Falsafaga kirish


Falsafani siyosiylashtirish va sxemalashtirishning oqibatlari



Download 4,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/260
Sana23.07.2022
Hajmi4,3 Mb.
#845035
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   260
Bog'liq
FALSAFAGA KIRISH MARUZA MATNI wecompress.com - копия

Falsafani siyosiylashtirish va sxemalashtirishning oqibatlari.
Falsafani 
o‘ta siyosiylashtirish ma’lum ma’noda zararlidir
.
CHunki sobiq sovet tuzumi 
davrida ayni falsafiy bilimni mutlaqlashtirish, uni siyosiy bilim doirasi bilan 
chegaralash oqibatida falsafa siyqalashdi, uning asl mazmuniga putur etkazildi. 
SHuningdek, falsafaning barcha zamonlarda va har qanday sharoitda o‘z 
ahamiyatini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan, qolgan barcha masalalarni istisno 
etadigan biron-bir bitta, birdan-bir to‘g‘ri asosiy masalasi bormi? Bizningcha, 
mazkur uzil-kesil ta’rif kontekstida bunday masala mavjud emas. Birinchidan, ayni 
holda tarixiy davrni ham, falsafiy bilimning plyuralistik tabiatini ham hisobga olish 
talab etiladi. Ikkinchidan, qandaydir bitta muammoni faqat u yoki bu muayyan 
vazifani echish maqsadida murakkab masalalarni sxemalashtirish, ataylab 
soddalashtirish to‘g‘risida so‘z yuritilayotganini tushungan holda, ma’lum darajada 
shartlilik bilan mutlaqlashtirish mumkin.
Masalan, falsafaning «borliq» va «substansiya» kabi ayniqsa keng tarqalgan 
asosiy kategoriyalari haqida so‘z yuritar va muayyan faylasuflarning ularga 
bo‘lgan munosabatini aniqlashga harakat qilar ekanmiz, «falsafaning asosiy 
masalasi»ni uzil-kesil echish tarafdorlari ilgari surgan mantiqqa muvofiq, barcha 
faylasuflarni ma’lum darajada shartlilik bilan materialistlar, idealistlar va 
dualistlarga ajratishimiz mumkin. Umuman olganda, agar, falsafada ayniqsa ko‘p 
muhokama qilinadigan muammolar doirasini aniqlashga harakat qilinayotgan yoki 
falsafa tarixini, u yoki bu falsafiy g‘oyalar, yo‘nalishlar, oqimlarning vorisiyligini 
yaxshiroq tushunish vazifasi qo‘yilayotgan bo‘lsa, bunday ajratish mutlaqo 
o‘rinlidir.
Ayni vaqtda, muammoga nisbatan yangicha yondashuvni yoki masalaning 
yangicha talqinini taklif qilishi mumkin bo‘lgan boshqacha yondashuvlar paydo 
bo‘lishi va mavjudligiga yo‘lni berkitmaslik uchun har qanday sxemalashtirish 
cheklangan xususiyatga ega bo‘lishini unutmaslik kerak.
Ayni bir masalaga boshqacha nuqtai nazardan, g‘ayrioddiy yoki mutlaqo 
kutilmagan tomondan yondashish taklif qilingan, pirovardida esa avvalgi qarashlar 
nuqtai nazaridan erishish mumkin bo‘lmagan kashfiyotlar olingan hollarga tarixda 
misollar bisyor. Masalan, geotsentrik qarashlar o‘rnini geliotsentrik qarashlar 
egallashi, nisbiylik nazariyasining paydo bo‘lishi, Rim klubiga taqdim etilgan 
«O‘sish chegaralari» ma’ruzasi va hokazolar ko‘pchilik uchun tabiiy, o‘z-o‘zidan 
ravshan bo‘lib tuyulgan narsalarga nisbatan noan’anaviy, g‘ayrioddiy yondashuv 
mahsulidir. Mazkur misollar falsafada «qat’iy», uzil-kesil ta’riflarga nisbatan 


110 
ancha ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim, zero bu ba’zan yanglishishlarning 
mustahkamlanishiga, oxir-oqibatda esa – turg‘unlik va dogmatizmga olib keladi, 
degan fikrni faqat tasdiqlaydi.
Dunyoni bilish mumkinmi, degan savolga faylasuflar tomonidan berilgan 
javoblar orasida ham ikki qarama-qarshi yondashuv ajralib turadi. Bu 
yondashuvlardan biri gnoseologik optimizm deb ataladi. Unga muvofiq insonning 
bilish imkoniyatlari umuman olganda cheklanmagan va u o‘zini qiziqtirayotgan 
tabiat va jamiyat qonunlarini kashf etish, narsalar mohiyatini aniqlash va 
dunyoning haqiqiy manzarasini yaratishga ertami, kechmi albatta muvaffaq 
bo‘ladi, deb hisoblanadi. Bunda G.Gegelni, va u yaratgan ta’limotning ko‘p sonli 
tarafdorlarini tilga olib o‘tish o‘rinli bo‘ladi.
Ikkinchi yondashuv agnostitsizm (yunon. a – inkor va gnosis – bilim) deb 
ataladi. Bu yondashuv namoyondalari dunyoni, narsalar va hodisalar mohiyatini 
to‘la (yoki hatto qisman) bilish amalda mumkin emas, deb hisoblaydi. Bunday 
qarashlar ayniqsa D.YUmga xosdir. Odatda, agnostitsizm namoyandalari qatoriga 
I.Kant ham kiritiladi, ammo bu yondashuv ancha bahsli bo‘lib, faylasuflar orasida 
munozaralarga sabab bo‘lib keladi.

Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish