Eshmurodov Malik 10-20 -guruh talabasi Mavzu: Evakuatsiya-chiqish yoʻllariga boʻlgan xavfsizlik talablari Reja: 1. Evakuatsiya 2 .Chiqish yoʻllariga boʻlgan xavfsizlik talablari Evakuatsiya Evakuatsiya (lot. yeuasio — boʻshataman). 1) jangovar harakatlar boʻlayotgan yerlardan yarador, bemor, asirlar, asbob uskunalarni front ortiga joʻnatish; 2) harbiy va siyosiy sabablarga koʻra qoʻshinlarni ilgari egallab turgan rayonlardan olib chiqib ketish; 3) dushman hujumi xavfi ostida qolgan yoxud tabiiy ofat (suv toshqini,va yongʻin, zilzila boshqalar) ga uchragan joylardan fuqarolar, korxonalar, idoralar mulklarni olib chiqish, saqlab qolish. Har qanday bino loyihalanayotganda albatta yong‘in vaqtida fuqarolarni u yerdan o‘z vaqtida chiqarib yuborish imkoniyatlarini yaratadigan evakuatsiya yo‘llari tashkil qilinadi va evakuatsiya qilish tartibini belgilovchi grafigi osib qo‘yilishi kerak. Evakuatsiya yo‘llari har qanday korxona yoki tashkilot uchun kamida 2 ta bo‘lishi kerak. Yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda binodan insonlar (ishchilar esa korxona yoki fabrika xonasidan) eng qisqa yo‘l orqali belgilangan ma`lum vaqt ichida chiqib ketishlari zarur. Kutilmaganda va birdan yuzaga kelgan xavfli vaziyatlarda (yong‘in portlash, halokat, yer qimirlashi) korxonadan barcha ishlovchilarni tezda va xavfsiz evakuatsiya qilish talab qilinadi. Bunday sharoitda, qisqa vaqt ichida barcha ishlovchilarni bino yoki xonadan tashqariga yo‘naltirish kerak bo‘ladi. Eng uzoq ish joylaridan evakuatsiya eshigigacha bo‘lgan masofa ishlab chiqarishning toifasiga, binoning o‘tga chidamlilik darajasiga va uning necha qavatligi ekanligiga bog‘liq. Evakuatsiya yo‘llarining eni 1 m dan eshiklarning eni 0,8 m buyi 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Evakuatsiya yo‘llari bo‘lgan karidorlar zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi. Zinapoya-larda tutun to‘planmaydigan bo‘lishi, ya’ni tutunning chiqarib yuborishi uchun tashqi tomoni ochiq yoki havoni chiqarib yuborishni ta’minlovchi texnik vositalarga ega bo‘lishi kerak yoki zina kataklari ichkari tomondan yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan binodan ajratilgan bo‘lib tashqi tomondan yoritiladigan bo‘lishi mumkin. Har qanday bino loyihalanayotganda albatta yong‘in vaqtida fuqarolarni u yerdan o‘z vaqtida
chiqarib yuborish imkoniyatlarini yaratadigan evakuatsiya yo‘llari tashkil qilinadi va evakuatsiya qilish
tartibini belgilovchi grafigi osib qo‘yilishi kerak. Evakuatsiya yo‘llari har qanday korxona yoki tashkilot
uchun kamida 2 ta bo‘lishi kerak.
Yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda binodan insonlar (ishchilar esa korxona yoki fabrika xonasidan) eng qisqa yo‘l orqali belgilan-gan ma`lum vaqt ichida chiqib ketishlari zarur. Biz misol tariqasida talabalar uyidagi tartibli ko`chirish rejasini ko`rib chiqamiz. Yong‘in sodir bo‘lganda talabalar va xizmatchilarni evakuatsiya qilish yo`riqnomasini rejasi (1- jadval).