Farmakologiya fanining mohiyati, maqsad va vazifalari



Download 22,49 Kb.
bet1/2
Sana06.06.2022
Hajmi22,49 Kb.
#641731
  1   2
Bog'liq
11-Фармакология модулининг фармациядаги роли


FARMAKOLOGIYA FANINING MOHIYATI,
MAQSAD VA VAZIFALARI
Ma'ruza rejasi:
1. Farmakologiya fanining mohiyati, maqsad va vazifalari.
2. Farmakologiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
3. Dori vositalari haqida tushuncha. Dorilarning boshqa omillar bilan o‗zaro munosabati. Dorilarni dozalash.
Tayanch so`z va iboralar: Farmakologiya, dori vositalari, doza.
Farmakologiya tibbiy-biologik fan bo`lib, tibbiyot va farmatsiya bo`yicha mutaxassislarni tayyorlashda asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Farmakologiya lotincha so`zlardan olingan bo`lib, (rnarmacon-dori, logos ta'limot, fan) dorilar to`g`risidagi ta'limot, fan ma'nosini beradi. Lekin xozirgi zamon farmakologiyasining bunday ta'riflanishi mutlaqo yetarli emas, chunki uning tub zamirida keng ko`lamli maqsad, vazifalar va tushunchalar yotadi. Ular asosan quyidagilardan iborat:
farmakologiya turli kimyoviy va boshqa moddalarning, shu jumladan dori vositalarining ham tirik hayvonlar va odam organizmiga ta'sirini, shu tufayli ular organizmida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni tatbiq etadi, o`rganadi;
Fanning asosiy maqsadi-farmakologiya fanining farmatsevtlar tayyorlashda tutgan o‗rni, ahamiyati va uning vazifalari, asosiy dori vositalarining farmakologiyasini ma‗ruzalar va auditoriya mashg‘ulotlari asosida o‘rganishdir. Bo‗lajak mutaxassislar «Farmakologiya» fani bo‘yicha dori vositalarining farmakologik ta‘sir mexanizmi, ishlatilishi va nojo‘ya ta‘siri, dorilarning farmakoterapevtik xususiyatlari, dorilar bilan zaharlanish va birinchi yordam, yangi dorilarni izlash va turmushga tatbiq etish, maxsus dorilar qo‘llanmalaridan foydalana bilish va ularni tahlil etish, retseptlar yozilishining umumiy qoidalarini bilish, noto‘g‘ri yozilgan retseptlarni tekshira bilish va ularni to‘g‘rilash, dorilarni qaysi farmakologik guruhlarga taalluqliligi va ularni boshqa preparatlar bilan almashtira bilish, dori vositalarini farmakodinamikasini va ishlatish qoidalarini bilgan holda tahlil qila olish ko‗nikmalariga ega bo‗lishlari lozim.
-ushbu o`zgarishlarning kelib chiqish sabablarini yoki kimyoviy moddalar ta'sirining mexanizmini aniqlaydi va ilmiy tomondan tushuntiradi;
- yangi dori moddalarini yaratish, tekshirishdan o`tkazish, o`rganish va ularni tibbiyot amaliyotiga joriy etish bilan shug`ullanadi;
- dori vositalari yordamida bemorlarni davolash va kasalliklarni oldini olish bilan bog`liq bo`lgan turli masalalarni (dozasi, yuborish yo`li va boshqalar) hal qiladi.
Fanni o‗qitishdan maqsad – yangi dori vositalarini izlash, ularni tibbiyot amaliyotiga joriy etish, hamda dorilar yordamida to‘qima va a‗zolarni fiziologik faoliyatini boshqarish, turli kasalliklarni muolaja qilish va oldini olishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarni tibbiyotda qo‘llanadigan asosiy dori vositalarining farmakologik hususiyatlari, ta‗sir mexanizmi, tasnifi, chiqarilish shakllari va b. bilan tanishtirish va o‘rgatishdan iboratdir.
Farmakologiya fanini o‘qitish дastur bo‘yicha talabalar:
 dori vositalarini farmakologik ta‗siri, ta‗sir mexanizmi, ishlatilishi va nojo‘ya ta‘siri;
 dorilarning farmakoterapevtik xususiyatlari;
 dorilar bilan zaxarlanish va birinchi yordamni,
 dori vositalarining tasnifini bilishlari kerak;
talaba: yangi dorilarni izlash va turmushga tatbiq etish;
maxsus dorilar qo‘llanmalaridan foydalana bilish va ularni tahlil etish;
yangi dori vositalarini hayvonlarda sinay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish kerak:
dori vositalariga retseptlar yozish;
noto‘g‘ri yozilgan retseptlarni tekshira bilish va ularni to‘g‘rilash;
dorilarni qaysi farmakologik guruhlarga taalluqligini va ularni boshqa preparatlar bilan almashtira bilish:
dori vositalarini farmakodinamikasini va farmakokinetik xarakteristikasini bilgan holda samarali va xavfsiz ishlata olish malakasiga ega bo‘lishi kerak. Fanni boshqa fanlar bilan o‟zaro bog„liqligi
Farmakologiya fani normal fiziologiya, patologiya, farmakologik biokimyo, morfologiya, mikrobiologiya, farmakognoziya, umumiy kimyo, fizika, matematika va lotin tili, farmftsevtik kimiyo kabi o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Dori vositalari haqida tushuncha.
Dorilarning boshqa omillar bilan o„zaro munosabati.
Dori vositalarining tanaga ta'siri turli tashqi va ichki omillarga ko`p tomondan bog`liq. Tashqi omillarga dori moddasining kimyoviy tuzilishi, fizik-kimyoviy va farmakologik xossalari, shakli, dozasi, yuborish yo`li, ovqat bilan munosabati va xokazolar kiradi.
Ichki omillarga esa odamning yoshi, jinsi, fiziologik yoki patologik holati va boshqalar misol bo`la oladi. Ushbu omillarning ayrimlari to`g`risida so`z yuritiladi, chunki ularning bir qismiga (doza, yuborish yo`li, ovqat bilan munosabati va b.) kitobning oldingi bandlarida to`xtab o`tilgan.
Dori vositalari ta'sirining namoyon bo`lishida yoshning ahamiyati katta. Yosh bolalarning tanasi ko`pchilik dori vositalariga o`ta sezuvchandir. Ayniqsa, markaziy nerv tizimiga ta'sir etuvchi dorilarning kuchi yuqori bo`ladi. Ayrim dori vositalari (yurak glikozidlari, atropin va b.) samarasi esa yaxshi bilinmaydi. Bunday holatlar bolalarning ichki a'zolari va tizimlari to`la darajada shakllanmagani bilan tushuntiriladi. Bu masalalarni o`rganish va tahlil etish bilan farmakologiya fanining tarmog`i bo`lgan pediatriya farmakologiyasi shug`ullanadi. Bolalar uchun dori vositalarini dozalanishi, ularning yoshga qarab berilishi va farmakoterapiyaning boshqa tomonlarini ushbu fan yo`nalishi o`rganadi.
Perinatal farmakologiya esa homilaning 24 xaftadan to tug`ilguncha, shuningdek, 4 haftagacha bo`lgan chaqaloqlik davrida dori vositalarining ta'sir xususiyatlarini o`rganadi. Chunki xomiladorlikning oxirgi trimestri va bir oygacha bo`lgan chaqaloqlarda dorilarga sezuvchanlik boshqalardan keskin farq qiladi.
Katta yoshdagilarda (60 yoshdan yuqori) ham turli dori vositalariga sezuvchanlik o`zgaradi. Chunki ularning tanasida modda almashinuvi, ichki a'zolar (jumladan, jigarning ham) faoliyati va boshqa fiziologik jarayonlar zaiflashgan bo`ladi. Ayniqsa, uxlatuvchi, antigipertenziv, qustiruvchi dori preparatlarining ta'siri ancha kuchayadi va turli oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu yoshdagi shaxslarni dori vositalari bilan davolash va boshqa masalalar bilan
Download 22,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish