Эҳтиёж нима? Унинг қандай турлари мавжуд? Эҳтиёжлар бўйича Маслоу пирамидасини тушунтири беринг



Download 342,67 Kb.
bet59/68
Sana10.02.2022
Hajmi342,67 Kb.
#439381
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68
Bog'liq
Iqt. 1-100 (1)

75.Valyutalar pariteti – turli xil milliy pul birliklari xarid qobiliyatining har bir mamlakatda tovarlarning bir xil to‘plamini sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul summalarini solishtirish asosida hisoblab chiqilgan nisbati. . Valyuta pariteti- davlat qonuni va hukumatlararo kelishuv asosida valyuta nqiymatlarining kursi. Belgilangan tartibda o’rnatilgan ikki valyuta o’rtasidagi munosabat yoli nisbat bo’lib valyuta kursining asosi hisoblanadi.
Bugun valyutalar kurslarini shakllantirishning bosh omili har bir valyuta bo‘yicha talab va taklifning nisbatidir. Talab qanchalik katta bo‘lsa, bu valyutaning boshqa mamlakatlarning pul birliklariga almashish kursi shuncha ko‘p o‘sadi. Va aksincha.
O‘zbekiston o‘z Milliy valyutasiga ega. Shu munosabat bilan respublika Milliy valyutasi – so‘mni mustahkamlash bar-qarorlashtirish masalasini hal qilishi lozim. Bu fiskal darajada bo‘lganidek, tashqi sektorda ham yuzaga keladigan vaziyatga bog‘liqdir. So‘m – O‘zbekiston hududida yagona qonuniy to‘lov vositasidir. So‘mning joriy etilishi bilan respublikada o‘z fiskal, pul-kredit, iqtisodiy siyosatni yuritishning real mexanizmi paydo bo‘ldi. Respublika uning ichki konvertatsiya qilinishiga, qat’iy valyutaga erkin almashtirilishiga erishdi. Respublikada yashovchi har bir odamning farovon turmushi Milliy valyuta muomalasi (aylanish)ning barqarorligiga bog‘liqdir. Milliy valyutaning barqarorligi, uning ichki konvertlanishi raqobatga bardoshli mahsulotning yetarli miqdori, zarur zaxiralar bilan ta’minlangan.
Valyuta poriteti – ikkita valyuta o‘rtasida qonunchilik yo‘li bilan asos bo‘lgan nisbatdir. Valyuta kurslari tizimining bir-biriga qarama-qarshi ikkita tizimi mavjud. Bular:
1) ularning o‘zgarishiga davlat aralashuvini ko‘zda tutuvchi qattiq qayd qilingan valyuta kurslari tizimi
2) egiluvchan (suzuvchi) valyuta kurslari tizimi, bunda milliy valyutaning almashinuv kursi talab va taklif bilan belgilanadi.
76--
77.To’lov balansi nima ? To’lov balansining tarkibiy qismi nimalardan iborat ?
Javob:
To’lov balansi – bu ma’lum mamlakat iqtisodiyoti subyektlari (rezidentlari):davlat ,korxonalar ,firmalar ,uy xo’jaliklari,tadbirkorlar bilan chet ellik rezidentlar o’rtasida tuzilgan shartnomalar asosida ma’lum vaqt oralig’ida amalga oshirilgan barcha oldi-sotdi va xizmat ko’rsatish kabi ishlar natijasining tartibga solingan sxemasidir.Yanada sodda qilib aytadigan bo’lsak,bir mamlakatdan boshqa mamlakatga to’lovlar ko’rinishidagi pul mablag’lari harakatini aks ettiruvchi ro’yxat jadval. To’lov balansi muayyan muddat davomida mamlakat chet ellarga to’lagan va xuddi shu davr mobaynida mamlakatga chet eldan tushgan to’lovlar summalari nisbatini tavsiflaydi.To’lov balansi turkumiga tashqi qarz ,uning uning foizi chetdan olingan tovarlar va xizmatlar haqi ,xorij investitsiyalari, xorijda diplamatik ishlarni ,iqtisodiy aloqalarni yuritish xarajatlari ,fuqarolar va qo’shma korxonalarning chet elga pul o’tkazmalari va boshqalar kiradi.CHetga berilgan to’lovlarga nisbatan chetdan kelgan to’lovlar ko’p bo’lsa To’lov balansi faol hisoblanadi.To’lov balansining muhim qismini muhim qismini tovarlar va xizmatlar eksporti va importi tashkil etadi.Agar to’lov balansida valutaviy tushumlar to’lovlardan oshib ketsa,to’lov balansi aktiv, aksincha bo’lsa u passiv deyiladi.To’lov balansi tushunchasidan dastlab Djeyms Denem –Stytuart o’zining <To’lov balansi uch tarkibiy qismdan iborat bo’ladi.Unda barcha kelishuvlar bo’yicha joriy va kapital operatsiyalar hisobida o’z aksini topadi.
Ya’ni:
1.Joriy operatsiyalar hisobi;
2.Kapital harakati hisobi;
3.Rasmiy zaxiralarning o’zgarishi.
78.Savol
To’lov balansining saldosi nima ?To’lov balansining qanday holatida valuta oqimi ko’payadi?
Javob:
Saldo (italyancha saldo-hisobkitob ; qoldiq ,)1) To’lov balansi hisobida muayyan davr uchun pul tushumlari va harajatlar o’rtasidagi ayirma.
To’lov balansi hisobida qo’llaniladigan hisob varaqalarida to’lov balansining saldosi har oyning birinchi sanasidagi holat bo’yicha aniqlanadi.Jami summalar farqi debet ve kredit ,aktiv va passiv bo’yicha hisoblanadi.To’lov balansi tuzulishining muhim masalalaridan biri bu uning saldosini o’lchashdir.Ushbu masala keng ko’lamdagi , ya’ni alohida xalqaro bitimlar to’g’risidagi ma’lumotlarning aniqligidan tortib jadval tuzishning tarkibiy tuzilishigacha bo’lgan savollarni qamrab oladi hamda to’lov balansi qismlaridan biri bo’lib hisoblanadi.To’lov balansining aniqlash uslubi-bu to’lov balansini asosiy va balanslovchi moddalarga bo’lishdir.Asosiy moddalarning saldosini ‘to’lov balansining saldosi deb atashadi.To’lov balansining saldosi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.Uning miqdori YAIM va milliy daromad hisob-kitobiga kiritiladi,valutaning holatiga ,ichki hamda tashqi siyosatni olib borish vositalarining tanloviga ta’sir etadi.Bundan to’lov balansi saldosini o’lchash paytidagi eng muhim muommo sifatida moddalarni asosiy yoki balanslovchi moddalarga tasniflash muommosi maydonga chiqadi.To’lov balansi saldosining ko’rsatkichi tuzilmaviy bo’lib hisoblanadi. To’lov balansi saldosini o’lchashda navbatdagi qadam bo’lib ,AQSH tomonidan 1965-yilda olg’a surilgan va keyinchalik XVF hamda IHTT ekspertlari tomonidan asosiy konspeksiya bo’ldi.
79.Savol
Savdo balansi deganda nimani tushunasiz? Proteksionizmning savdo balansiga ta’siri qanday?
Javob:
Savdo balansi-to’lov balansining tarkibiy qismi hisoblanib,tovarlarni olib kirish va olib chiqishdagi nisbat.
Joriy operatsiyalar hisob varag’ining muhim tarkibiy qismi bo’lib,tovarlar eksporti va importi o’rtasini ifoda etadi.Savdo balansini o’zgarishi turlicha talqin etish mumkin.Masalan,eksportning importdan oshishi mamlakat jahon bozorlarida talabning oshganligi bilan izohlanadi.Dunyo mazkur mamlakatning eksport tovarlari shuningdek,uning rezidentlari mahalliy tovarlarini import tovarlaridan afzal bilsa, demak , xulosa qilish mumkinki ,mamlakatda savdo balansi yaxshiligini ko’rsatadi.Agar mamlakatning eksporti ma’lum davrda chet eldan import qilishdan ortiq bo’lsa,savdo balansi aktiv bo’lishi (musbat savdo balansiga ega bo’lishi) mumkin.Agar import eksportdan ortiq bo’lsa,savdo balansi shunga muvofiq manfiy bo’ladi.Boshqacha qilib aytganda ,agar O’zbekiston muayyan yilda manfiy savdo balansiga ega bo’lsa ,o’sha yili iste’mol qilinganiga qaraganda kamroq ishlab chiqarilgan bo’ladi.Va aksincha ,savdo balansining musbat saldosi O’bekistonda tegishli yilda iste’mol qilinganiga qaraganda ko’proq tovarlar ishlab chiqarilganini ko’rsatadi.Savdo balansining musbat yoki manfiy bo’lishi ko’pincha ichki va tashqi omillarga bog’liq hisoblanadi.Agar jahondagi konyuntura natijasida jahon xomashyo bozorlarida paxtaning bahosi sezilarli darajasida ortib ,shu darajada barqaror tursa,biz O’zbekistonnning eksportida savdo balansi musbat saldoga ega deb taxmin qilsak bo’ladi.
Proteksionizm siyosati- bu ichki bozorni turli xil iqtisodiy cheklovlar yordamida tashqi bozordan himoyalash siyosati.Proteksionizm siyosati olib borilganda ,erkin savdo yo’lida juda ko’p to’siqlar mavjud bo’lib, ular savdo balansining yaxshilanishiga halal beradi, bular quyidagilar:

  1. Boj to’lovlari.Boj to’lovlari import tovarlariga akssiz soliqlar hisoblanadi,u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;

  2. Import kvotalari .Import kvotalari yordamida ma’lum bir vaqt oralig’ida import qilinishi mumkin bo’lgan tovarlarning maksimal darajasi hajmi o’rnatiladi.

  3. Ta’rifsiz to’siqlar. Ta’rifsiz to’siqlar deyilganda litsenziyalash tizimi ,mahsulot sifatiga standartlar qo’yish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar tushuniladi.

  4. Eksportni ixtiyoriy cheklash.Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo to’siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi.Bu holda chet el firmalari o’zlarining ma’lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.

80-
81-
82-
83-
84-

Download 342,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish