Farididdin Attorning "Ilohiynoma"


“SHAYX SAN’ON” QISSASI VA PIR – MURIDLIK MEZONI



Download 0,93 Mb.
bet4/9
Sana29.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#616096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Farididdin Attorning Ilohiynoma


SHAYX SAN’ON” QISSASI VA PIR – MURIDLIK MEZONI

Tasavvuf adabiyotida “Shayx San’on” qissasi ajoyib zo‘r sehrli kuchga ega, falsafiy hikmatlarga boy, nozik badiiy tuyg‘ular jilvalanib turadigan, kishining ruhiy dunyosini larzaga soladigan, o‘lmas qissalarning biridir. Attor “Mantiq-ut-tayr”da bu qissadan faylasuflarga xos farosat, shoirlarga xos nafis san’atlardan mohirona foydalanadi.
Qissaning qisqacha mazmuni quyidagicha kechadi:
Shayx San’on o‘z zamonasining mashhur piri bo‘lib, ilmu urfon, karomat va alomatda yagona kishi edi. U Makkada 50 yil shayxlik qilgan bo‘lib, to‘rt yuz muridi bor edi. 50 marta haj qilgan bo‘lib, bundan boshqa umra hajini ham hargiz qo‘ldan bermagandi.
Bir kechasi shayx San’on tush ko‘radi. U tushida Rumda yurgan emish va bir but sanamga sajda qilayotgan emish. Shayx uyg‘onib ko‘rgan tushidan g‘amgin bo‘ladi. San’on muridlarini yig‘ib bu tushning ta’birini bilish uchun, Rumga borishni niyat qilganligini aytadi. Muridlari ham shayxga ergashib bu safarda unga hamroh bo‘ladilar. Oxiri shayx va uning muridlari Rumga yetib keladilar. Ular Rumda bir shahardan o‘tishayotganda bir hashamatli ayvonda o‘tirgan nasroniy qizga ko‘zi tushadi. Bu qiz husn-jamolda tengi yo‘q, go‘zallik olamidagi quyoshdek porloq edi. Shayx San’on qizga yaqinlashib unga tikildi. O‘zini yo‘qotib holsizlandi. Bu tarso qiz shayx San’onning tushiga kirgan sanamning o‘zginasi edi.
Shayxning muridlari bu holni ko‘rib hayron qoldilar, shayxni bu yo‘ldan qaytarishga urindilar, ammo shayxga nasihat kor qilmadi, u hammani unutgandi. Muridlar shayxning ko‘nglini ko‘tarmoqchi bo‘lib imon, vasvasa, gunoh, kufr va tavbadan so‘z ochdilar. Lekin, shayx quloqqa gap oladigan emas, aksincha, ularga hikmatli, yolqinli va kuchli sabab – natijali so‘zlar bilan raddiya berdi. Shayxning muridlariga bergan eng so‘nggi javobi “Bu otashni mening vujudimga Tangri taoloning o‘zi soldi, men buni o‘z ixtiyorim bilan o‘zimdan nari qilolmayman” deyish bo‘ldi.

Shayx San’on butun es-yodi bilan tarso qizning visoliga intildi, kecha-kunduz uning eshigi oldida dashnom-haqorat eshitib xokisor bo‘lib yotdi. Kunlar o‘tishi bilan shayx holdan ketib, ishq dardida kasal bo‘lib qoldi.
Bu voqeani eshitgan tarso qiz tashqariga chiqib shayxga bunday deydi:
– Agar sen rostdan ham menga oshiq bo‘lsang unda quyidagi to‘rt shartimni bajarishing kerak bo‘ladi, birinchidan, butga sajda qilasan, ikkinchidan, Qur’onni kuydirasan, uchinchidan, sharob ichasan, to‘rtinchidan, imoningdan kechasan.
Oshiqlik – beqarorlik yo‘lida jismi o‘rtangan shayx sharob ichishga rozi bo‘ldi. Tarso qiz shayxga o‘z qo‘li bilan sharob quyib beradi. Vasli diydor yo‘lida sharob ichgan shayx tarso qizning visolidan hushini yo‘qotib, qolgan shartlarni ham amalga oshiradi. Ammo, tarso qiz bu shartlardan keyin ham shayxning visol tashnaligini qanoatlantirmaydi, aksincha shayxni visol haqi (nikoh puli) to‘lashga qistaydi hamda shayxning hech narsasi yo‘qligidan foydalanib uni visol haqi hisobiga o‘z cho‘chqalarini bir yil boqib berishga da’vat qiladi. Shayx ilojsiz cho‘chqa boqishga ham rozi bo‘ladi. Xuddi shu yerda Attor o‘zining tariqat haqidagi xitobini qiladi: “Ey mard, agar tariqatga qadam qo‘ymoqchi bo‘lsang, bu yo‘ldagi butlar, cho‘chqalar kabi ming turli balolardan qo‘rqma. Agar tariqat yo‘li shunchalik azobli bo‘lmaganda edi, shayx San’ondek musulmon ham rasvo bo‘lib Rum shahrida g‘avg‘o ko‘tarmas, sarson-sargardon bo‘lmas edi”.
Tariqat yo‘li shu qadar jafoli mashaqqatli, azob-uqubatli yo‘l ekanki, uni biror rahnamosiz poyoniga yetkazib bo‘lmaydi. Buning uchun tariqat yo‘liga kirgan murid talabgor bir pir ustozga qo‘l berib, bu yo‘lda uning yo‘l ko‘rsatishi, madad berishi, har xil jabru jafo, mashaqqatlararo olg‘a yetaklab borishi kerak bo‘ladi. Mana bu tariqat yo‘lidagi muhim halqalarning biri – pir-muridlik halqasidir.
Pir – muridlik munosabatida muridning asosiy xislati talabgor bo‘lish, piri komilning yo‘lini mahkam tutib, uning ko‘rsatmalariga so‘zsiz amal qilishdir. Pirga qo‘l bermagan murid tariqat yo‘lida mustahkam turolmaydi, manziliga yetolmaydi. Boshqacha aytganda, muridni cheksiz ummonga kirgan kemaga, pirni esa shu kemani to‘g‘ri yo‘lga solguvchi darg‘aga o‘xshatish mumkin. Kemachidan ayrilgan kemaning taqdiri vayron bo‘lishdir.
Shayx San’onning ish harakatlarini ko‘rib muridlarning undan ko‘ngli qoladi hamda Makkaga qaytib ketadilar. Shayx esa tarso qizning cho‘chqasini boqishga kirishadi.
Shayx San’onning yana bir zehni o‘tkir muridi bor bo‘lib, Shayx Rumga yo‘l olganda u Makkada yo‘q edi. U boshqa muridlarning shayxni tashlab qaytib kelganlarini ko‘rib ko‘ngli buziladi. Boshqa muridlar bo‘lgan ahvolni unga aytib beradilar. Aqlli murid bu qissani eshitgandan keyin boshqa muridlarga bunday deydi:
Ey noahili bevafo yorlar, yorlik va do‘stlikka muvofiq ish qilmabsizlar, aksincha, nomardlarning ishini qilibsizlar. Sadoqatli murid, payvandli yor bo‘lsanglar og‘ir paytda unga yarab, birga bo‘lib, dardiga malham bo‘lar edinglar. Agar o‘z shayxinglarga sodiq bo‘lganlaringda har qanday sharoitda ham uning yonida turish lozim edi.
Hayf senlarga, sadoqat, vafo! Pir haqini ado qilish shu bo‘ldimi? Agar shayxinglar beliga zunnor bog‘lagan bo‘lsa, sizlar ham darhol belinglarga zunnor bog‘lashinglar kerak edi.

Agar u tarso bo‘lsa, hammanglar unga qo‘shilib tarso bo‘lishinglar kerak edi. Sizlarning qilganinglar muridlikka xilof, balki munofiqlik va dushmanlikdan o‘zga ish emas. O‘z yorining do‘sti bo‘lgan odam agar yori kofir bo‘lsa-da, uni tark qilmasligi kerak edi. Shayx dengizga cho‘kib, nahangning komiga tushibtur, sizlar bo‘lsanglar qo‘rqib, uni tashlab qochibsizlar.
Mana bu Attorning pir-muridlik mezoni, tariqat tushunchasidagi o‘zak qarashidir. Ko‘rinib turibdiki Attorning bu qarashlari hech qanday sharxga hojat qoldirmaydi.
Shundan keyin muridlar Rumga qaytib boradilar, Shayx muridlarini ko‘rib esi joyiga keladi hamda muridlari bilan birga yana Makkaga qaytib keladi. Tarso qiz bir kechasi ajoyib tush ko‘radi, tushida bir ilohiy nidoni eshitadi. Shunda u shayxga qilgan qilmishlariga pushaymon bo‘ladi va haq yo‘lga kirib Shayxning ortidan Makkaga safar qildi. Bu xabar shayxga yetadi hamda shayx qizning yo‘liga chiqadi. Ular yo‘lda uchrashadilar, ammo qiz jabr­jafo dastidan holi xarob bo‘lgandi. Qiz tavba qilib, shayxdan o‘zini iymonga boshlashni so‘raydi. Shayx unga iymon o‘rgatadi, shuning bilan qiz jon uzadi. Ko‘z oldida ro‘y bergan bu holdan shayx ham dardu alam ilkida bu foniy olam bilan vidolashadi. Muridlar bu ikki sadporalarning jasadini yonma-yon dafn qilishadi. Bu ikki qabrdan ikki tup sarv daraxti o‘sadi. Bu yerda yana zilol buloq paydo bo‘lib uning suvi bahrida atrof yashillikdan gullarga burkanadi, keyinchalik kishilarning tavobgohiga aylanadi. Dard-hasrat va mung bilan yozilgan “Shayx San’on” qissasining qisqacha bayoni ana shulardan iboratdir.
Kezi kelganda aytish kerakki, “Shayx San’on” qissasi ko‘p holda Attorning pir va murid o‘rtasidagi qarashlarini sharhlashdangina iborat emas. Unda yana bashoratli, ramziy vositalar orqali komil inson, ilohiy ishq, vafo va sadoqat, g‘ofillik hamda asliga qaytish, gunoh va tavba, qismat va mag‘firat, kufr, poklanish, sinov, iroda kabi bir butun o‘tkir masalalar aqliy va hissiy yo‘lda yoritib berilgan.
Attor asar oxirida “Shayx San’on” haqida “Attorning qissasi bir oy yuzli qiz uchun emas” deydi. Demak, mohiyatan bu qissada chuqur ilohiy sir va ma’no yashirilganligini anglash mumkin. Bu esa o‘quvchilarning qissa ma’nolarini anglashdagi birdan-bir ochqich (kalit), Attorning ko‘zda tutgan maqsadi ham shu bo‘lgan.


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish