Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim



Download 0,5 Mb.
bet209/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
52-bob. Sug‘urta
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.02 Majburiy sug‘urta;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sug‘urta]
914-modda. Ixtiyoriy va majburiy sug‘urta
Sug‘urta fuqaro yoki yuridik shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urta tashkiloti (sug‘urtalovchi) bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sug‘urta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 358-II-son “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.
Qonunda ko‘rsatilgan shaxslarga sug‘urta qiluvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkini yoxud o‘zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini o‘z hisobidan yoxud manfaatdor shaxslar hisobidan sug‘urta qilish (majburiy sug‘urta) majburiyati qonun bilan yuklangan hollarda sug‘urta ushbu bobning qoidalariga muvofiq shartnomalar tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-maydagi O‘RQ-386-son “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi O‘RQ-155-son “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 16-apreldagi O‘RQ-210-son “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan “Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog‘lig‘ini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”.
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sug‘urtada sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchi bilan sug‘urtaning ushbu turini tartibga soladigan qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzishi shart.
(914-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qonunda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan majburiy sug‘urta qilish hollari (davlat majburiy sug‘urtasi) nazarda tutilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 51-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 76-moddasi, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi 2008-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-174-son “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida” Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan “Obyektlarni davlat mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”, “Oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom Nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 29-avgustda 1266-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-iyuldagi 365-son “Ko‘mir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-dekabrdagi 631-son “O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdorlari to‘g‘risida”gi Qarori, “Soliq idoralari xodimlarini majburiy davlat shaxsiy sug‘urtasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Qoidalar” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 27-fevralda 126-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida Nizom”.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish