Evristik oʻqitish texnologiyasining mazmuni va mohiyati. Evristik oʻqitish texnologiyasining chizmachilik darslaridagi o'rni. O'qituvchining tayyorgarligi. O'quvchining grafik vazifalarini tekshirishga tavsiyalar



Download 179,24 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi179,24 Kb.
#891524
Bog'liq
Evristik oʻqitish texnologiyasining mazmuni va mohiyati

Evristik oʻqitish texnologiyasining mazmuni va mohiyati. Evristik oʻqitish texnologiyasining chizmachilik darslaridagi o'rni. O'qituvchining tayyorgarligi. O'quvchining grafik vazifalarini tekshirishga tavsiyalar.

  • Reja: 
  • Evristik oʻqitish texnologiyasining mazmuni va mohiyati.
  • Evristik oʻqitish texnologiyasining chizmachilik darslaridagi o'rni.
  • O'qituvchining tayyorgarligi.

Evristik о‘qitishning asosiy mohiyati yangilikni doimo ochishga harakat qilish demakdir. Evristik yunoncha heuriska – qidiraman, topaman, ochaman degan ma’nolarni anglatadi.
Evristika о‘qitishning:
1. О‘qitish shakli – evristik suhbat. Bunda о‘qituvchi va о‘quvchi о‘rtasida masala mohiyatini tushunish va bir fikrga kelish maqsadida savol va javoblar uyushtiriladi.
2. О‘qitish metodi. Ijodiy ishlash jarayonida о‘qituvchi о‘quvchiga ish yuzasidan maqsadli g‘oyalar, fikr chalg‘iganda tо‘g‘ri yо‘l kо‘rsatib, vaqti-vaqti bilan aqliy hujum uyushtirib turadi. Masalaga oydinlik kiritish yо‘lida evristik vaziyat yaratib beradi.
3. Berilgan masalaning texnalogik jarayoni. Uni о‘quvchining о‘zi belgilaydi. Ijodiy mahsulotni rо‘yobga chiqarishdagi yakuniy natijasi о‘quvchining tanlagan texnalogiyasiga bog‘liq bо‘ladi. Tanlangan yо‘li samara bermasa, о‘qituvchi о‘z vaqtida о‘quvchiga yordam kо‘rsatadi.
О‘quvchining о‘zini-о‘zi ijodiy tomondan rо‘yobga chiqarishi evristik о‘qitishning eng yuqori masalasi hisoblanadi.
Innovatsion texnalogiyalar orasidagi evristik о‘qitish texnalogik shakli deyarli Suqrotning savol va fikr yuritish metodiga suyangan.
Ma’lumki, Suqrot о‘zining shogirtlariga avval, umumiy yо‘naltiruvchi savol bergan va javobini olgach, aniqlantiruvchi savol bergan va haqiqatni aniqlamaguncha, unga juda yaqin savol beravergan.
Evristik о‘qitishdagi vaziyat о‘qitishning kalit elementi hisoblanadi. Bunday vaziyat о‘quvchining bilmasligidan uni faollashtiradi, uning maqsadi о‘quvchi tomonidan shaxsiy g‘oyaning tug‘ilishini, gipotezalar, sxemalar tuzishga yо‘llaydi. Evristik о‘qitishda ta’lim natijasini aytib bо‘lmaydi. Har bir о‘quvchidan turli javoblarni olish mumkin.
Pedagogika oliy о‘quv yurtlarida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yо‘nalishi talabalari muhandislik grafikasi (chizmachilik) darslarida konstruksiyalash (loyihalash) asoslaridan ta’lim olishadi. О‘rta maktab chizmachilik predmetida ham loyihalash mavzusiga oid darslar ajratilgan.
Quyida avval о‘rta maktabda, sо‘ngra pedagogika oliy о‘quv yurtida loyihalashga doir darslarni tashkil qilish haqida mulohaza yuritiladi.
О‘rta maktablarning 9-sinfida detalning shaklini о‘zgartirishga oid grafik masalalar, detalning fazoviy holatini о‘zgartirishga va qayta loyihalashga oid ijodiy grafik ishlarni tashkil qilish mavzularda loyihalash, dizayn asosida berilgan buyumni о‘ziga jalb qila oladigan holda uning kо‘rinishi gо‘zal va chiroyli hamda bejirim shaklda о‘zgartirish, vaznini ham kamaytirish, yangi konstruktiv element kiritish, yangi foydali sifatlar berish yо‘li orqali buyumning og‘irligini kamaytirish, pishiqligini oshirish, ishlov berishni soddalashtirish, foydalanishda qulaylik hususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalash sо‘ralgan. Masalan, 6–chizma, a dagi detalning vazni (og‘irligi)ni kamaytirish maqsadida uning shakli geometriyasi qisman dizayn talabida о‘zgartirilgan. Natijada 6–chizma, a, b, c va d lardagi kо‘rinishga о‘zgardi.
Masalan, geometrik jism kub shunday loyihalanishi lozimki, undan yasalgan model H, V va W lar о‘rnida berilgan teshiklar orqali tig‘iz о‘tsin degan vazifa berilgan bо‘lsa, о‘quvchi V tekislikdagi modelning bosh, H dagisidan ustdan va W dagisidan modelning chapdan kо‘rinishi tig‘iz о‘tishini kо‘z oldiga keltirib, ijodiy izlanishlar olib boradi va bir qancha uzinishlardan keyin turlicha loyihalar yaratiladi. О‘qituvchi bilan olib borilgan muloqatlar natijasida tо‘g‘ri javob aniqlanadi). 7-chizma, a, b, c, d larda mustaqil bajarish uchun shunday mazmundagi masalalar berilgan.
Yana bir misol. Ikki elementli modelning kо‘rinishlari berilgan bо‘lib, modelning ustidagi elementi xuddi shunday shakl va о‘lchamdagi chuqurchaga ostki asos qismi hisobiga almashtirilgan kо‘rinishi loyihalansin.
О‘qituvchi modelning kо‘rinishlarini og‘zaki yoki yozma tafsifi orqali tushuntirib, ijodiy harakat yо‘lini kо‘rsatadi. Ikki elementli shaklni berilgandan boshqacharoq, о‘quvchining estetik didiga mos keladigan variantini о‘zi tanlashi mumkinligini eslatib о‘tiladi.
Vazifani bajarish jarayonida о‘qituvchi о‘quvchilarga yо‘naltiruvchi – avval, umumiy keyin bevosita mavzuga yaqin evristik savollar berib, о‘quvchilarning refleksivtik hamda individuallik qobiliyatlarini ravshanlanishiga yordam berib turadi. Bunday yondashishda har bir о‘quvchi о‘zining oldingi olgan bilimlari asosida yangi ijodiy qarashlar orqali о‘zlarining shaxsiy fikrlarini berilgan fazifani loyihalash yordamida namoyon etadi.
Pedagogika oliy о‘quv yurtlarida muhandislik grafikasi (chizmachilik) darslarida talabalarga konstruktorlik masalalari: texnik detallarni shakllantirish, detallarga о‘lchamlar qо‘yish texnalogiyasi, qо‘yim va о‘tqazishlar, detallarga ishlov berish usullari texnalogiyasi, mashina detallarining texnalogiyalikligi, detallarni о‘zaro biriktirish usullari, inversiya, qо‘yilgan vazifani turlicha yechish, mashinalarni loyihalashning asoslari kabi nazariy bilimlardan keyin amaliy mashg‘ulotlarda berilgan sxema-chizma bо‘yicha loyihalash (konstruksiyalash) kabi turli kо‘rinishdagi masalalar bajariladi.
Masalan, detallarni qisib turuvchi vintli moslamada kamchilik mavjud. Detalni chiqarib olish uchun vintni kо‘p marta aylantirishga tо‘g‘ri keladi. Moslamaning konstruksiyasiga shunday о‘zgartirish kiritish kerakki, vintning bir yoki bir yarim marta aylanishidan sо‘ng detal osongina chiqib ketsin. Ushbu jarayon loyihalansin.
Yoki moslamaning yig‘ish chizmasi berilgan. Undagi val aylanma harakat qilganda detal yuqorilama va qaytma harakat qilsin kabi qо‘shimcha loyihalashga mо‘ljallangan masalalarni tashkil etadi.
Download 179,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish