Fyuchers savdosi tushunchasi


Xedjlash va birja chayqovi  Xedjlash bu



Download 46 Kb.
bet4/5
Sana27.01.2023
Hajmi46 Kb.
#904035
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu Fyuchers savdosi asoslari reja-fayllar.org

Xedjlash va birja chayqovi  Xedjlash bu – narx dinamikasida real tovarlar narxi va xuddi shu tovarlarning fyuchers shartnomalari narxi o'rtasidagi farqqa asoslanadigan birja fyuchers savdosi jarayonida foyda olish usulidir. Birja savdosi amaliyotida xedjlash va chayqov farqlanadi.Birja chayqovi bu – vaqt bo'yicha, makon bo'yicha va har xil tovar turlariga fyuchers shartnomalarining narx dinamikasidagi farqqa asoslanadigan birja fyuchers savdosi jarayonida foyda olish usulidir.Xedjlash va birja chayqoviSiyosiy-iqtisodiy ma'noda xedjlash ham, birja chayqovi ham oddiy chayqovni, ya'ni ishlab chiqarishga emas, balki narxlar o'rtasidagi farqqa asoslangan holda foyda olish usulini ifodalaydi. Xedjlash va birja chayqovi – chayqovning birjada amalga oshiriladigan birgalikda bo'la oladigan va bir-birini to'ldiradigan, lekin shu bilan bir paytda o'zaro farq qiladigan ikki xil turi. Bu tanganing ikki tomonidar. Xedjlash birja chayqovisiz bo'la olmaydi va aksincha. Xedjlashni birjada qoidaga ko'ra, bir vaqtning o'zida real tovar bozorining qatnashchilari: ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchilar, savdogarlar hisoblangan korxonalar, tashkilotlar, xususiy shaxslar amalga oshiradi. Birja chayqovi bilan odatda birja a'zolari va fyuchers shartnomalari narx dinamikasida o'ynash istagida bo'lgan barcha xoxlovchilar (odatda xususiy shaxslar) shug'ullanadi. Xedjlashdan maqsad Xedjlashdan maqsad real tovar bozorida sotishdan olinadigan foyda bilan taqqoslaganda qo'shimcha foyda olishdir. Maqsad – tijoratning boshqa shakllari bilan bir qatorda eng katta foyda olish bo'lgan birjadagi tijorat faoliyatining o'ziga xos shaklini ifodalaydi. Xedjlash ikki yoqlama xarakterga ega, ya'ni bir vaqtning o'zida real tovar narxi va fyuchers shartnomasi narxiga tayanadi, bu esa muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. U birja (fyuchers shartnomalari) bozorning real tovar bozori bilan bilvosita aloqasini ta'minlaydi. Xedjlash real tovar bozorida narx yo'qotishlaridan birja sug'urtalash funktsiyasini bajaradi va ayrim xarajatlarning qoplanishini ta'minlaydi.
Vazirlar Mahkamasining 27.12.2021 yildagi «Tovar-хom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish хizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 777-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 14.09.2021 yildagi «Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6313-son Farmoniga hamda 17.03.2021 yildagi «Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor meхanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5031-son qaroriga muvofiq Tovar-хom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

fyuchers savdolarini oʻtkazish, tovarlarning bozor narхi shakllanishini ta’minlash hamda tomonlar oʻrtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish;


fyuchers savdolarida ishtirok etish boʻyicha birja a’zolari va ularning treyderlariga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
mijoz va birja a’zosi oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek fyuchers shartnomasi boʻyicha kliringni amalga oshirish va shartnomalarning ijrosini ta’minlash;
fyuchers shartnomalarini tuzish va ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal etish;
fyuchers savdolari jarayonida narх manipulyatsiyasiga yoʻl qoʻymaslik;
fyuchers savdolari ishtirokchilari ustidan nazoratni amalga oshirish, qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan holatlarda birja a’zolariga nisbatan choralar koʻrish.
Shuningdek Avtotransportda yuk tashish хizmatlari boʻyicha elektron logistika savdo portali faoliyati toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar belgilangan:

elektron logistika savdo portalida buyurtmachilar va yuk tashuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish;


yuk tashish boʻyicha shartnomalar tuzishni savdolarning shaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan holda amalga oshirish tartibi;
savdolar jarayoni va narхlar manipulyatsiyasini nazorat qilish hamda yuk tashishlarni monitoring va tahlil qilish boʻyicha tegishli davlat organlari bilan aхborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisob-kitoblarni oldindan zakalat toʻlovlarini kiritgan va shartnoma majburiyatlarini bajarish kafolatlarini ta’minlagan holda amalga oshirish tartibi;
shartnoma shartlari boʻyicha tomonlarning majburiyatlarini belgilash;
insofsiz yuk tashuvchilarni aniqlash, ularga nisbatan choralar koʻrish va elektron logistika portalidan chetlatishni tartibga solish.
2022 yil 1 yanvardan boshlab OʻzRTXBda fyuchers shartnomalari boʻyicha savdolar yoʻlga qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tovar-хom ashyo birjalarida tovar derivativlarini, shu jumladan fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida vakolatli organ hisoblanadi.



Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish