Fonetika murakkab (Eplasang ishla-2)



Download 54,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi54,5 Kb.
#263032
Bog'liq
Fonetika DTM 2


Fonetika murakkab (Eplasang ishla-2)
1.Bu yerlarga kelganimdan so’ng yuragimda insonlarga bo’lgan muhabbat yanada yuksaldi.

Ushbu gapda ikki til oldi, jarangli undosh va til oldi unlisidan tashkil topgan yopiq bo’g’in necha marotaba ishtirok etgan?

A)3 B)4 C)5 D) bunday bo;gin ishtirok etmagan
2. Tug`ilib o`sgan shahringdan ayrilib yashashingga ko`zim yetmasdi, buni hammadan ham men juda yaxshi bilardim.

Ushbu gapda fonetik o`zgarish asosida yozilgan so`zlarda necha o`rinda shovqinli sirg`aluvchi undoshlar ishtirok etgan?

A) 7 ta B) 9 ta C) 10 ta D) 8 ta
3. Qaysi so`z tarkibida lug`aviy shakl yasovchidan so`ng kelgan so`z yasovchi tarkibida ikkita til undoshi ishtirok etgan?

A) maqtanchoq B) naqshlanmoq

C) oydinlashtirmoq D) shodlantirmoq
4. Quyida berilgan tez aytishlarning qaysi birida faqat til undoshlari va unlilar ishtirok etgan?

A) Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi.

B) Soqi quritgan qoqi qoq quruq qoqi. C) To`p-to`p ko`k koptok, har bir to`pda ko`p koptok.

D) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi.


5. Qaysi so`z asosida ikki jarangli undosh orasida keng unli kelgan?

A) puldor B) kitobxon C) bormoqda D) bilimdon


6. Jarangli jufti mavjud bo`lgan til oldi jarangsiz undoshlarini aniqlang.

A) z,j,d B) k,t,s,ch C) t,s,ch,sh D) t,p,s


7. Seni menga bergan, mening xalqimga, Bandalari yo`qotolmas, tortib ololmas. Ushbu misralarda necha o`rinda tovush o`zgarishi ro`y bergan?

A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 3 ta


8. Bitta o`g`limni qoldirishni xohlayapman-u, qanday qilib uchovingni tahslab ikkalamiz shaharga ketamiz ? Ushbu gapda munosabat shakllari tarkibida ishtirok etgan undoshlarning hech biriga xos bo’lmagan tasnifni aniqlang.

A) jarangli portlovchi til orqa undoshi

B) jarangli juftiga ega bo`lgan portlovchi til undoshi

C) shovqinlilar guruhiga kirmaydigan jarangli portlovchi undosh D) jarangsiz juftiga ega bo`lgan sirg`aluvchi til undoshi


9. Qaysi so`zga ot yasovchi va shakl yasovchi qo`shimcha ketma-ket qo`shilganda 2 o’rinda fonetik hodisa kuzatish mumkin.

A) yig`i B) qiyin C) yalt D) titra


10. Duroj yolg`on so`zlagani, noto`g`ri gapirgani uchun tuzoqqa tushdi. Berilgan gapda yasama so`zlar asosidagi portlovchi undoshlar nechta?

A) 1ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta


11. Qaysi gap(lar)da fonetik o`zgarish faqat so`z yasovchi ta’sirida sodir bo`lgan?

1) Ikkalasi ham shahrimizdagi o`zgarishlarni ko`rib lol bo`lishdi. 2) To`pidan ayrilganni bo`ri yer. 3) O`z ko`nglini ko`tarishning eng yaxshi yo`li kimningdir ko`nglini ko`tarishdir. 4) Insonni dunyoni qanchalik bilsa, o`zini ham anglaydi.

A) 4 B) 2,4 C) 2,3 D) 1,4


12. Ba’zi paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. Bolalikdagi o`ynoqi damlarni eslab quvnayman. Meni o`tloqlarda dumalatgan, chang ko`chalarda o`ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman. Ushbu parchadagi tovush tarkibi o`zgargan so`zlar qaysi so`z turkumiga mansub?

A) ot, olmosh B) ot, sifat, ravish

C) ot, fe’l, sifat, olmosh D) fe’l, olmosh
13. Undoshlarning uch tasnifiga ko`ra ham farqlovchi belgilariga ega fonemalar ma’no farqlagan so`zlar qatorini toping.

A) ko`rik, katak B) kerak, kesak

C) ko`sak, ko`mak D) kepak, kesak
14. O`zbek tilida jarangli portlovchi til undoshlari soni nechta?

A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 5 ta


15. Berilgan qaysi juftliklarda birinchi so`zning birinchi bo`g`ini urg`uli hisoblanadi?

A) hozir (davraga keldi) – hozir (ketishga hozir bo`ldi) B) yangi (yangi kitob) – yangi (yangi keldi) C) etik (oyoq kiyimi) – etik (axloq normalari)

D) akademik (shoir) – akademik (litsey)
16. Qaysi javobdagi so`zlarda tilda hosil bo`lishiga hamda portlovchi-sirg`aluvchiligiga ko`ra birlashtiruvchi, jarangli-jarangsizligiga ko`ra farqlovchi belgilarga ega fonema qatnashgan?

A) dor- tor B) toq - tog` C) bo`r - ber D) tom- tol


17. Meniki-seniki deb tortishib, necha marta burni qonadi hamki, og`zini tiyolmasdi. Ushbu gapda nechta o`rinda tovush o`zgarishi sodir bo`lgan?

A) 3 ta B) 4 ta C) 5 a D) 6 ta


18. Shu kunlarda keng jahonda oqib keldi e’tirof, istiqlolning jamoliga boqib keldi e’tirof. She’riy parchada jarangsiz til undoshi+unli+jarangli til undoshi qolipidagi bo`g`inlar soni nechta?

A) 6 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 7 ta


19. Bu falokatga yo`liqqan odamning jon achchig`idagi qichqirig`i edi, ammo Bill qayrilib ham qaramadi. Ushbu gapda so`z yasovchi qo`shimcha qo`shilishi natijasida nechta so`z tarkibida fonetik o`zgarish bo`lgan?

A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta


20. Qaysi qatorda fonema so`z turkumini o`zgartirmagan?

A) sirop-serob, soliq-solih

B) sudxo`r-sutxo`r, so`kmoq-suqmoq

C) tang-tong, uzuk-uzik, urish-urush

D) undash-undosh, ana-ona
21. Kelasi darsimizda butunlay adabiyot darsi o’tamiz.

Ushbu gapdagi ochiq bo’g’inlar haqidagi noto’g’ri hukmni belgilang .

A)Ushbu gapda z tovushining jarangsiz jufti til oldi unli bilan uch marta ochiq bo’g’in hosil qilgan

B) Ushbu gapda jarangli juftiga ega undoshlar lablanmagan unlilar bilan 5 marta ochiq bo’g’in hosil qilgan

C)Ushbu gapda ochiq bo’g’inlarning hech birida chuqur til orqa tovushi ishtirok etmagan

D)Ochiq bo’g’inlar tarkibidagi jarangli tovushlar til tovushlaridir

22. Suyanmang baland deb ko’ksini kergan,

Tuproqning ustida tog’lar omonat.

Ushbu she’riy parchadagi yopiq bo’g’inlar haqidagi to’g’ri hukmni belgilang.

A)She’riy parchada burun tovushlari yopiq bo’g’in tarkibida 7 marta qatnashgan

B) She’riy parchada ishtirok etgan toq jaranglilar va yopiq bo’g’inlar soni bir-biriga teng

C)she’riy parchada yopiq bog’inlar tarkibida til oldi undoshi hisoblanmagan undoshlar soni 14 ta

D)she’riy parchada 7 ta yopiq bo’g’in til oldi undoshlari bilan tugagan


23. Quyidagi gaplardan qaysilarida fonetik o`zgarish asosida yozilgan so`z yasovchi morfema qatnashgan?

1) Shirin yolg`ondan achchiq haqiqat yaxshi.

2) Butun xalqning istagi shu – tinchlik. 3) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo`lmaydi.

4) Hayajonlanganimdan tanamning o`grig`ini ham sezmabman. A) 2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2 D) 1,2,3,4


24. Qay bir yuraklarda qolarmiz mangu,

Ezgu hislar uchun umrimiz garov.

Ishqning eski dardi mangulik og’u,

Balki, bu dunyoda eng qattol sinov.

Ushbu she’riy parcha haqidagi to’g’ri hukmni belgilang.

A)16 ta ochiq bo’g’in til undoshlari yordamida tuzilgan

B) 3 ta so’zdagi qator undoshlardan biri bo’g’inlar natijasida qator undoshligini yo’qotgan

C) 9 ta so’z faqat jaranglilardan tarkiblangan

D) 3 ta so’zning yopiq bo’g’inida 2 tadan jarangsiz tovushlar ishtirok etgan

25. Tarkibida til undoshlari va tor unli(lar) ishtirok etgan yasama so`zlar berilgan javobni aniqlang.

A) xizmatkor, kiymoq B) ishqala, qaramlik

C) gulchi, tilik D) qing`ir, tirik
26. Vatanning baxti, porloq istiqboli, yorqin kelajagi uchun yashash , kurashish, kerak bo’lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz,ham qarzdir.

Berilgan gapda qanday fonetik hodisa yuz bergan?

A)2 ta tushish, 1 ta almashinish B) 2 ta almashinish, 1 ta ortish C) 4 ta almashinish D) 3 ta almashinish
27. Ko’makchi morfemasida quyi keng unlidan oldin ham, keyin ham jarangli til undoshi kelgan so`zni toping. A) oshpaz B) guldon C) bormoqda D) kitobxon
28. Yig`layman – ko`zimga kelmaydi namlar, Murg`ak vujudimda faqat zo`r titroq! Bo`g`zimda alamlar, achchiq alamlar, Yo`lning o`rtasida turibman…

“Nido” dostonidan olingan ushbu parchada fonetik yozuvning yuzaga kelishiga asos bo`lgan nechta qo`shimcha shakldoshlik xususiyatiga ega?

A) 2 ta B) bunday qo`shimchalar berilmagan C) 4 ta D) barchasi shakldosh hisoblanadi
29. Qaysi tovush miqdori ko’p? b,g,y,v,z,x,s,d,g’,p

A)portlovchilar B)sirg’aluvchilar C) jaranglilar D) jarangsizlar


30. Yasalish asosi va yasalma bir so`z turkumi doirasida bo`lmagan yasama so`zlarni toping. 1) oqarmoq; 2) tinchlik; 3) itoatkor; 4) g`allakor; 5) notekis; 6) noo`rin.

A) 2,3,4 B) 2,3,4,5 C) 1,2,3,6 D) 2,4


Ishonch- abadiyat eleksiri, yo’qdan bor qilguvchidir.

Tuzuvchi: Islombek Karimov
Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish