Geografik o'rni, mamlakat haqidagi umumiy ma'lumotlar



Download 80,5 Kb.
bet1/6
Sana10.07.2022
Hajmi80,5 Kb.
#773164
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU-GFR


Geografik o'rni, mamlakat haqidagi umumiy ma'lumotlar
Germaniya Yevropa markazida joylashgan. Quruqlikda u Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Daniya bilan chegaradosh. Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida uning iqtisodiy va siyosiy-geografik holatining o'ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Yevropaning markazida, iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan davlatlarga yaqin, transyevropa bosh yo'lining kenglik va uzunlikdagi kesishgan yerida joylashganligi Germaniyaga katta foyda keltirmoqda. Muhim afzalliklardan yana biri — Germaniyaning dengiz yaqinida joylashgani va qo'shni mamlakatlarning yirik port shaharlari ('Rotterdam, Antverpen va b.) ga yaqinligi bilan bog'langandir.
1989-yilning oktabrida ikki davlat — GFR va GDR birlashganidan keyin Germaniya hozirgi chegaralariga ega bo'ldi. Natijada, GFR hududi 43% ga, aholisi esa 27% ga ko'paydi.
GFR — parlament Respublikasi. Hududiy-siyosiy tuzilishiga ko'ra, 16 yerdan tashkil topgan federatsiya, bular quyidagilardan iborat: Baden-Vyurteniberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg (oldingi Pomeraniya), Quyi Saksoniya, Reynland-Pfals, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Apgalt, Tyuringiya va Shlezvig-Golshteyn.


Tabiiy boyliklari
Rudali foydali qazilmalarning konlari o'rtacha balandlikdagi log'larga, neft va tabiiy gaz konlari esa Shimoliy Germaniya pasttekisligiga to'g'ri keladi.
G'arbiy Yevropa davlatlari o'rtasida Germaniya o'zining toshko'miri va qo'ng'ir ko'miri bilan ajralib turadi. Toshko'mirning asosiy konlari Rur, Saar va Axen havzalarida joylashgan, ko'mirning 2/3 qismi yuqori sifatli kokslanadigan ko'mirdir.
Qo'ng'ir ko'mirning ishonchli zaxiralarining (80 rnlrd. t) katta qismi Sharqiy Germaniyada joylashgan. U ochiq usulda qazib olinadi.
Tabiiy gaz konlari mamlakatning shimolida to'plangan. Temir rudalari zaxiralari mavjud bo'lsa-da, biroq ularning sifati past. Shimoliy Germaniya pasttekisligida toshtuzning katta qatlamlari joylashgan. Kaliy va magniy tuzlarining zaxiralari ham mavjud.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish va shisha sanoati uchun xomashyo resurslari kattadir.
Mamlakatning yirik daryolari — Reyn, Elba, Vezer, Ems (Shimoliy va Boltiq dengizlari havzalari) va Dunay (Qora dengiz havzasi). Barcha muhim daryolar kanallar bilan tutashtirilgan. 1993-yilda Shimoliy dengizdan Qora dengizgacha bo'lgan transyevropa suv yo'lining qurilishini yakunlagan Mayn— Dunay kanali ochildi. Markaziy Germaniya kanali va uning Berlin hamda Vezer daryosigacha bo'lgan davomi ta'mirlanrnoqda. Xalqaro daryo mavqeyiga ega bo'lgan Reyn daryosining iqtisodiy ahamiyati Germaniya uchun juda muhimdir.
Aholisi
Ikki nemis davlati birlashganidan so'ng mamlakat aholisi keskin ko'paydi va hozir 82,4 mln. kishini tashkil qiladi (G'arbiy Yevropada birinchi o'rinni egallaydi). Tug'ilish o'lim bilan deyarli teng, 1 km2 ga 231 kishi to'g'ri keladi. Germaniya aholisining sons muhojir (Turkiya, sobiq Yugoslaviya respublikalari, Italiya, Gretsiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan kelayotgan)lar hisobiga oshib bormoqda. Daviatning qayta birlashishi arafasida G'arbiy yerlarda 5 mln. ga yaqin, Sharqda esa 0,2 mln, chet elliklar bor edi. Hozirgi paytga kelib ular soni 7 mln. dan oshdi.
Davlat tili — nemis till. Aholining eng ko'p qismi nemislar, qolganlari — dunyoning turli davlatlaridan kelgan muhojirlardan iborat.
Ustuvor din — xristian dini. Mamlakatda 40 mln. protestantlar, 35 mln. katoliklar mavjud. Janub va G'arbda katoliklar ko'p uchraydi, qolgan hududlarda protestantlar ustunlikka ega.
Urbanizatsiya darajasi 75% dan ortiq. Ko'pgina shaharlar aglomeratsiyalar yadrosi hisoblanadi, biroq aholisi 1 mln. dan ortiq bo'lgan shaharlar ko'p emas (Berlin, Gamburg, Myunxen).

Download 80,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish