Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari


Fransiyaning tashqi istilochilik siyosati va uning oqibatlari



Download 67,63 Kb.
bet5/7
Sana02.06.2022
Hajmi67,63 Kb.
#630265
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FRANSIYANING IJTIMOIY





2.2 Fransiyaning tashqi istilochilik siyosati va uning oqibatlari
Napoleon Bonapart «orqa-o'ngiga qaramay» harakat qilib, Yevropada yangi-yangi yerlarni bosib olaverdi. Uning farmoniga binoan Pyemont va Genuya Fransiyaga qo'shib oldi. Bonapart Angliyaga desant tushirish rejasini tuzdi, bunga u tumanli ob-havoga va Ispaniyaning yordamiga umid qildi. Ammo, Angliya bilan birga Avstriya va Rossiya Napoleonga qarshi chiqdilar, o'z qo'shinlari bilan Reyndan o'tib, General Mak boshchiligidagi Avstriya armiyasini Ulm shahrida qurshab oldi. Avstriya qo'shinlari jangsiz taslim bo'ldilar. Ammo, Trafalgar burni yaqinida 1805-yil oktabr oyida Fransiya va Ispaniyaning deyarli barcha kemalarini ingliz eskadrasi yondirib, g'arq qilib yubordi. Eskadraga qo'mondonlik qilayotgan istedodli ingliz admirali Nelson shu dengiz jangida qattiq yaralandi.
Ammo, fransuz armiyasi quruqlikda katta muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. 1805-yil 2-dekabrda Napoleon Austerlis yonida Avstriya va Rossiya armiyalari ustidan hal qiluvchi g'alaba qozondi. Birinchi imperiya (1804-1814) tuzumi o'n yil davomida Fransiyada hukmronlik qildi. Shu davr mobaynida Yevropaning turli burchaklarida Napoleon harbiy san'at nuqtai-nazaridan ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritdi. Hatto, birgina uning nomini eslash yoki tilga olish Yevropa monarxlarini, ularning atrofidagi zodagonlarni dahshatga solar edi.
Ulm Austerlis, Yyepa, Eylau, Fridland, Vagram - bu joylarda Napoleon qo'shinlari yuksak mahorat bilan o'z dushmanlari ustidan qator g'alabalarni qo'lga kiritdilar. Bu g'alabalarni taminlashda jonbozlik ko'rsatgan, fransuz armiyasiga qo'mondonlik qilgan, harbiy rejalarni ishlab chiqqan qo'shinni ruhlantirgan shaxs ham Napoleon I ning o'zi edi.
Napoleon, uning qo'shinlari, generallari Angliya ustidan hal qiluvchi g'alabani qo'lga kirita olmadilar. 1805-yil 21-oktabr Trafalgardagi dengiz mag'lubiyatidan so'ng Napoleon I Angliyaga nisbatan iqtisodiy qamal e'lon qildi.[48]Angliya uchun Yevropaning barcha bandargohlari berkitilib, Angliya bilan savdo-sotiq qilish Fransiyaga tobe bo'lgan barcha davlatlar uchun taqiqlandi. Shu yo'l bilan Napoleon I Angliya va uning rahbarlarini taslim qilmoqchi bo`ldi, ammo Angliyaning rivojlangan iqtisodi va kuchli dengiz floti Napoleon I ga o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishiga yo'l bermadi. Iqtisodiy tazyiq Angliyadan ko'ra Fransiyaning o'ziga katta zarar keltirdi. Bundan tashqari Angliya hukumati o'z oltinlari yordamida va ayg'oqchiligi bilan Napoleon I ni tez-tez chalg'itib turdi.
Angliyaning Napoleon Fransiyasiga qarshi ishlatgan yana bir quroli bu targ'ibot bo'lib, Fransiya, ayniqsa Napoleon shaxsga qarshi turli bo'htonga to'la adabiyotlar Angliyada nashr etilar va Fransiya hududida xalq o'rtasida tarqatilar edi. Bu adabiyotlar maqola, kashfiyot (Inglizcha «pamphlet» so'zidan olingan bo'lib, shaxs yoki biror voqeylikni qoralovchi tanqidiy asar) varaqa, karikatura (italyancha «caricature» shaxs va hodisalarni kulgili qiyofada tasvirlash) shaklida bo’lib, yolg'on bo'lsada, fransuzlarga salbiy ta'sir ko'rsatar edi.[49] Angliyadan Fransiya hududiga tarqatilgan soxta xotiralar ham quruq yolg'on va tuhmatlardan iborat bo'lib, asosan Napoleon shaxsiga teguvchi uydirmalaridan iborat edi. Shunday qilib, tashqi siyosatda Napoleon I Yevropada Fransiya hukmronligini o'rnatish uchun urush olib bordi. 1810-1811 yillardan boshlangan bu urushlar fransuz askarlari va hukmron doiralarning tinka madorini quritdi. Napoleon I urushlari uzil-kesil bosqinchilik urushlariga aylandi.
Napoleon Shimoliy Italiyada Avstriya armiyasini tor-mor qildi. Italiyada yana Fransiya hukmronligi o'rnatildi. Avstriya Belgiyaning va Reynning chap sohilining Fransiyaga o'tganligini e'tirof qildi. Fransiyaning katta raqobatchisi Angliya edi. Napoleon fransuz burjuaziyasining Yevropada va jahonda hukmronligini o'rnatishga intilardi. Angliya mustamlakalarda, dengizlarda hukmron bo'lishga va Yevropa ishlarini o'z foydasiga hal etishni taminlashga intilardi. 1805-yilda Bulonda, La-Mansh sohilida, Napoleon Angliyaga desant tushirish uchun 130 ming kishidan iborat armiya va 2300 mayda kema to'pladi .[50]
“Menga uch kun tumanli ob-havo kerak, shundan keyin men Londonga xo'jayin bo'lib olaman” - degan edi Napoleon . [51]Angliya esa Fransiyaga qarshi darhol yangi ittifoq tuzdi: bu ittifoqqa Avstriya va Rossiya kirdi. Avstriya va rus qo'shinlarining harakat boshlaganini bilgach Napoleon Bulon lagerini yig'ishtirib, armiyani Germaniyaga yo'lladi. U avstriyaliklarni ruslar bilan qo'shilishdan oldin tor-mor etishga ahd qildi va o'z rejasini porloq suratda amalga oshirdi. Ko'p o'tmay Napoleon Venaga kirdi.
Bu orada Trafalgar burni yonida jang bo'ldi. (1805 yil oktabr) Ispan porti Kadisda turgan Fransiya va Ispaniya qo'shma floti Napoleondan O'rta dengizda Gibraltar orqali harakat qilib, inglizlar bilan jangga kirishishi to'g'risida buyruq oldi. Angliya flotiga admiral Napoleon qo'mondonlik qilar, avvalgi janglarda u bir ko'zidan va o'ng qo`lidan ajralgan edi. Trafalgar jangida u o'ldi, lekin fransuz floti dahshatli mag'lubiyatga uchradi. Bu tarixda fransuz floti ingliz floti bilan kuch sinashishga jur'at etgan oxirgi jang edi. Shu paytdan to XX asrning boshlarigacha dengizlarda Angliya hukmronligi o'rnatildi.
Fransiya bilan Angliya urushini sher bilan kitning yakkama-yakka olishuvi deb ataydilar. Dengizda Angliya bilan kurashish uchun Fransiyaning yetarli darajada kuchli floti yo'q edi.Angliyani esa Fransiyani quruqlikda yengish uchun armiyasi yo'q edi.
Rus armiyasi va Avstriya armiyasining qoldiqlari Venaning shimolida turardi. Eng tajribali rus sarkardasi Kutuzov to rezervlar kelguncha jangdan tortinib turmoq zarur deb hisoblardi. Uning maslahatlariga qaramasdan, Aleksandr I Napoleon bilan jang boshlashga qaror qiladi. 1805-yil dekabrda Austrlits qishlog'i (hozir Chexoslavakiyadagi Slavko shahri) yonida qonli jang avj oldi. Napoleon dushmanni muzlagan hovuzlarga surishga muvaffaq bo'ldi; fransuzlarning arttilleriyasi muzga o'q ota boshladi. Muz yorildi. Ko'p soldatlar suvga cho'kib ketdi. Biroq ruslarning asosiy kuchlari sabot-matonat ko'rsatib, jang maydonidan chekindi. Avstriya Fransiya bilan og'ir shartlar asosida sulh tuzdi. Rossiya urushni davom ettirdi. 1806-yilda Prussiya urushga kirdi. Ichki jangda fransuzlar pruss armiyasini tor-mor keltirdi, natijada urush boshlanganidan keyin oradan bir hafta o'tgach, pruss armiyasi tor-mor qilindi. Prussiyani fransuzlar okkupatsiya qildilar.
1806-yilda Berlinda Napoleon blokada haqidagi dekretga imzo chekdi. «Britaniya orollari blokada holatida deb e'lon qilinadi. Bu orollar bilan har qanday savdo-sotiq qilish va aloqa bog'lash taqiqlanadi» - deyilgan edi dekretda. Angliyani harbiy yo'l bilan qahshatish umidi puchga chiqqach Napoleon uni iqtisodiy jihatdan bo`g'ishga harakat qildi va uning uchun Yevropa bozorlarini yopib qo'ydi. O'z maqsadini qisqacha tarzda: «men yerning qudrati bilan dengizni zabt etmoqchiman» deb ifodalagan edi. Hamma mamlakatlar qo'llab-quvvatlaganda qamal muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin edi. Lekin buning uchun Napoleonga butun Yevropani itoat ettirish zarur edi. [52]
1807-yilda qonli janglardan so'ng Napoleon o'z armiyasi bilan Rossiya chegaralariga yaqinlashib keldi . Uning qo'shini holdan toygan bo'lib, urushni davom ettirolmas edi. Napoleon Aleksandr I ga sulh tuzishni taklif etdi. Ikki imperator Nemap daryosi bo'yidagi Tilzit shahri yaqinida uchrashishdi. Nemap daryosi o'rtasida solda ular uchun chodir tikilgan edi. Napoleon bilan Aleksandr yuzma-yuz suhbatlashishgach, quchoqlashib chodirdan chiqdilar. Tilzit sulhi (1807) shu tariqa tuzilgan edi. Rossiya Napoleonning hamma istilolarini tan oldi va kontinental blokadaga qo'shildi. Lekin shu bilan birga Rossiya o'z mustaqilligini va buyuk davlat mavqeini saqlab qoldi. Prussiyaga Napoleon juda katta o'lpon soldi va uning territoriyasini ancha qisqartirib tashladi .[53]
XIX asrning boshlarida Germaniya 300 ta feodal davlatlarga bo'lingan edi va bu davlatlar rasman «muqaddas Rim imperiyasi» ga birlashgan edilar. Bu o'rta asr imperiyasi haqiqiy ahamiyatini allaqachon yo'qotgan edi, chunki har bir davlat o'ziga mustaqil edi. Napoleon 200 ga yaqin mayda nemis davlatlarini yo'q qilib, ularning yerlarini kattaroq davlatlarga qo'shdilar. Imperiya tugatildi. Yirikroq davlatlardan Napoleon Fransiyaga itoat qiluvchi Reyn ittifoqini tuzdi. Butun Germaniya ustidan Fransiyaning hukmronligi o'rnatildi. Tilzit sulhidan keyin Napoleon qudratining cho'qqisiga yetdi.
Napoleonning harbiy muvaffaqiyatlarining sababi faqat uning atoqli sarkardaligida emas edi. Shu narsa yana katta ahamiyatga ega ediki, Fransiya ilg'or burjua davlati bo'lib, qolgan feodal monarxiyalarning armiyalari bilan urush olib borgan edi. Fransiya armiyasi ozod dehqonlardan iborat edi. Revolyutsiya yillaridayoq bu armiyada xalq orasidan chiqqan ko'p talantli kishilar komandirlik lavozimlariga ko'tarilgan edi, ular generallar va marshallar bo'lib qolgan edilar. Shunday qilib, Napoleon g'alabalarining sababi avvalo shu ediki, Fransiyada revolyutsiya bo'lib, feodal tuzumni tugatgan edi.


Xulosa
XVII - XVIII asrlarda Fransiyaning ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti tarixi yoritish hozirgi jahon tarixining muhim va dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masala anchadan buyon tarixchi va boshqa turdagi fanlar bilan shug’ullangan olimlarning diqqat markazida turgan.
Fransiyaning XVII - XVIII asrlardagi ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohasiga bag`ishlangan manba va adabiyotlarda keltirilgan malumotlar qiyosiy tahlil qilib, quyidagicha xulosaga kelindi:
- birinchidan, XVII asrda Fransiyadagi milliy - ozodlik jarayonining borishi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy - ozodlik harakati bosqichlari yoritib berildi;
- ikkinchidan, Fransiyada siyosiy markazlashuv jarayonining xususiyatlari va amalga oshirilishi sabablari mavjud manba va adabiyotlar asosida ilmiy tahlil qilindi;
- uchinchidan, XVII asrda Fransiyada siyosiy feodal tuzum va iqtisodiy hayot tarixi hozirgi fransuz tarixshunosligi uchun muhim ahamiyat kasb etishi bayon qilindi;
- to`rtinchidan, XVII - XVIII asrlarda Fransiyaning ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti tarixini yoritishda Sh. Pirimqulov, R. Qurbangaliyeva, Z. Udol’sova, A. Fomchenko, S. Skazkin, L. Kerin, A. Saidov kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarini o’rni va ahamiyatini alohida ko’rsatib o’tish darkor.
Shunday qilib, XVII - XVIII asrlarda Fransiyaning ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohadagi hayoti tarixini kurs ishi sifatida yoritish orqali shu davr fransuz xalqi tarixini chuqur o’rganishda muhim bir manbalardan biri bo`lib xizmat qiladi degan umiddamiz.
Zero, Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek: «Bizning nazarimizda Fransiya -insoniyat ruhi ulug'vorligi va aql ziyosi ramzi, jahonga ko'plab atoqli arboblar yetkazib bergan mamlakatdir. Fransiya nafaqat noyob madaniyat nafis san'at mamlakati, u yuksak ma'rifat, turmushning dono falsafasi, insonparvarlik bilan yo'g'rilgan adabiyot va she'riyat mamlakatigina emas. Bizning nazdimizda Fransiya jahonga ilk bor erkinlik, tenglik va birodarlik singari oliy maqsadlarni in'om etgan zamonaviy demokratiya vatani hamdir» .[54]

Download 67,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish