiloti tarmoqlariga bevosita ulangan va u bilan elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublik chegarasiga ega bo‘lgan iste’molchi, uning elektr energiyasidan foydalanish huquqi energiya ta’minoti tashkilotining iste’molchi yoki uning yuqori tashkiloti bilan shartnomasida kelishilgan bo‘ladi. Maishiy iste’molchilar uchun — kvartira, imorat yoki shaxsiy mulk bo‘lgan imoratlarning hududiy birlashgan guruhi;
energiya ta’minoti tashkilotining subabonenti — energiya ta’minoti tashkilotining roziligi bilan abonentning elektr tarmoqlariga bevosita ulangan va abonent bilan elektr energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnomaga ega bo‘lgan iste’molchi. Energiya subabonentga berilganda abonent energiya ta’minoti tashkiloti oldida Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha javobgar hisoblanadi;
elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublik chegarasi — elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansubligi bilan aniqlanadigan energiya ta’minoti tashkiloti va abonent o‘rtasidagi elektr tarmog‘ining bo‘linish nuqtasi;
hisobga olish nuqtasi — elektr bilan ta’minlash sxemasi nuqtasi, unda o‘lchash asbobi (hisob-kitob hisoblagichi, hisobga olish tizimi va shu kabilar) yordamida yoki boshqacha usulda elektr energiyasi sarfi miqdori aniqlanadi;
hisobga olishni nazorat qilish pribori — nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning ko‘rsatkichlari asosida tarmoqning mazkur nuqtasidagi elektr energiyasi sarfi aniqlanadi;
elektr energiyasi va quvvatini hisobga olish pribori — hisobga olish (shu jumladan aktiv elektr quvvatini hisobga olish) priborlari, shuningdek jamlovchi qurilmalar va hisobga olishning avtomatik tizimlari, ular Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalariga hamda YOqilg‘i va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanishni tashkil qilish qoidalariga muvofiq o‘rnatiladi;
iste’molchining ulangan quvvati — iste’molchining energiyani ishchi kuchlanishga (bevosita tok qabul qiluvchilarga beriladigan kuchlanishga) aylantiruvchi transformatorlarining va 1000 Volt (V)dan ortiq kuchlanishli elektr dvigatellarining elektr tarmoqlariga ulangan jami quvvati. Iste’molchilarning elektr qurilmalariga energiya transformatorlardan yoki energiya ta’minoti tashkilotining kam voltli tarmoqlaridan berilganda iste’molchining ulangan quvvati uchun foydalanishga ruxsat etilgan quvvat qabul qilinadi, uning miqdori energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan belgilanadi hamda elektr energiyasi berish va undan foydalanish shartnomasida ko‘rsatiladi;
avvaldan buyurtma berilgan quvvat — iste’molchining energiya tizimining eng katta yuklamasida qatnashuvchi hisoblangan eng katta quvvati (yuklamasi). Iste’molchining eng katta yuklamasi tegishli hisobga olish asboblari (hisob-kitob hisoblagichlarining yarim soatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha) yoki energiya tizimining eng katta yuklamali soatlarida hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi;
hisob-kitob davri — elektr energiyasining iste’mol sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun iste’molchi va energiya ta’minoti tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi kerak bo‘lgan vaqt davri (oy). Tomonlar bilan kelishilgan hisob-kitob davri shartnomada ko‘rsatiladi;
oraliq hisob-kitob — hisob-kitob davri mobaynida iste’mol qilingan energiya va quvvat uchun to‘lovchi abonent tomonidan qisman haq to‘lash;
yakuniy hisob-kitob — hisob-kitob davri tugagach iste’mol qilingan energiya va quvvat uchun to‘lovchi abonent bilan hisob-kitob qilish;
to‘lov hujjati — to‘lov talabnomasi, uning asosida energiya ta’minoti tashkilotining hisob-kitob raqamiga pul mablag‘lari o‘tkaziladi, shuningdek bildirishnoma, uning bo‘yicha to‘lov naqd pul bilan amalga oshiriladi;
elektr energiyasi iste’molining shartnomaviy miqdori — tegishli hisob-kitob davrida abonent tomonidan iste’mol qilinadigan energiyaning energiya ta’minoti tashkiloti va abonent o‘rtasidagi shartnomada belgilangan miqdori;
elektr bilan ta’minlashdagi tanaffus (uzib qo‘yish) — iste’molchiga elektr energiyasi berishni to‘xtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki iste’mol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning o‘zida bir nechta liniyalar bo‘yicha energiya oluvchi iste’molchilar uchun bitta yoki bir nechta energiya ta’minoti liniyalarining uzib qo‘yilishi tufayli sodir bo‘ladigan tanaffuslar bundan mustasno;
cheklash — shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarning qo‘llanishi oqibatida muayyan oraliq vaqt davomida, shuningdek energiya ta’minoti tashkilotining elektr tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo bo‘lgan avariya rejimlari vaqtida iste’molchiga elektr energiyasi va (yoki) quvvati berish miqdorining kamayishi;
etarli miqdorda berilmagan elektr energiyasi (kam berish) — energiya ta’minotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qo‘yish va cheklash vaqtida iste’molchi to‘liq olmagan elektr energiyasi miqdori;
elektr energiyasi sifati — bu elektr energiyasining taqsimlanish chegarasida energiya ko‘rsatkichlarining standartlashtirish bo‘yicha qonun hujjatlarida yoki energiya ta’minoti shartnomasida belgilangan talablarga muvofiqligidir;
energiya ta’minotining texnologik broni — texnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur bo‘lgan elektr quvvati yoki energiya sarfi (hajmi);
energiya ta’minoti bo‘yicha avariya broni — mulkchilikning barcha shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni qisman yoki to‘liq to‘xtatishda uskunalarni saqlash, insonlar hayotining xavfsizligini ta’minlash, avariya va qo‘riqlash yoritgichlari, shamollatish, suv haydash, suv ta’minoti, isitish, yong‘in xavfsizligi vositalari uchun zarur bo‘lgan eng kam miqdordagi elektr quvvati yoki energiya sarfi;
rejali uzib qo‘yish — energiya ta’minoti tashkilotining energiya qurilmalarini rejali — ehtiyotan ta’mirlash jadvali bo‘yicha ta’mirlash yoki profilaktika qilish davrida abonentlar bilan oldindan kelishilgan va ularni (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga energiya berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
blok-stansiyalar — energiya tizimining elektr tarmog‘iga bevosita yoki abonentlar tarmog‘i orqali ulangan hamda yagona operativ-dispetcherlik boshqaruvi bo‘yicha ishlaydigan sanoat va idoraviy iste’molchilarning elektr stansiyalari.

Download 107,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish