Fazoviy fanlarda masshtab va tiniqlikning ahamiyati



Download 16,62 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi16,62 Kb.
#659009
Bog'liq
Fazoviy fanlarda masshtab va tiniqlikning ahamiyati


Fazoviy fanlarda masshtab va tiniqlikning ahamiyati.
Boshlangʻich geodeziya va kartografiya kurslaridan ma’lumki, masshtab bu
yer yuzasidagi masofalarning gorizontal proyeksiyalardagi kichraytirilgan
darajasidir. Masshtablar turli, jumladan sonli, matnli, chiziqli boʻladi va GAT da
kartalarni ishlab chiqarayotgan foydalanuvchi talabga qarab legendadan mosini
tanlab olishi mumkin.
Ma’lumotlarning batafsil yoki umumlashgan holda yoritib berilishiga koʻra
katta, oʻrta va kichik masshtabli kartalar boʻladi. Katta masshtabli kartalarda
obyektlar katta boʻladi va odatda tuman miqyosida, shahar masshtabida va undan
past darajada olinadi (1:100 dan 1:10000 gacha). Koʻpincha bunday kartalar
ishchi kartalar hisoblanadi. Kichik miqyosdagi kartalarda obyektlar kichikroq
koʻrinishda boʻlib, odatda davlatlar, viloyatlar yoki global masshtabda boʻladi
(1:100000 dan 1:5000000 gacha). Koʻpincha siyosiy kartalar yoki global
miqyosdagi oʻzgarishlar, yoki biron-bir hodisani tasvirlashda kichik masshtabli
kartalar qoʻllaniladi. Katta va kichik masshtabli kartalarning sonlari turlicha
koʻrsatilgan. Bundan tashqari, odatda 1:500000 masshtabli kartadan ajratib
olingan 1:25000 li karta kichik masshtabli kartadan ajratilgan katta masshtabli
karta deb ham yuritiladi.
Geoaxborot tizimida ma’lumotlarni toʻplashda va kelgusida ularni
foydalanuvchiga yetkazib berishda sifatli ko’rsatib bera olish muhim ahamiyat
kasb etadi. Koʻrsatib bera olish xususiyatlari jumlasiga kiruvchi aniqlik
(accuracy), GATga koʻra tiniqlik (inglizcha resolution, ruscha разрешение
soʽzidan olingan) muhim xususiyatdir. Bu sifat, oʻz navbatida, fazoviy, spektral
va vaqtli boʻlimlarga boʻlinadi. Masofadan zondlashda qoʻllaniladigan barcha
sensorlar mana shu uch sifat koʻrsatkichlari doirasida ish olib boradi va ma’lumot
saqlanish hajmi, qayta ishlash jarayoni hamda toʻlqin uzunligiga qarab bu uch
boʻlimda sensorlar ishlatilishi ham oʻzgarib turadi.
Rastr ma’lumot tiniqligi. Rastr ma’lumotdagi katakchalar (cell) berilgan
rastr ma’lumot modelining tiniqligini koʻrsatadi. Bizga berilgan ma’lumotga
koʻra, tiniqlik 10 metrga teng boʻlsa, u holda katakcha yuzasini 100 m2
(10mx10m) deb qabul qilishimiz kerak. Agar bizga 30 metrli tiniqlikdagi
ma’lumot berilsa, unda har bir katakcha joydagi 900 m2 joyni tasvirlagan boʻladi.
Shuning uchun katakcha birligi qanchalik kichik boʻlsa, tiniqlik koʻrsatkichi
yanada sifatliroq boʻladi, ya’ni 10 metrli tiniqlikdagi ma’lumot 30 metrli
tiniqlikdagi ma’lumotdan ancha ravshanroq koʻrinadi. Shuning uchun iloji
boricha tiniqlik birligi kichkina boʻlgan ma’lumot bizga joy haqida yanada
aniqroq ma’lumot beradi.
Geoaxborot tizimida har bir rastr ma’lumot ma’lum bir oʻlchamga ega
boʻlgan piksel(katakcha)ga ega va bu oʻlcham uning tiniqligini koʻrsatib beradi.
Agar siz kichik masshtabdagi rasmga qarasangiz, tasvir aniq koʻrinadi ( 3.3-rasm)
va uni kattalashtirib borilsa, oxirida alohida-alohida ajralgan katakchalarni
koʻrish mumkin Demak, yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, har bir katakcha oʻzida
ma’lum bir oʻlchamni va oʻz navbatida, ma’lumotni saqlaydi. Bu esa kompyuter
xotirasidan joy olish demakdir. Geoaxborot tizimi va masofadan zondlashda
tiniqlik tuchunchasiga alohida toʻxtalib oʻtishdan maqsad – faqat tiniqligi yuqori
boʻlgan tasvirlar bilan ishlash kerak, degan farazdan uzoqlashishdir. Chunki ba’zi
masalalarda, ya’ni regional yoki mamlakat masshtabidagi tahliliy ishlarni olib
borishda bizga tiniqligi pastroq boʻlgan ma’lumotlar zarur boʻladi. Masalan,
Google Earth kosmik suratlarini tiniqligi yuqori boʻlgan ma’lumot turiga
kiritishimiz mumkin, chunki bunda tiniqlik oʻlchami 1 metrgacha borishi
mumkin. Bu esa 1 m2 joyni koʻrishimiz mumkin deganidir. MODIS turkumidagi
ma’lumotlarda tiniqlik oʻlchami 250 metr boʻladi.
.
Download 16,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish