Birinchi davr - arablarda davlatning tashkil topishidan to Umaviylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishigacha bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi va qarayib 30 yil davom etadi. Bu vaqtda arab davlati tashkil topgan, arab-larning ijtimoiy va davlat tuzumida ibtidoiy jamoa tuzumining ko‘pgina qoldiqlari, harbiy demokratiya belgilari saqlanib qolgan edi. Aynan shu davrdan boshlab Arab xalifaligining o‘ziga xos belgilari - davlat boshlig‘i qo‘lida ham dunyoviy, ham diniy hokimiyatning qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi. - Ikkinchi davr - Damashq (Suriya) davri - Umaviylar sulolasining hukmronligi davri (661-750 yillar) bo‘lib, bu vaqtda o‘ziga xos despotiya ko‘rinishidagi merosiy xalifa boshchilik qiladigan nisbatan markazlashgan davlat tashkil topgan. Xalifa ayni paytda islom dinining ham boshlig‘i hisoblangan. Uchinchi davr - Bog‘dod (Eron-Mesopatamiya) davri - Abbosiylar sulolasining idora qilish davri bo‘lib, 750 - 1055 yillarni o‘z ichiga oladi va xalifalikning turklar tomonidan bosib olinishi bilan tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |