T
opishmoqlar
Kichkina dekcha,
I
chi to’la mixcha.
Yer tagida oltin qoziq,
U
hammaga bo’lar oziq.
Pishsa bemaza,
Pishmasa maza.
Laylakvoy: Rahmat, bolajonlar. Men sizlar bilan vaqtimni samarali o’tkazdim. Menga ko’p jumboqlarni hal etishga yordamlashdinglar. Men endi qaytaman. Sizning yurtingizga esa yozda qaytib kelaman.
O’qituvchi: Xayr, Laylakvoy. Biz seni yozda mana bu qo’shiq bilan kutib olamiz.
O’quvchilar: “Laylak keldi - yoz bo’ldi” qo’shig’ini kuylaydilar.
(Qo’shiq)
Laylak boradi toqqa,
Quloqlarida halqa.
Halqasi tushib qoldi,
O’tirdi yig’lamoqqa.
Men bobo hoji edim,
Qizlarga boshchi edim.
Qizlar o’yin tushganda,
Men nog’orachi edim.
Laylak keldi, ilon, qoch,
Bola – chaqang olib qoch.
Yangi to’ning kiyib qoch,
Eski to’ning tashlab qoch.
So’ng “Laylakvoy” xayrlashib chiqib ketadi.
O’qituvchi darslikdagi boshqotirma va rebusni hal etishni aytadi. O’quvchilar bu topshiriqni ham hal etadilar.
Boshqotirma
Katakchalarni to’g’ri to’ldirsangiz, quyida berilgan maqolni bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |