Tayanch tushunchalar.
Animalist (lotincha «animal» hayvon) - hayvonlarni tasvirlovchi rassom.
Kompozitsiya (lotincha «compositio» tuzilish, qurilish) - badiiy asardagi obrazlar va
badiiy vositalarning muayyan g„oyaviy maqsadga xizmat qiladigan tartibda joylashishi.
Savollar:
1. San‟at tarixi nimani o„rgatadi?
2. Tasviriy san‟at turlari haqida so„zlang.
3. Tasviriy san‟at janrlarini gapirib bering.
2-MA’RUZA
MAVZU: Ibtidoiy jamoa davri san’ati. Ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti
bosqichlari. O‘rta Osiyo, O‘zbekiston hududidagi ibtidoiy jamoa davriga mansub
yodgorliklar.
Kulolchilik, toshtaroshlik va haykaltaroshlik san’ati.
REJA:
Er. av. 3 ming yillikgacha bo„lgan davrda Tosh asri, er. av. 3-2 ming yillikdagi
bo„lgan mis va bronza asri, er. av. 1 ming yillikda temir asri to„g„risida to„liq ma‟lumot
berish.
SHu davrdagi me‟morchilik, tasviriy va amaliy-dekorativ san‟at.
O„rta Osiyo, O„zbekistonning ibtidoiy davrdagi yodgorliklari bilan keng
tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |