Farg’ona viloyati Furqat tumani xtb tasarrufifagi 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi Marhaboxon Boboyevaning 6-sinf o’quvchilari uchun “Gullarning changlanishi” mavzusida tayyorlagan taqdimoti



Download 0,58 Mb.
Sana18.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#455003
Bog'liq
GULLARNING CHANGLANISHI PPTX SLAYD

Farg’ona viloyati Furqat tumani XTB tasarrufifagi 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi Marhaboxon Boboyevaning 6-sinf o’quvchilari uchun “Gullarning changlanishi” mavzusida tayyorlagan taqdimoti.


MAVZU: GULLARNING CHANGLANISHI.
Reja:
1.Changlanish haqida.
2.Chetdan changlanish.
3.O’z-o’zidan changlanish.
4.Sun’iy changlanish.
Gullarning changlanishi.
Changdonda yetilgan changlarning urug‘chi tumshuqchasiga tushishiga changlanish deyiladi. Changlar asosan hasharotlar, shamol va boshqa yo‘llar bilan urug‘chi tumshuqchasiga kelib tushadi.
Changlanish 3 xil bo’ladi:
Chetdan changlanish
O’z-o’zidan changlanish
Sun’iy changlanish
Gullarning hasharotlar yordamida changlanishi. O‘simliklar gullarining barchasi ham meva tugavermaydi. Faqat changlangan gullargina meva tugadi.
Ko‘pchilik o‘simliklar gulining changi va urug‘chisi bir vaqtda yetilmaydi. Shuning uchun ham bitta guldagi chang shu guldagi tumshuqchani changlay olmaydi. Bunday holda bir gulning changi boshqa guldagi urug‘chining tumshuqchasiga tushishi kerak. Yetilgan urug‘chining tumshuqchasi nam va yopishqoq bo‘lib, tushgan changni tutib qoladi.
Yetilib yorilgan changdondan chiqqan changning hasharotlar yordamida boshqa gulning tumshuqchasiga tushishi hasharotlar yordamida changlanish yoki chetdan changlanish deyiladi.
Gullar ochilgan vaqtda xushbo‘y hid taratib hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi. Gullardan ular o‘ziga kerak bo‘lgan narsani – chang va xushbo‘y asal shirasi (nektar)ni oladi. Ayrim gullarni changlatuvchi maxsus hasharotlar ham bor.
Hasharotlar bitta gul bilan chegaralanib qolmaydi. Ular guldan-gulga qo‘nib, bir gulning changini ikkinchi guldagi urug‘chi tumshuqchasiga olib o‘tadi. Ular gullardagi chang va nektarni turli a’zolari (xartumi, oyoqlari, tuklari) yordamida olib o‘tadi
Hasharotlar yordamida changlanuvchilarga olma, o‘rik, nok, beda, oqquray, g‘o‘za kabilar kiradi.Bir gramm asal yig‘ish uchun har bir asalari minglab guldan-gulga qo‘nadi.
Gullarning shamol yordamida changlanishi. Shunday o‘simliklar borki, ularning guli faqat shamol yordamida changlanadi. Bunday o‘simliklarning guli ko‘rimsiz, mayda va hidsiz bo‘ladi.
Chang shamol yordamida bir guldan boshqa gulga o‘tsa, bunday o‘simliklar shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar deyiladi (bug‘doy, arpa, sholi, suli, tol, terak, yong‘oq va boshqalar).
Shamol yordamida changlanadigan ko‘pgina o‘simliklar avval gullab, keyin barg chiqaradi.Bug‘doy shamol yordamida changlanadigan o‘simlikdir. U ikki jinsli o‘simlik. Uning gullari murakkab boshoqda o‘rnashgan bo‘lib, changchilari boshoqdan tashqarida osilib turadi.
Shamol yordamida changlanadigan o’simliklar.
Shamol esgan vaqtda tebrangan changchi gullardagi changdonlar bir-biriga urilib yoriladi va ulardan chang sochiladi. Shamol yordamida bu changlar boshoqdan urug‘chi gulning tumshuqchasiga o‘tadi. Bordi-yu, shamol esmay chang boshoqdagi hamma tumshuqchalarga tushmay qolsa, u holda siyrak donli boshoq hosil bo‘ladi va hosildorlik pasayib ketadi.
Gullarning o‘z-o‘zidan changlanishi. Agar bir tup o‘simlik changchisidagi chang shu guldagi urug‘chining tumshuqchasiga tushsa bunday changlanish o‘z-o‘zidan changlanish deyiladi. Bunday changlanish changdondagi chang va urug‘chilar bir vaqtda yetilgandagina sodir bo‘ladi. O‘z-o‘zidan changlanadigan o‘simliklarda, odatda, urug‘chi changchiga nisbatan qisqaroq bo‘ladi.
Sun’iy changlanish. Agar o‘simlikning guli chetdan va o‘z-o‘zidan changlanmasdan odamlar tomonidan changlantiriladigan bo‘lsa, uni sun’iy changlanish deyiladi. Sun’iy changlatishda yetilgan boshqa yoki shu o‘simlikning changi olinib, shu yoki boshqa o‘simlikning yetilgan guli tumshuqchasiga o‘tkaziladi.
Makkajo‘xori gullari ko‘pincha sun’iy yo‘1 bilan qo‘shimcha changlantiriladi. Buning uchun makkajo‘xori changi maxsus idishlarga yig‘ib olinadi, so‘ngra gullarning tumshuqchasiga sepiladi.Sun’iy changlatish usulidan hosildorlikni oshirishda va asosanyangi navlarni yaratishda foydalaniladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN KATTA RAHMAT!!!


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish