Foydalanlgan adabiyotlar royxati


Tog` va tog`oldi joylaridagi rekreatsiya resurslari



Download 115 Kb.
bet3/5
Sana18.02.2022
Hajmi115 Kb.
#451893
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shoxsanam

3. Tog` va tog`oldi joylaridagi rekreatsiya resurslari

Hozirgi davr ijtimoiy hayotida dam olish, istirohat, davolanish va turizm obyektlarining ahamiyati juda tez o`sib bormoqda. Insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan «rekreasion resurslar» deb ataladi. Kelib shiqish va foydalanish hususyaitlariga ko`ra rekreatsiya resurslari tabiiy va ijtimoiy rekreatsiya resurslariga bo`linadi.


Tabiiy rekreatsiya resurslari qatoriga toza havoli go`zal tabiat go`chalari (landshaftlari) kiradi. Ular daryo, ko`l, dengiz bo`ylari, tog` etaklaridagi o`simlik dunyosi hilma-hil bo`lgan manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo`lishi mumkin. Aholining dam olishi, sport bilan shug`ullanishi, ov qilish imkoniyatlari keng hududlar, markaziy shahar atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog`lar yoki maxsus qo`riqxona va milliy bog`lar ham rekreatsiya hududlaridir. Respublika Prezidentining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to`g`risidagi farmonida tabiat tomonidan yaratilgan noyob yodgorliklarni saqlash va ulardan turizm, tibbiyot va boshqa maqsadlarda oqilona foydalanish ham nazarda tutilgan. O`zbekistonda tabiat in’om etgan minglab tabiiy obidalar va yodgorliklar mavjud bo`lib, ularning sayohlikning turli yo`nalishlari ayniqsa, ekoturizmni rivojlantirishda ahamiyati katta (A.Soliyev, M.Usmonov 2005).
Mamlakatimizda tog` o`rmonlari maydoni 301 ming ga. bo`lib, O`rta Osiyo o`rmonlarining 21% ini tashkil etadi (Jumaboyev T. 1989). Zarafshon vohasi tabiiy charoiti, yer usti tuzilishi ya’ni relyefi janub va shimol hamda shimoliy-charq tomonlarini tog` va tog`liklardan iboratligi ham turizmda va uning bir tarmog`i bo`lgan qisqa muddatli dam olish joylarini rivojlantirishda ahamiyati kattadir. Viloyatimiz shimolida Nurota (Oqtog`, Qoratog`, G’udbin tog`lari), janubdan Zarafshon tog` tizmalari (Chaqilkalon, Qoratepa, Ziyovutdin, Zirabuloq tog`lari) bilan shegaralanadi. Yer usti tuzilish umuman olganda uning ishlab shiqarish kushlarini rivojlantirish, sanoat va qishloq xo`jaligini maxsulotlarini yetishtirish hamda joylashtirish uchun qulay. Tog` va tog`oldi hududlar nihoyatda o`simlik dunyosiga boy bo`lib, rang-barang o`simliklar va (yong`oq, olma, tog` olcha, archazorlar, ravosh, tog` yalpiz kabi o`tlar o`sadi) namatak, zirk, do`lshor va irg`ay kabi butalar o`sadi. Tog`larda yoz salqinroq, cho`ldagiga nisbatan qisqaroq bo`ladi.
Tog`larning shimoliy yonbag`irlari janubiy yonbag`irlariga nisbatan salqin va namroq bo`lganligidan o`tlar yoz bo`yi ko`m-ko`k bo`lib o`sib turadi. Tog`larning g`arbiy yonbag`irlari charqiy yonbag`irlariga nisbatan yog`in ko`proq bo`ladi. Binobarin, bu yonbag`irlarida o`simliklar ham ko`proq va qalin o`sadi. Bu esa viloyatimizning aholisini, qolaversa tog` turizmiga qiziqib kelgan sayohlarni yil davomida, mavsumiy yoki qisqa muddatli dam olishi uchun juda qulay hisobalanadi.
O`tmishga nazar tashlaganda talaygina mahalliy sayyohlarni tilga olish o`rinlidir. Bu o`rinda Zahriddin Muhammad Bobur o`zining «Boburnoma» asarida o`z askarlari bilan otda mangu muz o`lkasi Hindikush tog`laridan Hindistongacha ov qilganligi, hordiq shiqarganligi ham yozib qoldirilganligi ahamiyatlidir. Bu asarga ishlangan minnatyuralar buning qanchalik haqiqat ekanligini isbotlaydi.
Umuman qadimgi ajdodlarimiz ov qilish yo`li bilan katta sayohatlar qilishgan va tog`, daryo yo`llarini o`rganganlar, yoshlarni qo`rqmas, botir shidamli va chaqqon qilib tarbiyalashda ana shunday vositalardan o`rinli foydalanganlar. Vohaning tog` va tog`oldi joylaridagi rekreatsiya resurslaridan foydalanishda transport turlarining ahamiyati katta. Tog` va tog`oldi joylari ekoturistik landshaftlaridan foydalanib, rekreasion resurslarni rivojlantirishning ahamiyati katta. Bu tog`larning musaffo havosi, shifobahsh suvlari, maftunkor tabiati qadimdan kishilarni o`ziga jalb etib kelgan. Zarafshon vohasining markaziy qismini Samarqand sho`kmasi ishg`ol qilgan bo`lib, shimol va janub tomonlardan o`rta qismiga tomon qiyalanib, charqdan g`arbga 100-350 metrgacha pasayib boradi. Buning markaziy qismini Zarafshon daryosi kesib o`tib, terrasalarga ajratadi. Voha janubidagi Zarafshon tog`i paleozoyning ohaktosh, gips va kristalli slaneslaridan iborat. Bu tog` tizmasi viloyat hududida Chaqilkalon, Qoratepa (eng baland joyi – 2204 m.) kabi tog`larni hosil qiladi va g`arbga tomon tekislanib, Jom cho’liga tutachadi. Bu mintaqada tabiiy turistik obyektlardan g`orlar, nurash natijasida hosil bo`lgan shakllar va boshqa ekzotik ko`rinishdagi tabiiy obidalar vujudga kelgan.
Vohaning Ohalik, Urgut, G`ubdin tog`lari bo`ylab sayohat qilganlar tabiatning mo`jizalariga yana bir bor iqror bo`ladi. Hozirgi paytda bunday joylardan qisqa muddatli dam olish imkoniyatlari bo`lsa ham undan to`laligicha foydalanilmayapti.
Omonqo’ton tog’ o’rmoni. Zarafshon vohasi tabiiy rekreatsion resurslariga juda ham boy hisoblanadi. Biz ana shunday tabiiy rekreatsion resurslardan ayrimlariga tavsif berib o`tamiz:
“Tabiat - san`atning abadiy nusxasidir” – Vissaryon Belinskiyning bu so`zlari respublikamizning takrorlanmas bir bo`lagi bo`lgan – kishik tog` maydoni Omonqo`tonga ham tegishlidir. XIX asr oxirlarida inson ongi va mehnati tabiatga yordamga keldi va halokat oldida turgan maydon qayta tiklandi.
Omonqo`ton respublikamizdagi ko`pshilikka yoshlikdan tanish. Bu joydagi neandertal odam makoni to`g`risida butun dunyo biladi. Tabiatning bu bo`lagi respublikamizdagi betakror tabiat – tarix xazinasi bo`lib, osmon gumbazi ostidagi ulkan bir muzeydir.
Omonqo`ton va uning ayrim joylari to`g`risida bitr qator afsonalar mavjud. Shu yerlik qariyalar gurmor tog`idagi toshga aylangan ilon, Taxtaqoracha dovonidagi badjahl jinlar, Shoxaksoydagi Ulug`bek yashiringan joy hamda Aflotinsoy haqida ko`plab gapirichadi. Lekin asosiy afsona Omon ismli sho`ponga atalgan bo`lib, go`yo u o`z jasorati bilan odamlarga baxt ato etgan. Yani soyga kirishni qo`riqlab turgan ulkan ilonni o`ldirid yaylovga boy va hosildor tuproqli yerni undan ozod etgan. Shu sababli bu joy Omonqo`ton deb atalgan deyichadi. Lekin bu joining eng keksa nomi sug`dcha Gurmak bo`lib, shu nomli qishloq Konsoyning yuqori qismida hali am saqlaniob qolgan. Keyinchalik Omonqo`ton Taxtaqoracha nomi bilan G`iyosiddin Alining “Temurning Hindistonga yurishi xotiralari” kitobida tilga olinadi. Temur va Ulug`bek davrida qurilgan yozlik qasr ham Taxtaqoracha nomi bilan atalgan.
Vaqt o`tishi bilan bu yerda archazorlar qirqilib ketganidan keyin odamlar uchun Omonqo`tonning fayzi yo`qolgan. Buloqlar qurib, yaylovlarda o`tlar qurib ketgan. Iqlim quruqlashgan, sel oqimlari tog` yonbag`ridagi barcha narsalarni yuvib keta boshlagan.
Bu joylardagi archalar qirqilishiga yana bir sabab bor. XVIII asrdan boshlab bu yerda sho`yan va temir eritila boshladi, ular o`z navbatida daraxtdan qilingan ko`mirni talab etardi. Bunday ko`mirni esa archa daraxtini kuydirib olishgan. Shu sababli maydoni 24 km2 bo`lgan archazor atigi 10-20 yil ishida qirqilib ketdi.
Hudud bundayhalokat ostida turgan bir paytda tachabbuskor- o`rmonshi general N.I.Korolkov uni qutqarish yo`lin o`ylab topdi. U avval Omonqo`tonning iqlimi va tuprog`iga etibor qildi. O`rmonshilik bo`yicha mutaxassislar S.N.Navrotskiy va M.I.Nevskiy bilan birgalikda vodiyning shimoliy qismida o`rmon ekishni boshladi. Shunki o`cha vaqtda bu yonbag`ir sel bosishi uchun eng xavfli edi. Bu yerda jahonda birinshi bo`lib maxsus Omonqo`ton usuli ishlab shiqildi, yani yonbag`irda ko`ndalangiga supasimon shaklda tekisliklar yaratilib, ko`chatlar ekildi. Bu ko`ndalang supasimonlar tagidagi ariqlar o`z navbatida yomg`ir va qor suvlari tezligini kamaytiradi, larni tuproqni o`ziga yig`adi va ob-havo quruq vaqtida o`simliklarga beradi. Keyinchalik Korolkovning bu usuli frantsuz o`rmonshunoslari tomonidan yuqori baholandi. Lekin tezda mablag` yetishmasligi tufayli ishni to`xtatishdi.
Ammo shu bilan Omonqo`tonda o`rmon barpo qilish ishi to`xtamadi. 1887 yili o`rmonshunos K.Rauner Gazarmasoy boshida qarag`ay ko`chatlari ekdi. Hozir bu yerda 117-ta ulkan Qrim qarag`ayi o`sib yotibdi. Ularning balandligi 20 metrgacha, tanasining kengligi 0.8 metrgacha yetadi. Qarag`aylar o`zlari uchun notanish quruq iqlimga yaxshi moslashgan.
Bu vohaning paydo bo`lishi ko`p jarayonni o`zgartirdi, ilgari yoz jaziramasidan qurigan, qaqragan yonbag`irlar ko`m-ko`k daraxtlar bilan qoplandi, hayvonot olamining ko`plab vakillari: turli xil qushlar, yovvoyi cho`chqa, bo`ri, bo`rsiqlar paydo bo`lgan.
1933 yilga kelib Omonqo`tonda o`rmon xo`jaligi tuzildi va maydonni o`rmonlashtirish qizg`in davom etdi. Hozir Omonqo`tonning hamma burshaklarida bodomzorlar, qayrag`oshzorlar, olmazor va yong`oqzorlar tashkil etilgan.
Endilikda Omonqo`ton o`rmon xo`jaligi 2200 ga yerni tashkil etadi. Yangi o`zlashtiriladigan maydonlar hisobga olinib, kelajakda ular eskilari bilan qo`shilib, bir umumiy bog`ni tashkil etishi kerak.
Shu kunlarda Omonqo`ton bazasida milliy bog` tashkil qilish masalasini ko`taradigan vaqt keldi. Shunki, inson qo`li bilan yaratilgan bu xushmanzara o`rmon, uning himoyasiga muhtoj bo`lib qoldi. Omonqo`tonni tomocha qilish va u yerda miriqib dam olish uchun har yili ko`p minglab Samrqandliklar, sayyohlar, shet ellik mehmonlar kelichadi. Shuning uchun ham tabiatning bu nodir burchagini himoya qilish vazifasi turadi.
Har holda Omonqo`ton nimasi bilan odamlarni jalb etadi. Birinshidan, yirik sayohat shahri Samarqanddan uni atiga 40 km masofa ajratib turadi. Ikkinshidan, tog`lar bilan o`raglan bu vodiyda alohida mikroiqlim mavjud bo`lib, tekislikka nisbatan u yerda deyarli ush marta ko`proq (yiliga 800 mm ga yaqin) yog`ingarshilik bo`ladi. Havoning harorati esa shaharga nisbatan deyarli 4-5 daraja pastdir. Bu joyda yozning eng jazirama kunlarida ham yengil shabada esib, salqin bo`lib turadi.
Omonqo`tonning ko`p sonli buloqlari hamma vaqt muzdek va xushta’mdir. Qishda esa qor sporti bilan shug`ullanuvshilar uchun qalin qor qoplamasi paydo bo`ladi.
Bu tog`lik joyda bir qator dam olish va turistik ob’yektlar mavjud. Tabiat yodgorliklariga o`rmonni ham qo`shish mumkin. Shunki bu yerda endemis o`simlik dunyosi ham ushraydi.
Vodiyni go`zal va ulkan qoyalar o`rab olgan. Sayyohlar va dam oluvshilarni tog`lar yuqorisida ushraydigan suvayirg`ishdagi karst varonkalari, g`orlar, Quruqsoy va Qumbel daralari o`ziga tortadi.
Hozirgi paytda Omonqo`ton orqali ko`plab sayohat marshrutlari o`tadi. Har yili 15-20 ming shaharliklar dam olish vaqtlarini, mimglab talaba va o`quvshilar yozgi ta’tillarini bu yerdagi dam olish maskanlarida o`tkazichadi. Hesh kim tomonidan nazorat qilinmaydigan ko`p minglab sayyohlar bu joyning go`zalligiga zarar yetkazishmoqda. Daraxtlarda kasallik belgilari, foydali o`simliklar arealining esa qisqarish holati kuzatilmoqda. Bir vaqtlar musaffo va tiniq suv manbai bo`lgan buloqlarning suvi kamayib ifloslangan.
Ayniqsa dam olish maskanlari atroflari, daraxtlar tagidagi dam oladigan joylar kushli ifloslangan. B joylardagi baland musiqa tovushlaridan cho`chigan qushlar inlarini tashlab ketgan.
Bu yerga sayohatga, dam olishga shiqqan kishilar yosh daraxt novdalarini sindirib go’yoki o’zlariga himoya quroli sifatida foydalanadilar. Dam olish joylarida gulxan yoqish odati tufayli bir necha kubometr o’tinlar yoqilib ketilmoqda. Lekin ular orasida yangi nihollar – ignabargli daraxtlar yoki archalarning qirqilib ketilishi juda ham achinarli holdir. Bundan tashqari o’z avtomashinalarida kelgan dam oluvshilar tiniq tog’ daryolarida chaxsiy mulklarini yuvadilar. Buning natijasida suvni bulg’ayotgan moy va benzin soy suvlarini va undagi biologik hayotni zaharlamoqda.
Keyingi yillarda uzunligi atigi 14 km bo’lgan bu vodiyning aholisi bir necha barobar oshdi. Aholining turar joylari qurilishi esa egasining hohishiga qarab, istalgan joyda qurilmoqda. Omonqo’ton aholisining ko’payishi ikki zararli oqibatga olib keladi. Birinchidan, suv manbalari aholining suvga bo’lgan talabini to’liq qondira olmaydi. Buloqlar suvi polietilen trubalar orqali maxsus yo’naltirilib ekinlar sug’orilmoqda.

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish