Farmakologiya fanining mohiyati, maqsad va vazifalari



Download 22,49 Kb.
bet2/2
Sana06.06.2022
Hajmi22,49 Kb.
#641731
1   2
Bog'liq
11-Фармакология модулининг фармациядаги роли

geriatrik farmakologiya shug`ullanadi.
Bu masalalarga dorilarni dozalanishi, katta yoshlilarga tavsiya etilishi yoki monelik qiluvchi holatlar, dorilarning asoratlari, uning oldini olish va bartaraf etish kabilar kiradi. Ayrim dori vositalarining ta'sir etish samarasi ayollar organizmida boshqacharoq tus olishi aniqlangan. Umuman olganda ayollar bir qator dori vositalariga (masalan, strixnin, nikotin, etil spirti va boshqalar) nisbatan yuqoriroq sezuvchanlikka ega. Bunday holat dorilar metabolizmining sustroq bo`lishi bilan bog`liq deb taxmin qilinadi.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, ichki a'zolar va tizimlarning fiziologik yoki patologik holatlari ham dori vositalari samarasini namoyon bo`lishida ahamiyatlidir. Shunday dori vositalari borki, ularning farmakologik ta'siri fiziologik faoliyati-qo`zg`aluvchanligi susaygandagina aniq yuzaga chiqadi. Masalan, kofeinning markaziy nerv tizimiga, chunonchi nafas markaziga rag`batlantiruvchi ta'siri bu tizim yoki markaz faoliyati susayganda kuchliroq namoyon bo`ladi. Bir qator dori vositalarining farmakologik ta'siri ko`proq patologik holatlardagina yuzaga chiqadi. Masalan, yurak glikozidlarining kardiotonik ta'siri yurak faoliyatining yetishmovchiligida, dekompensatsiya davrida (gemodinamikaning yomonlashishi, shishlar paydo bo`lishi va b.) aniqroq bilinadi. Aspirinning isitmani tushiruvchi ta'siri ham tana xarorati ko`tarilgandagina namoyon bo`ladi.
Ayrim dorilarning ta'siri irsiy omillarga ham bog`liq. Masalan, tanada irsiy kamchilik-xolinesteraza fermentining yetishmasligi tufayli antixolinesteraz preparatlarning kor etishi kuzatilmaydi (prozerin, galantamin va b.), miorelaksant (tana mushaklarini bo`shashtiradigan) ditilinning ta'siri esa uzayadi. Muayyan irsiy kamchiliklarda ayrim dorilarning ta'siri boshqacha tus olib, kutilmagan reaktsiyalar kuzatiladi (idiosinkraziya). Masalan, bezgakda ishlatiladigan 8-aminoxinolin unumlari irsiy enzimopatiyalari bo`lgan odamlarda eritrotsitlar gemolizini chaqirishi mumkin (glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza fermentining yetishmasligi gemolitk ta'sirga ega xinonni hosil bo`lishiga sabab bo`ladi). Dori moddalariga sezgirlikning irsiy omillarga bog`liqligini farmakogenetika o`rganadi.
1.3. Dorilarni dozalash. Yangi dori vositalarini yaratishda farmakologik moddalarni tajriba sharoitida tekshirish jarayonida hamda tibbiyot amaliyotida davo uchun ishlatishda ular ma'lum bir miqdorda-dozada olinadi. Chunki dori vositalarining ta'siri, naf qilishi har tomondan ishlatilgan dozaga bog`liqdir. Olingan dozaga qarab dori vositalarining ta'sir kuchi, muddati, samarasi va ta'sir turi namoyon bo`ladi.
Masalan, doza ortishi bilan uning ta'sir latent davri (dori qabul qilingan daqiqadan boshlab birinchi belgilar paydo bo`lgan vaqt oralig`i) ham qisqaradi. Dori vositalari og`irlik (gramm-g, milligramm-mg, mikrogramm-mkg), hajm (millilitr-ml, osh qoshiq-15 ml, desert qoshiq-10 ml, choy qoshiq-5 ml, ryumka-50 ml, stakan-200 ml), ta'sir birliklari (TB, XTB) bilan belgilanadi. Ayrim suyuq dori vositalari esa tomchilar bilan dozalanadi (1 tomchi suv 0, 05 ml ga teng). Ba'zilari esa tana vazniga (mg/kg), sathiga (mg/m2) qarab o`lchanadi.
Tajribalar va klinika sharoitida quyidagi doza turlari farqlanadi: o`ldiruvchi (letal), zaharli va terapevtik (davolovchi) dozalar.
Yangi dori vositalarini yaratish maqsadida turli kimyoviy moddalarning o`ldiruvchi dozalari (LD) laboratoriya hayvonlarida aniqlanadi. Letal dozaning asosan ikki turi ma'lum: LD100 -tekshirilayotgan moddaning shunday eng kichik miqdoriki, u hayvonlarga yuborilganida 24 soat mobaynida ularning 100 % nobud bo`lishiga olib keladi. LD50 -deb 50 % hayvonlarni nobud etadigan miqdoriga aytiladi.
Ushbu doza turlari tekshirilayotgan kimyoviy yoki dori moddaning biologik faolligini ko`rsatkichlari hisoblanadi va ular asosida dori vositalarining terapevtik (davolash) yoki samarali (effektiv) dozasi topiladi. Ko`pincha farmakologik moddaning samarali dozasi o`rtacha o`lim dozasining (LD50) 1:10, 1:20 qismini tashkil etadi (3-jadval).
Kimyoviy moddaning yoki dori vositasining zaharli dozasi o`ldiradigan dozadan kam bo`lib, organizmga yuborilganida noxush va nojo`ya o`zgarishlarga sabab bo`ladi, uni zaharlaydi. Bu holat tibbiyot amaliyotida uchrab turadi. Ayniqsa, dori vositasini dozasiga e'tiborsizlik bilan qabul etish, o`ziga yoki o`zgalar joniga qasd qilish, tibbiyot xodimlarining xatosi tufayli yoki organizmning doriga bo`lgan sezuvchanligining oshishi sababli zaharlanish yuz berishi mumkin.
Masalan, streptomitsin preparatini noto`g`ri ishlatish natijasida eshitishning yomonlashuvi, buyrak va jigar faoliyatining izdan chiqishii va b.
Download 22,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish