Fiziologiyasi va gigiyenasi


Tabiiy eksperim ent usuli



Download 12,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/252
Sana09.06.2022
Hajmi12,83 Mb.
#647569
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   252
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.)

3. Tabiiy eksperim ent usuli 
- gigiyena fanidagi asosiy usul 
bo'lib. u organizmga tashqi muhitning har tom onlam a ta'sirini 
o'rganadi. Bu usulda bola uchun tabiiy yashash sharoitida (dars 
soatlari, jism oniy mashqlar, sport va oddiy o'yinlar va boshqalar) 
organizm bilan atrof-muhit o'ltasidagi o ’zaro bog'liqlik. tabiiy 
omillarning bola organizmiga ta'siri o'rganiladi.
4. Statistika usuli 
- tashqi muhit omillarining bola va o'sm irlar- 
ning salomatlikka ijobiy va salbiy ta'sirini aniqlaydi. Bolalar muas- 
sasalarining maxsus standart jihozlar bilan ta'm inlash, bolalar ki- 
vim-kechaklari, poyabzal o'lcham ini aniqlashda va boshqa kerakli 
buyumlar bilan ta'm inlashda foydalaniladi. Bu usullar yordamida 
profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun zarur m a'lum ot- 
lar olinadi. Keyingi yil larda esa fizika. radiotexnika. elektronika, 
kibernetikaning zamonaviy usullaridan keng foydalanilmoqda. 
M asalan, tashxis qo'yishda kompyuter-tomografiyadan keng foy­
dalanilmoqda. Yoshga oid fiziologiya va o'quvchilar gigiyenasi 
fanidan bajariladigan tadaiqot ishlari ham umumiy fiziologiyadagi 
singari ikki xilda: o 'tk ir va surunkali tajribalarda bajariladi.
O 'tkir tajribalarda. odatda. havvon xushsizlantiriladi yoki qi- 
mirlay olmaydigan holatga keltirilib. hech qanday havvon hayotini 
saqlab qolish qoidalariga rioya qilinmagan holda operatsiya qilina- 
di (tiriklayin yorib ko'riladi) va tajriba oxirida esa havvon so'yila- 
di. 0 ‘tkir tajribalarda hayvonning o'rganilayotgan a'zosi, unga ke- 
layotgan nerv tolalari va qon tomirlari ochiladi.
Bir qator o4kir tajribalarda. a'zolar maxsus usullar yordamida 
to'qim alar hayot faoliyati. normal moddalar almashinuvini saqlash
www.ziyouz.com kutubxonasi


yo'li bilan ajratib olinadi. Masalan, ulardan o'tuvchi qon tomirlari 
orqali kislorod bilan boyitilgan qon, yoki uning o ‘rnini almashtiruv- 
chi eritmalar o'tkaziladi (perfuziya usuli). bundan tashqari, alohida 
a'zolarda esa (nerv, muskul va boshq.) ularning hujayralarini o'sh a 
eritmalarga joylashtirish yo'li bilan o'rganiladi.
0 ‘tkir tajribalarning kamchiligi shundan iboratki, ular hayvon- 
ning to'qim alari. qon tomirlari va nerv tolalarini qoplab turuvchi 
po'stloqlar jarohatlanganidan keyinoq notabiiy sharoitlarda ba- 
jariladi.
Surunkali tajribalarda esa hayvonlar avvaldan sterillangan sha- 
roitda operatsiva qilinadi va hayvon to 'lig 'ich a sog‘ayganidan ke­
yin ularda uzoq yillar davomida m o'tadil hayot sharoitida tajribalar 
o'tkazish mumkin. Lekin surunkali tajribalar davomida operatsiva 
asoratlari, masalan, qo'shni a'zolarni (katta qorinni) siljishi ku- 
zatilishi mumkin, bu esa o'rganiladigan a ’zo funksiyasini qisman 
bo'lsada buzadi. Hozirda. odam lar va hayvonlar organizmidagi 
muhim funksiyalarni yer yuzida va hatto kosmosda ham uzoq ma- 
sofadan turib. radio uzatgich va o'xshash tizim lar yordamida orga­
nizmning hayot faoliyatiga hech qanaqa zarar yetkazmasdan tele- 
vizion kuzatishlar olib borish va qayd qilish mumkin.
Odamlar va hayvonlarning bosh miya, yurak, qon tomirlari, na­
fas a'zolari. skelet muskullari va boshqa a ’zolari funksiyasining 
sog'lom hayot sharoitiga salbiy ta ’sir ko'rsatm asdan tashqi yuzaga 
mahkam langan yoki ichki a'zolarga kiritilgan (radiopiluli) radio- 
uzatgichlar yordamida tadqiqot ishlarini olib borish mumkin.
Elektron asboblar va kompvuterlardan foydalanish esa elcsperi- 
mentni bajarishni jiddiy darajada уengi 11 ashtirish bilan birga uning 
davomiyligini qisqartiradi.
Hozirgi zam onfiziologiyasida funksiyalarni o'rganishda a ’zolar- 
ni modellash ham keng qo'llanilm oqda. M odellar fizik apparatlar 
holida bo'lib, matematik gipoteza yoki nazariyalar asosida yasaladi 
va. tadqiqotchining fikricha. fiziologik jarayonni im itatsiya qiladi 
yoki funksiya tabiiy sharoitda bajariladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fizik modellardan fovdalanish yoki modellar fiziologik gipoteza 
va nazariyalarning to 'g 'rilig in i organizmdan tashqarida tekshirib 
ko'rish imkonini beradi va o'rganiladigan jarayon va funksiyalar- 
ni bajarilishi bo'yicha tabiat qonunlariga qanchalik to 'g 'ri kelishi 
haqida yangi yechimlarni topishda, y a ’ni yangi fiziologik qonunlar- 
nl ochish uchun katta aham iyatga ega. Masalan, asab tizimi, asab 
hujayralari, sezgi a ’zolari skelet muskullari faoliyatining sun’iy 
elektron modellari yaratildi.
M odellashtirish muhim amaliv ahamiyatga ega, qaysiki, kiber- 
netik m ashinkalardan aqliy va jism oniy mehnat qurollari sifatida 
foydalanilmoqda, tibbiyotda esa ayrim a ’zolarni vaqtinchalik al- 
mashtiradi. Masalan, hisoblash mashinkalari, matnlarni bir tildan 
ikkinchi tilga o'girish, harakat reaksiyalarining yuzaga kelish va 
davom iylik tezliklarini aniqlash. qonning kislorod bilan to'yini- 
shi, eritrotsitlar miqdorini aniqlash, yurak-o'pka apparati, sun’iy 
buyraklar faoliyatini bajarmoqda.
Ammo, shuni qayd qilish kerakki, a'zolarning kibernetik elek­
tron modellari ularning funksiy asini jiddiy ravishda osonlashtiradi. 
Ularning asosiy farqi shundan iboratkim. qaysiki m odellarda elek­
tron jarayonlar harakatlansa, organizmda esa murakkab fiziologik 
va biokimyoviv jarayonlar bajariladi. Fiziologiyada, odam orga­
nizmi funksiyalarini o'rganish uchun uzoq vaqtlardan buyon, aynan 
shu funksiyasi dastlab hayvonlarda o'rganiladi, qaysiki havvonlar 
organizmi odam organizmining ancha qulav modeli hisoblanadi. 
Izolatsiya qilingan a ’zolar, to'qim alar va hujayralar faoliyatlarini 
o'rganish bo'yicha tajribalarni ham modellashtirish deb hisoblash 
mumkin. Hayvonlar organizmining funksional qonuniy^atlarini 
o'rganish natijalari faqatgina odamlar organizmi funksiyalarining 
fiziologik mexanizmlarini ochish uchun foydalanilmasdan balki 
hozirgi zamon texnikasida (bionika) foydalaniladigan yangi kiber­
netik m ashinalar yw atish uchun ham foydalanilmoqda.
Hozirgi zamon elektronika, kibernetika. avtomatika yutuqlari- 
ga asoslangan tabiiy sharoitda fiziologik jarayonlarni chuqur va 
to 'lig 'ich a o'rganish. ilgaridan tadqiqotchiga imkoni bo'lm agan
www.ziyouz.com kutubxonasi


yangi fiziologik qonuniyatlarni ochish va hatto uzoq vaqt ishlama- 
gan a ’zoni almashtirish imkonini beradi.

Download 12,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish