Etika fanining predmeti va xususiyatlari. Axloqning kelib chiqishi



Download 250,5 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2022
Hajmi250,5 Kb.
#456485
  1   2   3
Bog'liq
“Etika” fanining predmeti, vazifalari va tarixi


“Etika” fanining predmeti, vazifalari va tarixi

Reja:



  1. Etika fanining predmeti va xususiyatlari.

  2. Axloqning kelib chiqishi.

  3. Axloq tarixi (Qadimgi dunѐ, O‘rta asrlar va yangi davr axloqi)

  4. Ijtimoiy fanlar tizimida ,etikaning tutgan o‘rni.

Qadimgi yunon faylasufi Aristotel o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa, matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siѐsatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan fandir.


«Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat taraqqiѐtidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini baѐn qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy haѐtida yuz beradigan barcha jaraѐnlarning majmuini aks ettiradi.
Jamiyatning axloqiy haѐti deb kishilarning ijtimoiy, siѐsiy va xuquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi.
Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining o‘ziga xos ko‘rinishini anglatadi.
Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
A. SHer «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida ѐqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat haѐtida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Axloq esa–jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir».
Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir shaxsning haѐti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir.
Axloq ijtimoiy xodisa sifatida insoniyat jamiyati vujudga kelishi bilan bir vaqtda jamoalar bilan shaxslar o‘rtasidagi ehtiѐj va manfaatlarga xizmat qiluvchi aloqa tarzida vujudga kelib, o‘zining tarixiy taraqqiѐtida:

  • Insonning tabiiy xislatlarini o‘zgartiruvchi, yaratuvchi faoliyati shaklida umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi;

  • Jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma’naviy-ijtimoiy omil asoslaridan biri;

  • Kishilarning ichki tuyg‘ularini, hissiѐtlarini o‘stirib, umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlarini anglab etish, ularni asrash va kelgusi avlodlarga etkazib berish yo‘llaridan eng afzali;

  • Oila va kundalik turmushda mavjud bo‘lgan oilaviy burch, o‘zaro hurmat, sadoqat, or-nomus kabi an’analarni nasldan-naslga, avloddan-avlodga o‘tkazish asosida davom ettirish vositasi;

  • Adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash g‘oyasi sifatida muntazam ravishda rivojlanib kelgan va rivojlanadi.

Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining ѐshi va ularning ehtiѐj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiѐtining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etaѐtgan bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini:

  • Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  • Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

  • Insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoѐn qilishi;

  • Vatanparvarlikni tashkil qiladi. SHubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunѐsi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa, o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Axloqning jamiyat xaѐtida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi.
Regulyativ funksiyasi – axloqning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Regulyativ funksiya shaxs, xizmat jamoasi, davlat va jamoat institutlari faoliyatini jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy normalar asosida boshqarib turishni anglatadi. SHu maqsadda bir qancha vositalarga tayanadi: axloqiy prinsiplar, jamoatchilik fikri, axloqiy avtoritet, an’analar, urf-odatlar va hokazo. Axloq nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyatning ham hulqatvorini boshqaradi.
Aksiologik funksiyasi (baholash) – yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday axloqiy xatti-harakat u ѐki bu qadriyatlar sistemasi orqali baholanadi. «Axloqiy-axloqsiz», «yaxshi-ѐmon» nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda xatti-harakatlar, munosabatlar, motivlar, qarashlar, shaxsiy sifatlar baholanadi. Axloq inson tomonidan qadriyatlarni o‘zlashtirish, ularni rivojlantirishni ham nazorat qiladi.
Informatsion (bilish) funksiyasi- axloqiy bilimlar hosil qilishga qaratilgan bo‘lib, axloqiy prinsiplar, normalar, kodekslar ijtimoiyaxloqiy qadriyatlar haqidagi informatsiya manbai hisoblanadi. SHu bilan birga odatiy va ekstremal vaziyatlarda, konfliktli va tang holatlarda axloqiy tanlov masalasiga e’tibor qaratiladi. Demak, axloq olamni, insonni, uning mohiyatini, haѐtining ma’nosini anglashga ѐrdam beradi.
Tarbiyaviy funksiyasi–har qanday tarbiya tizimi – bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi hisoblanadi. Axloqiy tarbiya axloqiy norma, odat, an’ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq tashkiliy tizim holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e’tiqodga aylantiradi, konkret vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e’tiqodni qo‘llashda ijodiy ѐndashuvga o‘rgatadi. Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki o‘zo‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi.
SHu erda, axloqning alohida funksiyalarini ajratish shartli xarakterga ega ekanligini qayd qilish lozim. CHunki real haѐtda ular bir-biri bilan uyg‘un holda namoѐn bo‘ladi. Axloq bir vaqtning o‘zida boshqaradi, tarbiyalaydi, yo‘naltiradi va hokazo.
―Etikaning boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlardan farqi shundaki, u aksiologik xususiyatga ega. YA’ni, axloqiy bilimlar insoniy munosabatlar va ijtimoiy voqelik hodisalarini baholash asosida vujudga keladi. Bu baholashning asosiy mezoni kishilarning «nima yaxshi-yu nima ѐmonligi» haqidagi tasavvurlari hisoblanadi. Bunday baholash ham jamiyatga, ham alohida shaxsga xosdir. SHu tariqa axloqiy qadriyatlardan ijtimoiy va individual tizimlar vujudga keladi. Bu tizimlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har bir insonda turlicha namoѐn bo‘ladi. SHaxs faoliyatida ijtimoiy qadriyatlar tizimi ustun bo‘lsa, u ijtimoiy haѐtda faol ishtirok etadi, uning dunѐqarashida jamoatchilik tamoyili ustun bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, inson o‘zining shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘yadi, dunѐqarashida individualizm prinsipi ustun bo‘ladi.
Aslida axloqiy ideallar, tamoyillar va normalar kishilarning adolat, insoniylik, ezgulik, ѐvuzlik, ijtimoiy farovonlik haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqqan. Bu tasavvurlarga mos keluvchi xatti-harakatlar axloqiy deb, zid keladigan xatti-harakatlar axloqsizlik deb e’lon qilingan.
Boshqacha qilib aytganda, kishilar fikricha jamiyat va shaxs manfaatlariga mos keladigan, insonlar uchun foydali bo‘lgan xatti-harakatlar axloqiydir. Albatta, bu tasavvurlar tarixiy taraqqiѐt davomida o‘zgarib borgan, turli sinflar, ijtimoiy guruhlarda turlicha bo‘lgan.
Xususan hozirgi vaqtda xuquqni muhofaza qilish idoralari kasb ahlokida uch turdagi axloqiy norma va tamoyillar amal qiladi:

  1. Huquqni muhofaza qilish idoralari kasb axloqining asosiy mazmunini umuminsoniy axloqiy normalar tashkil qiladi. Lekin ularning ba’zilari, masalan; jasurlik, burchga sodiqlik, adolatparvarlik asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi.

  2. Bu erda yana faqat huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga xos axloqiy norma va prinsiplar amal qiladi. Masalan, ma’lumotlarning sir saqlanishi, boshliqlar va bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi o‘ziga xos munosabatlar va shu kabilar.

  3. SHu bilan birga huquqni muhofaza qilishning faqat u ѐki bu xizmatiga taalluqli bo‘lgan axloqiy norma va prinsiplardir. Misol tariqasida fuqarolar bilan ishlash jaraѐnida qo‘llanadigan operativ xattiharakatlar qoidalari, huquqni muhofaza qilish xodimlariga konfidensial ѐrdam bergan fuqarolarning sirini saqlash va hokazo. Bu qoidalar shakl jihatidan umuminsoniy qoidalardan farq qilishi mumkin, lekin o‘zining axloqiy mazmunini saqlab qoladi.

Xulosa qilib aytsak bo‘ladiki, axloq ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. SHu bilan birga u kasbiy xususiyatga ham ega.
Jamiyat ma’naviy haѐtining bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki sohasi- axloq va huquqning o‘xshash va farqli tomonlari masalasi hozirgi kunda ayniqsa dolzarb hisoblanadi.
SHaxsning ma’naviy dunѐsi, ongi va madaniyati shakllanishida axloq va huquq alohida o‘ringa ega. CHunki ular ijtimoiy munosabatlar tizimi taraqqiѐtiga ta’sir ko‘rsatadigan, shu orqali shaxs ongini rivojlantiradigan muhim ijtimoiy boshqaruvchi hisoblanadi.
Axloq va huquq - inson munosabatining o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan muhim elementlaridir. Ularning tabiati jamiyatdagi konkret tarixiy sharoit, sotsial-sinfiy strukturaga bog‘liq bo‘ladi. Demokratik fuqarolik jamiyatida axloq va huquqning o‘zaro aloqadorligi quyidagi qonuniyat tufayli ob’ektivlashadi – umumxalq huquqining axloqiy potensiali, qonunchilikning axloqiy asoslari o‘sib boradi.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, axloq - inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir shaxsning haѐti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir.
SHunday qilib, huquq – nafaqat siѐsiy-yuridik, balki ijtimoiy-axloqiy xodisa. Jamiyatning huquqiy haѐti insonparvarlik, adolat, vijdon va burch, or-nomus, erkinlik va mas’uliyat kabi axloqiy xodisalarsiz rivojlana olmaydi.
Axloq va huquq munosabatlariga qadim davrlardan mutafakkirlar o‘z e’tiborini qaratganlar. Suqrot, Aflotun, Arastu huquqiy mafkurani ishlab chiqar ekan, Etikani qonunchilik bilan bog‘lashga harakat qilganlar. Rim yuristlari: «huquq urf-odatlar ma’qullagan narsalarni tavsiya qiladi» degan postulatni ilgari surganlar.
YAngi davrda axloq va huquq uzviy bog‘liqlikda olib qaralgan, hatto Gelvetsiy: ««Etika» va «Qonunshunoslik»ni men bitta fan deb tushunaman»,deb ѐzadi.
Nemis klassik falsafasi namoyandalari ham axloq va huquq munosabatlariga o‘z e’tiborlarini qaratishgan. Kant huquq axloqqa bo‘ysunadi deb hisoblagan. Gegel fikricha, axloq va huquq bir-birini taqozo qiladi, farqi shundaki, axloq tashqaridan bo‘ladigan majburiylikka yo‘l qo‘ymaydi.
Aslida, huquq inson xatti-harakatini boshqarish shakli sifatida tarixiy taraqqiѐtning muayyan bosqichida, axloq normalaridan kelib chiqadi. Huquq o‘z taraqqiѐtining turli bosqichlarida axloq bilan deyarli uyg‘un bo‘lgan. Faqat vaqt o‘tishi bilan ѐzma va shakllangan qonunchilikka aylangan. Boshqacha qilib aytganda, huquq o‘z ichiga axloqiylikni qamrab oladi.
Axloq va huquqning munosabati quyidagilarga namoѐn bo‘ladi:
1) birligi va o‘xshashligida; 2) farqli tomonlarida; 3) o‘zaro ta’sirida.
Axloq va huquq ijtimoiy ong shakllari sifatida umumiy ijtimoiy funksiyani bajaradi; insonning jamiyatdagi faoliyatini boshqaradi, normativ xususiyatga ega va fuqarolar bu norma va prinsiplarga amal qiladilar. Bu norma va prinsiplar umumiy xarakterga ega va jamiyatning barcha a’zolariga taalluqlidir.

Download 250,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish