Erkin Xojiyev


O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo`mitasi



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo`mitasi  rahbarlik  qiladi.  O`zbekiston 
Respublikasi  Davlat  soliq  qo`mitasining  faoliyati  O`zbekiston Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining  2000  yil  5  maydagi  qarori  bilan  tasdiqlangan  “O`zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi to`g`risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.  
O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo`mitasi  soliq  haqidagi  qonun 
xujjatlariga  rioya  qilinishini  ta'minlash,  davlatning  iqtisodiy  manfaatlari  va  mulkiy 
huquqlarini  himoya  qilish  sohasida  nazoratni  amalga  oshiruvchi  davlat  soliq 
xizmatining Markaziy organi hisoblanadi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo`mitasi  o`z  faoliyatida  O`zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasiga,  O`zbekiston  Respublikasi  qonunlariga,  O`zbekiston 
                                                 
211
 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 №9, 232-m. 


Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlariga,  boshqa  qonun  xujjatlariga 
hamda Nizomga amal qiladi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo`mitasi  tomonidan  uning  o`z 
vakolatlari  doirasida  qabul  qilingan  normativ  tusdagi  qarorlari  davlat  boshqaruvi 
organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. 
Quyidagilar Davlat soliq qo`mitasining vazifalari hisoblanadi: 
O`zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksiga  va  amaldagi  boshqa  qonun 
hujjatlariga  muvofiq  soliq  to`lovchilardan  soliqlar,  yigimlar  va  boshqa  majburiy 
to`lovlar  (keyingi  o`rinlarda  soliqlar  deb  yuritiladi)  undirish  yo`li  bilan  davlat 
budjetiga  shuningdek  O`zbekiston  Respublikasining  budjetdan  tashqari  Pensiya 
jamg`armasiga  hamda  O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 
Respublika yo`l jamg`armasiga daromadlar to`lik hajmda tushishini ta'minlash; 
soliq  to`lovchilar  tomonidan  soliq  haqidagi  qonunlarga  rioya  etilishi,  soliqlar, 
yigimlar va boshqa majburiy to`lovlar tugri hisoblab chiqilishi, to`lik va o`z vaqtida 
to`lanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish
soliq  solish  subyektlari  va  obyektlari  to`lik  va  o`z  vaqtida  hisobga  olinishini 
ta'minlash,  soliq  to`lovchilarni  to`lik  qamrab  olish  va  hisobga  olish  mexanizmini 
takomillashtirish; 
soliq solish bazasini kengaytirish, soliq sohasida huquq buzilishlarni aniqlash, 
ularga  barham  berish  va  ularning  oldini  olish  bo`yicha  kompleks  tadbirlar  o`tkazish 
yo`li bilan soliqlar yigilishini ko`paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; 
davlat  hokimiyati  va  boshqaruvining  oliy  organlari  tomonidan  belgilanadigan 
soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita qatnashish
soliq  haqidagi  qonun  xujjatlariga  rioya  etilishi  uchun  zarur  shart-sharoitlarni 
ta'minlash,  soliqlar  bo`yicha  majburiyatlarni  bajarishda  soliq  to`lovchilarga  yordam 
ko`rsatish; 
soliq  to`lovchilar  bo`yicha  alohida-alohida  hisoblab  chiqilgan  va  amalda 
tushgan  soliqarning  hisobini  ma'lumotlarning  yagona  kompyuter  tizimida  yuritish, 
Soliq to`lovchilarning yagona reyestrini yuritish
soliq organlarida kadrlarni tanlash, ularni o`qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash, 
tarbiyalash va joy-joyiga qo`yish bo`yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish. 
O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo`mitasiga  O`zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  tomonidan  tayinlanadigan,  keyinchalik  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan rais boshchilik qiladi. 
Davlat  soliq  qo`mitasining  raisi  Davlat  soliq  qo`mitasiga  yuklangan  vazifalar 
va  funksiyalarning  bajarilishi  uchun  javob  beradi,  o`z  o`rinbosarlarining, 
Qo`mitaning  mustaqil  tarkibiy  bo`linmalari,  bo`ysunuvchi  davlat  soliq  xizmati 
organlari rahbarlarining javobgarlik darajasini belgilaydi. 
Davlat  soliq  qo`mitasida  soliq  haqidagi  qonun  hujjatlarini  qo`llashning 
murakkab  va  munozarali  masalalari  bo`yicha  qarorlar  tayyorlash  uchun  Ekspert 
Kengashi  tuziladi.  Ekspert  kengashi  to`grisidagi  nizom  O`zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlanadi.  Ekspert  kengashiga  Davlat  soliq 
qo`mitasi raisining o`rinbosari rahbarlik qiladi. 


Davlat soliq qo`mitasida va davlat soliq xizmatining unga qarashli organlarida 
davlat  soliq  xizmati  organlarini  ijtimoiy  rivojlantirish  va  ularni  moddiy-texnik 
ta'minlash  maxsus  jamgarmasi  tashkil  etiladi.  Davlat  soliq  xizmati  organlarini 
ijtimoiy  rivojlantirish  va  ularni  moddiy-texnik  ta'minlash  maxsus  jamgarmasi 
to`grisidagi  nizom  Davlat  soliq  qo`mitasi  raisi  tomonidan  belgilangan  tartibda 
tasdiqlanadi. 
Davlat  soliq  qo`mitasi  ilmiy  tadqiqotlar,  Kadrlar  tayyorlash  va  soliq  xizmati 
xodimlari malakasini oshirish uchun idoraviy ilmiy va o`quv markazlari tashkil etishi, 
noshirlik  faoliyatini  amalga  oshirishi,  shuningdek,  xo`jalik  hisobidagi  maslahat  va 
axborot markazlari tashkil etishi mumkin. 
Davlat  soliq  qo`mitasiga  aholi  o`rtasida  tushuntirish  va  profilaktika  ishlarini 
amalga oshirish uchun o`zining bosma organlarini ta'sis etish va nashr qilish huquqi 
berilgan. 
Davlat soliq qo`mitasida zaruriyat bo`lganda ajratilgan budjet mablaglari limiti 
va Davlat soliq organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik ta'minlash 
jamgarmasi  mablaglari  doirasida  belgilangan  tartibda  soliq  organlari  ma'muriy 
binolarini  ko`rish  bo`yicha  buyurtmachi  tashkilot,  avtotransport,  axborot-hisoblash 
bo`linmalari  hamda  davlat  soliq  xizmati  organlari  faoliyatini  ta'minlash  uchun  zarur 
bo`lgan boshqa bo`linmalar tashkil etilishi mumkin. 
Davlat soliq qo`mitasida 11 kishidan iborat hay'at tashkil etiladi. Rais, lavozimi 
bo`yicha raisning birinchi o`rinbosari va rais o`rinbosarlari, shuningdek, Davlat soliq 
qo`mitasi  raisining  taqdimnomasiga  ko`ra  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlanadigan  boshqa  rahbar  xodimlar  hay'at  a'zolari 
hisoblanadi. 
Davlat soliq qo`mitasi Hay'ati soliq haqidagi qonunlarga rioya etish holatining, 
soliq xizmati faoliyatining eng muhim masalalarini, O`zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq  qo`mitasi  raisining  buyruqlari  va  farmoyishlari  bajarilishini,  Kadrlar 
masalalarini  ko`rib  chiqadi,  davlat  soliq  xizmati  organlarining  o`ziga  bo`ysunuvchi 
xodimlari hisobotlarini eshitadi. 
Hay'at  majlislarida  vazirliklar,  idoralar,  davlat  boshqaruvi,  nazorat  va 
tekshirish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va boshqa 
mansabdor  shaxslarning  soliq  haqidagi  qonun  xujjatlariga  rioya  etilishi  masalalari 
bo`yicha axborotlari va tushuntirishlari eshitilishi mumkin. 
Hay'at qarorlari Davlat soliq qo`mitasi raisining tegishli qarorlari va buyruqlari 
bilan hayotga tatbiq etiladi. 
 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish