2) Umaviylar davrida arab xalifaligi. Yaqin va Oʻrta Sharq, Movarounnahrda xukmronlik qilgan arab xalifalari sulolasi (661 — 750), arablarning Makkadagi quraysh qabilasining umayya urugʻidan kelib chiqishgan. Umaviylar Ali tarafdorlari va xorijiylar ustidan g‘a-laba qozonib, hokimiyatni mustahkamlab oladilar. Umaviylar qator islo-hotlar o‘tkazadilar. Ular xalifa lavozimini nasliy mulkka aylantirish, davlat xazinasi va davlat arxivini tashkil etish, arab tilini davlat tili deb e’lon qilish, yangi oltin, kumush va mis pul chiqarish, harbiy-dengiz floti tashkil etish va boshqalar bo‘yicha islohotlar o‘tkazadilar. Bu tadbirlar Umaviylar davlatining harbiy-siyosiy hamda iqtisodiy qudratini oshiradi. Poytaxt Damashqda qoladi. Suriya xalifalikning markaziy viloyatiga aylanadi. Umaviylar davrida arablar sharqda Afg‘oniston, Hindistonning shimoliy qismi, Armaniston, Gruziya, Movarounnahr, g‘arbda Shimoliy Afrika va Ispaniyaning katta qismini bosib oladilar. - Umaviylar davrida koʻplab qoʻzgʻolonlar (736—737 yillar Oʻrta Osiyodagi Xoris ibn Surayj, 731—740 y.larda Marokashdagi barbarlar qoʻzgʻoloni, 742 yilli Magʻribda xorijiylar qoʻzgʻaloni boʻlgan. 747—750 yillardagi Abu Muslim qoʻzgʻoloni natijasida xalifa Marvon II taxtdan tushgan, hokimiyat abbosiylar qoʻliga oʻtgan
Do'stlaringiz bilan baham: |