Farg’ona Davlat Universiteti Fizika-tehnika fakulteti



Download 1,7 Mb.
bet1/10
Sana14.07.2022
Hajmi1,7 Mb.
#796018
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nozima kurs ishi


Farg’ona Davlat Universiteti


Fizika-tehnika fakulteti
Mehnat ta’lim yo’nalishi
18-15 guruh talabasi
Qodirova (Sultonova) Nozimaning
«Tehnik ijodkorlik va dizayn» fanidan
“Har xil turdagi rangli qog’ozlar bilan ishlash”
mavzusida tayyorlagan

Kurs ishi



Mundarija


Kirish 9
I Bob. TEXNIK IJODKORLIK METODLARI 12
1.1 Ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish metodlari 12
Ijodkorlik masalalariga insonlar har qadamda duch keladilar, biroq ularni har doim ham ijodiy yo'l bilan hal qilishga intilmaydilar. jumladan, ta'lim tashkil qilishning asosiy shakllari bo’lgan dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarda o’quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish muammosi o’zning to’laqonli yechimini topmay kelmoqda. Mazkur muammoni darsdan. tashqari mashg’ulotlar jarayonida hal etishning muayyan yechimlari taklif etilgan bo’lsada, dars mashg'ulotlarida o’quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish muammosi yetarlicha tadqiq qilingan emas. Qisqa qilib aytganda, ijodkorlikni murakkab ko'ringan masalani hal etishning sodda yechimini topish deb ta’riflash mumkin. Odatda, uni oqilona yechim yoki ixtiro deb atashadi. Ushbu fikrni ko'proq moddiy shaklga ega bo'lgan texnik ijodkorlik misolida izohlash mumkin. Umumiy o'rta ta'limda fizika va mehnat ta’limi DTSlari va o'quv dasturiga asosan o'quvchilar deformatsiya tushunchasini, materiallarning qattiqligi, mo'rtligi, ustuvorlîgi kabi tushunchalarni nazariy o'rganishlari hamda laboratoriya-amaliy mashg’ulotlarida tajribadan o'tkazishlari kerak bo'ladi. Biroq ushbu laboratoriya ishlarini bajarish uchun mo'ljallangan R-20, SM-4 kabi sanoat tipidagi sinov quriimalari juda katta o’khamga egaügi, barcha o'quv yurtlarida o’rnatish imkoniyatining mavjud emasligi, mavjud bo'lganlarida ham barcha o'quvchilar shug'ullanishiga imkon bermasligi sababli ishni ijodiy tashkil qilishga to'sqinlik qiïadi. Ixtirochi bu masalani oddiy yo'l bilan, metall kesuvchi qaychiga namunani kesish uchun sarf bo’ladigan kuchni o’ichash moslamasini o'rnatib hal qilib beradi. Bu yechimning soddaligi unda muammo yechimi sifatida oddiy qaychidan foydalanilganligi, ixtiro qilingan qurilmani o’quvchilar o'z kuchlari bilan tayyorlash imkonining mavjudligi, bu usulda tayyorlangan qurilmadan barcha o'quvchilar birvarakayiga foydalanishi mumkinligi kabi ko'plab dalillar bilan asoslanadi. Eng muhimi, o'quvchilar ulkan va murakkab qurilmalar bajarayotgan «tushunarsiz operatsiyalarni» sodda qunlmalarda tushunarli qilib bajarish mumkinligini bilib oladilar. Demak, ixtiro - bu talabchanlik, noziktahblik yoki «aql o'yini» emas, balki inson faoliyatini yangi, uning uchun qulayroq bo’lgan vaziyatga olib chiquvchi taraqqiyot yo’lidir. Insondagi ana shu ijodkorlik, ixtirochilik sifatlari uning tabiat kuchiari bilan raqobatni yengib, yangi - tafakkur qobiliyatining shakllanishiga zamin yaratdi. Inson ehtiyojlarining o’sib borishi jarayonida uning tomonidan qo’llaniladigan mehnat qurollari ham murakkablashib, takomillashib borgan. (insoniyat taraqqiyoti o’z yo'lida yutuqlar bilan birga ko'plab muammolarni ham keltirib chiqargan. Yaqin o'tmishga qadar esa bu muammolar faqat bitta usul - amal va xato metodi orqali hal qilib kelingan. Bu usul minglab xato yechimlar ichida bitta to'g’risini topishga qaratilgan bo’lsa-da, uning vositasida elektr dvigatellari va generatorlar, ichki yonuv dvigateli, marten pechlari, telefon va samolyotlar ixtiro qilindi. Biroq texnik-texnologik jarayonlarning nihoyatda murakkablashib borishi amal va xato metodining ikki yo’nalishda takomillashtirilishiga asos bo’ldi: birinchisi, muammo yechimi sifatida taklif etiladigan g’oyalar sonini oshirib borish, ikkinchisi, taklif etilayotgan g’oyalarni saralashga bo'lgan talablarni orttirish. Dastlab, ikkala yo'nalish ham o'zaro uyg'unligini namoyish qilgan bo’lsa-da, keyinchalik yechim variantlarini tanlashdagi subyektivlik, xatolardan himoyalanmaganlik bilan bog'liq kamchiligi ayon bo’ldi. Bu metodning «umri»ni uzaytirish uchun variantlarni taqqoslashni tezlashtirish yo’li tanlandi. Dastlabki EHM aynan mana shu printsip asosida ishlagan. Bunda ham, oxir-oqibatda, ulkan hajmdagi variantlarni o’zaro taqqoslab chiqish yo'li bilan ijodkorlik masalalarini hal etib bo'lmasligi ma'lum bo’ldi. Bildirilgan mulohazalarga yakun yasab aytish mumkinki, hozirgi paytda o'qituvchi va o'quvchilarning asosiy ijodkorlik «quroli» bo’lgan amal va xato metodi yordamida yangi sifat o'zgarishlariga erishib bo'lmas ekan. Bizning fikrimizga ko'ra, o'qituvchi hamda o'quvchilaming ijodkorlik faoliyatini amalga oshirishning turli-tuman, zamon sinovidan o’tgan ilg’or metodlar bilan qurollantirish vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yo'li hisoblanadi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi barcha sohalarda zamonaviy texnologiyalar rivoji bilan bog’liq ekan, ijodkorlik yo'llarini puxta o'zlashtirgan barkamol avlodni tarbiyalash respublikamiz ta’Iiin tizimining eng muhim vazifalaridan biri sifatida yuzaga chiqadi. Bu masalaning asosiy yechimi esa umumiy o'rta ta’lim maktablari ishini maqsadga muvofiq tashki! qilish bilan hal etiladi. O'quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash strategiyasi quyidagi asosiy usullarga tayanadi: 13
- doimo o'quvchilar e’tiborini masalani hal qilishda qo’llanilgan usulning universalligi, hammabopligiga qaratish. Buning natijasida o’quvchilar darsda ma’lum vaziyatga nisbatan qo’llanilgan inetodni yangi hodisalarga tatbiq qilib, yangi qonuniyat va yechimlarni izlashga odatlanadilar; 15
- o'quvchilarni ijodkorlik metodlariga o'rgatishni dars maqsadi sifatida emas, balki darsda qo'yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo’l, imkoniyat sifatida qarilishi taqozo etiladi. Muammo yechimini topishga qaratilgan vazifalar o'rganilayotgan tizim tarkibi va undagi jarayonlami tahlil qilishni ko’zda tutadi. Shu sababli masalani hal etishdan kutilgan maqsadni va uni amalga oshirishdagi vazifalarning to'g’ri belgilanishi muammoni darhol hal etishga qaratilgan intilishlardan ko'ra ko'proq naf keltiradi; 15
- o'quvchilar o'zlari mustaqil xulosa chiqarib topadigan yangi g’oyalar ijodkorlik darslarining asosiy «mahsuli» hisoblanadi. Biroq faqatgina masalaning yangi yechimini topish ijodkorlik faoliyatining so'nggi bosqichi bo’lib qolmasligi kerak. O'quvchilar o’z g’oyalarini «oxiriga yetkazish»ni o’rganishlari, ya’ni yangi yechimni sinab ko’rish, asoslash va tatbiq qilishga oid ma'lum ko'nikmalami egallashlari ijodkorlikni «xayollar» darajasidan amaliy bosqichga ko’tarish zaruratini yuzaga keltiradi. Mazkur mulohazaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, o’quvchilarning keyingi ta'lim bosqichiarida yuqori faollik darajasini ta'minlashga va pirovardida turli fan sohalarida chuqur ilmiy tadqiqotlami amalga oshiruvchi bo’lajak olimlarni tarbiyalashga zamin tayyorlaydi; 15
- ijodkorlikni yo’lga qo'yishning muhim jihati - axborotlarni yig'ish, tahlil va talqin qilish bilan bog’liq bo'lib, busiz har qanday ijodkorlik metodi o’z ahamiyatini yo'qotadi. O’quvchilarda axborotlar bilan ishlashga oid dastlabki ko’nikmalami shakllantirishda ulami o’z qiziqishlariga oid rasmlar va fotosuratlar, ilmiy-ommabop maqolalar, markalar va h.k.larni yig'ish, saralash va tizimga keltirish ishlariga jalb qilish metodlaridan keng foydalanish mumkin; 16
- ta'lim muassasalarida o’tkaziladigan mashg’ulotlaming juda muhim, qamrovi jihatidan dars va darsdan tashqari mashg'ulotlardan ham tashqariga chiqadigan masalasi - shaxsda ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Odatda buyuk olim va ixtirochilar to'g’risida so'z yuritilganda o'quvchilar «Ulug' allomalargina shu qadar yuksak yutuqlarni qoiga kiritganlar, bizlar bo'lsak oddiy odamlarmiz», - deb o’zlarini urintirishdan saqlamoqchi bo'ladilar. Bu tushunchani yengishning muhim yo'nalishlaridan biri turli hayot yo'liga ega bo’lgan taniqli ijodkor shaxslar biografiyasi bilan o’quvchilarni yaqindan tanishtirib borishga bog’liq bo'lib, bunda so'z yuritilayotgan shaxs hayotining barcha jabhalari ro’y-rost bayon qilinishi lozim bo'ladi. Mazkur metodning asosida ilm-fandagi yuksak yutuqlarga unga intilgan har shaxs erishishi mumkinligi to'g’risidagi g’oyani o’quvchilar ongiga singdirish talabi yotadi. Ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishning mazkur usullarini turli yoshdagi o'quvchilarga nisbatan samarali qo’llash mumkin, faqat buning uchun tegishli dasturlar hamda o'quv qo'llanmalarining tizimlashtirilgan majmuasi mavjud bo'lishi talab qilinadi. Demak, navbatdagi dolzarb vazifa sifatida keltirilgan usullami samarali amalga oshirishga xizmat qiluvchi o’quv-metodik majmuani yaratish masalasi hal etilishi lozim. 16
1.2 O'quvchilarda dizaynga oid bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilish jarayoni bosqichlari va mazmuni. 17
Umumiy o’rta ta’limda dizayn asoslarini o’qitishda mehnat ta’limi fanining imkoniyatlari juda katta. Dizayn asoslarini mehnat ta’limida o’qitishdan maqsad - o’quvchilar dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda buyumlami estetik, funksional va iqtisodiy jihatlarini hisobga olgan holda loyihalash va amalda yasab o’rganishi hamda bilim, ko’nikma, malakalar hosil qilishdir. Mehnat ta’limi mazmunida dizayn asoslarini o’qitish jarayonini shartli ravishda 3 bosqichda amalga oshadi deb olish mumkin, bular: 17
1. Boshlang’ich dizayn ta’limi (I-IV sinflar) 17
2. Asosiy dizayn ta’limi (V-VII sinflar) 17
3. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi (VIII-IX sinflar) 17
I. Boshlang’ich dizayn ta’limi. Boshlang’ich dizayn ta’limini berishda l-IV sinflar uchun mehnat ta’limi darsiarida, sinfdan tashqari ishiarda Davlat ta’lim standartlariga asosan o’quvchilarda quyidagicha bilim, ko’nikma va malakalami rivojlantirish ko’zda tutilgan. I sinf: Buyumlami kuzatish asosida tasvirlarni chizish va bo’yash mashqlarini bajarish. Buyumlar to’g’risida bilimlarni rivojlantirish. Buyumlarni oddiy bezak naqshlarini o’ziga qarab chizish. Geometrik shakllardan naqshlar hosil qilishga o’rganish. Materiallar haqida dastlabki Ma’lumotlar. Asbob uskunalar haqida dastlabki Ma’lumotlar. Qog’ozdan va kartondan eng oddiy shakldagi buyumlami qirqib tayyorlash, ularning rasmini chizish, bo’yash hamda eng oddiy naqshlar bilan bezash. II sinf: Yasagan o’yinchoqlar rasmini chizish, bo’yash va shu o’yinchoqning yangi shaklini yoki ayrim qismlari o’zgartirilgan variantlarini ishlash. Bir necha turdosh o’yinchoqlar tahlilini o’tkazish. Turli kasb mahsulotlari bilan tanishish. Kasblar uchun asboblar tasvirini chizish. Turli buyumlami bezash uchun oddiy naqshlar chizish va bo’yashga o’rganish. Materiallarning xususiyatini o’rganish. III sinf: Tekis geometrik shakllarning bir-biriga nisbatan katta-kichikligi va shakli bo’yicha mutanosibligi qoidalarini bilish. Shakllar bo’yicha va ranglar mutanosibligi qoidalari bilan dastlabki tanishtirish. Naqshlardagi elementlami davriy takrorlash va simmetriya qoidalari bilan tanishtirish. O ’yinchoqlar yasash va naqsh bilan bezash, namunaviy buyumlami shakli va ranglarini o’zgartirib ishlash. Applikatsiya va mozaika usulida oddiy tasvirlar ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Milliy hunarmandchilik buyumlari bilan tanishtirish. IV sinf: Turli tekis va hajmli shakllarning o’zaro mutanosibligi qoidalari bilan tanishtirish. Turli mavzularda kompozitsiya tuzish. SHu buyumlarga mos bezak elementlaridan fbydalanish haqida dastlabki tushuncha hosil qilish. Turli shakllar soni va o’zaro joylashuviga bog’liq mutanosiblik qoidalari. Turli materiallardan o’yinchoqlar loyihalash. 18
II. Asosiy dizayn ta’limi. V-VII sinflar uchun mehnat ta’limi darslarida, sinfdan tashqari ishlarda dizayn ta’limini berish bo’yicha Davlat ta’lim standartlariga asosan o’quvchilarda rivojlantirilishi lozirn bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalami ishlab chiqdik (yog’ochlarga ishlov berish texnologiyasi yo’nalishi misolida). V sinf: Materialni tejamli sarflash, texnik rasmi, Loyihasi va chizmasi haqida tushunchalar. Yog’ochga ishlov beruvchi kasblar. O’ymakorlik. Loyihalash, kompozitsiyalash, ishlov berish va iqtisodiy masalalami hisobga olish. Buyumlaming maketini tayyoriash. Bezak elementlarini ko’chirish hamda mustaqil ijodiy naqshlar tuzish. Mahsulotlarning badiiy estetik xususiyatlarini tahlil qilish. Buyumlaming hajmli fazoviy tuzilishi. Praportsiya va mutanosiblik. O’zbekistonda badiiy hunarmandchilikni rivojlantirishning ahamiyati. VI sinf: Yog’ochga ishlov berish stanogi va parmalash stanogida dizayn buyumlar tayyoriash. Silindrik shakldagi buyumlar Ioyihasi. Naqsh turlari va ayrim xususiyatlar haqida tushunchalar. Naqsh turlari bo’yicha eskizlar tayyoriash. Oddiy bezash ishlarini bajarish va buning uchun trafaretlar tayyoriash. Buyumlaming dizaynerlik yechimlarini hal qilish mashqlari. Plastiklik. Rang va ranglar uyg’unligi. VII sinf: Konstruktsiyalash elementlari, materiallaming xususiyatlari, yog’och buyumlaming eskizlari va ulami tayyoriash, kompozitsiya tuzish. Assimmetriya haqida tushuncha, buyumlarga naqsh chizish. Loyihalar asosida buyum tayyoriash. Turli geometrik figuralardan tashkil topgan buyumlar Ioyihasi. Yog’ochga ishlov beruvchi kasblaming umumiy xususiyatlari. Badiiy bezash ishlarida shakl, rang, tasvirlar va naqshlardan foydalanish. Badiiy harflar yozish, sayqal beruvchi bezatish asboblari bilan ishlash texnologiyasi. Mahsulotlarning sifati, estetik ko’rinishi. Buyumning turlarini tahlil qilish. Dizaynerlik loyiha tuzish tartibini o’rganish. Buyumning texnik mohiyati va go’zalligi. Tayyor buyumlar sifatini tekshirish. 19
III. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi. VIII sinf: Zamonaviy ishlab chiqarishga kirish. Dizaynga oid kasblar bilan tanishtirish. Buyumlar muhiti. Buyumlami loyihalashga qatnashuvchilar va ularning vazifalari haqida tushuncha. Interg’erxona ichki ko’rinishi. IX sinf: Buyumlami ishlab chiqarish texnologiyalari. Ergonomika- odam va buyum orasidagi qulaylik. Dizayn bilan bog’liq kasblar va shu kasblar tavsifnomasi. Uzluksiz ta’limda dizayn ta’limini joriy etish rriaktabda boshlang’ich sinfdan tizimli ravishda tasviriy sanhat va mehnat ta’limi jarayonlarida amalga oshirilib uzluksiz davorn etadi va malakali mutaxassis yetishtirish bilan yakunlanadi. Uzluksiz ta’iim tizimida dizayn ta’limi berishni zamon talabi ekanligini e’tiborga oigan holda nafaqat umumiy o’rta ta’lim bo’g’inida, balki oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ham jahon standartlari darajasida rivojlantirishni taqozo etadi. Mehnat ta’limi o'qituvchilari oldida turgan muammolardan biri - dars jarayonida qo’llash uchun dizaynerlik topshiriqlari va uni o’rgatish metodikasi ishlab chiqilmaganligidir. Bu muammoni hal qilishda biz mehnat ta’limi mazmunini tashkil etuvchi besh yo’nalishdagi mavzular mazmunidan keüb chiqib dizaynni dastlabki tushunchalarini berib borish bilan birga dizaynerlik topshiriqlarini bajarish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Dizaynerlik topshiriqlami tuzilishi va qo’llanishiga qarab quyidagicha uch guruhga bo’lib ta’lim jarayonida qo’llash lozim: 20
1. Boshlang’ich dizaynerlik topshiriqlar (I-1V sinflar). 20
2. Asosiy dizaynerlik topshiriqlar (V-VII sinflar). 20
3. Mutaxassislikka oid dizaynerlik topshiriqlar (VII1-IX sinflar). 20
II Bob TEXNIK IJODKORLIK VA DIZAYNERLIK 20
2.1 Texnik ijodkorlik va dizaynerlik ma’suliyatlari 20
2.2 Har xil turdagi rangli qog’ozlar bilan ishlash 24
Xulosa 33
Modellashtirish hayotimizni yangi jabhalarini ochish uchun juda kerakli sohadir. Bu sohani dizaynerlik mukammal bo’lmagan bo’limi maktab bosqichlarida o’rganib borilsa, hozirgi kunda uning kulminatsion nuqtasi oliy ta’lim muassasalariga borib taqaladi. Oliy ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan texnik loyihalash, badiiy loyixalash va modellashtirish mashg'ulotlari uchun ko'pincha o’quv ustaxonalaridan foydalaniladi. Bu ustaxonalarda mehnat ta’limining har xil tashkiliy shakl va metodlaridan foydalanish; texnik ma’lumotlar berish; tadqiqotchilik va mehnat malakalarini shakllantirish ishlarini amalga oshirish; texnik mehnat usullarini, bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilish; estetik did va mehnat madaniyati ko'nikmalarini, mustaqil ishlash iqtidorini shakllantirish; konstruktorlik-texnologik xarakterdagi ijodiy masalalarni hal qilish, yuksak darajadagi mehnat intizomiga va mehnat muhofazasi talablariga rioya etish uchun yaxshi sharoitlar mavjud bo'lishi kerak. 33
Yuqorida aytilgan vazifalardan kelib chiqib o’quv ustaxonalari quyidagi asosiy sanitariya-giginik va tashkiliy-metodik talablarga javob berishi lozim: 33
1. Ustaxona binosi ta’limiy-pedagogik, sanitariya-giginik va ishlab chiqarish-texnik talablarni qanoatlantirishi kerak. 33
2. O’quv ustaxonalari texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak mehnat madaniyatiga muvofiq jihozlanishi va ular faqat ustaxona amaliyoti dasturidagi barcha mavzularni emas, balki texnik ijodkorlikni ham o’rganish uchun zarur sharoit bilan ta’minlanishi lozim. 33
3. Turli buyurtmalarni bajarishda pedagogning o'rganuvchilar bilan olib boradigan umumiy guruhda hamda brigada - zvenoli va patokli ishlari uchun ham sharoit yaratilishi zarur. 33
4. Har bir talabaga kerakli asbob-uskunalar va moslamalar bilan ta’minlangan alohida ish o'rni ajratilishi lozim. 34
5. Pedagog uchun tegishli jihozlar, moslamalar bilan ta’minlangan va poldan 250-300 mm ko’tarilgan namunali ish o'rni tashkil etilishi lozim. 34
6. Ustaxonalarda talabalarga eng qulay va xavfsiz mehnat qilishlari uchun zarur sharoit bo’lishi shart. 34
7. O'quv ustaxonalari hajmli va tekis ko'rsatmali qo’llanmalar, shuningdek, ta’limning texnik vositalari bilan jihozlanishi zarur. 34
8.Yordamchi binolar (asbobxona va ombor) o’quv ustaxonasiga yaqin bo'lishi kerak. 34
9. Tashqaridan talabalarning e’tiborini ishdan chalg’itadigan va mehnat jarayoniga xalaqit beradigan shovqin-suronlar ustaxonaga kirmasligi lozim. Mana shu talablardan kelib chiqgan xolda Oliy ta’lim muassasalarida modellashtirishni mukammal darajada o’rganish hamda o’rgatish mumkin bo’ladi. 34
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 35


Kirish

Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof-muhit, jamiyat katta rol o'ynaydi. Ota-onaning mehri, atrofdagilarning e'tibori, ularning qo'liabquwatlashlari bolani mustaqil fikrlashga va ijodiy fikrlashga bo'lgan ishonchini uyg'otadi. Ma'naviy-ijodiy usullar shu tariqa o’quvchilaming ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rolg’ o'ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi: a) o’quvchilarda bilishga qiziqishni uyg’ota bilish; b] o’quvchilaming cgallagan bilim va tajribasiga asoslangan holda masala qo’yish hamda ularga tayanib, masalalarni tahlil qilish; v) o'rganish kerak bo’lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib, xulosa chiqarishga erishish. Yuqoridagi bosqichlami amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o’zida yashiringanligini anglab yetadilar. O’quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologikxususiyatlari. Tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat insoniyatni olg’a xarakatlantiruvchi asosiy omil bo'lib kelgan. Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o’rgatish, uni o’z zamonasining eng ilg’or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda hamraa xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan. Texnik ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o'zaro bog'liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi, talabalarning ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilimlami egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashining shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o’zlashtirilgan bilimlami ta’lim jarayoni va amaliy faoliyatda mustaqil qo'llay olishga o’rgatish bilan belgilanadi. Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta'minlovchi, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxsiy xislatlarni shakllantiruvchi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo'lajak mehnat va kasb ta'limi o'qituvchilarining fan asoslarini o’zlashtirishlarida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishni amalga oshirishlarida ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodkorlikka bo'lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi, havas - ehtiyojning eng sodda shakli bo'lib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchisi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo'lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma'lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Uchinchisi, eng murakkab bosqich bo’lgan qiziqish, xohish va u bilan bog’liq bo'lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi tahsirlar, shaxs faoliyati hamda ta'lim-tarbiya jarayoni tahsirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli tahsir ko’rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.


Ijod va ijodkorlik faoliyati. Har bir insonning hayoti davomida hal qilishi zarur bo’lgan ko’pgina muammolar yuzaga keladi. Insonlar, odatda, o’z muammolarini qanday hal qiladilar? Bahzilar o’z intuitsiyasiga tayangan holda yechimni topishga harakat qiladilar, boshqalari o'zga insonlar bilan maslahatlashib, ularning tajribasi asosida yoki ilmiy-ommabop adabiyotlarni tahlil qilib, o'z muammolari yechimini topishga urinadilar, uchinchilari esa bu ishni boshqa shaxslarga yoki tasodifiy holatlarga qoldirib, muammo yechimidan umuman uzoqlashishga harakat qiladilar. Insonlarning faqat unchalik katta bo’lmagan qismigina o'z muammolarini ijodkorlik faoliyati metodlari yordamida yechadilar.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish