Fayzulla Xo’jayevning bxsr boshqaruvidagi o’rni



Download 20,11 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi20,11 Kb.
#768227
Bog'liq
FFFFFFFF


Fayzulla Xo’jayevning BXSR boshqaruvidagi o’rni
Sunnatov Otabek Ulug'bek o'g'li Buxoro viloyat Vobkent tumani Buxoro Davlat Universiteti Tarix va madaniy me'ros fakulteti talabasi +998912465004 sunnatovotabek754@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920-1924-yillar) O`zbek milliy davlatchiligi tarixida garchi qisqa davr yashagan bo`lsada, uning muhim bosqich bo`lganligini qayd etish o`rinlidir. BXSRda F. Xo`jayev boshchiligida milliy hukumatning shakllanishi, respublika aholisining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirgani haqida so'z boradi
Annotation: In this article it is worth noting that, even though Bukhara National Soviet Republic has lived a short period, it has been an important stage in the history of Uzbek national government. It is about that under the leadership of Fayzulla Khodjayev national government was formed and actions aiming at economical and cultural development of population of republic were implemented.
Kalit so'zlar: Buxoro maorif uyi, dorilmuallimin, vaqf, qurultoy, Xalq Nozirlar Soveti.
Key words: The Education Centre of Bukhara, dorilmuallimin, religious property, congress, People’s Militia Council.
Fayzulla Xo’jayev (1896-1938) bor yo’g’i 42 yil umr ko’rdi. Qisqa, ammo mazmunli va sertashvish, mas’uliyatli sinovlarga to’lib toshgan hayoti davomida millati va xalqi uchun eng murakkab vaziyatlarda ham to’g’ri qaror qabul qilish salohiyatini namoyon qilganiga ortda qolgan XX asr voqealari guvoh. Fayzulla Xojayev xalq ishiga shijoat bilan kirishib hormay tolmay ish olib bordi.1920-1924 yillarda Xalq Nozirlar Sovetining raisi lavozimida faoliyat korsatgan. Fayzulla Xojayev birinchi kundanoq mustaqil siyosat yurgazishga Rossiya va xoriiy davlatlar bilan teng huquqli aloqalar o’rnatishga harakat qilgan. U o'zbek farzandlari ilm olishi yo'lida ancha ishlarni amalga oshirgan. U otasidan me’ros qolgan boyliklarni va amir xazinasini davlatga topshirdi. Bu mablag’larni yosh respublikaning iqtisodini yo’lga qo’yish, aholidan ikki yil soliq olmaslik, yoshlarni xorijga o’qitish, zamonaviy sa’noat va o’quv muassassalarni ochish uchun sarfladi. Mablag’lar sarflanishi ustidan nazoratni shaxsan o’z zimmasiga oldi. U yoshlarga zamonaviy bilimlarni o’qitmay turib muvaffaqiyatga erishish mumkin emasligini anglab, buxorolik yoshlarni Turkiya, Germaniya va Rossiyaga yuborishda tashabbuskor bo’ldi. Uning bevosita rahbarligida Moskvaga o’qishga yuborilgan bolalar uchun Moskava markazida fabricant Savva Morozovdan qolgan uy sotib olinib “Buxoro ma’orif uyi’’ tashkil etildi. Germaniyaga yuborilgan talabalar uchun Berlin bankiga har bir talaba hisobiga katta miqdorda mablag’ joylashtirilgan.Talabalarni xorijiy mamlakatlarga jo'natib o'qitish tashabbusi bilan chiqqan. Uning va boshqa hukumat a’zolarining tashabbusi bilan Germaniyaga 50 nafar, Turkiyaga 25 nafar, Ozarbayjonga25 nafar,Rossiyaga 290 nafar o’quvchi va talabalar o’qish uchun yuborildi. F.Xo'jayev yosh respublikaning ham iqtisodiy ham ijtimoiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi borasida dastlabki islohotlarni amalga oshirdi. Uning rahbarligida 1921-yilda Buxoroda dastlabki ilmiy jamiyat tashkil etildi. 1924-yil 12-aprelda “Buxkino” tashkil etilib, Leningrad Sevzapkino tashkiloti bilan o’zaro hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolaydi. F.Xo’jayev BXSRda hokimiyatni boshqargan yillarida yurtimizga bir qator zamonaviy texnika vositalari ham kirib keldi. Bevosita Rossiya Federatsiyasi hududidan yerni chuqur haydaydigan temir plug , paxta kvadrat uyalab ekadigan seyalka, borona, AQSHdan yer tekislaydigan borona va traktorlar keltirildi. Qishloq xo’jaligini zamonaviy, ilg’or texnika bilan qurolllantirish maqsadida 1923-yil Chexoslavakiyadan Buxoro Respublikasiga 20 dona traktor, yer tekislaydigan moslama, xorijlik mutaxasislar keltirilgan. BXSR tashkil topishi bilan mamlakatning davlat tili masalasi muhim bo’lib turdi.1921-yilning 11-martda F.Xo’jayev tashabbusi bilan Buxoro Xalq Nozirlar Sho’rosi o’zbek (turkiy) tilini mamlakat hududida davlat tili deb e’lon qildi. F. Xo’jayev 1920-1923 yilllarda BXSRda ochilgan dorilmuallimin (2yillik o’qitish O.A.) boshlang’ich, o’rta to’liqsiz maktab, savodsizlikni bitirish kurslarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun hukumat rahbari sifatida ko’p kuch-quvvatini sarfladi. Buxoroda vaqf mulklaridan keladigan daromadlarni ta’limga yo’naltirish chora- tadbirlarini ko’rganligi alohida e’tiborga loyiq.Vaqf masalarini hal qilish uchun respublika tarixida birinchi marta 1923- yilning 5-oktabrida “ Butun Buxoro vaqf qurultoyi” chaqirildi.Qurultoyning hay’at rayosati faxriy raisligiga F.Xo’jayev, Porso Xo’jayev, A.Rahimboyevlar saylangan”. F.Xo’jayev yosh respublikaning qo’shni respublikalar bilan bo’lgan munosabatlarida qatnov tizimini yo’lga qo’yishga harakat qilgan. BXSR rahbari F.Xo’jayev 1923-yilning bahorida Moskavda bo’lib, respublika hududi bo’ylab samolyotlar qatnovini yo’lga qo’yish to’g’risida shartnoma tuzgan”. Dastlabki paytlarda aholining salomatlik darajasi juda past bo’lgan., BXSR hukumat rahbari Fayzulla Xo`jayev o`zining III tomli asarlarining I tomida ushbu masalaga,ya’ni sog`liqni saqlash masalasiga to`xtaladi. Muallif I tom “Tanlangan asarlar” II qismining “Buxoro 1924-yilda” deb nomlangan bandida xalq sog`lig`ini saqlashga oid BXSRda o`sha davrda qilingan ishlarni jonli guvohi va tashkilotchisi sifatida aytib o`tadi. Fayzulla Xo`jayev kitobida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilganligini ta’kidlaydi: “xalq sog`lig`ini saqlash sohasida davolash muassasalarini ko`paytirish va yuqumli kasalliklarga qarshi choralar ko`rish borasida katta ishlar qilindi. Hozir bizda 5 ta kasalxona, 27 ta ambulatoriya punktlari, 7 ta feldsherlik punktlari, 6 ta bezgak stansiyalari, 7 ta dorixona omborlari va dorixonalar bor, meditsina xodimlarimiz 150 nafarga yetkazildi. Katta markazlardagi hayotni sog`lomlashtirish bilan bir qatorda uzoq joylarda, ayniqsa, Sharqiy Buxoroda ham bu ishlar olib borildi. 1923-1924-yilgi budjetdan sog`liqni saqlashga 211000 so`m sarflandi.
Xulosa qilib aytganda F. Xo’jayev o’zining BXSRdagi 4 yillik faoliyati davomida respublika aholisining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intilgan. O`zbek milliy davlatchiligi tarixida garchi qisqa davr yashagan bo`lsada, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920-1924-yillar) muhim bosqich bo`lganligini qayd etish o`rinlidir. BXSRda F.Xo`jayev boshchiligida milliy hukumatning shakllanishi, milliy mustaqil rivojlanish sari amaliy qadamlar qo`ydi. BXSR hukumati mustaqil davlat sifatida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy islohotlar olib bordi. Yangicha va demokratik, zamonaviy davlat qurishg`oyalarini baland ko`tarib chiqdi va sho`ro mustamlakachiligi tahdid solib turgan bir davrda milliy mustaqil davlat sifatida boshqa davlatlar bilan teng huquqli aloqalar o`rnatdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1 С.Иноятов «Бухоро адабоёти ва санъати»30.01.2019 №2 бет2
2Ш. Турдиев «Улар германияда ўқиган эдилар» Т: Фан 2006 2 нашр бет 49
3 С. Иноятов « Ф. Хўжаевнинг юз йиллиги » Навоий 1996 бет64
4 Ш. Ҳайитов ва бошқалар. «БХСР ижтимоий, иқтисодий сиёсат, маданий ҳаёт» Бухоро 2005 бет9/ «Бухоро ахбороти», 132-сон .08.02.1923
5 Б.Қандов, Қ.Ражабов, С.Ражабова.”Ўзбекистон тарихининг муҳим саналари (қадимги даврдан бугунги кунгача) Т:Ўзбекистон 2015 бет 166.
6Ш.Ҳайитов, С. Бадриддинов, К.Раҳмонов. «БХСР иқтисодий,ижтимоий сиёсат, маданий ҳаёт» Бухоро 2005.
7Ш. Ҳайитов ва К. Раҳмонов «БХР ва Германия: ҳамкорликнинг тарихий лавҳалари (1920-1924-йиллар)»
8. Ҳайитов С. Бадриддинов «Бухоро тарихидан лавҳалар (ХИХ-ХХ асрлар)» 2007
9Раҳмонов К. Бухоро Халқ Совет Республикаси тарихи матбуот саҳифаларида. –Т.: «Абу матбуот-консалт». 2012
Download 20,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish