Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi


Eynshteynning yaqin do‘sti, muhandis Mishel Bessoning Eynshteyn ilmiy



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Eynshteynning yaqin do‘sti, muhandis Mishel Bessoning Eynshteyn ilmiy 
g‘oyalariga javoban bildirgan munosabati
.
Biroq baribir auditoriyalarda Eynshteynning o„rni bo„sh qolayotgani tobora sezilib 
borardi va bu hurmatsizlik ifodasi sifatida baholanardi. Nihoyat toqati toq bo„lgan 


37 
Veber Eynshteynga murojaat qildi: «
Yigitcha, siz aqllisiz, siz juda aqllisiz, lekin 
sizda nihoyatda katta kamchilik bor. Siz e‟tirozlarga umuman chiday olmaysiz. Har 
qanday e‟tirozlarga.
» Syurixga ilk kelganida yordam qo„lini cho„zgan professor, 
endi bitiruv vaqti kelganida Eynshteynga nisbatan teskari to„nini kiyib oldi. 
Yakuniy imtixonlarni a‟loga topshirgan talabalar ichidan faqat Eynshteynga 
kafedrada ishda qolish taklifi berilmadi. Boshqa ilmiy muassasalar eshiklari ham 
uning uchun yopildi. Potensial ish beruvchilarning aksariyati yangi bitiruvchilarni 
ishga qabul qilishda asosan professor Veber tavsiyalariga murojaat qilishardi va 
Veber bu borada odatda tezkorlik va muqobillik javoblar berardi. Har qanday 
boshlang„ich tadqiqotchining ilk qadamlari qo„yiladigan birinchi bosqich – assistent 
lavozimiga qabul qilish borasidagi Eynshteynning barcha so„rovlari javobsiz 
qoldirildi. Avvaliga Albert Eynshteynni bundan jahli chiqqan. U 1901 yilga oid 
qaydnomalarining birida quyidagicha yozgan edi: «
Bu qari va tor fikrli kishilar 
o„zlari bilan salom-alikda bo„lmaganlarga qanday g„ovlar tayyorlashayotganligini 
o„ylash ham qo„rqinchli. Bu odamlar har qanday yosh va navqiron kishi timsolida 
o„zlarining chirib qolgan obro„lari uchun xavf-xatarni ko„radilar xolos
». Keyinroq 
esa unga bunday omadsizliklarni yengib o„tish uchun yumor hissi yordam berdi.
Politexnikum doirasida yuzaga kelgan ushbu ixtilof, Eynshteyndagi 
jamiyatning yozilmagan qoidalariga nisbatan «allergiya» sababli paydo bo„lgan 
ziddiyatlar ichida yagonasi emasdi. 1896 yil qishki smestri boshlanishi bilan, 
Albert, Serbiyalik talaba qiz – Mileva Marich bilan tanishadi. Bu qiz Albert 
Eynshteyndan uch yosh katta bo„lib, Shveytsariyaga universitet ta‟limini davom 
ettirish uchun kelgan edi. Chunki Avstriya-Vengriya davlati tarkibida bo„lgan uning 
vatanida ilm-fan yo„lida mehnat qilish ayollar uchun mos emas deb hisoblanardi.
Albert Eynshteynning ota-onasi, uning Mari Vinteler bilan munosabatlariga 
hayrixoh bo„lganlari uchun, farzandlari hayotida Mileva Marichning paydo 
bo„lishini, xuddi sharpadan qo„rqqandek qo„rquv bilan kutib olishdi. Albertning 
onasi Paulina, o„g„lining yangi paydo bo„lgan ma‟shuqasiga nisbatan shunday 
«xushomad» so„zlarni aytardiki, natijada u karikaturalardagi bezori qaynona 
timsoliga o„xshab qoldi. Uning fikricha, Mileva «juda qari», «ko„rimsiz» qiz bo„lib, 
«yaxshi oilaga kelin bo„lish uchun umuman munosib bo„lmagan ayol» edi. O„zining 
haq ekanligiga ishonchi komil bo„lgan Paulina, o„g„lini u haqida ogohlantiruvchi 
salbiy bashoratlar bilan ko„mib tashladi: «
U o„zingga o„xshagan kitobparast 
zararkunanda, senga esa, ayol kerak
», «
Sen o„ttizga kirganingda, u qari 
yalmog„izga aylanib bo„lgan bo„ladi
» kabi so„zlar shular jumlasidanir. Tabiiyki, 
har doimgidek Albertning nuqtai nazari boshqacha bo„lgan. U bu haqida shunday 
yozgan edi: «
Men ota-onamning xavotirlarini juda yaxshi tushunaman, ularning 
fikricha, erkak uchun xotin bu – faqat muayyan moddiy muvaffaqiyatlarga 
erishganidan so„nggina yetishish mumkin bo„lgan ziynat singaridir. Lekin men ayol 
va erkak munosabatlari uchun bunday g„oyalarni tadbiq etishni me‟yordan 


38 
ortiqcha dabdaba deb qarayman. Bunday tushunchaning mantig„iga suyanadigan 
bo„lsak, unda xotin va yengiltak ayollarning o„rtasidagi farq, faqat unga yaxshi 
yashash sharoitlari hosil qilib berganlik uchun umrbodga birga yashash 
shartnomasi tuzgan singari bo„lib qoladi. Bunday nuqtai nazar, aksariyat 
odamlarda bo„lgani kabi, mening ota-onamda ham, hissiyotlarning aql ustidan 
hukmron bo„lib qolishi natijasidandir. Lekin bizlar baxtli yashashimiz uchun va 
hayotdan ko„proq bahra olishimiz borasida omadimiz keldi
». O„g„lining bunday 
fikrlashi Paulinani oromini yo„qotshiga sababchi bo„ldi.
Eynshteynning ota-onasi, o„g„lining qaroriga yig„i-sig„i bilan munosabat 
bildirishdi. Xuddi u o„lib ketgandek edi. Milevaning bitiruv imtihonlaridan 
yiqilganini eshitgan Paulina «
U endi nima qiladi
» - deb so„ragan edi. Bu savolga 
Albert qat‟iyat bilan, «
U
endi mening xotinim bo„ladi!
» - deb javob bergan. 
O„g„lidan bu gapni eshitgan ona bechora, to„shakka yiqilib, bo„g„zidan otilib 
chiqayotgan yig„i ovozini yashirish uchun boshini yostiq bilan berkitib yotib oldi. 
Eynshteyn bu voqealarni barcha tafsilotlari bilan birga Milevaga hikoya qilib berdi. 
Mileva ham bo„lajak qaynonasiga unchalik yoqinqirash bilan qaramagan: «
Aftidan 
bu tannoz xonim, nafaqat mening, balki o„z farzandining hayotini ham chidab 
bo„lmas darajaga keltirmoqchi shekilli
» - deb yozgan edi u.
Paulinaning xatti-harakatlari o„sha zamon zodagonlariga xos bo„lgan odatiy 
isatklardan birini, ya'ni, farzandiga munosib qalliq topish ilinjini ifodalagani rost.
Albert esa, Milevaga yanada maftun bo„lib, ularning Politexnikumdagi 
ma‟ruzadagi ilk uchrashuvlaridanoq hayratini yashirolmay qolgandi. U singari 
odam uchun, Paulinaning «
U
o„zingga o„xshagan kitobparast zararkunanda
» 
ko„rinishidagi eng jiddiy yomonlashlari ham, eng katta maqtov so„zlari kabi 
tuyulardi. O„sha vaqtlarda ilmiy yutuqlar haqida orzu qiladigan qiz, noyob 
qimmatbaho la‟l sinagri edi. Bir-birlariga qattiq ko„ngil qo„ygan Albert va Mileva, 
tadqiqotlarni birga olib borar, birga muhokama qilar va oilaviy ziddiyatlarni 
birgalikda yengib o„tishardi. Ular kelajak uchun ulkan rejalar tuzib, shunchaki 
o„zaro muhabbat bilan emas, balki ilm-fanga bo„lgan yuksak rag„bat orqali ham 
qattiq bog„lanib qolgan edilar.
Albert va Milevaning o„sha paytdagi hamma yozishmalari, barcha narsani 
yutib yuboruvchi narsalar, ya'ni, faqat muhabbat hamda, faqat fizika haqida 
bo„lgan. Yoshlar nihoyat baribir o„z maqsadlariga yetishdi. 1903 yilda ular turmush 
qurishdi. To„y tantanalariga ikki tarafdan ham birorta qarindosh-urug„ kelmadi. 
Mileva Vengriyadaligida qiz farzand dunyoga keltirdi (Eynshteynning bu 
farzandining taqdiri haqida hech nima ma‟lum emas), keyinroq ularning oilasida 
yana ikkita o„g„il farzandlar dunyoga keldi. Lekin tez orada osoyishta romantik 
hayot o„rniga, turmushning yo„qsillik bilan yo„grilgan shavqatsiz sinovlari kirib 
keldi. Doimiy moddiy yetishmovchiliklar tufayli Mileva va Albertning 


39 
munosabatlari asta-sekin darz keta boshladi. Ularning har biri oila simfoniyasidagi 
o„z partiyasini rashk va kesatiqlar bilan yakunlaydigan odat chiqarishdi, ora-sirada 
esa, katta va kichik janjallar ko„tarilib, bunda bolalar aziyat chekadigan holatlar 
ham ko„payib qoldi. Siyqasi chiqqan va o„sha zamon uchun oddiy holat bo„lgan 
bunday yakun, agar uning ishtirokchilaridan biri, keyinchalik XX asrning eng 
buyuk shahslaridan biriga aylanmaganida, hikoya sifatida mutlaqo unutilib ketgan 
bo„lar edi.
Yuqorida chapda:

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish