Erkaklar Nega "yomon"



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/92
Sana09.04.2022
Hajmi1,18 Mb.
#538435
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92
Bog'liq
2 5201839289679217633

Maftunkorli omili №8 
“Yomon” ayol bilan “yaxshi” ayolning asosiy farqi bu qo`rquv.
Margaret Etvud: “Qo`rquvning hidi bor, muhabbatning ham”, - degan edi. Qo`rquv va 
ehtiros miyaning aynan bir qismi bilan boshqariladi. Erkak ayolni yo`qotishdan ozroq 
qo`rqqanda, uning ehtirosi cho`qqiga chiqadi. 
Erkak ruhiyati o`simlikka o`xshaydi. Uni sug`orish kerak, ammo shu bilan birga nafas 
olishi uchun havo ham kerak. Erkakning o`ziga judayam ishonib ketishini ta`minlash 
o`simlikni suvga bo`ktirish bilan teng. Ortiqcha suv gulni o`ldiradi, ortiqcha e`tibor esa 
muhabbatni. 
Nihoyat ayollar men aytmoqchi bo`lgan “yomon” qizning qanday bo`lishini o`zlari 
uchun xulosa qilib tushunib olishlari kerak. U mehribon. U shaftolidek totli. U 
xushchaqchaq, u jozibali va haqiqiy ayol. Ammo uning hech bir qarori erkakni yo`qotish 
qo`rquvidan kelib chiqmaydi. 
“Yomon” qiz bilan “yaxshi” qizning farqi shaxsidayam xarakteridayam emas. U 
shallaqi yoki yovuz ham emas. U hecham o`zini yerga urmaydi, chunki o`zini qattiq 
hurmat qiladi. 
Maftunkorlik omili №9 
Agar u qadr-qimmati yoki munosabat degan tanlov oldida qolsa, u hamisha o`z 
qadr-qimmatini boshqa har narsadan ustun qo`yadi. 
Erkak bilan munosabatlari qanday ketayotganidan qat`iy nazar, u o`zligini saqlab 
qoladi. 
U do`stlaridan voz kechmaydi. U karyerasini barbod qilmaydi, u sevimli 
mashg`ulotlarini tashlamaydi. U mustaqil, erkakka bog`liq emas, shunda nogohon 


20 
erkak unga bog`lanib qoladi. U erkakni deb vaqtni qurbon qilmaydi
xursandchiliklardan voz kechmaydi va yaxshi ayollardan farqli o`laroq u hurmatsizlikka 
toqat qilib yurmaydi. 
U o`zining bahosini biladi va qadrlaydi. U o`zining qimmatbaho ekaniga ishonadi va 
uning har bir xatti-harakati va qarorlari ortida mana shu ishonch yotadi. U qo`rqmaydi, 
shuning uchun erkak uni yo`qotishdan qo`rqadi. U mustaqil, erkakka zor emas, shunda 
erkak unga zor intizor bo`ladi. U erkakka bog`liq emas, shuning uchun erkak unga 
bog`lanib qoladi. Hammasi aynan aksincha bo`ladi. 
Munosabatlarning natijasiga kamroq bog`liq bo`lgan odam avtomatik ravishda 
boshqani unga tobe qilib qo`yadi. 
Yangi , ajoyib “yomon” qiz bilan tanishing. Keling, ana shu bob yakunida bu so`zga 
yangi bir ma`no kasb etamiz. Bu nomni xuddi xushomaddek tushuning. Yomon qiz injiq 
yoki shallaqi emas. U qo`pol va shafqatsiz ham emas. U muloyim, ammo samimiy. U
do`stlari, dugonalari bilan gaplashgandek erkak bilan ochiq va to`g`ri gaplashadi. Erkak 
uchun bo`yniga osilib hissiyotlarga beriladigan ayoldan ko`ra shunday ochiqko`ngil ayol 
bilan til topishish osonroq. Ortiqcha oh-voh chekadigan ayollar erkaklarni hamisha 
cho`chitgan. U nima xohlashini biladi va uni ochiq bildirishga har doim tayyor. Natijada 
u nima xohlasa, shunga erishadi. Mana, qoyilmaqom “yomon” qizning sifatlari. 
1. U o`z erkini qadrlaydi va uni himoya qila oladi. U katta korporatsiyada rahbarmi 
yoki arzon qahvaxonada ofitsiant, qanday kasb egasiligidan qat`iy nazar, peshona teri 
bilan pul topadi. U o`zini qadrlaydi, hech kimga uni g`ururini toptatishiga yo`l 
qo`ymaydi. 
2. U hech qachon erkakni ta`qib qilmaydi. Uning olamida erkakdan boshqa 
narsalaram bor. U uchrashuvlarini burjlar bashoratiga qarab belgilamaydi. U erkakni ov 
qilib, unga tuzoqlar qo`yib yurmaydi. Shunchaki erkak uning olami markazi emas. 
3. U sirli. To`g`rilik bilan hurmatsizlik orasida katta farq bor. U to`g`riso`z, ammo 
hamma narsaniyam gapiravermaydi. U hamma qartlarini ochib qo`ymaydi. Rasmiylik 
odamni xafa qiladi, siz haqiginsizda hamma narsaning ochiqligi esa zeriktiradi. 
4. U har doim erkakning qiziqishini to`la qondirmasdan qoldiradi. U har kech erkak 
bilan uchrashavermaydi va uning avtojavobbergichida uzundan-uzoq xabarlar 
qoldirmaydi. U erkakning kotibasi bilan gaplashib yurmaydi va muzokoralar vaqtida


21 
undan telefonga chaqirib berishini talab qilmaydi. Erkaklar bunday xatti-harakatni 
sevgidan deb hisoblashadi. Bu, albatta, tahshinga loyiq. 
5. U erkakka o`zining ojiz tomonini ko`rsatmaydi. U yaxshi kayfiyatdaligida 
gaplashadi, hayotinig og`ir lahzalarida esa suhbatdan tiyiladi. U hammasini yaxshilab 
o`ylab olgandan keyingina fikrini aytadi. 
6. U hamisha o`z vaqtini idora qiladi. U hamma ishni shohsmasdan sekin qiladi, 
ayniqsa, erkak juda shoshib turgan bo`lsa. Erkakning uning hayotini o`z nazoratiga 
olishga bo`lgan urinishlariga taslim bo`lmay, o`z hayot ritmiga monand yashaydi. 
7. U har doim yumor hissini saqlab turadi. Yumor hissi erkakka ayolning 
mustaqiligidan darak beradi. Ammo u erkakning ustidan kulib unga hurmatsizlik qilib 
yurmaydi. 
8. U o`z qadrini yuqori baholaydi. Erkak unga xushomad qilganda, u buni 
minnatdorchilik bilan qabul qiladi.Bunday holda u hech qachon qarshi chiqib 
suhbatdoshga aksini uqtirmaydi. U hech qachon erkakdan uning sobiq ayollari 
ko`rinishini so`ramaydi va boshqa ayollar bulan raqobatlashib o`tirmaydi. 
9. Uning erkakdan tashqari ham keng qiziqishlari olami bor. Erkak o`zini ayol uchun 
hamma narsa emasligini sezganda, unga bo`lgan intilish yanada ortadi. Agar uning o`zi 
band ayol bo`lsa, unda erkakning bandligiga xafa bo`lib yurmaydi. Erkak uning hislari 
va fikrlarining yakka hokimi emas. Shunchaki u ayol o`ylarining ma`lum bir qismini 
band qilgan xolos. 
10. “Yomon” ayol o`z tanasiga yaxshi sozlangan mashinaga qaragandek qaraydi. U 
o`zining tashqi ko`rinishi va salomatligi uchun qayg`uradi.O`zini hurmat qilishi o`z 
tashqi ko`rinishga bo`lgan munosabatdan kelib chiqadi. Yori uning qizil lab bo`yig`i 
yoqmaganini aytgani bilan uni o`zgartirmaydi, chunki bu rang o`ziga yoqadi-da. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish