Fan nomi: Psixologiya mustaqil ish mavzu



Download 101,5 Kb.
bet9/20
Sana28.01.2022
Hajmi101,5 Kb.
#414653
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Pedagogik psixologiya

Eksperiment metodi. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya eksperimenti turlariga bo‘linadi. Bu metod psixik holatni ta’riflashgagina emas, balki ularni tushuntirib berishga ham imkon beradi.
Kuzatishdan farqli o‘laroq, psixologik eksperiment tadqiqotchining sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, psixologik fakt aniq namoyon bo‘lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘zgartirilishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorlanishiga imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning laboratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar yordamida o‘tkazishlarida va sinaluvchining xatti-harakatalari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi (garchi, odatda, sinalayotgan kishi eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini, qonkret nimani va nima maqsadda tadqiq qilinayotganligini bilmasa ham) kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozirgi paytda laboratoriya eksperimentini ko‘pincha shunday tarzda o‘tkazishadiki, unda odam odatdagi sharoitlarda bajarishi mumkin bo‘lgan faoliyatning ba’zi psixologik jihatlari modellashtirilib qo‘yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina hissiy zo‘riqish vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan, kasbi-kori uchuvchi bo‘lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul qilishi mumkin. Yuksak darajadagi uyg‘unlikni taqazo etadigan murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi ko‘rsatkichlarga munosabat bildirishi va hokazolar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910 – yilda А.F. Lazurskiy taklif etgan) mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o‘tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirishi lozim.
Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish to‘g‘risidagi ko‘rsatmaga bog‘liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga misol bo‘la oladi. Bolalardan bir guruhi o‘rganilishi lozim bo‘lgan material bilan tanishtiriladi va ushbu material yuzasidan ertasiga so‘ralishini aytadi. Boshqa bir guruhda esa o‘quv materiali xuddi shunday tarzda o‘tilib bo‘lgach, bolalarga o‘tilgan dars bir haftadan so‘ng so‘ralishi aytiladi. Haqiqatda esa har ikkala guruhda ham bolalardan ikki haftadan keyin so‘ralgan. Ana shu tabiiy eksperiment jarayonida materialni uzoq vaqt xotirada saqlab qolishga mo‘ljallangan yo‘l- yo‘riqning afzalliklari aniqlanadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment psixologik-pedagogik eksperiment deb ataladi. Har xil yosh bosqichlarida bolalarning bilish imkoniyatlarini o‘rganishda, bola shaxsini shakllantirishning qonkret yo‘llarini aniqlashda uning roli benihoya kattadir. Psixologik-pedagogik eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi, shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari. Aniqlovchi eksperimentda sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish
darajasi aniqlanadi. Masalan, boladagi xotiraning rivojlanish darajasi “Meyli” testi yordamida aniqlanishi mumkin. Shakllantiruvchi eksperimentda aniqlangan psixik jarayon me’yordan orqada bo‘lsa, uni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Nazorat tajribalarida shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligini aniqlash uchun diagnostik metod yana bir marta takroran o‘tkaziladi.”Meyli” testi yana bir bora o‘tkazilib, maxsus matematik- statistik metodlar yordamida shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligi aniqlanadi.

Download 101,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish