Erkin Xojiyev


O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/362
Sana31.12.2021
Hajmi2,03 Mb.
#248893
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   362
Bog'liq
39mamuriyhuquq2006pdf

O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  huquqiy  maqomi  O`zbekiston 
Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan “Markaziy bank to`g`risida”gi 
qonuni
210
 bilan tartibga solinadi.  
                                                 
209
 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 №5-6, 54-m. 
210
 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 №12, 247-m. 


O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  yuridik  shaxs  hisoblanadi  va  u 
davlatning mutlaq mulkidir. 
Markaziy 
bankning 
bosh 
maqsadi  milliy 
valutaning 
barqarorligini 
ta'minlashdan iborat.  
Markaziy bankning asosiy vazifalari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: 

  monetar  siyosatni  hamda  valutani  tartibga  solish  sohasidagi  siyosatni 
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;  

  O`zbekiston  Respublikasida  hisob-kitoblarning  samarali  tizimini  tashkil  etish  va 
ta'minlash;  

  banklar,  kredit  uyushmalari  va  garovxonalar  faoliyatini  litsenziyalash  hamda 
tartibga  solish,  banklar,  kredit  uyushmalari  va  garovxonalarni  nazorat  qilish, 
qimmatbaho qog`ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;  

  O`zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valuta rezervlarini, kelishuvga binoan 
hukumat rezervlarini qo`shgan holda, saqlash va tasarruf etish;  

  davlat budjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etish. 
Shuningdek,  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki    O`zbekiston 
Respublikasi  hukumatining  bankiri,  maslahatchisi  va  fiskal  agenti  (xazina  vakili) 
sifatida ish tutadi. Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda 
vakolatlariga daxldor barcha muhim masalalar bo`yicha maslahat beradi. 
Markaziy  bank  har  yili  hukumatga  iqtisodiy  va  moliyaviy  masalalar, 
shuningdek  monetar  va  valuta  siyosati  bo`yicha  davlat  budjetini  tayyorlashga  doir 
tavsiyalarni o`z ichiga olgan ma'ruzani taqdim etadi. 
Markaziy  bank  moliya-bank  tizimi  barqarorligini  saqlab  turish,  omonatchilar 
va  kreditorlarning  manfaatlari  himoya  qilinishini  ta'minlash  maqsadida  banklar, 
kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.  
Markaziy  bank  banklar  va  kredit  uyushmalarini  ro`yxatga  oladi,  shuningdek 
bank  operatsiyalarini  amalga  oshirish  huquqini  beruvchi  litsenziyalar  beradi,  kredit 
uyushmalari,  garovxonalar  faoliyatini  va  qimmatbaho  qog`ozlar  blankalari  ishlab 
chiqarishni  litsenziyalaydi.  Banklar  va  kredit  uyushmalarini  ro`yxatga  olish, 
shuningdek  banklar,  kredit  uyushmalari  va  garovxonalarga  litsenziyalar  berish 
Markaziy  bank  tomonidan  belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladi.  Qimmatbaho 
qog`ozlar  blankalarini  ishlab  chiqarishga  litsenziyalar  berish  qonun  hujjatlarida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Banklar  va  kredit  uyushmalarini  ro`yxatga  olish,  shuningdek  banklar, 
garovxonalarga  hamda  qimmatbaho  qog`ozlar  blankalari  ishlab  chiqarishga 
litsenziyalar  berish  haq  evaziga  amalga  oshiriladi.  Markaziy  bank  Banklarni  davlat 
ro`yxatiga  olish  daftari,  kredit  uyushmalari,  garovxonalarga  hamda  qimmatbaho 
qog`ozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.  
Markaziy bank: 
bank  operatsiyalarini  amalga  oshirish,  buxgalteriya  hisobi  va  bank  statistika 
hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo`lgan 
qoidalarni;  moliyaviy  operatsiyalarni  amalga  oshirish,  buxgalteriya  hisobi  va 
hisobotini yuritish yuzasidan kredit uyushmalari uchun majburiy bo`lgan qoidalarni; 


faoliyat  va  operatsiyalarni  amalga  oshirish  yuzasidan  garovxonalar  uchun  majburiy 
bo`lgan qoidalarni belgilaydi.  
Markaziy  bank  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  hisob  beradi,  Oliy 
Majlis: 
O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  ko`ra  Markaziy  bank 
Raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi; 
yillik hisobotni, shuningdek auditorning xulosasini ko`rib chiqadi. 
Markaziy  bank  pul-kredit  sohasidagi  mavjud  vaziyat  va  monetar  siyosatning 
asosiy yo`nalishlari to`g`risida har yili matbuotda ma'ruza e'lon qiladi. 
Markaziy  bankning  oliy  organi  uning  Boshqaruvidir.  Boshqaruv  Markaziy 
bank  siyosati  va  faoliyatining  asosiy  yo`nalishlarini  belgilab  beradi,  boshqaradi. 
Boshqaruvning  majlislari  oyiga  kamida  bir  marta  o`tkazib  turiladi.  Boshqaruvning 
to`xtami qaror shaklida qabul qilinadi. 
Markaziy bank Rais tomonidan boshqariladi.  
Rais:  Markaziy  bank  va  uning  Boshqaruvi  faoliyatiga  rahbarlik  qiladi, 
bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar 
bajarilishi  uchun  javobgar  bo`ladi;  Markaziy  bank  faoliyati  masalalarini  hal  qiladi, 
qonunga  binoan  Boshqaruv  vakolatiga  kiritilgan  masalalar  bundan  mustasno; 
Boshqaruv  qarorlarini  imzolaydi,  buyruqlar  va  farmoyishlar  chiqaradi;  Markaziy 
bank  faoliyati  va  joriy  operatsiyalarini  operativ  tarzda  boshqaradi;  Oliy  Majlisda, 
hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va 
chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo`yicha Markaziy bank 
nomidan  ish  ko`radi;  ayrim  masalalarni  hal  qilishni  o`zining  o`rinbosarlariga, 
markaziy  apparat  tarkibiy  bo`linmalarining  rahbarlariga,  hududiy  muassasalarning 
rahbarlariga topshiradi.  
Markaziy  bank  Raisining  vakolat  muddati  -  besh  yil.  Markaziy  bank  Raisi 
bo`lmagan paytda uning vazifalarini o`rinbosarlaridan biri bajaradi. 
Markaziy bank:  
moliyaviy yordam ko`rsatish bilan shug`ullanishga;  
tijorat faoliyati bilan shug`ullanishga;  
O`zbekiston Respublikasi Xalq bankining, shuningdek Markaziy bank faoliyat 
yuritishini  ta'minlovchi  korxonalar  va  tashkilotlarning  kapitallarida  ishtirok  etishini 
istisno  etganda,  banklar  va  boshqa  yuridik  shaxslarning  kapitallarida  qatnashishga 
haqli emas.  
Markaziy  bank  yagona  markazlashtirilgan  boshqaruv  tizimidir.  Markaziy 
bankning  Qoraqalpog`iston  Respublikasida,  viloyatlarda  va  Toshkent  shahrida 
yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan bosh boshqarmalar faoliyat ko`rsatadi. 
Markaziy  bank  va  uning  muassasalari  soliqlar,  yig`imlar,  bojlar  va  boshqa 
to`lovlardan ozod qilinadi. 
 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish