Fanga kirish, uning rivojlanish tarixi. Elektr yuritmaning ishlab chiqarish korxonalaridagi o`rni



Download 53 Kb.
bet1/2
Sana28.02.2022
Hajmi53 Kb.
#475603
  1   2
Bog'liq
1 - maruza


1 – ma’ruza: Kirish. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida sifatli mahsulot ishlab chiqarishda andozaviy texnik majmualarning avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarining tutgan o`rni


Reja:

  1. Fanga kirish, uning rivojlanish tarixi.

  2. Elektr yuritmaning ishlab chiqarish korxonalaridagi o`rni.

  3. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarining klassifakatsiyasi

Tayanch soz va iboralar: andozaviy texnik majmua, hisoblash texnikasi, energiya tejamkorlik yo`nalishlari, motor, uzatma, ishchi organ, tok turi, texnologik jarayon tuzulishi, boshqarish tizimlariga ko`ra elektr yuritma, avtomatlashtirilgan elektr yuritma.

  1. Fanga kirish, uning rivojlanish tarixi.

Elektr yuritmaning tarixi XIX asrning birinchi yarmidan, ya’ni magnit maydonining tok oqayotgan o‘tkazgich bilan o‘zaro mexanik ta’siri to‘g‘risidagi qonun, elektromagnit induksiya qonuni hamda bu qonunlar asosida aylanuvchi harakatni amalga oshiradigan o‘zgarmas tok elektr dvigatelini kashf etilishidan boshlangan. Keyinchalik o‘zgaruvchan tokni uzatishning uch fazali tizimini, transformator va asinxron dvigatelning yaratilishi elektr yuritmani sanoatda keng qo‘llash imkoniyatini yaratdi.
So‘nggi yillarda turli konstruksion va ko‘rinishdagi elektromexanik o‘zgartgichlardan foydalanish, hisoblash texnikasi vositalarini boshqarish tizimlariga keng ko‘lamda qo‘llash va elektr yuritmaning boshqa funksiyalarini avtomatlashtirish tufayli elektr yuritma nazariyasida yangi yo‘nalishlarga asos solindi.
Birinchi yo‘nalish — elektromexanik o‘zgartgichlardan elektromagnit, pyezokeramik va boshqa dvigatellarning yangi konstruksiyalari xususiyatlarini kengroq o‘rganish.
Ikkinchi yo‘nalish — elektr yuritma tizimi dinamikasini tadqiq etishning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligi.
Uchinchi yo‘nalish — yuritma va uning elementlari tavsifini hisoblashning an’anaviy usullaridan voz kechib, yangi samarali usullarni yaratish va ularning dastur ta’minotini amalga oshirish.
Тo‘rtinchi yo‘nalish — energiya tejamkorligini ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarini ishlab chiqish va ularni amalda tatbiq etish.
Hozirda komplekt yuritmalar, ularning kuchli qismlarini boshqarishning kompyuter tizimi yaratilgan bo‘lib, bular yuqorida keltirilgan yo‘nalishlarni ma’lum darajada hal etish imkonini beradi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 60% dan ortiqrog‘i ish mexanizmini harakatga keltiruvchi avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar tomonidan iste’mol qilinmoqda. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, kommunal va boshqa tarmoqlarning barcha sohalarida, turli mashina va mexanizmlar hamda qurilmalardan keng foydalaniladi. Har qanday mexanik jarayonni amalga oshirish uchun mexanizm va mashinaning ish organini harakatga keltirish darkor. Bu esa yuritma vositasida amalga oshiriladi, xususan, elektr energiya mexanik energiyaga aylantiriladi.
Yuritma energiyani ma’lum yo‘naltirilgan maqsadda o‘zgartirishi kerak. Shuning uchun uning tarkibiga bu funksiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalar va boshqaruv vositalari kiritilishi darkor. Bu maqsadga elektr yuritma yordamida avtomatik boshqaruv asosida erishiladi.


  1. Download 53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish