Fanni o‘qitishdan maqsad fitots noz yoki o‘simliklar jamoasi, fitots noz



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/83
Sana16.03.2022
Hajmi3,12 Mb.
#495601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
geobatanika

Fitotsenoz.
Sizga ma’lum bo‘ldiki, fitotsenoz o‘simliklar jamoasi bilan bir
narsa hisoblanadi va quyidagicha ta’riflanadi: “Tashqi muhit bilan doimiy aloqada
bo‘ladigan, ma’lum bir hudutda uchraydigan o‘simliklar guruhi fitotsenoz” deb
ataladi. Fitotsenozga o‘rmon, o‘tloq, cho‘l, sahro, tog‘, yaylov, botqoq, to‘qaydagi
o‘simliklar jamoasi kiradi. Bular ham, o‘z navbatida, kichik-kichik bo‘laklarga
bo‘linadi. Masalan, cho‘l fitotsenozi, qumli cho‘l, shuvoqli cho‘l, gipsli cho‘l,
sho‘rli cho‘llar fitotsenoziga bo‘linadi.
V. N. Sukachev
va P. D. Yaroshenkolarning ta’kidlashicha, qishloq xo‘jalik
ekinlari, bug‘doy, arpa, sholi, g’o’za ekiladigan yerlar ham senozning bir turi,
ya’ni
agrofitotsenoz
deb ataladi. Sababi bu maydonlar inson xo‘jalik faoliyati
natijasida sun’iy yaratilgan maydonlardir. Fitotsenoz o‘simliklar qoplamining sifat
jihatidan ajralib turuvchi qismidir. Fitotsenoz terminini Sukachev 1954-yilda fanga
kiritgan. Fitotsenoz ma’lum sharoitdagi tuban va yuksak o‘simliklar majmuasi
bo‘lib, ular doimiy ravishda bir-biri bilan aloqada bo‘ladi. Bular hamma vaqt
o‘ziga xos muhit hosil qiladi.
Fitotsenozda ko‘plab turlar mavjud bo‘lib, alohida turlarning har xil
holatdagi (urug‘, ko‘chat, yetilgan, qari,
quriyotgan) individlar
yig‘indisi senopopulyatsiya deyiladi.
Har qanday fitotsenoz biotsenozning
muhim bir qismi hisoblanadi. Geobotanika
fani o‘simliklarni ikki tomonlama o‘rganadi.
Birinchidan, o‘simliklarning tarkibiy
qismiga kirgan o‘simlik turlarini,
ikkinchidan,
o‘simliklar jamoasini,
qoplamini o‘rganadi. Shu nuqtayi nazardan,
ikkita tushunchani aniqlash shart.
1-rasm
.
V. N. Sukachev
.
1. O‘simliklar florasi
. O‘simliklar
florasi o‘simlik turlarining qa-dimdan hosil bo‘lgan guruhi. Bu ma’lum geografik


9
joyga tegishli bo‘lib, uning hozirgi tabiiy sharoiti o‘tmishi bilan bog‘liq. Yer
yuzasidagi bosh-qa floralar bilan doimiy munosabatda bo‘ladi. Flora tushunchasi
ma’lum hududdagi barcha o‘simliklarning turlarini o‘z ichiga oladi. Qisqacha
aytganda ma’lum bir joyda o‘suvchi o‘simlik turlarining yig‘indisi yoki ro‘yxatini
tushunamiz.
O‘zbekiston o‘simliklarga boy o‘lka. Olti jildlik “O‘zbekiston flo-rasi”
nomli yirik asarda ko‘rsatilishicha, mamlakatimizda 4148 turga mansub yovvoyi
holda o‘suvchi o‘simliklar uchraydi. Respublikamiz-ning boy xazinasi hisoblangan
bu o‘simliklar turi cho‘l mintaqasidan tortib, to yaylov mintaqasigacha keng
tarqalgan.
O‘zbekistonning yetuk botanik, geobotanik va sistematik olimi, akademik K.
Z. Zokirov Zarafshon tog‘ining boshlanishidan uning quyi etagigacha bo‘lgan
yerlardagi o‘simliklar qoplamini uzoq yillar ilmiy yo‘nalishda o‘rganib, cho‘ldan
yaylovgacha bo‘lgan yerlarda har xil o‘simlik qoplamida 2600 ga yaqin tur
uchrashini e’tiborga olib, to‘rtta: cho‘l, adir, tog‘, yaylov mintaqalariga bo‘lishni,
taklif etadi. Bu atama-larni butun O‘zbekiston va O‘rta Osiyo uchun qo‘llashni
tavsiya qiladi. Biz hozirgi vaqtda qaysi region o‘simliklar qoplamini o‘rgansak,
shu atamalarni keng qo‘llab kelamiz. Odatda mintaqalar ma’lum bir takso-nomik
birlikka asoslanadi, ya’ni o‘simliklar qoplami, jamoa tarqalgan tuproq hamda
dengiz sathidan balandligiga e’tibor beriladi.

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish