Erkaklar Nega "yomon"



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/92
Sana09.04.2022
Hajmi1,18 Mb.
#538435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
2 5201839289679217633

 



Maftunkorlik omili №3
Erkak ayolni to`laligicha qo`lga kiritganiga ishonch hosil qilmagandagina uni “aqlni 
shoshiradigan” deb qabul qiladi. 
Sizni erkak bilan birga o`tkazadigan vaqtingiz ham ko`p narsani anglatadi. Bir haftalik 
tanishuvdan so`ng erkak o`z ishlari bilan band bo`lsa, yaxshi qiz jimgina yumshoq 
o`rindiqda o`tiradi. Erkak xuddi oldida kecha tanishgan qizi yo`qdek sport dasturi 
ko`rishi, mashinasini tuzatishi, gitarasini sozlashi mumkin. Qiz eziladi, siqiladi, ammo 
lom-mim demaydi. Ozgina vaqt bo`lsa ham yigiti bilan vaqt o`tkazish uchun u bor kuchi 
bilan o`z zerikishini yashirishga urinadi. 
Yomon qiz esa darhol noroziligini namoyish qiladi. Bekorga ham yomon emas-da. 
Qaytaga uning pol latta emasligini erkak tushunadi. Bu degani erkak bilan urishish, 
shallaqiliq qilish degani emas. Gap sizning xatti-harakatingiz va o`z qiziqishlaringizni 
qanchalik darajada himoya qila olishingiz haqida ketayapti. Aytaylik, erkak unga sariq 
sochlilar yoqishini aytdi. Siz esa qorachadan kelgansiz. Kelasi uchrashuvda sizning 
sochlaringiz va qoshingizng sarg`aytirilgan holda ko`rsa, nima deb oy`laydi? 
To`laligingizcha uning qo`lida ekanligingizni tushunadi.
“Erkak ko`ngliga eng yaqin yo`l oshqozondan”, degan xalq naqli bor. Bu shunday, 
albatta, ammo bu degani erkakni to`ydirish uchun xuddi kanizakdek kuningizni o`choq 
boshida o`tkazing degani emas. Siz o`z qolingiz bilan antiqa ovqatlar pishirasizmi yo 
yaqiningizdagi do`kondan yarim tayyor ovqat olib kelib tayyorlaysizmi, bari bir 
oshqozonga tushadi va to`ldiradi. Ana sizga muhabbat ta`minlanadi. Bu yerda bir sir 
bor: ovqatning issiq bo`lishi, qolgani esa bekorchi ovoragarchilik xolos. 
Ayollar o`zlarini qurbon qilishga, o`z qiziqishlarini esdan chiqarishga o`rganib 
qolishgan. Birorta ekaklar jurnalida ayollarga 4 xil taomdan iborat tushlik tayyorlash 
tavsiya etilmagan.
Bu nashrlar nari borsa bodibilding bilan shug`ullanuvchilarga maslahat beradi. 
Ko`pgina ayollar pishir-kuydirga o`ralashib, o`z qadr-qimmatlarini unutib qo`yishadi. 
Albatta, men oshxonaga yo`lni mutlaqo unuting demayapman. Yo`q, albatta, siz 
to`yingizning bir yilligi yoki uning tug`ilgan kuni munosabati bilan bayram dasturxoni 
tuzashingiz mumkin. Bu juda yoqimli. Tantanali kunlarda erkak rag`batga sazovor 
bo`lganini tushunadi va sizni atay u uchun tayyorlagan taomingizni sovrindek qabul 


10 
qiladi. Agar har kuni shunaqa o`lib-tirilaversangiz, sizning bu urinishlaringizni u xuddi 
odatiy holdek qabul qiladi.
Kitob ayollar uchun ekan, men bir nechta taomlar retseptini taklif qilishga haqqim 
bor deb hisobladim va bu taomlarni tanishuvning ilk haftalari uchun tavsiya qilinadi. 
Professional oshpazlarning retseptlaridan farqli o`laroq ularni eslab qolish qiyin emas. 
Hatto yozib olish ham shart emas 
Gazak. 
Popkorn (qo`lbola bodroq). 
Nima uchun popkornni tanladim, chunki u tayyorlashga oson va ko`p vaqt talab 
qilmaydi. Popkorn paketchasini mikroto`lqinli pechga avaylab joylang, barcha donlar 
po`qillab bo`lgandan keyin paketni pechdan ehtiyot bo`lib oling, ular ancha issiq 
bo`ladi. Har ehtimolga qarshi qo`lingizga qo`lqop kiyib fartuk taqing va albatta, 
ushlagichdan foydalaning. Bu ko`rinishingiz bilan nafaqat mehmonda taassurot 
qoldirasiz, balki o`z ishingizning ustasi ekaningizni ham bildirib qo`yasiz. Agar bodroq 
kuyib ketgan bo`lsa, yaxshilab ko`zdan kechiring. Faqat ustidagilari kuygan bo`lsa, qora 
donachalarni olib tashlab, sariqlarni idishga solib, dasturxunga tortavering. Keyingi 
paketni o`zingiz uchun pechga qo`yishingiz mumkin. 
Kerakli mahsulotlar: bir yarim paket popkorn yetarli. 
Asosiy taom. 
Shinavandalar uchun tansiq taom. 
Qaynab turgan suvga 2 ta sosiskani soling, 5 minut qaynating. Bu vaqtda mehmoni 
ham unutmang. Unga bir stakan salqin ichimlik berib, oynaningiz hatto avto to`xtash 
joyiga qaragan bo`lsa ham, manzaradan bahra olishi uchun ayvonga chiqarib yuboring.
Sizni ko`rmay turgandan foydalanib, sosikalarni yupqa parrak qilib kesing va har bir 
bo`lakka tish kavlagich suqib chiqing. Ijodkorlik qobiliyatingizni ko`rsatish uchun tish 
kavlagichlarning har xil ranglisidan foydalaning. Bu taomni ajoyib ikki delikates qayla 
hantal va ketchup bilan torting. Mehmonga esa hech qachon bularning oddiy sosiskalar 
ekanini aytib yurmang, balki ularni shinavandalar uchun delikates deb atang. 


11 
Ana endi desert haqida kichik tavsiya: do`kondan tayyor rulet sotib oling va uni qahva 
bilan torting. Tushlik uchun ideal yakun yalpizli saqich. 
Kelasi safar erkak sizni restoranga taklif qilganida tayyorlagan tushligingiz 
ko`ngildagidek chiqqanini anglaysiz. Hayotingiz davomida undan “Bugun tushlikka 
nima?” degan asabga tegadigan iborani ortiq eshitmaysiz. 
Agar vaqt o`tib u nogoh sizdan tushlik tayyorlashni so`rab qolsa, siz dadil o`z shohona 
taomlaringizni taklif eting: popkorn, sosiska, rulet va saqich, keyin esa 
tayyorlanavering: siz hademay restoranga taklif etilasiz. 
Shu yerda sharh bermasdan o`tolmadim. Bizning o`zbek qizlari, albatta, ayollari ham
odatda erkakni to`ydan oldin mehmon qilib yurishmaydi. Uyga taklif qilish haqida esa 
gap bo`lishi ham mumkin emas. Ammo ayrim qizlar bekalik mahoratlarini namoyish 
qilish uchun yigitlarni antiqa pishiriqlar bilan mehmon qilmoqchi bo`lishadi. Bu katta 
xato. Birinchidan, u sizni zo`r berib unga yoqmoqchi ekaningizdan xabar topadi. 
Ikkinchidan, va hammadan ham yomoni keyingi paytda yigitlarimiz har xil ilmi amal, 
sehr-u jodudan qo`rqib qolishgan. Sizni ne hasratda qilgan mehnatingiz nafaqat yaxshi 
baholanadi, balki sizni jodugarlikda gumon qilishlari ham mumkin. Yaxshilik 
bilmaydigan bandalarni boqishni to`xtating. 
To`ydan avval qizlar alohida taomlar tayyorlash kurslariga borib har xil tushgayam 
kirmagan taomlarni o`rganishadi, bu yaxshi, albatta. Ammo bu taomlar ko`p mehnat 
vaqt va harajat talab qiladi. Hatto turmush qurgandan keyin ham qancha ko`p 
qayg`ursam, mehnat qilsam, shunchalik mehr qozonaman deb yotog`iga yarim tundan 
keyin burnidan tortsa yiqilgudek bo`lib kirib boradigan kelinlar talaygina. Rostdan ham 
baxt uchun shu pishiriqlar muhim deb hisoblaysizmi? Erkak yuragiga eng yaqin yo`l 
oshqozondan deb o`ylab oshxonada qolib ketmang. Gap shirin yoki bemaza ovqat 
haqida ketmayapti, balki erkak uchun qanchalik urinish haqida ketmoqda. 
Yomon qiz uyda o`tirib, o`zining vaqtini erkakni ushlab qolish san`atini charxlash 
uchun ketkazadigan ayollar sirasiga kirmaydi. U uchun zarur yagona narsa – bu yaxshi 
do`stlar davrasi. Erkak do`stlikdan ortiqrog`iga sazovar bo`lishidan avval esa unga
buning o`zi kifoya.
Munosabatlarning ilk bosqichida quyidagilarga ahamiyat bering. Agar erkak 
xushomad bosqichida siz uchun hech narsa qilishni istamasa bilingki, u kelajakda ham 


12 
sizga tayinli taklif kiritmaydi. Siz undan yaxshirog`iga loyiqsiz. Shunday qilingki, erkak 
buni anglasin. 
“Yahshi qizlar” xatti-harakatlari bilan o`zlarini yerga urishadi. Ularning xatti-harakati
“Senga taklif qila oladigan narsam aniq yetarli emas”, “Mening o`zim unchalik 
emasman” degan ong osti signallarini jo`natadi. “Yomon qizlar” esa, aksincha, o`z 
juftiga mutlaqo boshqacha “Men shundog`am mukammalman”, “Xohlamasang, katta 
ko`cha” degan ishonch signallarini yuboradi. Ana endi qisqacha solishtiruv. 
Munosabatlar poydevori birinchi kundan qo`yiladi. Avval boshdanoq erkak ongli 
ravishda (ha-ha, mutlaqo ongli) munosabatdan u nima olishi mumkinligni bilishni 
istaydi. Telefon qo`ng`iroqlari ko`p narsaga oydinlik kiritadi. O`z rejalaringizni tuzish 
uchun uning qo`ng`iroqlarini kutasizmi? Agar u qo`ng`iroq qilmay qolsa, aqldan 
ozasizmi? O`zingiz qayta qo`ng`iroq qilasizmi yoki qo`ng`irog`ini kutganingizi 
ko`rsatasizmi? 
Aslida, erkaklar atay ayolga qanday ta`sir qilishini aniqlash uchun qo`n`giroq 
qilishmaydi. Agar ayol xavotirlanayotgan bo`lsa, demak, uni boshqarish oson. Shunda 
erkak ayolni uni qanchalik xohlaytgani va zor-intizorligini tushunadi. Sizdan iltimos, 
ommabop jurnallarda ruhshunoslarning nega erkak buncha kam qo`ng`iroq qilishi 
sabablarini tushuntiruvchi maqolalarini unuting. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish