Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili


Ega bilan kesimning shaxs-sonda mosligi



Download 186,5 Kb.
bet7/17
Sana14.07.2022
Hajmi186,5 Kb.
#794375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARI

Ega bilan kesimning shaxs-sonda mosligi 1. O’zbek tilida shaxs va sonda moslashish hodisasini 2 o’rinda kuzatish mumkin: a) moslashuvli birikmada tobe va hokim so’z orasida; b) gap tarkibida ega va kesim orasida. M: qushning sayrashi – Qush sayradi. Ushbu sintaktik birliklarning o’xshash tomoni shundaki, ikkalasi ham tobe bog’lanish va ikkalasida ham shaxs va sonda moslashish bor; farqi shundaki, biri – so’z birikmasi, ikkinchisi – gap. 2. Ega kesim bilan Grammatik va mazmun tomondan bog’langanligi uchun doimo kesimlik shakliga mos shaklda turadi. Eganing kesim shakliga mos shaxs-son shaklida kelishiga moslashuv deyiladi. 3. Ega bilan kesimning shaxs va sonda mosligini ta’minlash uchun turli vositalar xizmat qiladi. M: Men o’qidim. U o’qisin. Bunda moslikni ta’minlash uchun fe’lning munosabat shakllari xizmat qilyapti. Yoki: Men talabaman. Biz o’quvchimiz. Bularda moslikni ta’minlash uchun bog’lamalar xizmat qilyapti. Yoki: Men o’qishim kerak. Sen tushunishingkerak. Bularda moslikni ta’minlash uchun harakat nomi tarkibidagi egalik xizmat qilyapti. 4. Ega bilan kesimning shaxs va sonda moslashishida quyidagi holatlarni kuzatish mumkin. a) shaxsda moslik zaruriy bo’lib, u hamma vaqt saqlanadi. (Ba’zan nutqda shaxs mosligi saqlanmasligi mumkin, M: Tabiat go’zalliklarini ko’rib quvonasan kishi.) b) sonda moslik I, II shaxsda zaruriy bo’lib, faqat III shaxsda saqlanmasligi mumkin. 5. Kesim bilan ega III shaxs ko’plikda son shakli bo’yicha moslashmasligi mumkin. Bunday holat ko’proq ega jonsiz narsalar, shaxs bo’lmagan jonli predmetlarni bildiruvchi so’zlar bilan ifodalanganda yuz beradi. M: Bahor kelishi bilan o’t-o’lanlar ko’kardi. Qushlar sayradi. 6. Ba’zan ega birlik, kesim ko’plik sonda bo’lishi mumkin. Ammo bunday holatda ko’plik emas, balki hurmat, ba’zan kinoya, kesatiq kabi ma’nolar ifodalanadi. M: Ibrohimov tadbirkor rais ekanlar.
Ot kesim va ega orasida tirening ishlatilishi 1. Tire (chiziq) va defis (chiziqcha) atamalarini farqlashimiz kerak: - tire punktuatsion belgi bo’lib, chiziqchani noto’g’ri qo’llash punktuatsion xato; - defis esa orfografik belgi bo’lib, chiziqchani noto’g’ri qo’llash orfografik (imloviy) xato sanaladi. 2. Ot kesim va ega orasida tire qo’yilishi uchun kesim tarkibida bog’lamalar, kesimlik qo’shimchalari bo’lmasligi kerak. Shuningdek, kesim, asosan, bosh kelishik shaklida bo’lishi kerak. 3. Tire kesimga oid so’zlardan oldin, bevosita egadan keyin qo’yiladi. 4. Ega va kesim quyidagicha ifodalanganda ular orasida tire qo’yiladi: a) kesim ot bilan ifodalanganda tire qo’yiladi M: Tinchlik – farovon hayot manbai. b) ega va kesim harakat nomi bilan, yoki biri ot, biri harakat nomi bilan ifodalansa, tire qo’yiladi M: Yashamoq – mehnat qilmoq. d) ega ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanganda ham tire qo’yiladi M: Bu – yangi qishloq rejasi. e) kesim olmoshning ayrim turlari bilan ifodalanganda tire qo’yiladi M: Yaxshi niyatli kishilarning ahdi – shu. Bu ishning bajaruvchisi – siz. f) kesim sanoq son bilan ifodalanganda tire qo’yiladi M: Uch karra uch – to’qqiz. g) ega va kesim ajralmas birikma bilan ifodalanib, o’xshashlik, tenglik kabi ma’nolarni ifodalab kelasa, tire qo’yiladi M: Bir yil – o’n ikki oy. h) ega va kesim orasida bu, mana bu kabi ta’kidni kuchaytiruvchi so’zlar qo’llansa, shu elementlardan oldin tire qo’yiladi M: Tinchlik – bu totuvlik, har ishda orom. 5. Ba’zan kesim bosh kelishikdan boshqa kelishikda bo’lsa ham tire qo’yilishi mumkin M: Yulduz – a’lochilarimizdan. Birniki – mingga, mingniki – tumanga. 6. Ba’zan ta’kid ma’nosini kuchaytirish uchun, eganing ma’nosini ta’kidlash, eg a mantiqiy urg’u olganligini ko’rsatish maqsadida gapda bog’lamalar bo’lsa ham tire qo’yilishi mumkin. M: Urush – quyon ovi emas. Men – mana shu minglarning biriman. Sen – bizni ozod etuvchisan. Vatanimiz - kelgusida buyuk davlat bo’ladi. Bu – siz uchun katta sinovdir.

Download 186,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish