Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi



Download 35,95 Kb.
Sana15.01.2022
Hajmi35,95 Kb.
#367444
Bog'liq
Oybek (1)


Toshkent Arxitektura va qurulish instituti Bino va inshootlar qurilishi fakulteti “Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi” Falsafa fanidan Mustaqil ishi

Guruh 15-20 Ngo’

Bajardi:Xudoyberdiyev O

Qabul qildi:Azimova Ch

Mavzu:A.Avloniyning ,,Madaniyat to`lqunlari“ maqolasi tahlili va taqdimot

Reja:

1.A.Avloniyning „Madaniyat to`lqunlari“ maqolasi



2.Maqolaning tahlili

3.Maqolaning bugungi kundagi ahamiyati

Abdulla Avloniyning ko`p qirrali faoliyatida yoshlarga ta’lim-tarbiya berish masalasi muhim ahamiyat kasb etgani to`g`risida ko`pgina qiziqarli ma’lumotlar bor. Millatimizning ilg`or kishilari qatori Avloniy Vatanning kelajagi yoshlar tarbiyasiga bog`liq ekanini, ularning ma’naviy barkamolligi yangi jamiyatning madaniy darajasini belgilashini chuqur anglagan. ... Avloniy «Madaniyat to`lqinlari» maqolasida shunday yozadi: «Hozir yarim asrdurki madaniyat bizni orqamizdan quviyur. Biz qirdan-qirga qochurmiz, qarshimizda maishat mashaqqatlari chiqub hujum qilur, o`ngimizdan bilimsizlik va jaholat kelub jonlarimizni siqur, so`ngimizdan musriflik, faqirlik, bid’atlar chiqub yo`limizni to`sur».

„Bu kun bir tarafda to‘lqun bo‘lsa, ertasi ikinchi tarafda boshlanub, avvalgi shovullab, qichqirub, shodligindanmi yoki boshqa bir sababdanmi bir necha sajin yuqoriga sakrashub turgon yerlari sukut va sokit bo‘lub qoladir. Shunga o‘xshash Bani bashar (Odam bolalari) orasida ham madaniyat to‘lqunlari quvishub va surishub yuriydir. Bir asr ichinda taraqqiy va madaniyat dunyosinda g‘o‘ta urub, suzishub yurgan bir qavmni ko‘rasanki, ikinchi asrda tanazzul dunyosiga yuzlanub, vahshiylik olamining eng og‘ir nuqtasiga borub yetadur. Buning sababi ijtihod va g‘ayratning ozayuvi, ittifoq, insof va adolatning yo‘qoluvi, xalqning ilmu ma’rifatdan uzoqlashub, buzuq ishlarga mayl va rag‘batlari ortuvidir.“

Ajabo! Bizlar hamon bu eskincha romka orasidan chiqub qochmak istamaymiz. Bir oz tushunmak va o‘ylamak lozimki, bu romka orasindan chiqub qochmak va qutulmak mumkinmi? Yo‘qmi? Bizim fikrimizcha, qochmoqning imkoni yo‘q, kutulmaku xalos bo‘lmakning faqat birgina chorasi bordurki, madaniyatni qabul qilmak va madaniyatga kirishmakdir. Lekin kirishganda ham madaniyatning haqiqatini bilmak va haqiqiy madaniyatga kirishmak lozimdir. Ba’zi yoshlarimizga o‘xshash usti yaltiragan, ichi qaltiragan bo‘lub, boshlariga Yevrupo qalpog‘ini kiyub «Madaniyat!», «Madaniyat!» deb og‘izlarini ko‘purturub, oz-moz musulmoncha, chala-yarim ruscha so‘ylashub kulgu bo‘lib yurmak madaniyat bo‘lmay, masxarabozlikning bir shu’basidur. Agarda tabiatning jilovini nafsimiz qo‘lig‘a bersak, ul bizlarni na yerga olub bormasun? Chiroylik va chikka bel qizlari ila o‘ynashmakni, resturan va fivaxonalarga borub, qimor o‘ynamak va ichkulik qilub, tong otquzmakni, bir oz qizishgandan so‘ng odobdan tashqari madaniyatga yarashmagan so‘zlarni aytishmakni, hatto urushmakni, jabr va zulm qilmoqni xohlaydir. Lekin madaniyat qonunida (ustofida) munday fano va buzuq ishlar bo‘lmasa kerak. Madaniy bo‘lmak va madaniyatga kirmak uchun unday yomon sifatlardan saqlanmak va hazar qilmak ila barobar haqiqiy madaniyat ilmi, maishiy va axloqiy ishlar ila uch qismg‘a bo‘linadir. Agar millat bolalari bu xislatni mukammal suratda o‘zlariga darbar olsalar, mana shul vaqtda biz «madaniyatni qabul qilduk, madaniy bo‘lduk» deb lof ursak, maqtansak kulgi bo‘lmaymiz.

Muhtaram o‘quvchilarga ibrat uchun madaniyatning koni, manbai va chiqg‘on yeri o‘lan Osiyo qit’asidagi Arabiston yarim otosini go‘starajagam. Oltinchi asrda dini mubiyn Islom ila barobar madaniyat dengizlari harakat qildi. Va bu qit’ada yashamish arablar o‘zlari borgan mamlakat va qit’alarga madaniyat suvlarini ham surub bordilar. Oradan bir asr o‘tar-o‘tmas madaniyat to‘lqunlari Osiyodan ko‘chub, Ovrupo qit’asini bosdi. Ovrupolilar hozirgi yigirmanchi asrgacha madaniyat to‘lqunlari ichra yashadilar va bu cholishqon ovrupolilar madaniyat to‘lqunlaridan qo‘rqmadilar, qochmadilar, harakat qildilar, asbob va mashinalar hozirladilar. Va bu madaniyat to‘lqunlarini o‘zlarig‘a asiru musaxxar qilub oldilar. 15 nchi asrda madaniyat suvlarini surib, Amriqo qit’asig‘a olib bordilar.

Ilm ila olam musaxxar bo‘ldi, biz johil hanuz,

Xobi g‘aflat boshimizg‘a yetsa ham g‘ofil hanuz,

Ochmayin ibrat ko‘zin biz uyqug‘a moyil hanuz,

Ilmi hikmatlarg‘a bizlar bo‘lmaduk qobil hanuz

She’rini virdi zabon qilmakdan boshqa choramiz yo‘q.

Yoshlarimizdan madaniyatga loyiq ravishda o‘qub, diniy va madaniy kishilar hozirlansa, tarbiya va ta’limg‘a mohir olim va olima, adib va adibalarimiz yetushsa, maktab va madrasalarimiz muntazam va tartiblik bo‘lsa, ziroat, sanoat va tijorat ishlariga mohir kishilar yetushub, zamonag‘a muvofiq ravishda ish yuritilsa, tartiblik «Dorul-yatim» — yetimxonalar, «Dorul-ojizin» — kambag‘alxonalar, kutubxonalar va qiroatxonalar ochilsa, shirkat (tovarishistvo)lar barpo qilinsa, yuqorida dedigimiz kabi, xalqimiz orasida zamonag‘a loyiq ulum va funundan boxabar ulamolarimiz ko‘paysa, och va yalang‘och kishilarimizning maishatlarini tuzatmak uchun harakat qilinsa, o‘qutilsa, axloq va odob o‘rgatilsa, shul vaqtda eskincha orasidan chiqub, haqiqiy madaniyat bo‘stonig‘a yuzlang‘on hamda madaniyat to‘lqunlaridan qutulub, sohili salomatg‘a chiqg‘on bo‘lur eduk. Sohili salomatg‘a chiquvimizga zamon musoid verurmi, vermasmi bilmaymiz.

Bu maqolada orqali buyuk yozuvchi Avloniy „Madaniyat to`lqinlari“ asarida hozirgi kunda gazeta va jurnallarda bong urib aytilayotgan „Ommaviy madaniyat“ deb nomlanayotgan asr balosiini tanqid qilgan. Ommaviy madaniyat ham xuddi dengiz to`lqinlari kabi avval yevropada keyinchalik esa Osiyo mamlakatlarida birin-ketin o`z ta`sirini ko`rsatmasdan qolmadi. Shuningdek adib maqolada hozirgi kundagi vatanimizdagi jiddiy muammolar chala-yarim rus tilida so`zlashadigan, bo`sh vaqtlarini bekor o`tkazadigan, kechalari tungi klublarda yuradigan, topganini xaromga sarflaydigan, qimor o`ynab ichkilik ichib, tongda yana boridan ayriladiganlar haqida fikr yuritgan.

Maqola bugungi kunda juda katta ahamiyatga ega deb hisoblayman. Chunki unda bugungi kundagi turli xil muammolar xususan „tatalizator“ kabi o`yinlarni o`ynab o`z joniga qasd qilayotgan yoshlarga taalluqli bo`lgan mavzular juda keng yoritilgan.

Bugungi kunda ko`cha ko`yda turli xil sarkasht qiluvchi ichimliklar va kimyoviy moddalardan tayyorlanayotgan tarkibida nikotini mavjud bo`lgan zararli narsalar ochiqchasiga sotilayotgani va yoshlarimiz ularning mahkumiga aylanib qolayotgani bizni zarracha qiziqtirmay qo`ydi.

Adib bu maqola orqali yoshlarimizga to`g`ri tarbiya berish kerak ekanligini ular yurtimiz kelajagi ekanligi va biz kelajagimizni qanday ko`rinishga keltirishimiz, bizning yoshlarimizga berayotgan tarbiyamizga bog`liq ekanligini ko`rsatib bermoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

www.ziyouz.com



www.cho`lpon.uz

Www.oqituvchi.net

Www.kutubxona.com

E`tiboringiz uchun raxmat!
Download 35,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish