Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet74/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Ota-onalar savodxonligi. Yuqorida tilga olingan tarbiya shakllarining amalga oshirishning eng qulay yo‘li – avvalo ota-onalarning ma’naviy bilim saviyasini oshirish, ularda sog‘lom tafakkur va zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu esa ota-onaning farzand oldidagi, el-yurt oldidagi burchini to‘g‘ri anglashni insonning dunyoga kelishi va kamol topib rivojlanishiga oid qonuniyatlarni puxta bilishni, oilaviy munosabatlar doirasida milliy urf-odat va an’analarimizni eng nodirlarini turmushga singdirish orqali bolalarda milliy qadriyatlarga mehr-muhabbatni uyg‘otishni, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqazo etadi. Binobarin, ota-onalik shunday mas’uliyatli vazifaki, uning jamiyatimiz manfaatiga mos tarzda amalga oshirilishi uchun inson ham ma’naviy jixatdan, ham psixologik jixatdan tayyor bo‘lishi kerak.
Kasbni puxta egallash va fidokorona mehnat qilish uchun ilm qanchalik zarur bo‘lsa, fozil farzandlar tarbiyalash va ularni insonlarga nafi tegadigan darajada yetuk qilib tarbiyalash uchun ham bilim shunchalik muximdir. Shuning uchun o‘rta asrning ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Abdibek Sheroziy ota-onaga, ayniqsa, ayol kishiga ilmning zarurati to‘g‘risida shunday yozgan edi: “Ilm – ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan xolos etgan har bir ayol nomus, izzat, ayollikni qadrini tushunib yetadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo‘l qo‘yadi”.
Bobolar va momolar tarbiyasi. O‘zbek oilasida bola ongida sog‘lom g‘oya va bilimlar shakllanishi jarayonida oilaning kattalari –bobolar, momolar, yaqin qarindosh-urug‘lar ham bevosita ishtirok etadi. Azaliy udumga binoan, bola tarbiyasida ota-onadan ham ko‘ra bobo va buvilarning ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Ular oiladagi ma’naviy muxitning boshqaruvchilari hisoblanadi. Bunday tarbiya an’anasi buyuk jadodlarimiz taqdirida muxim o‘rin tutgan. Masalan, Amir Temurning nevaralari tarbiyasi bilan ularning onalari emas, ulug‘ bibilari, buvilari shug‘ullangan. Xususan, Shohruh Mirzo, Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzo singari temuriy shaxzodalar Saroymulkxonim qo‘lida tarbiya topgan.
Xullas, ota-ona o‘z bolasini axloqi va huquqiy madaniyati uchun jamiyat oldida javobgardir. Ota-onalik burchiga e’tiborsiz qarash fuqarolik mas’uliyatini xis etmaslik muhim ijtimoiy burchni bajarmaslik bilan tengdir. Chunki, bolani dunyoga keltirishdan ko‘ra, uni jamiyatga nafi tegadigan, sog‘lom e’tiqodli, solih farzand qilib tarbiyalash mushkulroqdir.
Mahalla – tarbiyachi. O‘zini-o‘zi boshqarishning milliy modeli bo‘lgan mahalla xalqimizning azaliy udumlari, urf-odatlari va an’nalariga tayangan holda, ulkan tarbiyaviy vazifani bajaradi. Keksalarning pand-nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjixatligi misolida odamlar ongiga ezgulik g‘oyalari singdirib boriladi.
Mahalla avvalo sog‘lom ijtimoiy muxitdir. Bu yerda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori, o‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi. Shu ma’noda mahalla, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, haqiqiy demokratiya darsxonasidir.
Mahallada keng jamoatchilik o‘rtasida mafkuraviy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, el-yurt sha’ni uchun kurash kabi fazilatlar kamol topishida mahallaning o‘rni beqiyos. Agar biror mahallada o‘sgan qiz haqida boshqa bir odam noo‘rinroq gap aytganini, o‘sha qizning mahalladoshi eshitib qolsa, shu qizning sha’ni uchun kurashadi, uni oqlashga, begona odamni esa tartibga chaqirib qo‘yishga harakat qiladi. Shu ma’noda mahalla hamjihatlik, or-nomus, birodarlik kabi fazilatlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mahalla doirasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim va savodxonlik kurslarini tashkil etish, an’anaviy bayram va tadbirlar paytida muxtoj oilalarga yordam ko‘rsatish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, ayollar nufuzini oshirish, har xil adolatsizliklarning oldini olish, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanish, o‘zaro diniy muassasalar, machitlar bilan aloqani yaxshilash, hamkorlikda tadbirlar uyushtirish va turli avlod vakillari o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish yo‘l-yo‘riqlariga o‘rgatish orqali g‘oyaviy targ‘ibot o‘ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Shunda mahalla fuqarolarni, birinchi navbatda, yoshlarni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashning xaqiqiy ta’sirchan o‘chog‘iga aylanadi.
Ikkinchidan, oilaga psixologik yordam ko‘rsatish shaxobchalarining tashkil etilishi ham oilalarda ro‘y beradigan turli muammolarning yechimini ijtimoiy uslublar vositasida hal qilish imkonini beradi. Ularning asosiy vazifalaridan biri ota-onalar va farzandlar uchun milliy mafkura ruhidagi tadbirlar va maslahatlar majmuini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish