Ethan Frome


Variant Tortuvchi tros



Download 0,71 Mb.
bet2/2
Sana26.09.2021
Hajmi0,71 Mb.
#186518
1   2
Bog'liq
Sharof kursavoy kontakt tarmogi

Variant

Tortuvchi tros

Kontakt simi

Tok turi

0

M-95

2MФ-100

Doimiy

1

M-120

MФ-120

O‘zgaruvchan

2

M-120

2MФ-100

Doimiy

3

M-120

2MФ-100

Doimiy

4

ПБСM-95

MФ-100

O‘zgaruvchan

5

ПБСM-95

БрФ-120

O‘zgaruvchan

6

ПБСM-95

2MФ-100

Doimiy

7

M-120

2MФO-100

Doimiy

8

M-95

MФO-100

O‘zgaruvchan

9

M-95

MФ-100

O‘zgaruvchan

Mintaqaviy variant ikkinchi jadvaldan olinadi (variant tartibi bu holatda ham yuqoridagidek talaba shifrining oxirgi ikki raqami orqali tanlanadi).

Loyihalanayotgan joyida:

1. Silindr shaklidagi yaxlanishda zichlik 900 kg/m3;

2. Yaxlanish harorati – -5°C;

3. Maksimal zich harakatlanuvchi shamol paydo bo‘ladigan harakat +5°C ga teng va loyihalanayotgan joy maksimal zich harakatlanuvchi shamoldan himoyalanmagan.

Shamolli xududlar tavsiflari 2- jadval da bayon qilingan.

2-jadval

Dastlabki berilgan ma’lumotlar

Variant

0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Past harorat, ˚C

-30

-45

-50

-45

-45

-40

-45

-35

-30

-40

Yuqori harorat, ˚C

+40

+35

+45

+35

+30

+40

+40

+40

+45

+35

Yaxlama qalingligi bo`yicha tuman

I

II

III

I

II

II

III

I

II

III

Shamolli tuman

II

I

II

II

I

III

II

II

I

I

Yaxlama davridagi shamol tezligi maksimal tezlik qiymatining 0,5 qismini, yax qatlami 15 mm ga teng hududlarda esa 0,6 qismini tashkil etadi deb qabul qilinadi, biroq u 20 m/s dan kam bo‘lmasligi kerak.

Kontakt simdagi muz qoplami qalinligi me’yoriy qiymatning yarmi – 0,5 ni tashkil etadi deb qabul qilinadi.

Peregon rejasi tasviri 1-rasmda berilgan va qiymatlarini 3-jadval dan tanlanadi. Variantni talabaning shifri oxirgi ikki raqami orqali aniqlanadi.


3-jadval


Uchastka uzunligi va egrilik radiusi

Variant

0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

L1

500

400

300

420

430

600

360

400

200

300

L2

200

480

250

300

280

200

190

210

290

240

L3

500

540

440

480

440

340

400

280

260

320

L4

300

360

380

300

460

600

600

910

500

840

L5

500

300

600

500

390

250

450

200

750

300

R1

600

650

750

800

750

900

1000

600

750

850

R2

1000

1050

800

900

850

1000

750

650

800

1100


KURS LOYIHASINI BAJARISH UCHUN USLUBIY KO‘RSATMALAR


  1. Hisobiy yuklamani aniqlash

Loyihaning hisobiy qismini kontakt tarmog‘idagi yuklamani aniqlashdan boshlash tavsiya etiladi.

Hisob – kitoblarda yuklamaning quyidagi shartli belgilari qabul qilinadi:



g bir metr simga to‘g‘ri keladigan vertikal yuklama, [daN/m];

p bir metr simga to‘g‘ri keladigan gorizontal yuklama, [daN/m];

q natijaviy yuklama, [daN/m];

G simning butun oraliq uzunlikdagi to‘la vertikal yuklamasi, [daN];

P to‘la gorizontal yuklama, [daN].

Hisob–kitobni ikki rejimda: maksimal shamol rejimida va shamolli muz rejimida olib borilgan ma’qul.


Oraliq uzunligini aniqlashdagi hisobiy formulalarga vertikal g va gk , gorizontal pк va pт , natijalovchi qт yuklamalar hamda konttakt simi К va ushlab turuvchi tros Т va Т0 tortishlari kiradi. Ushbu parametrlar hisobiy rejim uchun aniqlash lozim.

2-rasm.
Maksimal shamol rejimi

1. Sim vazni ilovadan 1.1, 1.2 orqali aniqlanadi.

2. Kontakt osmasi simlari og’irligidan ushlab turuvchi trosga tushadigan vertikal yuklama, daN/m





(1)


bu yerda va - 1 m ushlab turuvchi tros hosil qiladigan yuklama, daN/m, [ilova: 1,3- jadval];

— kontakt simlar soni;

=1 daN/m – ressor trosi, tor va qisgichlar oralig’idan 1 m osmaga tushadigan yuklamaning keltirilgan qiymati.

3. Shamol ta’sirdan 1 metr simga tushadigan gorizontal yuklama, daN/m:

ushlab turuvchi trosga

(2)

kontakt simga



(3)

bu yerda v – shamolning me’yoriy maksimal tezligi, m/s;



d – ushlab turuvchi tros diametri, mm [ilova: 1,3- jadval];

H – kontakt simi kesim yuzasining balandligi, mm [ilova: 1,3- jadval];

cx – aerodinamik qarshilik.

Turli o’tkazgichlar, shu jumladan muz qoplagan o’tkazgichlar uchun havoning ro’paradan qarshiligi - aerodinamik qarshilik, 4- jadvaldan tanlash tavsiya qilinadi:


4-jadval

20 mm dan kichik diametrli bittali o’tkazgich va tros

1,2

Qisqich va torlarni hisobga olgan holda kontakt osmasi bittalik kontakt o’tkazgichi va ushlab turuvchi trosi

1,25

Bittalik ellipsimon kontakt o’tkazgichi

1,15

150 kesim yuzali bittalik kontakt o’tkazgichi

1,30

Ikkitalik kontakt o’tkazgichi, ular orasidagi 40 mm

1,85

4. Ushlab turuvchi trosga natijaviy yuklama, daN/m:



(4)



Eslatma. Ushlab turuvchi trosni yuklamalari hisoblaganda kontakt simiga ta’sir etadigan shamol yuklamasi hisobga olinmaydi, chunki u fiksator tomonidan qabul qilingan bo‘ladi.
Shamolli muz rejimi

Simlarda yaxmalak xosil bo’lganda muz zichligi 900 kg/m3 ekanligini hisobga olib, muzning og’irligidan ushlab turuvchi trosga tushadigan vertikal yuklama:



(5)

kontakt simi uchun



(6)

bu yerda mos ravishda ushlab turuvchi tros va kontakt simidagi muz devorini qalinligi, mm (5-jadvalga qarang);

5-jadval


MDH shamol rayonlari

I

II

III

IV

V

VI

VII

Shamol me’yoriy tezligi ,

22

25

29

32

36

40

45

6-Jadval



Muz devori qalinligiga ko’ra MDH hududi rayonlari

I

II

III

IV

V

Muz devori me’yoriy qalinligi ,

5

10

15

20

25

Muzlik vaqtida shamolning me’yoriy tezligi ,

13

14

15

18

19


(7)


– kontakt o’tkazgichi o’rtacha diametri, mm;



H ва A – kontakt simi kesim yuzasining balandligi va eni (ilova: 1,3- jadvalga qarang);

0,8 – muz hosil bo’lishini hisobga oluvchi, ushlab turuvchi trosdagi muz og’irligiga to’g’rilash koeffisiyenti.

Kontakt osmasi simlaridagi muzning og’irligidan to’sadigan to’liq vertikal yuklama, daN/m:

(8)

bu yerda, nk – kontakt simlarning soni;



gmc – bir kontakt tarmog’ida tor va qisqichlarda muz og’irligidan oraliq uzunligiga ko’ra bir bir tekis taqsimlangan vertikal yuklama, daN/m.

gmc muz devorining qalinligiga (bн) bog’liq ravishda 7 – jadvaldan tanlanadi.
7- jadval

bн , mm

5

10

15

20

gmc ,daN/m

0,01

0,03

0,06

0,1

5. Muz bilan qoplangan simlarga shamol ta’siridan gorizontal yuklama, daN/m:

ushlab turuvchi trosga



(9)

kontakt simiga (simlari)



(10)

Shamolli muz rejimida ushlab turuvchi trosga tushadigan natijaviy yuklama, daN/m;



(11)

Hisoblashlar natijalari 8-jadval ko’rinishida yozish maqsadga muvofiq.

8-jadval

Yuklama rejimi

g

pk

pt

q

olinish

Maksimal shamol rejimi

2.05

0.446

0.529

2.117




Shamolli muz rejimi

0,832

0.287

2,448

2,916

Hisobiy rejim

Kontakt simlarining tarangligi, daN, uning markasiga bog’liq ravishda (kompensator K=const ko’ra) 9 jadvaldan tanlanadi.

9-jadval


MФ – 85 . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

850

БрФ – 85. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

950

MФ – 100, MФO – 100, НЛOл0,04Ф – 100. . . . . . . . . . . . .

1000

БрФ – 100, БрФ – 100. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ..

1300

MФ – 150, НЛOл0,04Ф – 150, НЛOл0,04ФО – 150. . . . . .

1500

БрФ – 150, БрФО – 150. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ..

1800

2MФ – 100, 2MФО – 100, 2 НЛOл0,04Ф – 100, БрФ-120. . . . .

2000

2 БрФ – 100, 2 БрФО – 100. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

2600

Ushlab turuvchi trosning hisobiy rejimdagi tarangligi T va kontakt simlari salqi bo’lmagan rejimdagi T0 (ilova: 1.4-jadvaldan olinadi) osma turiga ko’ra tanlanadi: kompensatsiyalangan osmada ushbu taranglik kompensatorlar sababli bir xil, .


Og‘ma holat bo‘lmaganda kontakt simlari haroratini aniqlash

Kontakt simlari osilma holatda bo‘lmaydigan harorat to, quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:

a) oddiy tayanch «torlar» da

(12)

(10 — ikkitali kontakt simda va 15 — bittali kontakt simda);


b) ressorli (elastik) osma «torlar»da

(13)



  1. Yo‘lning to‘g‘ri va egri uchastkalari oraliqlarining ruxsat etilgan maksimal uzunligini hisoblash.

Tayanchlar orasidagi masofani kontakt osmasi berilgan shamol tezligi qiymatida og‘ishi hisobi bilan aniqlanadi. Bunda shamolning simda yaxlanish bo‘lmagan holda yoki yaxlanish jarayoni boshlanayotgan holdagi ta’siri simning berilgan vertikal holatini saqlagan holatdan kelib chiqib aniqlanadi.

Oraliqlarning ruxsat etilgan maksimal uzunligini dinamik hisoblash usulining yaqinlashtirilgan formulasidan foydalaniladi. Unga ko’ra oraliqlarning ruxsat etilgan maksimal uzuligi:

yo'lning to’g’ri qismlarida



(14)

yo'lning egri qismlarida



(15)





bu yerda, K kontakt simining nominal tarangligi, daN;



bkrux. – kontakt simining tok qabulgich o‘qidan ruxsat etilgan eng katta gorizontal og‘ishi; (yo’lning to‘g‘ri qismida - bkrux= 0,5 m, egri qismida – bkrux= 0,45 m);

a - kontakt simining zigzagi, yo’lning to‘g‘ri qismida – a=0,3 m, egri qismida a=0,4 m;

R – yo’lning egrilik radiusi, m.

(14) va (15) formuladagi qavs ichidagi ifodalarni Bto’g’ri va Begri bilan belgilab, alohida aniqlash orqali ularni soddalashtirish mumkin:



(16)



(17)

Tayanchlarning kontakt simi va ushlab turuvchi tros sathida shamol yuklamasi ta’sirida egilishi hamda va koeffisientlarning qiymati shamol tezligi v ga bog’liq bo’ladi:

10-jadval




m/s

25 gacha

30

35

40



m

0,01

0,015

0,022

0,03



m

0,015

0,022

0,03

0,04



to'g’ri qismida

0,877

0,866

0,850

0,832



egri qismida

0,840

0,835

0,828

0,820

Kurs loixada k1 koeffisient 1 ga teng (k1=1) deb qabul qilamiz;



pe ushlab turuvchi tros va kontakt simining shamol ta’sirida birgalikda og`ganda o’zaro ta’sirini hisobga oluvchi solishtirma ekvivakent yuklama, daN/m, kurs loixamizda pe=0 deb qabul qilamiz.
Hisoblar natijalari 11- jadvalga kiritilishi shart.
11-jadval

Oraliqning maksimal uzunligi

Yo‘l uchastkalari

Hisobiy lmax

Tok olish sharti bo‘yicha lmax

To‘g‘ri yo‘l uchun

103

65

R1 egri yo‘l uchun

48.2

48

R2 egri yo‘l uchun

50.2

50


3. Peregondagi kontakt tarmog‘ini trassirovkalash.
Peregon rejasi millimetrovkali qog‘ozga 1:2000 masshtabda chiziladi. Buning uchun barcha ma’lumotlar kurs loyihasi uchun beriladigan topshiriqning 3-jadval va 1-rasmda keltirilgan.

Peregon rejasi keyingi ishlar uchun yordamchi vazifasini o‘tab, to‘g‘ri chiziqlar shaklida tasvirlanadi. Peregon rasmda piketlar yo‘l-yo‘lakay kilometrlar bilan egri yo‘llar albatta berilish radiusi va uzunligini ko‘rsatilgan holda profillarda ifodalanadi.

Kontakt tarmog‘i tayanchlari peregonda uning to‘g‘ri yo‘li rejasiga asosan joylashtiriladi. Tayanchlarning birlashuvi kiruvchi signal bo‘yicha amalga oshiriladi. Kiruvchi signal esa avvaldan beriladi. Shundan so‘ng ruxsat etilgan maksimal uzunlikdagi oraliq uzunliklarga ega uchastkalarda oraliq tayanchlar joylashtiriladi. Shuni ham e’tibordan chiqarmaslik zarurki stansiyaning istiqboldagi rivojida yangi yo‘llar o‘tkazilganda kontakt tarmog‘ini qayta qurish ko‘p noqulaylik va xarajatlarga olib kelmasligi lozim.

Barcha texnik shartlarga rioya qilgan holda tayanchlar soni va o‘tkazgich-simlar uzunligi kam sarflanadigan usul, trassirovkalashning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Kontakt tarmog‘ini trassirovkalashda [1] keltirilgan shartli belgilardan foydalanish zarur.

Peregonda tayanchlarni joylashtirish stansiya izolyasiyalangan birikmali tayanchlarini ko‘chirishdan boshlanishi kerak. Vazifa bo‘yicha stansiya trassirovkalashi ko‘zda tutilmaganligi uchun izolyasiyalovchi birikma istalgan holatda ko‘rsatiladi. Ikki qo‘shni oralig‘i uzunliklari katta oraliq uzunligidan 25% ga farqlanmasligi kerak.

Qisman to‘g‘ri va qisman egri chiziqli yo‘llarda joylashgan yo‘l uchastkalaridagi oraliqlar ruxsat etilgan maksimal uzunligiga teng deb qabul qilinadi.

Barcha tayanch yo‘lning bir tomoniga joylanishi kerak. Agar ikkinchi yo‘l qurish ko‘zda tutiladigan bo‘lsa, qarama-qarshi tomondan xuddi shunday tarmoq jihozlari o‘rnatiladi.

O‘rtacha ankerovka joylashtirilgan oraliq uzunligi ruxsat etilgan maksimal uzunlikdan 10% kam bo‘lmog‘i darkor (yarim kompensatsiyalashgan osilmada). Kompensatsiyalangan osma bo‘lganda – ikki oraliq 5 % ga kamayadi.



Barcha oraliqlar tegishli joylarda ostiga chiziq chizilgan raqamlar bilan ifodalanadi.

Tayanchlarni joylashtirish tugallangandan so‘ng peregon anker uchastkalarga ajratiladi. Yo‘lning egri qismlarini anker uchastkalari hududida joylanishiga qarab bu uchastkalar uzunligi belgilanishi kerak (egriliklar anker uchastkalari o‘rtarog‘ida joylashgani ma’qul). Anker uchastkalari tutashuvi uch oraliqli sxema bo‘yicha bajarilishi kerak, hamda ular egri yo‘lning to‘g‘ri qismlarida va egriliklarning tashqi taraflariga joylashtirilishi kerak. Anker uchastka tutashuvini egrilikning ichki tomoniga joylashtirish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, radiusi 1200 m dan kam bo‘lgan uchastkalarda ularni o‘rnatish qat’iyan man qilinadi.

Stansiyaga yaqin joydagi anker uchastkalarida ankerovka o‘rtacha bo‘lib, kompensatsiyalovchi osmalar bilan jihozlangan. Bunda stansiya tomoniga joylashgan tortuvchi tros kompensatsiyalanmaydi.

Kompensatsiyalangan kontakt osmalari uchun anker uchastkalari uzunligi 1600 m dan oshmasligi kerak. Tezyurar poyezdlarga (161-200 km/soat) mo`ljallangan temir yo`l uchastkalarida anker uchastkaning uzunlugi 1400 m dan oshmasligi lozim. Egri yo`lli uchastkalarda anker uchastka uzunligini aniqlashda egrilik radiusini ham hisobga olishimiz kerak, ular 12- jadvalda keltirilgan.

12-jadval

Egri yo`lli uchastkalarda anker uchastka uzunligi

Egrilik radiusi, m

Kontakt osmasi uchun anker uchastka ruxsat etilgan maksimal uzunligi, m

Egrilik radiusi, m

Kontakt osmasi uchun anker uchastka ruxsat etilgan maksimal uzunligi, m

yarim kompensatsiya-langan

kompensatsiya-langan

yarim kompensatsiya-langan

kompensatsiya-langan

300

800

1100 (1000)

800

1050

1600

400

900

1280 (1180)

1000

1150

500

950

1400 (1300)

1200

1200 (1160)

600

1000

1560 (1480)

1500

1240 (1180)




2000

1300 (1220)

Izoh: Ikki kontakt simli osma uchun anker uchastka uzunligini qavs ichidagi ma’lumotlarni olamiz.
Agar anker uchastkasi qisman egrilikda joylashgan bo‘lsa, o‘rtacha ankerovkani iloji boricha egrilik tomoniga surishga xarakat qilinadi.

Ankerovka joylari aniqlanib, shartli belgilar o‘z raqamlari bilan joylashtirilgandan so‘ng uning spetsifikatsiyasi tuziladi. Spetsifikatsiya 12-jadvalda ko‘rsatilgan forma bo‘yicha tuzilib, o‘rtacha ankerovkalar joylari ko‘rsatiladi.

13-jadval

So`ngra barcha tayanchlar raqamlanadi (izolyasiyalovchi birikma tayanchlari bu raqamlashga kirmaydi). Ko‘ndalang elektr ulamalar (ular o‘zgaruvchan tok zanjirida har bir anker uchastkasida ikkitadan, o‘zgarmas tok zanjirida esa har 200 metrda o‘rnatiladi) ulangan joylari ham belgilanadi. Jadvalning har bir ustuniga tayanch ushlagichning piketlari ikkita raqam bilan (ya’ni ikkita qo‘shni piket oralig‘i) va tayanch o‘lchamlari yozib qo‘yiladi. Yo‘lning to‘g‘ri uchastkalarida tayanchlar yo‘l o‘qidan: oddiy uchastkalarda 3.1 m masofada, tezyurar temir yo`l uchastkalarida esa 3.3 m masofada joylashgan bo‘lishi kerak. Egri yo‘llarda tayanch gabaritini 14- jadvaldan aniqlaymiz.

14-jadval

Egrilik radiusi, m

300-600

700-1200

1300-1800

1900-2000

2500

3000

4000

Egri yo`l tomonli gabarit, m

ichki

3.5

3.45

3.4

3.35

3.3

3.25

3.2

tashqi

3.2

3.15

3.15

3.15

3.15

3.1



Tayanch o‘ymalarida esa kyuvetdan yuqorida 4.9 m o‘lchamda o‘rnatiladi.


4. Peregon uchun tayanch turini tanlash
Peregon uchun anker, o‘tuvchi, oraliq tayanchlari (to‘g‘ri va egri yo‘llar uchun), shuningdek, o‘rtacha ankerovka tayanchlari tanlanishi zarur.

Tayanchlar turli xil seriyalardan iborat bo‘lishi kerak. Faqat ma’lum bir zarurat tug‘ilgandagina maxsus qurilmali tayanchlar qabul qilinishi mumkin.

Tayanch turini tanlashda asosan uning balandligi va uning asosiga ta’sir egilish momentini hisobga olgan holda bajariladi. Hisob-kitoblar tayanch uchun eng og‘ir yuklamalar, rejimlar va ular kombinatsiyasiga mo‘ljallab olib boriladi.

Kompensatsiyalangan zanjirli osmalar uchun qo‘shimcha yuklama sifatida yaxlangan holat va shamolli rejim yoki qattiq shamolli rejim qabul qilinadi.

Keyingi vaqtlarda elektrlashtirilgan yo‘llarda asosan sentrifugalangan konus shakldagi oldindan armaturasi siqilgan temir beton tayanchlar keng qo‘llanilmoqda.

Anker tayanchi sifatida TC-80-4,0 turidagi temir beton tayanchlar qo‘llanishi mumkin. Ularning me’yoriy momenti 80 kN;m ga teng bo‘lib, itarish-tortish qurilmalariga ega.

O‘tuvchi tayanchlar uchun tayanch asosidagi momentdan tashqari konsol uchidagi moment ham aniqlanishi lozim. Taxminiy hisob-kitoblar uchun bu moment qiymati tayanch asosidagi moment qiymatining yarmiga teng deb qabul qilinishi mumkin.

Oraliq va o‘tuvchi bir yo‘lli konsolli tayanchlar tanlashda konussimon sentrifugalangan shaklli CC108.7-2Uz CC108.7-3Uz turidagi temir beton tayanchlar mo‘ljallangan holda ish olib borish kerak. Bunday tayanchlar balandligi 10,8 m me’yorlangan momenti (egilish momenti) 2- kategoriyali ya’ni 59 kN·m bo‘lib, yerdagi asos va qoplamalar bo‘lishi ko‘zda tutilmaydi.

Konsolli oraliq tayanchlar egri yo‘llarda o‘rnatilganda qo‘shimcha yuklama-gorizontal yo‘nalish bo‘yicha ushlab turuvchi tros va kontakt simidan hosil bo‘luvchi yuklamani hisobga olish shart. Shuning uchun kichik radiusli egri yo‘llarda eng og‘ir rejim bo‘lib radius markaziga qarab yo‘nalgan eng maksimal qiymatga ega shamol hisoblanadi.
Hisobiy sxemani tuzganda quydagilarni qabul qilinishi mumkin:

Qn — izolyator va fiksatorli zanjirli osmaning tortish kuchi, kN;

Qk — tortgichli konsol tortish kuchi, kg.

Hisob-kitoblarda konsolning og‘irlik kuchini yaxmalak bosmagan holatda 0,50 kN (o‘zgaruvchan tok tarmog‘ida) va 0,60 kN (o‘zgarmas tok tarmog‘ida) deb qabul qilish mumkin. Yaxmalak bosganda esa ikkala tur tarmog‘i uchun ham bu qiymat bir xil bo‘lib, 0,87 kN ga teng.

Barcha turdagi tayanchlar uchun ham hisobiy sxemalar qog‘ozga tushiriladi.

Shamolning tayanchga ko‘rsatadigan bosimi quyidagi formula bilan aniqlanadi:



(18)


bunda: aerodinamik koeffitsient. Uning qiymati tekis tayanchlar uchun 1.4 ga, silindrik tayanchlar uchun 0,7 ga teng;

— hisobiy sath. Silindrik tayanchlar uchun u quyidagi formulalardan topiladi. ( - diametr kesim yuzasi bo‘yicha qabul qilinadi):

(19)

bunda: tayanch yuqori qismining ko‘ndalang yuzasi bo‘lib, u 0,29 m ga teng;



— tayanch er yuzasidagi ko‘ndalang kesim yuzasi, u 0,44 m ga teng;

— tayanch balandligi, m;

0,5-0,6 – to‘g‘irlash koeffitsienti.


— shamolning tayanchga ko`rsatadigan bosimi;

— shamolning ushlab turuvchi trosga ko`rsatadigan natijaviy gorizontal yuklama, kN;

— shamolning kontakt simiga ko`rsatadigan natijaviy gorizontal yuklama, kN;

Hamma tayanch tanlanib bo‘lgandan keyin, ularning turlarini kontakt tarmog‘i trassirovka rejasi varoqlarida ko‘rsatiladi. Keyin peregon va stansiyadagi tayanchlarni quyida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar va forma bo‘yicha spetsifikatsiya qilinadi:

15-jadval

Tayanch turi









Miqdori








Bu spetsifikatsiyalar ham qog‘ozga tushiriladi.


ILOVA
1.1- jadval

Kontakt simlarini asosiy o`lchamlari va xarakteristikalari


Nominal kesim yuzasi,mm2

O`lchamlar, mm

Simni uzilishini vaqtincha qarshiligi, GPa, dan kam emas

Chiziqli zichlik, kg/m

Tortish kuchining yuklamasi, kN/m

A

H

C

R

85

11,76

10,8

1,3

6,0

0,368

0,76

7,40·10-3

100

12,81

11,8

1,8

6,5

0,363

0,89

8,73·10-3

120

13,9

12,9

2,4

7,0

0,48

1,068

10,7·10-3

150

15,50

14,5

3,2

7,8

0,353

1,34

13,09·10-3

Izoh: Bronza simini barcha kesim yuza bo`yicha vaqtincha qarshilgi, 0,42 GPa dan kam emas.
1.2- jadval

Izolyatsiyalanmagan simlar parametrlari


Simning markasi

Ko`ndalang kesim yuzasi, mm²

Simda tolalar soni

Tola diametri,

mm


Sim diametri,

mm


Uzilish kuchi, kN, dan kam emas

Chiziqli zichlik, kg/m

Tortish kuchining yuklamasi, kN/m

nominal

hisobiy

M

50

49,4

7

3,00

9,0

17,5

0,44

4,32·10-3

70

67,7

19

2,13

10,7

28,3

0,61

6,00·10-3

95

94,0

19

2,51

12,6

39,1

0,85

8,34·10-3

120

117,0

19

2,80

14,0

43,6

1,06

10,40·10-3

ПБСМ

50

45,5

7

3,00

9,0

32,8

0,41

4,02·10-3

70

72,2

19

2,20

11,0

47,7

0,60

5,90·10-3

95

93,3

19

2,50

12,5

61,8

0,77

7,55·10-3

A

95

92,4

7

4,10

12,3

13,8

0,25

2,45·10-3

120

117,0

19

2,80

14,0

18,0

0,32

3,14·10-3

150

148,0

19

3,15

15,8

22,8

0,41

4,02·10-3

185

183,0

19

3,50

17,5

28,2

0,50

4,91·10-3

1.3- jadval



Simlarning asosiy ma’lumotlari


Simlarning markalari

Simlarning hisobiy ko`ndalang kesim yuzasi SP , mm2

Ko`ndalang kesim yuzasi balandligi H yoki diametr d, mm

Ko`ndalang kesim yuzasi kengligi A, mm

Simlari og’irligidan tushadigan yuklama g, daN/m

ПБСМ-50/70

А50/70

14,0

-

0,65

ПБСМ-70

69,9

11,0

-

0,6

ПБСМ-95

90,6

12,5

-

0,77

М-95

94,0

12,6

-

0,85

М-120

117,0

14,0

-

1,06

МФ-85

85

10,8

11,76

0,76

НЛОл0,04Ф-85

85

10,8

11,76

0,7

МФ-100

100

11,8

12,8

0,89

НЛОл0,04Ф-100

100

11,8

12,8

0,89

МФО-100

100

10,5

14,92

0,89

НЛОл0,04ФО-100

100

10,5

14,92

0,89

МФ-150

150

14,5

15,5

1,34

БрФ-85 (Мг)

85

10,8

11,76

0,76

БрФ-100 (Мг)

100

11,8

12,8

0,89

БрФ-120 (Мг)

120

12,9

13,9

1,068

А-150

148

15,8

-

0,41

А-185

183

17,5

-

0,5

АС-35

А36,9/С6,2

8,4

-

0,15

АС-50

А48,2/С8,0

9,6

-

0,19

АС-70

А68,0/С11,3

11,4

-

0,27

4БСМ

12,6

4,0

-

0,1

6БСМ

28,3

6,0

-

0,23

МГ-70

68,6

12,6

-

0,63

МГ-95

94

14,3

-

0,86

1.4-jadval



Kontakt osmasining ushlab turuvchi trosini tortilishi


Osma turi

Kompensatsiyalangan ushlab turuvchi trosning maksimal tortilishi Tmax , daN

M-95+МФ-100

1450

М-95+2МФ-100

1450

М-120+2МФ-100

1800

М-120+МФ-150

1800

ПБСМ-70+МФ-85

1500

ПБСМ-70+МФ-100

1500

ПБСМ-95+МФ-100

1600

ПБСМ-95+2МФ-100

1800

ПБСА-50/70+МФ-85

1500

ПБСА-50/70+МФ-100

1800



ADABIYOTLAR


  1. Н.А. Бондарев, В.Е. Чекулаев “Контактная сеть”. Москва 2006, 590 с.

  2. Контактная сеть и воздушнқе линии. Нормативно-методическая документация по эксплуатации контактной сети и вқсоковольтным воздушным линиям: Справочник. 3-е изд. ЦЭ ОАО «РЖД». – М.: Трансиздат, 2004. – 566 с.

  3. Михеев В.П. «Контактные сети и линии электропередачи. – М.: Маршрут, 2003.- 416 с.

  4. Чекулаев В.Е., Каркошка Л.З. Машины и механизмы в хозяйстве электроснабжения на железнодорожном транспорте: Учебное иллюстрированное пособие. – М.: Маршрут, 2004. – 71 с.

  5. Т.В. Дворовчика, А.Н. Зимакова «Электроснабжение и контактная сеть электрифицированных железных дорог»: Учебное пособие для техникумов ж.д. трансп. – М.: Транспорт, 1989. -166 с.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish