Foydalanlgan adabiyotlar royxati


Tabiiy-tarixiy obidalarning rekreatsiyani shakllantirishdagi ahamiyati



Download 115 Kb.
bet4/5
Sana18.02.2022
Hajmi115 Kb.
#451893
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shoxsanam

4. Tabiiy-tarixiy obidalarning rekreatsiyani shakllantirishdagi ahamiyati
Tabiat shunday narsalarni yaratganki ular oddiydan tortib o’ta murakkabgacha. Ularning qay ko’rinishda yaratganligi xudi tabiat madaniyati deb tuchunimiz mumkin. Bularning barchasi tabaiat taraqqiyotida vujudga keladi. Insoniyat tsivilizatsiyasi ham bu bilan hamohang. U yaratgan narsalarning barchasi tabiatdan olingan. Tabiat obidalari shunday yaralganki go’yoki bir butun tabiat ularning har biriga alohida ishlov bergan. Tabiatning bunday noyob obidalari hozirda insoniyat tomonidan katta qiziqish bilan o’rganilmoqda.
Zarafshon vohasi tabiiy va tarixiy obidalarga boy va xilma xil bo’lib, mintaqada o’ziga xos marshrutlarni yo’lga qo’yish mumkin. Demak, tabiiy obidalarga tabiat tomonidan yaratilgan noyob yodgorliklar, jumladan karst g’orlari, rekreatsiya maskanlari, shifobaxsh buloqlar, balshiqlar, manzarali daraxtlar, qo’riqxona, to’qay va undagi o’simliklar, hayvonot olami, nurash natijasida hosil bo’lgan relef shakllari va xakozolar.
Tarixiy obidalarga esa inson tomonidan yaratilgan, asrlar davomida saqlanib kelinayotgan tarixiy binolar, arxitektura yodgorliklari, arxeologik topilmalar, xarobalar, diniy ziyoratgohlar, qadamjolar, qadristonlar, milliy hunarmandshilik, urf-odatlar va boshqalarni o’z ishiga oladi.
Respublika Prezidentining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to’g’risidagi farmonida tabiat tomonidan yaratilgan noyob yodgorliklarni saqlash va ulardan turizm, tibbiyot va boshqa maqsadlarda oqilona foydalanish ham nazarda tutilgan. Њzbekistonda tabiat in’om etgan minglab tabiat obidalari va yodgorliklari mavjud bo’lib, ular rekreatsiyani shakllantirishda ahamiyati katta.
Zarafshon vohasida rekreatsiyani shakllantirishda tarixiy obidalarning o’ziga xos o’rni bo’lib, bu borada vohani 3 qismga ajratib o’rganish mumkin. YA’ni, Samarqand, Buxoro hamda Navoiy viloyatlari. Bu uchala hududda ham trurli asrlarda turlicha me’moriy yodgorliklar qurilgan bo’lib, har bir hududda o’ziga xos oshiq muzeyni tashkil etgan va yodgorliklarning qurilish usullariga qarab hududlar bir-biridan farqlanb turadi. Demak, farqlanishlarni inobatga olgan holda voha bo’ylab yirik sayohat marshrutlarini tashkil etish mumikn. Shunday qilib biz quyida hududlarni tarixiy obidalari bo’yicha ko’rib o’tamiz:
Samarqand viloyati o’ziga xos tarixiy me’morshilik obidalariga ega bo’lib, ularni O’zbekiston xalqining faxri deyish mumkin negaki ular qadimiy ajdodlarimiz, mohir me’morlarimiz, bunyodkorlik dahosining mahsulidir.
Bugungi kunda bu me’moriy yodgorliklar Samarqand ko’rkiga ko’rk qo’shib insoniyat tafakkurining shoh asarlari sifatida tan olinmoqda. Њzbekistonga tashrif buyurgan har qanday chaxs Samarqandni ko’rmasdan ketmaydi. Bu erda Fan va madaniyat vakillari tomonidan tan olinib «Turizm Makkasi» deb e’zozlanmoqda. Dunyoning qadimiy shaharlaridan hisoblangan bugungi Samarqand Њrta Osiyoning boshqa ko’plab shaharlari singari asrlar davomida shakllangan tarixiy makonga, «Oshiq osmon ostidagi muzey» ga, turli zamonlarda qurilgan ulug’vor tarixiy yodgorliklarga boyligi bilan farqlanadi.
Hozirda Samarqand me’morshilik san’ati har tomonlama va keng o’rganilgan. Bu masalaga bag’ishlangan foto-albomlarning tarif va tadqiqotlarning son-sanog’i yo’q bo’lsada, ajdodlarimiznpng milliy me’morshilik meroslari tarix, arxeologiya, etnografiya, san’atshunoslik va dinshunoslik kabi fanlarning muhim tarkibiy qismlari sifatida hali hanuz o’rganilmoqda. Ma’lumki moddiy madaniyat yodgorliklari betakrordir va ularning qadr-qimmati zamonlar o’tishi bilan oshib boraveradi. Ular O`rta Osiyo xalqlari madaniyatining serqirra manbalaridan biri va shu bilan birga badiiy estetik tafakkurning qurilish-muhandislik amaliyotining, monumental-dekarativ san’atining ilmimy asosda hayotga tadbiq qilinishining yorqin namunasidir.
Agar qadimiy Samarqand me’morshiligida eng asosiy qurilish materiali sifatida xom g’isht va loydan foydalanilgan bo’lsa, IX-X asrlarga kelib pishiq g’ishtdan, XI-XII asrlardan boshlab esa pishiq g’isht va sirlangan sopoldan foydalanish keng rusm bo’ldi. XII asrning birinshi shoragida devorlarni sirlangan sopol naqshlar bilan bezash rusm bo’ldi. Mana shu davrda barpo qilingan ilk me’moriy inshootlarda havorang sopol koshinlarning ko’proq ishlatilganligi kuzatiladi. XIII-XIV asrlarda inshootlarda rang-barang koshinlardan urf bo’ldiki, bu nafaqat sopol ishlab chiqarishdagi ilg’or yutuqlar, balki Charq xalqlariga xos bo’lgan ko’z qamashtirar sof va zavqlantiradigan ranglarga qiziqish bilan izohlanadi.
Rang-barang gazlama, idish, kiyim, gilamlar va zargarlik buyumlari o’cha davr kishilarning estetik didlarini belgilovshi asosiy omillar edi. SHu nuqtai nazar bilan qaraganda qurilish inshootlarida turli ranglarni ishlatilishi ham tabiiy bir hol hisoblanadi. Buning natijasida qurilishlarda qizg’ish, jigarrang kuydirilgan gil qoplamalar o’rnini sirlangan sopol koshinlar egalladi. Va bunda Samarqand me’morlarining yetakchilik qilganligi shubhasizdir.
Hayron qoldirar darajadagi qadimiy me’moriy majmua Shohi-Zindani insoniyat tafakkurining shoh asari deyish mumkin. Afrosiyob qal’asi borib taqalgan bu qadimiy yodgorlik ishida Samarqandning Mo’g’illar istilosidan oldingi tarixi bilan bog’liq bo’lgan me’moriy yodgorliklar ham aniqlangan. Lekin ular orasidagi yorqin rang va nurga oshufta qilib bunyod etilgan binolarni Amir Temur va uning nabirasi Mirzo Ulug’bek qurdirgan.
Shohi Zinda (Tirik shoh) me’moriy majmuasida, masjid, bir necha maqbaralar, madrasalar, rastalar va boshqalar o’rin egallaydilar. Maqbara va masjidlar turli yillarda turli ustalar tomonidan bunyod etilganligi sababli ular shakli va qurilish usullari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, XIV asr oxiri XV asr boshlarida qurilgan (1405 yilda bitkazilgan) Temurning rafiqasi Tuman og’a maqbarasi arxitekturasi va bezaklari boshqa maqbaralardan tubdan farq qilib, maqbara peshtoqida qadimgi terma naqshli koshinlar ko’proq ishlatilgan va peshtoqning ijodkori usta-xattot Chayx Muhamad ibn Hoji Bangirat-Tug’ri at-Tabriziy ekanligi yozib qo’yilgan. Tuman og’a maqbarasida ranglar miqyosi ko’proq ko’k, moviy, qora, sariq, oq, binafsha ranglar mohirona tarzda uyg’unlashtirilgan. Turli tuman ranglar bilan naqshlangan peshtoqqa qarama-qarshi o’laroq maqbaraning ishki tomonidagi tasvirlarda ajoyib badiiy mazmun aks ettirilgan.
Registon ansambli – charq mamlakatlari shaharlarining ma’muriy va savdo hunarmandshilik markazlari hisoblangan. Samarqand Registoni Њrta Osiyo shaharsozlik san’atining ajoyib namunasi hamdir. Bu erdagi maqbaralar, ya’ni, Ulug’bek (1417-1420), SHerdor (1619-1636) va Tillakori masjid-madrasalari (1647-1660) yillarda qurilgan.
.

XULOSA

Qadimdan kishilar kishilar dunyoni o`rganish va bilish hamda betarkor bo`lgan hududlarni ko`rishga qiziqish va safar va sayyohatlarga turli maqsadlarda chiqishgan. Ular o`zlari uchun noma’lum hududlar shahar va qishloqlar, tog`liklar, tekisliklar daryo va dengizlarning go`zal manzaralaridan zavq olishgan. ushbu olib borilgan magistrlik dissertasiya ishida vohada joylashgan qisqa muddatli rekreasiya resurslarini geografik joylashishini aniqlash ularga baho berish, ayrim muammolarni yechish uchun geograf nuqtai nazarida harakat qilishdir. O`rganishlar asosida quyidagi hulosalarga kelishdi.


Zarafshon vohasida qisqa muddatli rekreasiya resurslarni turizm maqsadida foydalanishda tekislik qismi va Zarafshon daryosi sohillari aholisi manzilgohlari sifatida sayyohlikning ko`pgina turlarini tashkil etish va qisqa muddatli rekreasiya resurslari haqida turistlar mahalliy sayyohlar uchun mahsus xaritalar yaratilish lozim. Shuningdek mazkur ishning xulosalari vohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda, turistik obyektlardan samarali foydalanish hamda aholi salomatligi yaxshilashda, yuqorida aytib o`tilgan ilmiy va tashkiliy ishlarni yaqin yillarda bajarish vohada aholining rekreasion madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.


Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish