Fanidan mavzular majmuasi


O’tkir obstruktiv bronxit va bronxiolit



Download 0,64 Mb.
bet6/42
Sana23.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#575529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
TIBBIY BIOLOGIK VA IJTIMOIY SOG\'LOMLASHTIRISH ASOSLARI MAJMUA1 (2) copy (1)

O’tkir obstruktiv bronxit va bronxiolit


O’tkir obstruktiv bronxit (OOB) - bronxlar obstruksiyasi sindromi bilan kechadigan kasallik. Kattalarga qaraganda, bolalarda ko‘p uchraydi, og‘irroq kechadi. Zamonaviy tasavvurlarga kora o‘tkir bronxiolit OOBga kiradi, mayda bronxlar va bronxiolalarning virusli etiologiyali zararlanishi bilan kechadi. O‘tkir bronxiolit bilan asosan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Etiologiyasi. O‘tkir obstruktiv bronxit va bronxiolitda asosiy etiologik omil RS-viruslar, paragripp III turidagi viruslar, adenoviruslar hisoblanadi. Katta yoshdagi bolalarda o‘tkir obstruktiv bronxit rivojlanishida miko‘plazmalar va Ch. Rneumoniae asosiy o‘rinni o‘ynaydi.

Ekssudativ-kataral va limfatiko-gipoplastik konstitusiya anomaliyalari bor bolalarda bronxobstruksiya sindromi rivojlanishiga moyillik yuqori bo´ladi. Bronxlar diametrining kichrayishida, bronxial sekretning suvsizlanishi obstruksiyaning boshqa komponentlariga bog‘liq, bu esa ko‘p ishlab chiqarilgan bronxial sekretning yuqori yopishqoqligiga olib keladi va qattiq shilliq to‘siqning rivojlanishiga sabab bo‘ladi, natijada nafas yollarini to′sib qo‘yadi. Balham reologik xususiyatining o‘zgarishi (yopishqoq sekret) mukovissidozda bronxial obstruksiya shakllanishining asosiy sababi hisoblanadi. Siliar diskineziya sindromida o‘zgarmagan yo‘ki infisirlangan bronxial sekret evakuasiyasi buziladi. Bronxlar shilliq mushaklarining spazmi - tez rivojlanadigan va yengil qaytuvchi obstruksiya komponenti. Bola yoshi kattalashgan sari va obstruksiya epizodlari qaytalanishida u katta ahamiyatga ega. Tez-tez qaytalanuvchi yoki uzoq vaqt davom etuvchi spazm bronxlar shilliq mushaklari spazmiga olib keladi.


Bronxlar o‘tkazuvchanligining buzilishida opkaning shishi, havo yollarining emfizematoz o‘pka to′qimasi bilan bosilishi obstruksiyani kuchaytiradi. Yuqorida keltirilgan obstruksiya mexanizmlaridan tashqari, timomegaliya, ko‘krak ichi limfa tugunlarining kattalashishi, o‘pkaning tugma bolakli emfizemasi, diafragmal churra, oraliq devor osmasida kompressiya natijasida nafas yo′llarining torayishi kuzatiladi.


O‘tkir bronxiolitda epiteliy deskvamasiyasi bo‘ladi, kiprikchalari bo‘lmagan osuvchi qavat hujayralari bilan almashinadi. Bu mayda bronxlar va bronxiolalar shilliq qavatining erta zararlanishi hisoblanadi. Epiteliylar, fibrin tolalari, shilliq mayda bronxlar va


bronxiolalarda qattiq tiqin hosil qiladi, bu bronxiolalarning toliq yo‘ki qisman obstruksiyasiga olib keladi.



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish