G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov


"Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin"



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
"Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin"; 
"Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang 
qolarsan uyatga"; "Hurmat qilsang hurmat ko‘rasan"; 
Maqollarda shunchalik haqiqat rostlik ildizlari keng tomir otib 
borganki, uni hech bir kuch joyidan siljita olmaydi.
Maqol shunday so‘zki, so‘zga husn beradi, fikrni tushunib 
olishni osonlashtiradi, uni yorqin ta’sirchan qiladi. Shuning uchun 
ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo‘ladi. Kimki, uni 
ko‘p ishlatsa o‘shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan 
eshitadilar.
Yozuvchi va shoirlarimiz o‘z asarlarida yaratgan ijod 
namunalarida maqollarning ta’sirchan kuchidan foydalanishadi. Yusuf 


48 
Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, 
Bobur, Munis, Ogahiy, Nodira, Furqat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, 
Oybek G‘afur G‘ulom va boshqa ko‘plab ijodkorlarning asarlari 
sinchiklab o‘rganilsa, maqollarning jozibasini his etishimiz mumkin. 
Hatto yaratilgan asarning asosiy ma’no g‘oyasi, birgini maqolning 
qarida jamlanganligini ham kuzatishimiz mumkin. Masalan Abdulla 
Qaxxorning "O‘g‘ri"hikoyasida o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik 
manbayiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Unga 
"otning 
o‘limi - itning bayrami" 
maqoli epigraf qilib olingan.
Maqollar badiiy adabiyotda, she’r, doston, hikoya va 
romonlarimizda ham ko‘p ishlatiladi. Hatto boshidan oxirigacha 
maqol bilan yozilgan asarlarimiz ham bor. Masalan Gulhaniy butun 
bir asarini "Zarbulmasal" deb nomlagan. Unda Yapaloqqush va 
Bo‘yog‘lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan bo‘lib, ular 
tilidan 400 dan ortiq maqol keltiriladi. Hamza Hakimzoda Niyoziy o‘z 
asarlarining badiiy yuksak va ta’sirchan bo‘lishi uchun xalq 
maqollaridan barakali foydalandi. "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning 
ishi" va boshqa asarlarida maqollardan unumli foydalangan.
O‘zbek xalq yozuvchisi, Oybek, "Oltin vodiydan shabadalar" 
romanida maqollar ishtirokida, voqealarning borishi, qahramonlarning 
xatti-harakatlari, obrazlari, ichki va tashqi qiyofalarini ochishda juda 
qo‘l kelganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bugungi kunda maqollarning o‘rni va ahamiyati haqida 
gapiradigan bo‘lsak, oiladagi tarbiyada avvalo muhim kasb etishini 
aytib o‘tmoqchiman. Negaki, asosiy tarbiya oilada berilib, 
shakllantirilib boriladi. Oiladagi muhit, oiladagi tarbiyaviy sharoit 
bolaning xulq atvorida nomoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham dono 
xalqimiz "Qush uyasida ko‘rganini qiladi" deb ta’kidlaydi. Maqollar 
hayot maktabining asosiy darslik va qoidalaridir. Ularni zinxor 
unutmasligimiz, amalda joriy etishimiz talab qilinadi.
Oiladagi muhitda ota-onaning xalq donoligiga murojaat etishi 
tarbiya qilinayotgan bola ongiga ta’sir qilib, tarbiyaning mukammal 
olib borilishiga zamin yaratadi. Ota-onalar mehnat jarayonlarida
suhbat chog‘larida, o‘z pand-u nasihatlarini berayotgan paytlarda, 
maqollardan unumli, ustalik bilan foydalanishsa, o‘z tarbiyasining 
ta’sir etish kuchini oshirishgan bo‘lardi. Har bir xonadonda o‘zbek 
xalq maqollari, oilaviy kutubxona kitob javonidan joy olsa, nur ustiga 
a’lo nur bo‘lardi. Bolalarni ushbu kitobni mutolaa qilishga chaqirish, 


49 
yod olishga o‘rgatish kerak. Ota-ona bolaning yod olgan maqollarini 
so‘rab, uning mag‘zini chaqib, ma’no mazmuni nimadan iborat 
ekanligini, farzandning o‘z tushungan tushunchalarini so‘rashi, 
xulosaviy fikrlarni chiqarib, tarbiyaviy usul sifatida tushunchalar berib 
o‘tishi lozim.
Xalq maqollari eslab qolish uchun qulay shakl va tuzilishga ega. 
Xotirada mustahkam o‘rnashadi. Maqollarning asl vositasi tarbiyaga 
qaratilgandir. Xalq donishmandligining ibratli namunalari sifatida 
tarbiyaviy jarayonlarda xizmat qilib kelmoqda. Maqollarda, bolaning 
aziz ne’mat bo‘lib dunyoga kelishi-yu, uning barkamol farzand bo‘lib 
voyaga yetishidagi harakatlar nimadan iborat ekanligiga doir, 
tarbiyaning 
barcha 
ko‘rinishlarini 
ifoda 
etgan 
g‘oyalar 
mujassamlashgan.
Maqollar xalqning uzoq davrlar mobaynida, o‘z tajribasidan 
o‘tgan, ming karra sinalgan donolik qomusi bo‘lib, u kishilarni 
ezgulikka, olijanoblikka undashi; insonparvarlik, mehnatsevarlik, 
vatanparvarlik, sershijoat, serg‘ayrat intilish bilan, tinch-totuv 
yashashga chorlashi bilan, hamma vaqt hayot darsligi bo‘lib xizmat 
qilaveradi.
Ota-onalar donishmand xalqimiz yaratib bergan to‘g‘ri yo‘lni 
o‘z farzandlariga ham ko‘rsata olsalar, ko‘zlangan maqsadga erishgan 
bo‘lardi. Ota - onalar farzandining tarbiyasidagi kamchilik va 
yutuqlarni sezib, kamchiliklarni yo‘q qilishda, farzandidagi noo‘rin 
harakatlarni bartaraf etishda, yaxshi xislat va fazilatlarni o‘stirishda 
maqollarimizning 
beminnat 
xizmatidan 
foydalanishi 
darkor. 
Maqollarimiz har bir kishiga ibrat namunalari haqida so‘zlar ekan, 
demakki, bolaning ham ertangi kelajak yo‘lida yaxshi ibrat ko‘rsatib 
yashashga chorlashi haqiqatdir.
Ular shunchaki to‘qima, o‘ylab chiqilgan so‘zlar emas, xalqning 
boshidan o‘tkazgan, o‘zi ko‘rib xulosa chiqargan, tajribalar sinovida 
toblangan xalq donishmandligining bizga qoldirgan buyuk me’rosidir. 
Uni asrab avaylash, qalbimiz to‘riga joylash, xalqimiz pand-u 
nasixatlariga quloq solib yashash, bizning hayot maktabida olayotgan 
ta’lim va tarbiyani mukammal egallashimizga zamindir. Maqollarni 
har bir farzand mutolaa qilar ekan u nafaqat yodida, balki qalbida 
o‘rnashib qoladi. Shuning uchun oilada bolalarga maqollarni yod 
oldirish, uning asosiy mazmun va mohiyatlarini tushuntiish kerak. 


50 
Maqollarning tarbiyaviy kuchi asnosida ulg‘aygan bola o‘zining yo‘li 
va so‘zini to‘g‘ri belgilay oladi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish