Fanidan tayyorlagan



Download 58,37 Kb.
Sana13.04.2022
Hajmi58,37 Kb.
#548779
Bog'liq
2 pedagokika


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

KI ” FAKULTETI
3 – BOSQICH DI 11-19 GURUH TALABASINING
Pedagokika Pisihalogiya
FANIDAN TAYYORLAGAN


2-Mustaqil ishi

Bajardi: Qobilov Shohsuvor
Qabul qildi: ________________

REJA
AXLOQ VA DIN
EKOLOGIK TARBIYA
Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir ko‘rsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani o‘rganadi..
Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim o‘rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o‘tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido – yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning o‘zaro kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida o‘zini anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik o‘rtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda o‘zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so‘nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o‘ziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq meʼyorlari ham bor. Bunday axloq meʼyorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali taʼsir ko‘rsatadi.
Axloq va din
Axloqning shakllanishida va uning ijtimoiy o‘rnida dinning ahamiyati katta. Dinning asosiy maqsadlaridan biri, insonga yomonlikning zararlarini bayon qilish hamda yomon yo‘lga kirib ketganlarni to‘g‘ri yo‘lga daʼvat etishdir. Dinlarda to‘g‘ri yo‘lga chorlash, umuman yaxshilik va yomonlik tushunchasi turlicha bo‘lishi, hatto bir-biriga zid kelishi mumkin. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda bilan yomonlik va yovuzlik xudosi Axramanyu o‘rtasidagi kurash abadiy davom etadi, axloq bu kurashning ifodasidir, degan g‘oya ilgari suriladi. Xristianlik, yahudiylik va boshqa dinlarda ham yaxshilik va yomonlikning o‘z ifodasi bor. Islomda, uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda axloq masalasiga alohida eʼtibor berilgan. Qur’oni Karim bajarishga buyurgan yaxshi xulqlarga insonlar amal qilishsa, o‘zlari uchun katta baxtga sazovor bo‘ladilar. Qur’oni Karimda to‘g‘ri yo‘lga yurishlik istiqomat (o‘zini o‘zi isloh qilish) tushunchasida ifodalangan. Qur’onda istiqomatda bo‘lganlarga, yaʼni o‘z-o‘zini isloh qilganlarga katta vaʼdalar berilgan: „Kim bunday jabru zulmidan keyin tavba qilib, o‘zini tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qilar“ („Moida“ surasi, 39-oyat). Istiqomat gunoh ishlarni qilib qo‘yganlar uchun qalbini poklash sari umid tug‘diradi va ularni noumidlikdan qutqarib yangi saodatli hayotga chorlaydi. Islomda oliyjanob axloqning eng muhim tushunchalari taʼriflanib, insoniyatni ularga amal qilish sari undaladi. Bular – ehson (yaxshilik qilish), kechirimli bo‘lish, sabr-qanoat, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, ota-onani, o‘zidan katta yoshlilarni hurmat qilish, or-nomus, sadoqat va boshqalardir. Ayni vaqtda yomon xulq-atvor tushunchalarining mohiyati ham ko‘rsatilib, ulardan saqlanishga undaladi.
Ekologik tarbiya.

Ekologiya, atrof-muhit, jonli-jonsiz tabiat, ekologik ong ekologik madaniyat,


kamolot, shallar, usullar. Ekologik tarbiya ekologiya fanini maqsadini amalda yuzaga keltirish, atrof-muhitni biz xoxlagan darajada tabiiyroq, ekologik toza
bo`lishidagi ishlarni o`rgatadi ko`rsatmalar beradi. «Ekologya» yunoncha so`z bo`lib tirik mavjudodlarning yashash sharoiti va tevarak atrofdagi muhit bilan o`zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga kelgan qonuniyatlarini
o`rganadagin fandir. Ekologiya fani qadimdan yuzaga kelgan fan emas. Ekologiya fani insonni qiziqishi, bilishdagi fikr mulohaza yuritishlardan kelib chiqkan fan emas, ekologiya fani zaruriyatidan inson o`z manfatini ko`zab uni tabiiy ko`rinishlarini buzib, undan to`xtovsiz foydalanib uni ko`rimsiz bo`lgan ahvolga solib qo`ygach va endi yana o`z manfati uchun kelajak avlod oldidagi o`z burchini xis etgan xolda tabiiy ko`rinishini o`z xotasida xulosa chiqargan xolda tiklash zaruriyatdan kelib chiqqan fan deyish mumkin.

Ekologiya fani tabiiysi, yevropada kelib chiqkan. Chunki insoniyatning o`zi


ijtimoiy rivojlanishida, atrof muhitni tabiiyligini ta`siri dastlab yevropada edi. Chunki insonni ijtimoiy ong rivojlanishi, inson manfati qilingan ishlab chiqarishdagi yutuqlari, jamiyat rivoji dastlab yevropada edi. Ekologiya atamasini
1866 yilda nemis zoolog olimi Geksel tomonidan fanga kiritilgan edi. Yaqin vaqtlargacha bu atama faqat mutaxassislargagina ma’lum edi. Endilikda atrof muhitga tabiat boyligiga e’tiborsiz bo`lish butun sayyoraga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi aniq bo`lib qoldi.
Inson bilan tabiat o`rtasidagi munosabatdlar muammolarini yechiqh zarurati tug‘ildi. Shu borada ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish asosiy ishlardan biri bo`lib qoldi. O`quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, bularda tabiat,
Atrofmuhit bilan qanday munosabatda bo`lishni o`rgatish pedagogika nazariyasi
va maktablar amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi. Chunki insonning onggi oshgan sari progressiv jamiyat ko`rinish bergan sari, insonning yer yuzasidagi roli oshgan sari yer yuzasi uni soni oshgan sari tabiatdan faqat foydalanigina qolmay, undan keyin foydalana borish uchun endi u haqda o`ylash, fikrlash, unga munosabatni to`g‘ri yo`lga qolish kerak bo`lib qoldi.

O`zbekiston Konstitutsiyasining 18 moddasida yer va yer osti boyliklarini,


suv manbalarini, o`simlik va hayvonot dunyosini qo`riqlash, bu boyliklardan ilmiy
asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz
ko`paytirib borishni ta’minlash insonning atrof-muhitni yahshilash uchun chora va
tadbirlar ko`rishi zarurligi ta’kidlangan.
O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi qabul qilingan «Tabiat muxofaza qilish to`g‘risida» gi qonuni, «Sog‘lom avlod uchun» ordenining ta’dbik etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta’lim\tarbiya konsepsiyasi» ning ishlab chiqilishi, Eqosan jamg‘armasining tuzilishi mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf etishga kirishilganidan dalolat beradi. Ayniqsa, umum ta’lim maktablarida ham ekologik yo`nilishdagi sinflarning tashkil etilishi, bu asosda litsey maktablarining shakllanishi yosh avlod maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruxida tarbiya berishga astoydil kirishilganini ko`rsatadi. Maktabni bitirib mustaqil hayotga qadam qo`ygan har bir yosh, qanday ixtisos egasi bo`lishidan qat’iy nazar, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga oid nazariy va amaliy bilimlarga ega bo`lishi kerak.
Download 58,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish