Fuqarolar sog’liqini saqlash borasidagi qonunchilik asoslari. Tibbiyot huquqi fani predmeti davolash-profilaktika


-modda. Fuqarolarning roziligisiz tibbiy yordam ko‘rsatish



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana06.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#745999
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1-Maruza e34e1f3143f3c05c62d978202b8a36b6

28-modda. Fuqarolarning roziligisiz tibbiy yordam ko‘rsatish
Atrofdagilar uchun xavfli kasallikka chalingan shaxslarga fuqarolar yoki ular qonuniy vakillarining 
roziligisiz tibbiy yordam ko‘rsatilishiga (tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalxonaga yotqizish, kuzatish 
va yakkalab qo‘yishga) qonun hujjatlarida belgilangan asoslarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Umuman olganda tibbiyot xodimlari kasbiy huquqbuzarliklarining quyidagi 
tasnifini taklif qilish mumkin:
Qilmish:
a) fuqarolik
b) intizomiy
s) ma’muriy
d) noxush oqibatlar:
1.vrach xatoligi
2.
baxtsiz hodisa 
3.
yatrogeniya * 
II.
Jinoy at 
Qilmish – g‘ayriqonuniy (noto‘g‘ri), lekin jamiyat uchun xavfsiz xatti-harakat (harakat 
yoki harakatsizlik)dir, shu sababli ular jinoiy
javobgarlikka tortilmaydi. Qilmishlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.
Fuqarolik – asosan tibbiy muassasalarga (mulk buzilishi, dori vositalarini 
noto‘g‘ri saqlash, ulardan oqilona foydalanmaslik va boshqalar) hamda noto‘g‘ri davolash 
oqibatida bemorga yetkazilgan zarar. 
2.
Ma’muriy – tibbiy xodimlarning ma’muriy qilmishlari ko‘proq tibbiy muassasani 
boshqarish tartibining buzilishiga (gospitalizatsiya 
qoidalari, texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi kurash, sanitariya va epidemiyaga qarshi 
kurash qoidalari va boshqalar
)
taalluqlidir.
3.
Intizomiy – tibbiy muassasada o‘zini tutish, o‘zaro munosabat normalari bilan 
belgilangan mehnat, xizmat va ishlab chiqarish intizomining buzilishi. 
Jinoyat - jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladigan, ushbu Kodeks bilan 
taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish
(harakat yoki harakatsizlik).
Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan ob’ektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday 
zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish
ijtimoiy
xavfli
xatti-harakat
deb
topiladi.


(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 14-modda).
Huquqbuzarliklar strukturasida noxush oqibatlar alohida guruhni tashkil etadi.
Vrach xatoligi – shifokorlarning vijdonan yanglishishi bo‘lib, uning zaminida:
a)
kasallikning atipik kechishi; 
b)
tibbiyot fani va uning usullarining nomukammalligi
c)
shifokor malakasining yetishmasligi natijasida, lekin bunda sovuqqonlik
beparvolik, e’tiborsizlik va tibbiy bilimsizlik elementlari bo‘lmaydi. 
Mazkur ta’rif I.V.Davыdovskiy tomonidan berilgan bo‘lishiga qaramay, tibbiyot 
tarixida «vrach xatoligi» tushunchasi birinchi marta buyuk jarroh N.I.Pirogov tomonidan 
kiritilgan. 
Baxtsiz hodisa - tibbiy muolajaning tasodifiy holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan, vrach oldindan ko‘ra 
bilmagan va oldini ololmagan noxush oqibatdir .
Yatrogeniya – tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, lekin qasddan bo‘lmagan 
inson sog‘lig‘iga yetkazilgan zarardir.
Yatrogeniya tasnifi:
1.
diagnostik 
2
.davolash 
3.
profilaktik 
4.
informatsion 
5.
davolamaslik 
7.
boshqa 
Ta’kidlash lozimki, fuqarolik huquqbuzarliklar ham
Fuqarolik kodeksi ham «Iste’molchilar huquqini himoya qilish
haqida O‘zbekiston Respublikasi qonuni» (26 aprel 1996y.) nuqtai nazaridan baholanadi.
Xususan, mazkur Qonunning ayrim moddalari ko‘rilgan zararni qoplashga bag‘ishlangan:
1)
Tovardagi (ish, xizmat) kamchiliklar natijasida yetkazilgan mol-mulk 
javobgarligi (20-modda). 
2)
Ma’naviy zararni qoplash (22-modda). 
Qonunchilikka ko‘ra ma’naviy zarar - shaxsning mol- mulkka taalluqli bo‘lmagan huquqlari 
yoki uning nomoddiy manfaatlariga tajovuz qiluvchi harakatlar natijasida yetkazilgan ruhiy-
axloqiy va jismoniy azoblanish. .
Ko‘pchilik hollarda tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy muassasada o‘zini tutish, o‘zaro 
munosabat normalari bilan belgilangan mehnat, xizmat va ishlab chiqarish intizomining 
buzilishi ko‘rinishidagi intizomiy qilmishlarga yo‘l qo‘yiladi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish