F f. d.,prof. M. A. Qahhorov, magistrant N. Mirsaidova



Download 77,92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.01.2022
Hajmi77,92 Kb.
#341004
Bog'liq
magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot bosqichi sifatida



Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot bosqichi sifatida 

                                                                

           

 F.f.d.,prof. M. A. Qahhorov, 

                                                                   magistrant N. Mirsaidova  

        


           Magistrlik dissertatsiyasi magistraturada ta’lim olayotgan magistrantning ya  

kunlovchi  ishi  hisoblanadi.  Dissertatsiya  ishi  magistrantning  o’qish  davrida 

egallagan  nazariy  va  amaliy  bilimlari  asosida  bajargan  ilmiy  tadqiqot  ishlarining 

natijasidir.  

            Biz  ushbu  maqolada  magistrlik  dissertatsiyasining  ilmiy  tadqiqot  ishi 

sifatidagi  o’rni  ahamiyatini,  uni  bajarishga  qo’yiladigan  metodologik  hamda 

metodik  talablar  mohiyatini,    magistrlik  dissertatsiyasini  mustaqil,  ilmiy-amaliy 

qimmatga  molik  bo’lgan  ish  sifatida  shakllantirish  va  rasmiylashtirishning  yangi 

nizom  asosida  belgilangan  tartib-qoidalari  xususida  so’z  yuritamiz.  O’ylaymizki, 

ushbu  maqolada  bildirilgan  fikrlarimiz  magistrlik  dissertatsiyasini  bajarish 

arafasida turganlar uchun foydadan holi bo’lmaydi. 

            Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining  2010-yil 18-iyundagi 

118-son qarori (O’zbekiston Respublikasi   qonun hujjatlari to’plami, 2010-yil, 24-

25-son; 


195-modda) 

bilan  tasdiqlangan  Oliy  ta’lim  muassasalarining 

magistraturasiga  qabul  qilish  tartibi  to’g’risidagi      nizomga  muvofiq  amalga 

oshiriladi. 

           Men  magistrlik  dissertatsiyasiga  ilmiy-tadqiqot  bosqichi  sifatida  2010-

yildagi  hamda  2012-yil  29-oktabrdagi  nizomlarda  keltirilgan  dissertatsiyaga 

qo’yilgan talablarni taqqoslash metodi asosida qiyosiy o’rgandim.  

            2010-yil 18-iyundagi qarorga muvofiq  dissertatsiya ishi mavzusi:  

-

 

ishlab-chiqarish; 



-

 

ta’lim; 



-

 

iqtisodiyot; 




-

 

fan-texnika  ijtimoiy  sohalardagi  ilg’or  va  dolzarb  masalalarga  bag’ishlanib, 



muayyan  bir  vzifaning  ilmiy  asoslangan  yechimini  topishga,  tavsiyalar 

ishlab chiqishga, statistik ma’lumotlar tahliliga qaratilgan bo’lishi shart. 

Kafedra  taqdimnomasiga  muvofiq  dissertatsiya  ishi  mavzulari  va  ilmiy 

rahbarlar  oily  o’quv  yurti  magistratura  bo’limi  tavsiyasi  asosida  rektorning 

buyrug’i bilan tasdiqlanadi.  

2012-yildagi yangi magistratura to’g’risidagi nizomda shu sohaga kiritilgan 

ko’plab  yangiliklarni  ko’rishimiz  mumkin.  Ushbu  nizomda  dissertatsiyaning 

tarkibi  va  mazmuniga  qo’yiladigan  talablar  yuzasidan  tushunchalar  keng 

yoritilgan.  Eski  nizomda  esa  barcha  ishlarga  umumiy  qaralganligi  uning  muhim 

nuqsonlaridan biri edi. Masalan, --- “ Magistrlik dissertatsiyasi” deb nomlanuvchi 

bo’limda  barcha  ma’lumotlar  chuqur  tahlil  etilmagan.  Xuddi  shu  bob  yangi 

nizomga muvofiq kengroq yoritilgan.  Shu jumladan: 

1.

 

Dissertatsiyaning tarkibi va uning mazmuniga qo’yiladigan talablar; 



2.

 

Dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilishga qo’yiladigan talablar;  



3.

 

Dissertatsiyani dastlabki va rasmiy himoya qilish



4.  Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni tayinlash singari 

vazifalar  alohida-alohida  qayd  etilgan  bo’lib,  ularni  bajarish  muddatlar  ham 

tegishli  ketma-ketlikda  bo’lish  sharti  qo’yilgan.  Yangi  nizomning  eng  muhim 

yangiliklaridan  yana  biri  shunda  ediki,  “Dissertatsiyaning  tarkibi  va  uning 

mazmuniga  qo’yiladigan  talablar”    bobida  dissertatsiyaning  tarkibiy  qismlariga 

alohida to’xtalib o’tilgan. Bular: 

- titul varaq; 

-  ikki  tildagi  (o’qitish  tili  va  ingliz  tilida)  dissertatsiyaning  qisqacha 

annotatsiyasi; 

- mundarija; 

- kirish; 

- asosiy qism; 

- xulosa;  



- foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; 

- ilovalar (agar mavjud bo’lsa). 

Dissertatsiyaning  titul  varag’i,  annotatsiyasi,  mundarijasi  va  foydalanilgan 

adabiyotlar  ro’yxatining  namunaviy  shakli  mazkur  nizomning  2-5-ilovalarida 

keltirilgan.  Mazkur  nizomda  belgilangan  masalalar  bo’yicha  nizolar  qonun 

hujjatlariga muvofiq  hal qilinadi. 

Xulosa  qilib,  shuni  aytish  kerakki,  magistrlik  dissertatsiyasini  himoya 

qilishga tayorlangan magistrantning oldida juda katta va mas’ulyatli vazifa turadi. 

Buning  uchun  magistratura  to’g’risidagi  yangi  nizom,  umumiy  qoidalar, 

magistrlarning  tayorgarligiga  qo’yiladigan  talablar  va  boshqa  umumiy  talablarga 

magistrlar  mukammal  yondshishi  va  undagi  boblarni,  talablarni  chuqurroq  bilib 

o’rganishlari  zarur.  Magistrant  dissertatsiya  ishini  o’zi  qiziqqan  mavzuda  olib 

borishi  zarur.  Albatta  dissertatsiya  mavzusi  asosida  maqolalar,  tezislar  ham  e’lon 

qilib  turilishi  kerak.  Magistrant  o’z  ustida  tinimsiz  ishlashi  bosh  maqsadga 



aylanishi kerak.       

Download 77,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish