Fanni o‘qitish va maqsadlari. O‘lchash, Baholash Reja



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana08.02.2022
Hajmi0,79 Mb.
#435829
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu.Fanni o‘qitish va maqsadlari

g
l
/
ko‘rinishdami yoki T = 2π
g
l
/
bo‘lishi, bu yerda g - 
erkin tushish tezlanishi bo‘lib, har qanday tezlanish kabi uning o‘lchamliligi [L/T2] 
ga teng) tenglamani yodingizga keltira olmayapsiz. (Mayat tebranishining davri 
uchun to‘g‘ri tenglama 11- bobda olinadi, bu yerda bizni faqat l va g kattaliklar l/g 
yoki g/l nisbat ko‘rinishida kirishi qiziqtiradi). O‘lchamlilikning tahlili birinchi 
tenglama to‘g‘riligini ko‘rsatadi: 
[T] = 
 

  
 
T
T
T
L
L


2
2
/

Shu vaqtning o‘zida ikkinchi tenglama xato, chunki
[T] = 


 
 
 
T
T
L
T
L
1
1
/
2
2


2π doimiy ko‘paytuvchining o‘lchamsiz kattalik ekanligiga va yakuniy natijaga 
kirmasligiga e’tibor bering. 
XULOSA 
(ushbu kitobning har bir bobining oxirida paydo bo‘ladigan xulosa bobning asosiy 
g‘oyalarining qisqacha obzorini beradi. Xulosa, bobni sinchiklab o‘qish yordamida 
amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan, materialni tushunish uchun oriyentir bo‘lib 
xizmat qila olmaydi). 
Fizikaga boshqa fanlarga xos bo‘lgani kabi ijodiy ibtido xos bo‘lib, u dalillarning 
oddiy to‘plami emas. Kuzatilayotgan hodisani tushuntirish uchun muhim 
nazariyalar yaratiladi. Bu nazariyalar bashorat qiladigan natijalar eksperiment 
(tajriba) natijalari bilan taqqoslanib “tekshiriladi”, shundan keyingina ular qabul 
qilinishi yoki rad etilishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, umumiy holatda 
nazariya shu so‘zning tom ma’nosida “isbotlanishi” mumkin emas. 
Konkret (aniq) hodisa yoki ma’lum hodisalar to‘plamini tushunish uchun olimlar 
modelni – o‘ziga xos namoyish yoki hodisani tushuntirish qobiliyatiga ega shunga 
o‘xshashni taklif qilishlari va shunday qilib, uni tushunishni osonlashtirishlari 
mumkin. Model asosida rivojlantirilgan nazariya ko‘plab holatlarda oddiy modelga 
qaraganda nisbatan chuqurroq va nisbatan murakkabroq bo‘lib qolishi mumkin. 
Ilmiy qonun bir qator holatlarda hodisalarning konkret (aniq) to‘plamining 


miqdoriy tavsifini beradigan formulalar ko‘rinishida ifodalangan aniq tasdiqdan 
iborat bo‘ladi. 
O‘lchashlar fizikada hal qiluvchi rolni o‘ynaydi va ular hech qachon absolyut aniq 
bo‘la olmaydi. Shuning uchun o‘lchashlardan olinadigan istalgan son uchun ushbu 
o‘lchashning xatoligi bevosita 
±
yoki belgilardan foydalangan holda, yoki ushbu 
sonni anglatuvchi raqamlarning to‘g‘ri miqdorini saqlagan holda yozish orqali 
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
Barcha kattaliklar standart kattaliklar yoki o‘lchov birliklari orqali ifodalanadi, 
buning ustiga istalgan holatda tegishli o‘lchov birliklari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
Xalqaro birliklar tizimi ( XBS)da uzunlik, massa va vaqtning standart birliklari 
bo‘lib metr, kilogramm va sekund hisoblanadi. Birliklarni o‘zgartirishda birliklarni 
to‘g‘ri annullyatsiyalash uchun qayta hisoblashning barcha koeffitsientlari 
tekshiriladi. 
Kattaliklarning tartibi bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘pol baholashlar fanda ham, kundalik 
hayotda ham juda foydali hisoblanadi. Biror bir kattalikning o‘lchamliligi, berilgan 
kattalik tashkil topgan asosiy kattaliklar o‘lchamliligining kombinatsiyasi, 
masalan, (tezlik) o‘lchamliligi [uzunlik/vaqt] yoki [L/T] hisoblanadi. Ushbu nisbat 
(tenglama)ga kirgan kattaliklarning o‘lchamliligini qarab chiqqanda, u yoki bu 
nisbatning to‘g‘riligini tekshirish, ba’zi holatlarda esa izlanayotgan nisbatning 
umumiy ko‘rinishini topish mumkin. 
Harakati o‘rganilayotgan jismning kattaligi va shakli kuzatilayotgan sharoitda hech 
qanday axamiyatga ega bo‘lmasa, bunday jism moddiy nuqta deb qaraladi. 
Sanoq sistemasi. Istalgan bir jismning harakati boshqa bir jismga yoki bir-birlariga 
nisbatan olib o‘rganiladi. Sanoq sistemasi sifatida biror qattiq jism bilan 
bog‘langan, o‘zaro bir-birlariga tik bo‘lgan 3 ta o‘qdan iborat bo‘lgan dekart 
koordinatalar sistemasi qo‘llaniladi. Bunday sanoq sistemasi moddiy nuqta deb 
qaralishi mumkin bo‘lgan jismning istalgan vaqda fazodagi o‘rnini to‘la aniqlash 
imkonini beradi. Nuqtaning fazodagi o‘rnini X, Y va Z koordinatalari orqali 
aniqlanadi. 
Radius – vektor va trayektoriya tushunchasi. Koordinatalar boshidan 
kuzatilayotgan nuqtaga o‘tkazilgan Z vektorning koordinata o‘qlaridagi 
proeksiyalari nuqtaning koordinatalariga mos ravishda tengdir, ya’ni rx = x; ry = y 
va rz = z. Agar nuqtaning fazodagi o‘rni o‘zgaradigan bo‘lsa, 
r
ham o‘zgaradi. 
Shuning bilan bir qatorda nuqtaning X, Y, Z koordinatalari ham o‘zgaradi. Bundan 
ko‘rinadiki, nuqtaning istalgan vaqtda fazodagi o‘rnini, koordinatalari yoki 
r
vektori orqali ifodalash mumkin ekan. 
Nuqtaning fazodagi o‘rnini to‘la ravishda aniqlashga imkon beruvchi bunday 
vektor radius-vektor deb ataladi. 
Harakat qilayotgan jismning berilgan vaqt oralig‘idagi harakat trayektoriyasi 
deganda, shu oraliqdagi vaqtning har qanday qiymatlarida kuzatilayotgan jismning 
fazodagi o‘rinlarini ifodalovchi nuqtalarning o‘zaro qo‘shilishidan iborat bo‘lgan 
chiziqni tushuniladi. 
Tezlik. Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning fazodagi o‘rnini ifodalovchi x, y, z 
koordinatalar va 
r
radius-vektor vaqt o‘tishi bilan uzluksiz o‘zgarib boradi. 


Koordinatalarning va unga mos ravishda 
r
radius-vektorning birlik vaqt oralig‘ida 
o‘zgarish miqdorini aniqlovchi fizik kattalik - tezlikni kiritaylik:
Moddiy nuqta biror trayektoriya bo‘yicha harakatlanayotgan bo‘lib, biror t vaqtda 
uning fazodagi o‘rni 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish