Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari


Fransiyada siyosiy markazlashuvining xususiyatlari va amalga oshirilishi



Download 67,63 Kb.
bet3/7
Sana02.06.2022
Hajmi67,63 Kb.
#630265
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FRANSIYANING IJTIMOIY

1.2. Fransiyada siyosiy markazlashuvining xususiyatlari va amalga oshirilishi. XVIII asrda Fransiyada ajoyib yozuvchilar va olimlar yashar edilar.Ular katolik cherkovi va dinni, feodal jamiyatni, qirol absolyutizmini shafqatsiz tanqid qiladilar. Bu yozuvchilar va olimlarni ma'rifatchilar deb, ular ifodalagan g'oyaviy harakatni ma'rifat deb atalardi. Ma'rifatchilar uchinchi toifaning, asosan feodal tuzumga qarshi kurashga otlangan burjuaziyaning manfaatlarini ifodalardilar. XVIII asrda Volter (1694 - 1778 ) g'oyat katta e'tiborga ega edi. Yozuvchi, shoir, mutafakkir, ajoyib satirik qobiliyatga ega bo`lgan Volter feodal tartiblarga va katolik cherkoviga qarshi qaratilgan g'azabli, otashin nutqlari bilan shuhrat qozongan edi. Volter zaharxanda bilan, agar ritsarlar tovonlarida shipor bilan, dehqonlar esa yelkalarida egar bilan tug'ulganliklarida, men dvoryanning "tug'ma" feodal huquqlari borligiga ishongan bo'lardim, der edi. "Gazandani yanchib tashlang " deb da'vat qilgan edi u. Volter katolik cherkovini gazanda deb atardi. U dinni: uning "dahshatli bema'niliklari" ni "mo'jizalarning kulgili ekanligini" o'ta ketgan yolg'onchiligini fosh qilgan edi. Gersen Volter to'g'risida "u yashindek uchar va kuydirar edi " - deb yozgan edi.
Tartiblarni o'zgartirishni Volter revolyutsiyadan emas, balki " ma'rifatli podsho"dan kutar edi. U podsholar ma'rifatparvarlar g'oyalarini singdirib olganlaridan keyin dvoryan va ruhoniylarning imtiyozlarini yo'q qiladi va boshqa reformalarni amalga oshiradi, deb umid qiladi oxir - oqibatda esa qirolning hokimiyatini cheklaydigan konstitutsiya barpo etishni istagan edi .[32]
Atoqli mutafakkir Monteskye ( 1689 - 1755 ) hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo'lishi g'oyasini himoya qilib chiqgan edi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat, yani qonunlarni barqaror qilish huquqi, uning fikricha, dvoryanlar va burjuaziya vakillaridan iborat parlamentga qonunlarning ijrosini kuzatib borishi, armiyaga, amaldorlarga va shu kabilarga buyruq berilishi lozim bo'lgan ijro qiluvchi hokimiyat qirolga, sudlovchi hokimiyat esa aholi tomonidan ko'rsatilgan sudyalarga tobe bo'lishi lozim. Moteskyening hokimiyatlarini bo'lishi haqidagi fikri absolyut monarxiyaga qarshi qaratilgan edi, chunki monarxiya davrida uchala hokimiyat ham qirol qo'lida edi. Monteskye cheklangan yoki konstitutsion monarxiyani yoqlab chiqgan edi. Volter singari, u ham Angliyaning siyosiy tuzumini ko'klarga ko'tarib maqtardi.
Jan Jak Russo ( 1712 - 1778 ) Jenevalik hunarmandning o'g'li edi. U butun umri davomida ish qidirib yurishga, muhtojlik, xorlik - zorlik tortishga to'g'ri kelgan edi. Russo shuhrat qozongan traktatlarning (ilmiy asarlarning) va romanlarning avtori bo'lgach, Fransiyadan qochib ketadi, chunki u cherkovga qarshi chiqqanligi uchun uning turmaga qamalishi xavfi tug'ilgan edi. Uning asarlaridan ko'pi jallod qo'li bilan o'tga tashlandi. U yana darbadar yurib, cherkov xodimlarining va hokimlarining taqibiga duchor qilindi. Adolat va ezgulik yuragida jo'sh urgan Russo xalqqa zulm qiluvchilarga nafrat bilan qarardi , huquqsiz va ezilgan kishilarning azob - uqubatlariga chuqur xayrixoxlik bilan qarardi .[33]
"Odam ozod tug'ulsa-da hamma joyda uning qo`l-oyog'iga kishan solingan"- deb yozgan edi Russo. Bu kishanlarni; cherkov hukmronligini, feodal zulmni, toifaviy zulmni, monarxiyani parchalab tashlamoq kerak. U chin qalbdan barcha kishilarning tengligi tarafdori edi. Russoning buyuk g'oyasi boylar ham, kambag'allar ham, bo'lmaydigan demoratik respublika edi. Russo xususiy mulkni bekor qilishni talab etmagan edi, lekin mol-mulkni teng baravar qilishni yoqlab fikr bildirgan edi, "toki har bir kimsada yetarlicha mol-mulk bo'lmasin " Russo xristianlikni, uning cherkovini, marosimlarni, jannat va do'zax haqidagi ta'limotini rad etardi. "Kelgusidagi hayotda do'zax izlashning nima xojati bor? -deb so'rardi u kinoya bilan. Bundagi hayotda u mavjud bo`lib turibdi-ku. Russo istibdod bilan kurashning qonuniy yo'li deb inqilobni maqullardi. Russo Fransiyaning ilg'or yoshlariga katta tasir ko'rsatdi.
Melyening (1664-1729) butun hayoti noma'lum qishloq cherkovi xodimi bo'lib qoldi. U yashirincha "Vasiyatnoma" nomli kitobini yozib, unda o'zining haqiqiy etiqodlariga yo'l ochib berdi."Vasiyatnoma " faqat Melye vafotidan keyin mashhur bo'ldi. U “men cherkov xodimi vazifasini juda jirkanib va juda pala-partish bajarib keldim” deb etirof qilgan edi. O'z kitobida u xudoga, qirolga, boylarga urush e'lon qilgan edi. Melye xudosiz sifatida maydonga chiqgan edi. "O aziz do'stlar, deb yozgan edi u - din niqobi ostida sizlarga qanday yolg'on-yashiqni o'rgatayotganligini bilsangiz edi". Melye feodal tartibsizliklarga qirolning, cheklanmagan hokimiyatiga hujum qilgan edi. Melye xususiy mulkni fosh qilib, yerni umumxalq mulki qilmoq kerak deb taklif qilgan edi. Xususiy mulkni e'tirof qilgan boshqa marifatchilar orasida Melye alohida o'rin tutadi.
Melye faqat qishloq kambag'allarining orzu - umidlarini ifodalagan edi xolos. XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiyada butun dunyoda shuhrat qozongan "ensklopediya" nashr etilib, u o'sha vaqtgacha to'plangan bilmlar va g'oyalar majmuasidan iborat edi.[34] "Ensklopediya" uchun maqolalarning Volter, Russo va boshqa ma`rifatchilar yozar edilar, lekin butun nashrning boshlig'i va joni ajoyib yozuvchi va mutafakkir Deni Didro (1713 - 1784) edi". Biz insoniyatga xizmat qilamiz,- degan edi g'urur bilan Didro. Bizning ishoramiz - xurofotchilarga, mutaasiblarga, beparvolarga va mustabidlarga hech qanday shafqat qilmaslikdan iborat . "Cherkov peshvolari g'azabga keldi. "Ensiklopediya" ning yettinchi tomi bosilib chiqqandan keyin uni Fransiyaga nashr etish taqiqlandi. "Ensiklopediya" ni yashirin chop qila boshladilar. Hammasi bo'lib 35 tomi nashr qilindi. Ensiklopediya" ni eski tartibga hujum qiluvchi qamal mashinasi deb atardilar.
XVII asrdagi Fransiyani ma`rifatchilarini "yaqinlashib kelayotgan inqilob uchun kishilarning miyalarini marifatli qilgan" buyuk kishilar edi. Qirol deputatlarga nisbatan qurol ishlatishga buyruq berdi, ammo qirol askarlari deputatlarga qarshi o'q otishni istamadilar. Shundan so'ng qirol Lyudovik XVI chekinishga va deputatlar bilan kelishishga majbur bo'ldi. Ammo zimdan xorijdagi davlatlar qirollari va monarxlari bilan til biriktirib, chet el qo'shinlari yordamida o'z xalqiga qarshi urush yo'llarini qidira boshladi. Qirollikning barcha xatti- harakatlari xalqining sabr-kosalarini to'ldirdi. 1789-yil 14-iyulda Parij aholisi Bastiliya qamoqxonasini qo'lga kiritdi va u yerdagi mahbuzlarning barchasini ozod etdi. Bastiliyaning qulashi Fransiya tarixida katta siyosiy voqea bo'lib, u Fransiya inqilobining boshlanishidan darak berar edi. Inqilob tezda butun Fransiya bo'ylab tarqaldi. Ammo bir kun oldin, 13-iyulda qirol Lyudovik XVI Versalda, Mariya-Antuanetda ishtirokida katta bayram tantanalari o'tkazdi.
Versal saroyida o'yin-kulgi, xursandchilik avjiga chiqdi, qirol va qirolicha sharafiga ularning yaqin orada "Parijlik g'alamislar" ustidan g'alaba qozonishlar uchun qadaxlar ko'tarildi . [35]
General shtatlar 1789-yil 5-mayda Versalda tantanali sur`atda ochildi. Qirol poytaxtdagi revolyutsion kayfiyatda bo`lgan ommadan qo'rqib, general shtatlarning majlisini Parijda o'tkazni istamasdi. Burjuaziyaning vakillari, shuningdek ziyolilarning vakillari olimlar, advokatlar, vrachlar- uchinchi toifaning vakillari edilar. Ular orasida rahbarlik mavqeini yirik burjuaziyaning vakillari (bankirlar va katta savdogarlar ) egallagan edilar.
Qirol taxtga chiqib o'tirib, shlyapasini kiyganida, dvoryanlar va ularning deputatlari ham eski imtiyozlaridan foydalanib bosh kiyimlarini kiydilar. Lekin shu payt kutilmagan voqea yuz berib, zodoganlarni ajablantirdi va g'azabga keltirdi: uchinchi toifa vakillari qirolning nutqini tiz cho'kib va bosh yalang eshitishi kerak edi, biroq qirolning nutqini ular ham bosh kiyimlari bilan, tikka turib eshita boshladilar. Shundan keyingi kunlarda General shtatlar majlis qilib turgan binoni parijliklar to'da-to'da bo'lib kelib o'rab ola boshladilar. Ular: majlisni qirolga qarshi kurashga kelgan edilar. Mana 1789-yil 17-iyunda uchinchi toifa deputatlari xalqning madadini sezib, o'zlarini mamlakatda oliy hokimiyat - Millat majlisi deb e`lon qildilar. Ular uchinchi toifaga butun millatning 96 % kirishini dalil qilib ko'rsatdilar .[36]
Uch kundan keyin, 1789-yil 20-iyunda, navbatdagi majlisni o'tkazish uchun kelgan deputatlar majlis binosi bekilib qo'yilganini ko'rdilar. Qorovullar ularning yo'llarini to'sdilar. Qirol majlis o'tkazishga yo'l qo'ymoqchi emas edi. Ko'p xaloyiq to'plandi. Ular deputatlarga dalda berib turdilar. Kimdir boshqa binonining koptok o'ynaladigan bo'sh zalini ko'rsatdi. Majlis raisi skameyka ustiga chiqib, qasamyod tekstini o'qiy boshladi, deputatlar hech nimaga qaramasdan to konstitutsiya ishlab chiqulmaguncha tarqalib ketmadilar. Hozir bo'lganlarning hammasi bu fikrni ma'qullab qo'llarini baland ko'tardilar.
Ko'p o'tmay Millat majlisi o'zini Ta'sis majlisi deb e'lon qildi, chunki uning maqsadi konstitutsiya joriy qilish, ta'sis etish edi. O'sha kunlarda Russoning hukumatni tuzishga xalqning o'zi haqlidir, degan so'zlari tez-tez esga olib turilardi . Qirol Ta'sis majlisining bo'lishiga roziman dedi. Lekin bu gap shunchaki ko'z bo`yash uchun aytilgan edi. Shundan keyin ruhoniylar va dvoryanlar deputatlarning ancha qismi uchinchi toifaga qo'shildi. Amalda esa qirol kuch ishlatishga qaror qilgan edi. Versalga va Parijga qo'shinlar keltirildi. Bu xabar poytaxtda boshlangan g'alayonni yanada kuchaytirdi. 13 iyulda butun Parij qo'zg'olon ichida qoldi. Qo'zg'olonchilar o't qo'ygan bojxona zastavalari lovillab yonmoqda edi.[37]
1789-yil 14-iyulda, qirolning qal'a-turmasi Bastiliyadagi zambaraklar shaharga to'g'irlab qo'yilibdi, degan ovoza tarqaldi. Bastiliyaning balandligi 30 metr keladigan 8 minorasi bo'lib, bu minoralar tosh devorlar bilan tutashgan edi. Qirol va uning ministrlari o'zlarining shaxsiy dushmanlaridan ana shunday yo'l bilan o`ch olardilar. Bastiliya qirol hokimiyatining timsoli edi. Xalq unga nafrat bilan qarardi. Lyudovik XVI ga Bastiliya qo'ldan ketdi, deb xabar qilganlarida, u «bu axir isyon-ku» deb xitob qilgan. Ayonlardan biri: «Yo'q, podshohim, bu isyon emas, inqilob» deb javob bergan. Qirol qo'shinlariga ortiq ishonmasligidan, ularga Versal va Parijdan chiqib ketish haqida buyruq berdi.[38]
Bastiliyaga hunarmandlar, xalfalar, ishchilar, mayda savdogarlar, boshqacha qilib aytganda, shahar «pastki tabaqalari», ya'ni sankyulotlar (fransuzcha «sankyulot» so'zi uzun pochali demakdir) deb atalgan kishilar hujum qildilar. Inqilobning dastlabki kunlaridan boshlaboq «pastki tabaqalar» uning eng aktiv jangovar kuchlaridan biri bo'lgan edilar. Bastiliyaning olinishi buyuk fransuz burjua revolyutsiyasining boshlanishidir. Qirol hukumatiga qarshi ko'tarilgan xalq ommasi g'alaba qozondi. Xalq cheklanmagan monarxiyani ag'darib tashladi. Qonunlarni Ta'sis majlisi chiqarishga qirol rozilik berishga majbur bo'ldi. Fransiyada cheklanmagan (konstitutsion) monarxiya o'rnatildi. Ta'sis majlisida yirik burjuaziya vakillari ko'pchilik bo'lganidan mamlakatda hokimiyat amalda feodal aristokratiyadan yirik burjuaziya qo'liga o'tdi, yirik burjuaziya feodal tartiblarni yemirishga kirishdi.
Bastiliyaning olinganligi haqidagi xabarni Yevropa va Amerikaning ilg'or kishilari xursandchilik bilan qarshi oldilar. O'z ko'zi bilan ko'rgan kishilarning aytishicha, Parijdan uzoq bo'lgan Peterburg ko'chalarida odamlar «xuddi ularni zanjirband qilib turgan og'ir kishilardan qutilgandek» bir-birlarini quchoqlab tabriklagan edilar. Bastiliya olingan kun (14 iyul) fransiyaning milliy bayrami bo'lib qoldi .
Milliy majlis Ta'sis majlisiga aylangach, mamlakatdagi hokimiyat qiroldan uchinchi tabaqaga mansub bo'lgan Ta'sis majlisiga o'tib, Fransiyada konstitutsion monarxiya tuzumi o'rnatildi. Mutloq hokimiyat ag'darib tashlandi.
Inqilobning dastlabki kunlaridanoq bir qancha klublar va guruhlar vujudga keldi. Royalistlar (fransuzcha qirol tarafdorlari demak) Lyudovik XVI ni mutlaq monarx sifatida saqlab qolishga urinar edilar: mo'tadil liberallar esa konstitutsion monarxiya tarafdori bo'lib, qirolni saqlashga va mamlakatni konstitutsiya asosida idora qilishga urinmoqda edilar; jirondistlar (bu guruhning asoschilari Fransiyaning Jironda mavzeidan bo'lganliklari sababli shunday deb yuritilar edilar) mo'ta'dil respublika tarafdorlari edilar: qat'iy respublikachilar esa yakobinchilar nomini oldilar, chunki bu klub tarafdorlari Parijdagi muqaddas Yakob cherkovini egallab, o'z majlislarini shu yerda o'tkazar edilar. Har bir guruh, klub o'z rahbariga ega bo'lib, ularning orqasida olomon, xalq ommasi, parijliklar turar edi. Milliy majlisda katta rol o'ynagan va zarur iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy islohotlarni o'tkazgan partiya liberallar partiyasi bo'lib, uning rahbari jasur, mashhur siyosiy arbob hamda ulkan notiq Onori de Mirabo edi. Bu partiya 1789-yildan 1791-yilgacha Milliy majlisda hukmronlik qildi. Inqilob boshlanganidan 20 kun o'tgach, to'rtinchi avgust kuni majlisda qiziq bir hodisa yuz berdi. Kun tartibida feodal munosabatlarni tugatish, feodal, dvoryan va boshqa faxriy unvonlarni bekor qilish masalasi qo'yilgan edi. Ko'pchilik deputatlar o'zlarining barcha imtiyozli unvonlaridan voz kechish masalasi qo'yilgan edi. Majlisda shu unvonlarni bekor qilish to'g'risida ovoz berilar. Dehqonlar barcha qaramlikdan ozod etildilar.
Ta'sis majlisi yana bir qancha islohotlar o'tkazdi. Fransiya cherkovi mulklari musodara qilinib, davlat ixtiyoriga o'tkazildi. Fransiya yangi 80 deportamentga bo'linib, mahalliy ma'muriyatlar tashkil etildi . Bu idora qilish usuli hozirgacha davom etib kelmoqda. Yangi sud mamlakatlari tashkil etildi, ular oldin ishlaridan ancha pishiq va mukammallashgan edi.[39]
1791-yil 21-iyunda o'tgan hodisa inqilobining keyingi taqdirini hal qildi.1791-yil sentabr oyida Ta'sis majlisi o'z o'rnini qonun chiqaruvchi majlisga bo'shatib berdi. Bu majlis ham Ta'sis majlisi kabi mo'tadil bo'lib, ichki va tashqi dushmanlarga nisbatan qat'iy choralar ko'rmadi.
Yevropa davlatlari Fransiyadagi bu voqealarni kuzatib borishdi, Rossiya, Prussiya, Avstriya, Polshani taqsimlab olish bilan ovora edilar. Shu sababli Fransiyaning bu davlatlar bilan munosabatlari keskinlashdi. 1792-yilda Fransiya Avstriya va Prussiya bilan urush holatida bo'lib qoldi. Belgiya Avstriya tomonidan bosib olingani uchun Avstriya imperiyasi Fransiya bilan chegaradosh bo'lib qoldi. Xorijiy mamlakatlarning armiyalari Fransiyaga bostirib kirib, fransuz qo'shinlariga zarba berdi.1792-yilning sentabrida fransuz qo'shinlari mamlakatga hujum qilgan fransiyaliklar va avstriyaliklar ustidan birinchi g'alabani qo'lga kiritdilar. Bu to'qnashuv Valmida yuz berdi; bu jang unchalik katta bo'lmasada, ammo ahamiyati katta edi, chunki fransuzlar o'zlarining g'alabalari bilan inqilob natijalarini saqlab qolishga muvaqqat bo'ldilar. 1792-yilning 21-sentabrida milliy konvent o'z majlislarini boshlab yubordi. Milliy konvent Ta'sis majlisi va qonun qisqaruvchi majlisidan ko'ra ilg'or va inqilobiyroq edi. Konvent o'z faoliyatini Fransiyani respublika deb e'lon qilishdan boshladi. Qirol Lyudovik XVI ustidan sud jarayoni boshlandi. Sud qirolni o'tmay o'lim jazosiga hukm qildi. 1793-yil 21-yanvarda gilotena (gilotena olim va tabib Giloten tomonidan ixtiro qilgan o'tkir tig'li mexanizm) vositasida qirol Lyudovik XVI ko'pchilik o'rtasida qatl etildi.
Fransiya respublikasiga Yevropaning barcha monarxistik davlatlariga qarshi urush olib borishga to'g'ri keldi. Fransiya respublikasi barcha xalqlarni o'z do'sti, monarxlarini o'z dushmani deb e'lon qildi. Fransiya ozodlik, tinchlik, birodarlik timsoliga aylandi, fransuz xalqi dunyo mehnatkashlariga murojat qilib, ularni o'z mamlakatlarida istibdodli tuzumlarni ag'darib tashlashga da'vat qildi.
Ana shunday bir paytda, Strasburgda «Reyn armiyasining jangovar qo'shini» dunyoga keldi. Bu qo'shiq ilk bor Marsel Milliy gvardiyachilari tomonidan jangga kelayotib ijro etildi. Uning so'zlari ham, musiqasi ham zobit - kapitan Ruje de Lil tomonidan yaratildi. Bu qo'shiq hozirgacha Fransiyaning milliy madhiyasi hisoblanadi.
Fransuz qo'shinlari ochlik, yupinlik va boshqa qiyinchilikka qaramasdan mardonavor jang qilib, dushmanlarga qaqshatqich zarbalar berdilar. Ular birgina Fransiyani emas, balki janubiy Niderlandiyani ham avstriyalik bosqinchilardan ozod qildilar. So'ngra Ta'sis majlisi «Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyani» qabul qildi. Bu bayonnoma AQSH «Mustaqillik deklaratsiyasi» mazmunidagi hujjat bo'lib, unda millat oliy hokimiyat manbai deb e'lon qilindi. «Mustaqillik deklaratsiyasi» qisqa va sodda bo'lsa, fransuz deklaratsiyasi esa katta hajmli va murakkabroq tilda yozilgan edi. [40] Hujjatda inson huquqlari, barcha fuqarolar tengligi, erkinligi va baxt saodati e'tirof etilgan edi. Bu hujjat o'z zamonasida chinakam jasurlik va inqilob timsoli bo'lib, keyingi yuz yil davomida Yevropa demokratlari va liberallari uchun asosiy qonunlar majmuasi bo'lib keldi.
Millat majlisi oliy mavjudot qarshisida va uning homiyligi ostida inson va fuqaroning quyidagi huquqlarini tan oladi va e'lon qiladi:
1. Odamlar erkin va huquqda teng bo`lib tug'iladilar. Ijtimoiy tafovutlar
faqat umumiy foydaga asoslanish mumkin.
2. Insonning tabiiy va dahlsiz huquqlarini saqlab qolish har qanday siyosiy
ittifoqning maqsadidir. Bu huquqlarning mohiyati erkinlik qilishdan iboratdir. Bu huquqlarning mohiyati erkinlik, mol mulk, xavfsizlikdan va jabr-zulmga qarshilik qilishdan iboratdir.
3. Butun oliy hokimiyatning manbai hamisha xalqning o'zidadir. Bevosita
millatdan kelib chiqmagan hech qanday muassasa, hech qanday shaxs hokimiyatni amalga oshira olmaydi.
4. Erkinlik boshqa kishiga zarar yetkazmaydigan hamma ishni qilish
huquqidan iborat.
5. Qonun umumiy irodaning ifodasidir ... qonun hamma uchun teng
bo'lishi kerak.
10. Agar e'tiqodlar, hatto diniy e'tiqodlarning ham namoyon bo'lishi qonun bilan belgilangan ijtimoiy tartibni buzmasa, buning uchun hech kim xavotir olmasligi kerak, bezovta qilinmasligi kerak.
17. Madomiki, mol-mulk mustahkam va muqaddas huquq ekan, hech kim qonuniy tarzda guvohlantirilgan ijtimoiy zarurat ochiqdan-ochiq talab qilgan, odilona va barvaqt haq to'lanadigan holatlardan tashqari mol-mulkdan mahrum etilishi mumkin emas .[41]
Yevropaning yaxshi qurollangan, harbiy ta'lim ko'rgan armiyalari ham Fransiyaning yosh dehqonlardan tuzilgan inqilobiy armiyasiga qarshi kurashiga dosh bera olmadilar. Fransiya armiyasi urush davomida jangovar harakatlar olib borish sifatida, strategiya va taktika sohasida ham inqilob yasadi. Urush eng yangi usullar asosida olib borildi. Fransiya Respublikasining armiyasi zamonaviy armiya bo'lib, uning shiori J.Danton aytganidek: «Vatan dushmanlarni yengish uchun jasurlik kerak» so'zlaridan iborat edi, urush tobora avj oldi. Angliya o'zining floti tufayli Fransiya Respublikasining eng qattol dushmanga aylandi. Fransiya quruqlikda katta armiya tuzishga muvaffaq bo'ldi, ammo uning dengiz floti kuchsiz edi. Britaniya orollaridan turib, fransuz muxojirlari royalistlar Fransiya respublikasi hududiga soxta pullar keltirib, davlatning iqtisodiyotiga putr yetkazib, uning mag'lubiyatini tezlashtirmoqchi edilar. Fransiyaning tashqi urushlari eng asosiy xavf- xatar bo'lib, respublikasining barcha mablag'lari, kuchli, quvvati ana shu urushga sarflanmoqda edi. Mamlakat ichkarisida ham isyonlar ko'tarilmoqda edi. Vandeyada - Fransiya g'arbida, dehqonlar qo'zg'oloni bo'lib, bir tomondan ular yangi armiyaga xizmat qilishdan bosh tortgan bo'lsalar, ikkinchidan bu dehqonlar royalistlar va muhojirlik gapiga, va'dasiga «uchib», ya'ni hukumatga qarshilik ko'rsatdilar. Parij xalqi barcha og'irlikni o'z gardaniga olib, inqilobga rahbarlik qildi, barcha ishlar ustidan nazorat o'rnatdi.
Vandeyadagi isyon inqilobiy kuchlar tomonidan qattiqqo'llik bilan bostirildi. Lionda aksilinqilobiy isyon ko'tarildi. Inqilobchilar o'rtasida «Lion ozodlikka qarshi chiqqan bo'lsa, uni yer bilan yakson etmoq kerak» degan shior paydo bo'ldi. Biroq inqilobchilarning ko'pchiligi bu fikrga qo'shilmadi. Chunki busiz ham inqilob davomida Lion katta talofatlar ko'rgan edi.
Parijda esa hamon hokimiyat uchun kurash davom etmoqda edi. Milliy konventda kurash hokimiyat tepasida turgan jirondistlar va ulargi qarshi kurash olib borayotgan yakobinchilar o'rtasida ketayotgan edi. Yakobinchilar 1793-yil may oyining oxiri, iyun oyining boshlarida xalq qo'zg'oloniga boshchilik qilib hokimiyatni o'z qo'llariga olishga muvaffaq bo'ldilar. Ko'pchilik jirondist-deputatlar Konvent tarkibidan haydab yuborildi. Feodal tartiblar yakobinchilar qonuniga ko'ra butunlay bekor qilindi.
Konventda Yakobinchilar boshchiligida ikkita qo'mita tuzildi - Ijtimoiy najot qo'mitasi va Umumiy xavfsizlik qo'mitasi. Har ikkala qo'mitaning vakolatlari nihoyatda keng bo'lib, ular Konventni yangi-yangi choralar ko'rishga majbur qilar edi. Qo'rquv va dahshat kishilar ongiga joylashib olgan edi. Konvent dushman ko'lankasini ta'qib qilar, bu holat barcha kishilarni bir-birlarini josuslikda, xoinlikda ayblashlari uchun bahona edi.
1793-yil sentabr oyida «Shubhali kishilar to'g'risida» qonun qabul qilindi. Bu qonunga ko'ra hech bir kishi o'z xavfsizligi uchun kafolat bera olmas edi. Oradan bir oy o'tgach 22 jirondist-deputat Inqilobiy tribunal sudiga berilib, o'limga mahkum etildi. Shunday qilib, mamlakatda qatag'on boshlandi.
Har ikkala qo'mita o'rtasida hokimiyat uchun kurash avjiga chiqdi. Ularga qarshi chiqqan Parij Kommunasi, uning bo'limlari rahbarlarini, eng avvalo shu mahkamalar kishilarini qurbon qildi. 1794-yil boshlaridan boshlab deyarli 6 oy davomida Konvent va uning qo'mitalari xalqdan ajralgan holda ommaviy qatag'onni amalga oshirdilar. Yakobinchilarning rahbarlari kimlar edilar?
Kamil Demulin, 1789-yil 14-iyulda Bastiliya qamoqxonasiga hujum uyushtirgan yosh yigit xoinlikda ayblanib, gilotinadan o'tkazildi, ketidan uning yosh xotini Lyusel qatl etildi. Shoir Fabr Eglantin va jamoat qoralovchisi  Fuke-Tenveldan barcha qo'rqardi. Inqilobning eng istedodli rahbarlaridan biri Marat Sharlotta Korde degan kimsa tomonidan xanjar bilan xoinlarcha o'ldirildi. Danton-inqilob «yo'lbarsi», buyuk notiq. U ham xoinlikda ayblanib, glotinadan o'tkazildi. U aravada qatl etishga, olib ketilayotgan kuni, arava Robespyer (yakobinchilarning rahbari, o'sha paytda inqilobiy Fransiya hukmdori) yashaydigan uy yaqinidan o'tayotganida, Danton uy tomonga qarab qichqirdi «Maksimilian! Yaqin kunlar ichida sen ham mening izimdan» narigi dunyoga borasan. Chunki Robespyer uzoq ikkilanishlardan so'ng Dantonni o'limga mahkum etuvchi hujjatga o'z imzosini chekkan edi.
Robespyer so'zsiz yakobinchilarning eng nufuzli rahbari bo'lib, qatag'on davomida Konventning mustabid hukmdori edi. U qatag'on timsoli sifatida nom qoldirdi, ammo Robespyerning vatanparvarligi, halolligiga hech qanday shubha yo'q. Robespyer qattiqqo'lligi, bir so'zligi, qat'iyligi uchun «sotilmas» taxallusini oldi. Shu bilan birga Robespyerning inqilob davomida birga faoliyat ko'rsatgan safdoshlari uning fikriga qo'shilmaganliklari uchun inqilob va respublika dushmanlari hisoblanar edilar. Inqilobning ko'pgina rahbarlari, ulug' shaxslar Robespyer buyrug'i bilan qatl etildilar .
Albatta, Konventning qo'mitalari faqat qatag'on bilan mashg'ul edilar desak xatoga yo'l qo'ygan bo'lamiz. Inqilob davomida juda katta ijobiy ishlar ham qilindi. Ta'lim va ma`orif tizimi butunlay qaytadan tuzildi, eski tizim tugatildi. Uzunlik hajmini o'lchashda metr tizimiga o'tildi. O'z navbatida respublika taqvimi ishlab chiqildi, uning boshlanishiga 1792-yil 22-sentabr-respublika e'lon qilingan kun asos qilib olindi . [42]Kunlar haftalarga emas, o'n kunlikka bo'linib, o'ninchi kun dam olish kuni deb e'lon qilindi. Ilgarigidek vaqtni o`lchashda 12 oy qoldirilib, faqat ularning nomlari o'zgartirildi. Bahor fasli oylari - jerminal, florial, prireal, yoz -messedon, termidor, fryuktidor, kuz - vandimer, bryumer, fremer, qish - nivoz, plyubvoz, vantoz nomlari bilan yuritiladigan bo'ldi. Ammo bu taqvimga birinchi respublika qulagach amal qilish to'xtatildi.
Inqilob davrida xristian diniga qarshi harakat kuchaydi va hatto yakobinchilar hukmronligi davrida Oliy idrokka e'tiqod qilish odat tusiga kira boshladi. Mamlakatda haqiqat ibodatxonalari ochildi. Bu harakat butun mamlakatga yoyildi.
1793-yil noyabr oyida Parijning Bibimaryam ibodatxonasida Ozodlik va Idrok e'tiqodlariga bag'ishlangan tantanali bayram bo`ldi. Idrokni go'zal ayol o'zida mujassamlashtirdi. Ammo Robespyer va Danton bu harakatlarni qo'llab-quvvatlamadilar. Yakobinchilarning Ijtimoiy najot qo'mitasi bu harakatga qarshi chiqdi. Bu harakatning barcha rahbarlari gilotina tig'idan o'tkazildilar. Shuni aytish kerakki, hokimiyat bilan gilotina o'rtasidagi «masofa» unchalik katta bo'lmay, inqilob davrida har ikkalasidan birini tanlashga to'g'ri kelar edi.
M.Robespyer Oliy idrok e'tiqodiga qarshi Oliy zotga e'tiqod qilish marosimlarini avj oldirdi. Konvent bu masalani muhokama qilib, ko'pchilik ovoz bilan Fransiya Oliy zotga ishonadi qabilida qaror qabul qildi. Xristian dinining katolik mazhabi yana o'z mavqeini jamiyat orasida mustahkamlay boshladi.

Download 67,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish