Fanning mazmuni, predmeti va vazifalari



Download 28,31 Kb.
bet5/5
Sana28.02.2022
Hajmi28,31 Kb.
#474931
1   2   3   4   5
Bog'liq
menejment

Modellashtirish.
Model o‘zi nima? Menejment ilmi ishlatadigan ayrim modellarni kompyutersiz amalga oshirish murakkab bo‘lsa-da, modellashtirish konsepsiyasi oddiy. Shennonning ta ’rifiga binoan: «Model - bu obyektning, tizimning yoki g ‘oyaning butuniikning o'zidan farqli m a’ium bir shaklda taqdim etilishi». Masalan, tashkilot sxemasining o ‘zi uning tuzilishini ifoda etadigan modeldir. Ushbu kitobda tavsiflangan hamma menejment nazariyalari tashkilot yoki uning qandaydir kichik tizimi ishlash modelining mohiyatidir. Siz ko‘p o‘tmay modellarning boshqa - sizga tanish bo'lgan misollari borligiga ishonch hosil qilasiz.
Qo'llanilayotgan modelni real hayotiy vaziyatni soddalashtirishning asosiy xususiyati deb hisoblasa bo'ladi. Model shaklida murakkablik kamroq bo‘lgani va ishga tegishli bolmagan, real hayotda muammodan chalg‘itadigan m a’lumotlarning yo‘q bo‘lib ketishi sababli u rahbarda uning oldida paydo bo‘layotgan muammolarni tushunish va hal etish qobiliyatini oshiradi. Model, shuningdek, rahbarga o ‘z tajribasini va mulohaza qilish qobiliyatini ekspertlar tajribasi va mulohaza qilish qobiliyati bilan mujassamlashtirishga yordam beradi. M odellashtirish zarurati. Real hayot bilan to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri o ‘zaro m unosabatda bolish o ‘rniga model ishlatishni shart qilib qo'yadigan bir necha sabablar mavjud. Ularga ko‘pchilik tashkilotlarda vaziyatlarning tabiiy murakkabligi, real hayotda, zarur bo'lganda, ilmiy tajribalarni o'tkazishning imkoni bo'lmasligi va rahbariyatning kelajakka qarashi taalluqlidir. Murakkablik. Hamma menejment maktablarida boiganidek, menejment ilmi real olamning tashkilot muammolarini hal etishda foydali boiishiga intiladi. Insonning model yordamida reallik bilan o ‘zaro m unosabatda bo‘lganida qobiliyatlarining oshishi g'alati ko'rinishi mumkin. Ammo bu shunday, chunki tashkilotning real hayoti nihoyatda murakkab va muayyan muammoga taalluqli o'zgaruvchan miqdorlarning faktik soni har bir kishining qobiliyatidan ancha ortiq bo‘ladi hamda uni real hayotni modellashtirish yordamida soddalashtirib anglash mumkin. Ilm iy tajriba o'tkazish. Muammolarni hal etish alternativ variantlarni sinab ko'rish va tajribada tekshirish m a’qul bo'lgan menejment vaziyatlari ko‘p uchraydi. Albatta, rahbarlarning yangi mahsulotga, avvaldan uning ko‘zlaganday ishlashi va iste’molchilar tomonidan qabul qilinishini tajribada aniqlamasdan, millionlab dollarlarni tikishi noto‘g ‘ri bo'ladi. Real hayotda muayyan tajribalar o'tkazish mumkin va shart. «Boing» firmasi yangi samolyotni, «Nissan» yangi avtomobilni, «IBM» yangi kompyuterni loyihalashtirayotganda ular har doim namuna ishlab chiqib, uni real sharoitda tekshiradi va undan keyingina keng ko'lamli ishlab chiqarishni boshlaydi. Lekin, bunday ko‘rinishdagi to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri tajriba o'tkazish qimmat bo'lib, vaqt 14 talab qiladi. Tasavvur qiling, agarda «Jeneral Elektrik» firmasi firma muhandislari tomonidan faqat potensial takomillashtirishlar deb o'ylab topgan mingta qismlarni ishlab chiqarib, sinab ko‘rsa, avtomobil qanday qiymatga ega bo‘lar va undagi yangiliklar qancha kam bo‘lar edi. Bunday holatda modellar yordam beradi. Qaror qabul qilish kerak bo‘lgan, lekin real hayotda tajriba o'gkazish mumkin bo'lmagan behisob tang vaziyatlar mavjud. Masalan, «Folksvagen» firmasi AQShda ishlab chiqaruvchi korxona qurishga qaror qilganda, unga yetarli ish kuchi, m a’qul bo'ladigan soliq solish shartlari, mavjud va zarur materiallarni olishda va tayyor avtomobillarni yuklab jo'natishda iqtisodiy jihatdan qulay joyni tanlashiga to'g'ri keldi. Unga «Rebbit» modelining ko‘p minglab qismlarini yig‘ish navbatini aniqlash, zavodning o ‘zi qay bir qismlarni ishlab chiqarishi, qay birini esa sotib olishi mumkinligini bilib olish, har bir qismning zarur zaxira darajasini belgilashga to ‘g ‘ri keldi. M a ’lumki, firma bu muammolarni tajriba sifatida har bir imkoni bor joyda bir necha loyihalar bo'yicha zavod qurib hal qila olmasdi.
M enejm entning kelajakka yo‘naltirilganligi To'g'ridan-to'g'ri tajriba o'tkazish mumkin bo'lmagani kabi, mavjud bo'lmagan va hech qachon bo'lmaydigan hodisani kuzatish mumkin emas. Ammo, ko‘p rahbarlar faqat real va xis qiladigan narsani ko'radi, natijada, mavjud bo'lmagan va hech qachon bo'lmaydigan hodisa qandaydir ko'rib bo'ladigan narsaga qaytishi lozim bo'ladi. Modellashtirish - bugungi vaqtga kelib kelajak variantlarini ko'rishning va alternativ qarorlarning potensial oqibatlarini obyektiv solishtirishga imkon beradigan aniqlashning yagona tizimlashtirilgan usuli. Devid B. Xersning ta ’kidlashicha: «Rahbar mavjud eng yaxshi alternativni o ‘z resurslarini taqsimlash, o ‘zi va boshqalar uchun harakatlar navbatini belgilash, yangi odamlar va material resurslarini jalb etish uchun tanlab olishi kerak. Buning uchun u qisqa va uzoq muddatli kelajakda qarorlarning oqibatlari paydo bo'ladigan muhit xususiyatlari va barqarorligi ta’rifiga ishonishi kerak.
U bir paytning o'zida muqarrar va oldindan aytib bo'lmaydigan muhitning butun noaniqligini tasaw ur qilishi kerak». Menejment ilmining modellari bu maqsadlarga yuqori darajada moslashgan va kuchli tahliliy vosita sifatida murakkab vaziyatlarda qaror qabul qilish bilan bog'liq ko'p muammolarni hal etishga imkon beradi. M odellarning turi. Zamonaviy tashkilotlar tomonidan keng qo'llanilayotgan modellar va ular yordamida hal etilishi kerak bo'lgan vazifalarni ko'rib chiqishdan oldin modellarning uch xilini qisqacha ta ’riflab berish zarur. Gap fizik, analogik va matematik modellar haqida ketyapti. Fizik model. Fizik model obyekt yoki tizimni kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan tavsifi yordamida o'rganib chiqiladigan narsani ifoda etadi. Shennonning ta ’kidlashicha: «Fizik (ba’zan «portretli» deb ataJadigan) modelning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u m a’lum m a’noda modellashtirilayotgan butunlik kabi ko'rinadi». Fizik modellar misollari - zavod chizmasining nusxasi, uning faktik kichiklashtirilgan modeli, loyihachining m a’lum bir masshtabda kichiklashtirilgan chizmasi. Bunday fizik model vizual qabul qilishni soddalashtiradi va muayyan bir uskuna uning uchun ajratilgan joyda fizik jihatdan joylasha olishini aniqlashga va bog'liq muammolarni, masalan, odamlar va materiallar harakatini tezlashtiradigan eshiklar joylashishini hal etishga yordam beradi. Avtomobil va aviatsion korxonalar har doim aerodinamik qarshilik kabi m a’lum bir xususiyatlarni tekshirish uchun yangi transport vositalarining kichiklashtirilgan fizik nusxalarini tayyorlashadi. Model aniq nusxa bo'lib, o'zini ishlab chiqilayotgan avtomobil yoki samolyotga analogik holda tutishi kerak, lekin bunda u ancha kam qiymatga ega bo'ladi. Shunday tarzda quruvchi kompaniya har doim ishlab chiqarish, m a’muriy binolar yoki omborxona qurilishini boshlashdan avval ularning kichraytirilgan modelini quradi.

Xulosa
Menejment insonlarni ongli mehnatga, tadbirkorlikka qiziqtirish, ishga m a s’uliyatliligini nazorat qilish, ularning bilim va ko‘nikmalarini faoliyatga ijobiy t a ’sir ko‘rsatishini t a ’minlash, rag'batlantirishni tashkil etishdir. Fanning predmeti xo‘jalik yuritishning barcha bo‘g ‘inlarida boshqaruvni tashkil etish shakllari va uslublarini ifodalovchi nazariy hamda amaliy tamoyillar majmuidan iborat. Menejment usullarini puxta egallagan, qo'llay biladigan rahbar nafaqat ishlab chiqarish faoliyatini samarali boshqarishga, qolaversa, butun iqtisodiyotni rivojlantirishga katta ta ’sir ko'rsatadi. «Bugungi kunning eng muhim vazifasi, - deb ta ’kidlaydi Prezidentimiz Islom Karimov, - hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g ‘inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda m as’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iborat».
Download 28,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish