Fonetika, grammatika, so‘z yasalishi va orfografiyani o‘rgatish metodikasi Kichik yoshdagi o'quvchilarda ilmiy dunyo-qarash elementlarini



Download 101,01 Kb.
bet1/25
Sana18.02.2022
Hajmi101,01 Kb.
#452267
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Fonetika, grammatika, so‘z yasalishi va orfografiyani o‘rgatish


Fonetika, grammatika, so‘z yasalishi va orfografiyani o‘rgatish metodikasi
Kichik yoshdagi o'quvchilarda ilmiy dunyo-qarash elementlarini shakllan-tirishda ona tilini o'rgatishning ahamiyati. Ona tilini o'rgatishning lingvistik asoslari. Boshlang'ich ta'limda ona tilini o'rgatish mazmuniga tavsifnoma.
Reja:
1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
2.Fonetika va grafika asoslarini o‘rganish.
3.Grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik shartlari.

O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidir. Maktabda ona tilini o‘quv predmeti sifatida o‘qitish uning ta’lim – tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi. Bola o‘zining ilk tasavvurlarini, ichki kechinmalarini til vositasida yuzaga chiqaradi. U o‘zini va o‘zgalarni, atrofdagi narsa-hodisalarni til yordamida taniydi, bilib oladi. Maktabda til o‘qitish – uni o‘zlashtirishning tabiiy davomi bo‘lib, u bolalarning maktabga kelguncha hosil qilgan nutq tajribasi asosida tashkil etiladi.


Ona tili predmeti o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning fikrini yuzaga chiqarish shakllari (og‘zaki va yozma nutq), vositalari (tovush, harf, so‘z, gap, matn), usullarini (aytish va eshitish, gapirish va tinglash, o‘qish va yozish) egallashlari bilan qo‘shib olib borishning yetakchi omilidir.
Tilning jamiyatda tutgan o‘rni, til va tafakkur hamda til va nutqning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi g‘oyalar maktabda ona tili ta’limining nazariy asoslari sanaladi.
Til va jamiyat. Til – ijtimoiy hodisa. U kishilarning eng muhim aloqalashuv va fikrlashuv qurolidir. Til jamiyat a’zolarining tabiiy – biologik tuzilishlari, ijtimoiy kelib chiqishlaridan qat’i nazar, ularning barchasi uchun teppa-teng xizmat qiladi. Jamiyat rivojlangan sari, til ham rivojlanib, takomillashib boraveradi. Til kishilik jamiyati bilan bir paytda paydo bo‘lgan. Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo‘lmaydi. Til bo‘lmaganda, jamiyat a’zolari o‘rtasida o‘zaro aloqa bo‘lmas edi. Kishilar o‘rtasida o‘zaro aloqa bo‘lmaganda, jamiyat a’zolari uchun yetarli miqdorda moddiy ne’matlar ishlab chiqara olmasdi.
Inson ijtimoiy mavjudot. Jamiyat til vositasida boshqariladi.
Maktabda til o‘qitilar ekan, til va jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi quyidagi xulosalarga tayaniladi:
1. Til – kishilarning eng muhim aloqalashuv vositasi. Tilning aloqalashuv va fikr almashuv vazifasi uni puxta o‘zlashtirish zaminida yanada o‘tkirlashadi.
2. Kishilik jamiyati va til o‘zaro dialektik bog’liqdir. Tilni mukammal egallash orqali o‘quvchilar jamiyatdagi o‘zgarishlarni qiynalmasdan tushunib oladilar.
3. Til – jamiyatni boshqarish va rivojlantirish quroli. Tilni atroflicha bilish tufayli o‘quvchilar jamiyat a’zolarining ishlab chiqarish qurollarini boshqarishga oid tajribalarini, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish usullarini atroflicha bilib oladilar.
4. Til insonning faoliyati bilan uzviy bog‘langan. Tilni o‘rganish vositasida o‘quvchilar moddiy va ma’naviy hayotning faol ishtirokchilari bo‘lib yetishadilar.
5. Til – jamiyat a’zolarini tarbiyalash vositasi. Uning qonuniyatlari va grammatik qurilishini anglash bolalarda nutq qobiliyati va nutq madaniyatini shakllantirishda, estetik did va fahm – farosatni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Til va tafakkur. Til va tafakkurning o‘zaro munosabati masalasi fanda uzoq tarixga ega. Bu muammo yuzasidan o‘tkazilgan munozaralarda quyidagi savollar o‘rtaga tashlangan:

  • til va tafakkur bir narsami yoki ular o‘zaro bog‘langan, boshqa-boshqa narsalarmi?

  • til va tafakkur doimo o‘zaro bog‘langanmi yoki tafakkur tilsiz, til tafakkursiz zuhur etadimi?

  • agar til va tafakkur alohida-alohida hodisalar bo‘lib, ular o‘zaro bog‘langan bo‘lsa, fikrlash jarayonida tilning so‘zlash jarayonida tafakkurning roli qanday?

Qadim zamonlardan toki hozirgi kunlarga qadar olimlar shu savollar ustida bosh
qotiradilar. Antik faylasuflar o‘zlarining logos – koinot to‘g‘risidagi ta’limotlarida ,,so‘z va fikr borliqni birgalikda ifodalaydi“ degan xulosani chiqarishgan edi. Yunon faylasufi Aristotel ,,til va tafakkur o‘zaro aloqador ikki narsa“ deb talqin qiladi.
Til tafakkur bilan bog‘langan. Tilni tafakkursiz, tafakkurni tilsiz rivojlantirib bo‘lmaydi. Chunonchi, ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchlarning nutqini o‘stirish uchun qilingan har bir ish bolaning tafakkurini o‘stirish omili ham sanaladi.
Ong borliqning inson miyasidagi in’ikosidir. Ko‘rish, eshitish, sezish, ta’m bilish organlari vositasida tashqi olamdagi narsalar kishi ongida aks etadi. Inson tafakkur vositasida tabiat va jamiyatdagi narsa – hodisalarning o‘xshash va farqli tomonlarini ajratadi, ularni taqqoslaydi, tahlil va sintez qiladi. Bular til vositasida moddiylashadi, kishilar uchun tushunarli bo‘ladi.
Fikrlash jarayonida abstraksiyalash va umumlashtirishning roli katta. Abstraksiyalash va umumlashtirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan nutq insonning haqiqatni eng yuksak darajada in’ikos etishini ta’minlaydi.
Til va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi ta’limotga tayanib, quyidagi pedagogik xulosalar chiqariladi:
1. Til va tafakkur o‘zaro dialektik bog‘liq. Qurilayotgan binoning devorlari g‘ishtlar yordamida bunyod etilganidek, fikrlashning har bir bosqichi so‘z – gaplar vositasida mustahkamlanadi. Demak, o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish maktab ta’limining asosiy vazifasidir.
2. Tilga oid bilimlarni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchilar so‘z, so‘z birikmasi va gapni to‘g‘ri ishlatish sirlarini bilib oladi. Bu o‘quvchi nutqining, shuningdek, ular tafakkurining ham barkamolligini ko‘rsatadi.
3. U yoki bu mavzu yuzasidan hosil qilingan bilimlarning yaroqliligi o‘quvchilarning shu bilimlarini o‘z so‘zlari bilan aytib bera olish darajasiga ko‘ra belgilanadi. Shu sababli mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga ko‘proq yozdiriladi, o‘qitiladi, gapirtiriladi.
Til va nutq. XX asrning I choragida tilshunoslik fani erishgan ulkan mufavvaqqiyatlardan biri – til hodisalarini o‘rganishga sistem – struktur yondashish metodologiyasining kirib kelishi bo‘ldi. Til hodisalariga sistem-struktur yondashish metodologiyasi shveytsar tilshunosi Ferdinand de Sossyurning 1916 – yilda nashr qilingan ,,Umumiy tilshunoslik kursi“ nomi asarida asoslangan edi. U tilshunoslik fani tarixida birinchilardan bo‘lib, til va nutq masalalariga alohida-alohida qarashni, til hodisalari tarixiy taraqqiyotini diaxroniya, uning hozirgi ahvolini sinxroniya to‘qnashuvida tahlil etishni asosladi.


Download 101,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish