Fuqarolik huquqi fanidan oraliq nazorat ishi Nazariy savol: Mulkiy sug’urta va shaxsiy sug’urta shartnomasining muhim shartlari bir-biridan keskin farq qilmasligi mumkin


A-guruh: YaTTni javobgarlikdan olib chiqib ketishi kerak



Download 27,77 Kb.
bet2/2
Sana15.04.2022
Hajmi27,77 Kb.
#553814
1   2
Bog'liq
фк

A-guruh: YaTTni javobgarlikdan olib chiqib ketishi kerak;
B-guruh: YaTTni javobgarlikka jalb qilishi kerak;
C-guruh: Blogerni har ikki holat bo’yicha javobgarlikdan olib chiqishi kerak;
D-guruh: Blogerni g’olib bo’lgan obunachilar foydasiga javobgarlikka jalb qilishi kerak.
Javob: Mazkur kazusda oddiy shirkat shartnomasiga oid munosabatlar mavjud bo’lib, ushbu shartnoma Fuqarolik kodeksining 53-bobida yoritilgan. Ushbu shartnoma mazmuni ham 962-moddada keltiriladi: “ Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risida shartnoma) bo’yicha sheriklar (ishtirokchilar) deb ataluvchi ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish yoki qonunga zid bo’lmagan boshqa maqsadga erishish uchun o’z hissalarini qo’shish va yuridik shaxs tuzmasdan birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar”.Oddiy shirkat shartnomasida taraflar faqatgina yakka tadbirkorlar va yoki tijorat tashkilotlari bo’lishlari mumkin. Yuqoridagi shartnoma ishtirokchilari ham bu normaga rioya qilishgan. Olimov yakka tadbirkor bo’lsa, HUMAN XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” MCHJ tijoratchi tashkilot hisoblanadi. Bizga ma’lumki, taraflar shirkatga o’z hissalarini qo’shishgan. 1 ta bino, 4 ta yo’lovchi tashishga mo’ljallangan mashinadan foydalanish huquqi, til o’rgatish hamda xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borishda tarjimonlik bilan qatnashishdan iborat ish tajriba va hokazolar.Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, oddiy shirkat shartnomasida “sherik umumiy ishga qo’shadigan hamma narsa, jumladan pul, boshqa mol-mulk, kasbiy va boshqa bilimlar, malaka va mahorat, shuningdek ishbilarmonlik obro’- e’tibori sherikning qo’shgan hissasi hisoblanadi”(FK 963).
Birinchi holat bo’yicha, jamiyat yuzaga kelgan javobgarlikka YATT ham javobgar ekanligini ta’kidlamoqda. Fuqarolik kodeksining 967-moddasida sheriklarning umumiy xarajatlari, zararlari va javobgarligi masalasi yoritilgan. Jumladan birinchi bandga ko’ra “sheriklarning birgalikdagi faoliyatiga bog’liq xarajatlar va zararlarni qoplash tartibi ularning kelishuvi bilan aniqlanadi. Bunday kelishuv bo’lmaganda har bir sherik o’zining umumiy ishga qo’shgan hissasi qiymatiga mutanosib ravishda xarajatlar va zararlarni o’z zimmasiga oladi”. Biroq, mazkur vaziyatda sheriklar o’rtasida ulushlar nisbati belgilanmagan. Shunga qaramay sheriklar solidar tartibda javobgar bo'ladilar. Chunki Fuqarolik kodeksining 967-moddasi oxirgi qismida «agar oddiy shirkat shartnomasi uning ishtirokchilari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog'liq bo'lsa, sheriklar umumiy majburiyatlar bo'yicha ularning yuzaga kelish asosidan qat'i nazar solidar javobgar bo'ladilar» deya belgilangan. Bu borada YATT Olimovning keltirgan e’tirozi o’rinsiz. Bunda u shirkat yashirin ekanligini vaj qilishgan uringan. Ammo Fuqarolik kodeksining 975-moddasida yashirin shirkat shartnomasiga nisbatan ham oddiy shirkatda nazarda tutilgan qoidalar qo’llanilishi belgilangan. “SMM working” kanali admini esa uchinchi shaxs sifatida mazkur holatda javobgar bo’lishi qonunan to’g’ri emas. Oddiy shirkat ishtirokchilari “SMM working” bilan haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasini tuzishgan.
Ikkinchi holat bo’yicha esa “SMM working” giveawayda g’olib chiqqan qatnashchilar da’vosi bo’yicha sudga berilgan. Ularning da’vosi bo’yicha blogerdan burchni asl holicha bajarish majburiyatini yuklash so’ralgan. Fuqarolik kodeksining 11-moddasiga muvofiq fuqarolik huquqlari burchni aslicha (natura) bajarishaga majbur qilish orqali himoya qilinishi mumkinligi ta’kidlangan.
A guruh: Bizga ma’lumki oddiy shirkat ishtirokchilari xarajatlar va zararlarni qoplash tartibida kelishuvga erishmagan bo’lsalar, har bir sherik o’zining ishga qo’shgan hissasi qiymatiga muvofiq ravishda xarajat va zararlarni o’z zimmasiga oladi. Jamiyat o'z ulushini asosan mulkiy hissalar orqali qo'shgan, YATT esa ish tajribasi, ya'ni xizmatlarini kiritgan. Shunga asosan hissaning katta qismi jamiyatga to'g'ri kelishini nisbat qilib, uning zararni qoplashdagi javobgarligi kattaroq ekanligini keltirishimiz mumkin.
B guruh: YATT jamiyat bilan tuzilgan shartnoma yashirin shirkat shartnomasi ekanligini vaj qilmoqda. Biroq, Fuqarolik kodeksining 975-moddasida yarishin shirkatga oid munosabatlarga nisbatan ham oddiy shirkatga oid normalar qo'llanilishi aytilgan. Bundan tashqari Fuqarolik kodeksining 967-moddasi oxirgi qismida «agar oddiy shirkat shartnomasi uning ishtirokchilari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog'liq bo'lsa, sheriklar umumiy majburiyatlar bo'yicha ularning yuzaga kelish asosidan qat'i nazar solidar javobgar bo'ladilar» deyilgan. Va ayni shu moddada «sheriklardan birortasini umumiy xarajatlarni yoki zararni qoplashda ishtirok etishdan to'liq ozod etadigan kelishuv o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi» deya belgilangan. Bundan tashqari mijozlar bilan bitimni MChJ tuzgan bo'lsada, bu bitimga YATT ning roziligi ham inobatga olinish lozim bo'ladi. Chunki 965-moddaga muvofiq « ishlar birgalikda yuritilganda har bir bitimni tuzish uchun barcha sheriklarning roziligi talab qilinadi». Demak mazkur vaziyatda YATT Olimov ham javobgar hisoblanadi.
C guruh: Birinchi holat bo'yicha «SMM working» kanali adminini javobgar qilish qonunan to'g'ri emas. Chunki oddiy shirkat va bloger o'rtasida haq evaziga xizmat ko'rsatish to'g'risida shartnoma tuzilgan. Oddiy shirkat majburiyatlari bo'yicha blogerni ham javobgar qilish mumkin emas.
Ikkinchi holatda esa blogerning va'da berganligi bu albatta uni bajarmaganligi uchun javobgarlik keltirib chiqaradi degan ma'noni bermaydi. Buni qalbaki bitim deb hisoblash mumkin. Fuqarolik kodeksining 124-moddasiga muvofiq « yuridik oqibatlar tug'dirish niyati bo'lmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim) o'z-o'zidan haqiqiy emasdir». Ya'ni bu holatda bloger o'z va'dasini hech qanday yuridik ahamiyat bermasligini bilgan holda tuzganligini ifoda etadi.
D guruh: Bloger tanlov qatnashchilariga va'da bergan. Buni bitim (ko'p taraflama) deb hisoblash mumkin. Agar bloger mazkur va'dasini ijtimoiy tarmoq orqali bergan bo'lsa, Fuqarolik kodeksining 107-moddasida «xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogrammalar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish-irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni o'zaro ayirboshlash, agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi» deyilgan.Bunday bitim albatta qonuniy kuchga ega hisoblanadi va uni buzgan qonunga muvofiq javobgar bo'ladi

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Fuqarolik kodeksi;

  2. Fuqarolik kodeksiga sharx;

Download 27,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish