Geografiya kafedrasi geografiya maydonchasida meteorologik kuzatishlarni olib borish


-rasm. HAVO HARORATINING YIL DAVOMIDA O’ZGARISHI



Download 1,45 Mb.
bet2/3
Sana27.03.2017
Hajmi1,45 Mb.
#5487
1   2   3



7-rasm. HAVO HARORATINING YIL DAVOMIDA O’ZGARISHI
OB-HAVO KUZATISH YILNOMASI. 6-jadval


Kuzatilgan kun va oy

20.04

Kuzatish vaqti soati.

9:00

Havo xarorati, gradus.

10o

O’rtacha havo xaroroti, gradus.




Namlangan termometr ko’rsatishi, gradus.

9,5o

Havoning bosimi, mm.

730

Shamolning yo’nalishi.




Bulutli darajasi.

 Bulutli

Bulut turi.

To’p-to’p

Yogin turi.

Yomg’ir


Yogin miqdori, mm.

2,2

Qor qoplamining

qalinligi, sm.






Suv harorati, gradus.

12o

Quyoshning gorizontdan balandligi, gradus.

30o

Atmosfera xodisalari.





Ёғинсиз кунлар


YOg’inli

kunlar







8-rasm. BULUTLIK VA YOG’INLAR DIAGRAMMASI.











Olingan ma’lumotlarni doiraviy diagramma tarzida ko’rsatish uchun, aylana yuzasi (360­0) kunlar soniga bo’linadi, va necha kun yog’in yoqqan bo’lsa o’sha kun soniga ko’paytiriladi. Masalan, bir oyda 6 kun yog’in yoqqan bo’lsa: 3600 : 30 x 6 = 720. Endi 720 trasportir bilan o’lchanib, aylanaga tushiriladi. (8-rasm).

Bir oyda olingan o’rtacha havo harorati grafigini millimetrli qog’ozga tushiriladi. Buning uchun millimetr qog’ozga abssissa va ordinata o’qiga havo xaroroti qo’yilib, abssissa o’qiga esa oylar yoki kunlar belgilanib, birlashtirilib chiqiladi.

Maktab zaliga o’lchangan ma’lumotlar asosida hammaga shu kungi ob-havoning xususiyatlari bilan tanishtirish uchun rasmda ko’rsatilgan ob-havo yilnomasidan foydalanish mumkin. Navbatchilar undagi strelkalarning kuzatilgan ma’lumotlar asosida o’zgartirib turadi.





9-rasm. FARG’ONA SHAHRIDA YOG’INLARNING YILLIK TAQSIMLANISHI.

GEOGRAFIYA DARSLARIDA METEOROLOGIK KUZATISH NATIJALARIDAN FOYDALANISH

Geografiya maydonchasida meteorologik kuzatishlarni tashkil etilgandan so’ng kuzatish natijalari qayta ishlanadi va ulardan dars jarayonida foydalaniladi. Quyida V sinfda «Atmosfera» mavzusini o’rganish misolida meteorologik kuzatish natijalaridan darsda foydalanishni ko’rsatishga xarakat qilamiz.

«Atmosfera» mavzusi bo’yicha quyidagilar o’rganiladi:

1-dars «Atmosfera va uning tuzilishi. Balandlikka ko’tarilgan sari atmosfera bosimining o’zgarishini barometr yordamida o’lchash, atmosfera havosining tozaligini saqlash usullarini o’rganishga bag’ishlanadi. Agar maktabda meteorologik kuzatishlar quyi sinflardan boshlab izchil olib borilsa o’quvchilarga borometr yordamida havo bosimini qanday o’lchash tushuntirilmasdan, geografiya maydonchasida havo bosimini o’lchash natijalaridan foydalanish mumkin. Kuzatish ishlari endi boshlangan bo’lsa, bu darsda o’quvchilarga borometr-aneroid yordamida havo bosimi qanday o’lchanishi va uni o’zgarish sabablari tushintiriladi. Bu darsdan so’ng o’quvchilar havo bosimini o’lchab, o’lchash natijalarini jurnalga yozib borishadi. Bizningcha, havo bosimini o’lchashni o’quv yilining dastlabki kunlaridan boshlangani ma’qul. Chunki bu mavzuni o’tishga qadar o’quvchilar tomonidan borometr-aneroid asbobi bilan ishlashni o’rganib olinadi va havo bosimini kunlar bo’yicha o’zgarishi to’g’risida ma’lumotlar to’planadi.

Havo bosimini yuqoriga ko’tarilgan sari pasayishini ko’rsatish uchun maktab binosining birinchi va uchinchi qavatida havo bosimi o’lchanadi. O’lchangan natijalar quyidagicha bo’lishi mumkin:

Birinchi qavatda havoning bosimi – 732 mm,

Uchinchi qavatda havoning bosimi – 730 mm,

Bu ma’lumotlardan ko’rinadiki, yuqoriga ko’tarilgan sari havo bosimi pasayadi. Darsda yuqoriga ko’tarilgan sari havo bosimini pasayishiga ta’sir qiluvchi sabablar (havoning siyraklashib borishi, havo qatlamining qalinligini ozayishi) tushuntiriladi.

Havo bosimining oy yoki yil davomida ham o’zgarishi ob-havo kuzatish ma’lumotlari asosida tushuntiriladi. Misol tariqasidaFarg’ona shaxrida yil davomida oylar bo’yicha o’rtacha havo bosimini o’rganish 7-jadvalda keltirildi.

FARG’ONA SHAHRIDA YIL DAVOMIDA

HAVO BOSIMINING O’ZGARISHI

7-jadval.


Oylar

Havo bosimi, mb

Oylar

Havo bosimi, mb

I

956,1

VII

939,7

II

954,2

VIII

941,9

III

952,1

IX

947,8

IV

942,8

X

953,8

V

949,0

XI

956,9

VI

946,9

XII

956,8

Yil

949,8







Eslatma: 1mm bosim = 1,33 mb yoki 1mb = 0,75 mm simob ustuni
7-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki havo bosimi sovuq oylarida iliq oylariga nisbatan yuqori bo’lar ekan. O’quvchilar jadval ma’lumotlarini taqqoslab havo bosimining miqdoriga havo harorat ham ta’sir ko’rsatishini bilib olishadi. Issiq havo engil va siyrk bo’ladi, sovuq havo og’ir va zich bo’ladi. Shunga muvofiq, yozda havo bosimi qishga nisbatan ancha past bo’ladi.

Meteorologik kuzatishlarda to’plangan ma’lumotlar yordamida o’quvchilar havo bosimini vertikal o’zgarishini hamda termik o’zgarish xususiyatlarini bilib olishadi.

«Havo harorati» mavzusini o’rganishda kuzatish natijalaridan foydalanib quyidagilar o’rganiladi.

O’rtacha haroratlarni aniqlash:

Havo haroratining sutkalik va yillik o’zgarishi:

Havo harorati farqini aniqlash:

Havo haroratini o’zgarish grafiklarini tuzish.

O’rtacha haroratini aniqlashda meterologik kuzatish ma’lumotlaridan foydalaniladi. Maslan maktabda sutka davomida uch marta kuzatish olib borilsa:

Soat 8:00 da havoning harorati - 8,6 0

Soat 14:00 da havoning harorati - 27 0

Soat 20:00 da havoning harorati - 12,4 0

bo’lsa, o’rtacha haroratni o’quvchilar xisoblab chiqishadi, ya’ni o’lchangan haroratlar qo’shilib, yig’indi o’lchashlar soniga bo’linadi: 8,6+27+12,4 = 48 : 3 = 16 o.



O’rtacha oylik haroratlarni xisoblashda Farg’ona shahri bo’yicha kuzatilgan ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
FARG’ONA SHAHRINING MAY OYIDA

KUZATILGAN HAVO HARORATI

8-jadval


Kunlar

Havo harorati, gradus

Kunlar

Havo haroarti, gradus

1

18,8

17

21,3

2

18,7

18

21,4

3

18.9

19

22,0

4

19,0

20

20,7

5

19,1

21

22,0

6

19,1

22

22.1

7

19,2

23

21,7

8

19,5

24

22,1

9

19,9

25

22,2

10

21,0

26

22,4

11

21.6

27

24,4

12

21,3

28

22,7

13

19,5

29

23,3

14

20,4

30

23,4

15

21,0

31

23,7

16

21,6






Keltirigan jadval ma’lumotlari asosida may oyining o’rtacha harorati va oy davomida havo haroratini o’zgarib borishi grafigi hamda oylik havo haroratining amplitudasi aniqlanadi.

May oyining o’rtacha havo haroratini aniqlash uchun o’quvchilar hamma kuzatish kunlaridagi o’rtacha sutkalik havo harotini qo’shib hosil qilingan yig’indini 31 kunga bo’lishadi va o’rtacha miqdorini topishadi. Harorat amplutudasi yoki harorat farqini topishni o’rganish uchun 8-jadval ma’lumotlaridan foydalanishimiz mumkin.

May oyida kuzatilgan havo haroratidan eng pasti va eng yuqorisi tanlanadi.

2 may kuni havo harorati : +18,7 0

31 may kuni havo harorati : +23,7 0.

Haroratlar o’rtasidagi farq topiladi:

23,7 0 - 18,7 0 = 5 0 , demak may oyida harorat amplitudasi 50 ga teng bo’lgan.

1 fevralda havo harorati : - 2,5 0

28 fevralda havo harorati : + 3,4 0

Harorat amplitudasi : +3,40– (-2,50) = 5,9 0.

Keltirilgan misollardan, o’quvchilar harorat amplitudasini topishida bir xil ishorali haroratlar bir-biridan ayirilishi, ikki xil ishorali haroratlar esa bir-biriga qo’shilishini tushunib olishadi. May oyi uchun keltirilgan ma’lumotlar asosida o’quvchilar uylarida oy davomida harorat o’zgarishi grafigini tuzib kelishadi. Dars jarayonida bu grafik tahlil qilinadi.

O’rtacha yillik havo haroratini aniqlashda 9-jadval bo’yicha o’lchangan o’rtacha oylik harorat ma’lumotlaridan foydalandik.
9-jadval



Oylar

O’rtacha harorat (gradus)

Oylar

O’rtacha harorat (gradus)

I

II

III



IV

V

VI



2,5

0,3


7,6

15,2


20,5

24,6


VII

VIII


IX

X

XI



XII

26,4

24,7


19,3

12,4


5,5

0,5


Qo’qon shahrining o’rtacha yillik havo harorati va yog’inlar miqdori
10-jadval

Mutloq balandlik




Oylar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

405 m

Harorat, 0c

-2,3

1,2

8,4

16

21,6

25,6

27,5

25,6

19,9

12,6

5,5

0,6

Yog’in, mm

16

13

20

13

12

8

3

2

1

9

14

13

O’rtacha harorat +13,5o, minimal –26o, maksimal +46o,

O’rtacha yillik haroratni topish uchun yil davomidagi musbatli haroratlar qo’shilib manfiy harorat olib tashlandi. Qolgan miqdorni 12 oyga bo’linib o’rtacha yillik havo harorati aniqlanadi.

O’rtacha yillik havo harorati 130 ekan. Bu ma’lumotlar asosida havo haroratining yillik o’zgarish grafigi tuziladi va tahlil qilinadi. V sinfda «Havo harorati» mavzusini o’rganishda o’quvchilarga quyidagi savollarni berish maqsadga muvofiqdir.



  1. Siz, 10, 11. 12, sentabr kunlari qanday haroratni kuzatdingizlar ?

  2. Havo harorati ertalab, tush paytida va kechki payt bir xil bo’ladimi ?

  3. Nima uchun kunduzi va kechki paytda havo harorati bir xil bo’lmaydi ?

  1. Sutkalik, oylik va yillik o’rtacha havo harorati qanday aniqlanadi ?

  2. Havo haroratini o’rganish quyoshning gorizontdan balandligiga bog’liqmi ?

Havo haroratini quyoshning balandligiga bog’liq bo’lishini tushuntirishda o’quvchilar tomonidan quyoshning tush vaqtidagi balandligini o’lchab borishlari muxim ahamiyatga ega. Quyoshning gorizontdan balandligi har kuni bir vaqtda uglomer yordamida o’lchanadi. Maktabda uglomerni oddiy usulda yasash mumkin. Buning uchun maktab transportiri olinib uning o’rta qismidan teshiladi va unga 20 sm uzunlikdagi ip o’tkaziladi. Ipning bir uchi tugun qilinadi. Buning yordamida gnomon tayoqchasining soyasi va tayoqchaning uchi o’rtasidagi burchak o’lchanadi. Quyoshning balandligini o’lchashda transportirning ip o’tkaziladigan joyi tayoqchaning soyasining oxirgi uchiga qo’yilib uning tayoqcha uchiga tarang qilib tortiladi. Ipning transportir shkalasidagi holatdan burchak miqdori o’lchanadi. Olingan miqdor quyoshning gorizontdan balandligini bildiradi.

Quyoshning gorizontdan balandligi izchil o’lchab borilsa to’plangan ma’lumotlardan quyidagilarni tushuntirishda foydalanish mumkin.

1) Yil davomida quyoshning gorizontdan balandligi 21 sentyabrdan 22 dekabrgacha pasayishini, 22 dekabrdan 22 iyungacha ko’tarilishini bilib olishadi.

2) Havo haroratini ko’tarilishi quyoshning gorizontdan balandligiga ham bog’liq bo’lishligiga ishonch xosil qilinadi.

3) Quyosh gorizontdan qanchalik yuqoriga ko’tarilsa kunduzi uzoq davom etishi va quyosh nurlari tik tushishi o’quvchilarga ko’rgazmali qilib tushuntiriladi . O’lchangan quyosh balandligining gradusi ob-havo jurnaliga yozib boriladi. «Yil fasllarining almashinishi» mavzusini o’tishda o’quvchilar fasllar bo’yicha quyoshning gorizontdan balandligini o’zgarib borishini o’zlari o’lchangan ma’lumotlardan bilib olishadi.

Shamol va uning xosil bo’lish sabablari mavzusini o’rganish quyidagi savollarni berish bilan boshlanadi.

1. Bugun shamol qaysi tomondan esdi ?

2. Shamolning yo’nalishi qanday aniqlanadi ?

3. Shamol deb nimaga aytiladi ?

4. Nima sababdan shamol xosil bo’ladi ?

5. Shamolning tezligi qanday aniqlanadi ?

Berilgan savollarga o’quvchilar o’zlari kuzatgan natijalar asosida hamda flyuger bilan shamolning tezligi va yo’nalishini aniqlash yo’llarini aytishadi. Flyuger bilan ishlash malakasi yana qaytariladi, mustaxkamlanadi.

Shamolning xosil bo’lish sabablarini o’qituvchi tushuntiradi. O’quvchilarga “xokim” shamollar va ularning ahamiyati izohlanadi. O’quvchilar o’zlari yashaydigan joydagi xokim shamollarni bilib olishlarida meteorologik kuzatish natijalari asosida shamollar «guli» tuziladi. Buning uchun oy va yil davomida gorizont tomonlari bo’yicha esgan shamollarning miqdori aniqlanadi va maxsus jadvalga yoziladi. (11-jadval).

Farg’ona va Qo’qon shaharlarida shamollarning

o’rtacha yillik takrorlanishi. 11-jadval



Gor. tom.
Shaharlar

Shim

Shim- sharq

Sharq

Jan- sharq

Jan

Jan- g’arb

G’arb

Shim-

g’arb.

Farg’ona

13

9

10

20

13

6

15

16

Qo’qon

2

13

13

3

2

41

23

3

Shamol «guli» ni tuzish uchun qog’ozga gorizont tomonlari chiziladi va unga tanlangan masshtab bo’yicha 11-jadvalga keltirilgan ma’lumotlar tushiriladi. Har bir gorizont tomoniga mos kelgan miqdor chiziqda belgilanadi. So’ngra chizg’ich yordamida belgilangan nuqtalar birlashtirilib shamol «guli» hosil qilinadi. 10-rasm.




10-rasm. SHAMOL GULI.

Shamol «guli»dan ko’rinadiki, Farg’ona shahrida janubi – sharqiy shamollar xokim shamollar xisoblanadi. Chunki yil davomida shamollarning takrorlanishi shu tomonda eng ko’p kuzatiladi.

Shamollar «guli» yil va har bir oy uchun aloxida tuzilishi mumkin. Shamollar «guli» dan o’z joyining iqlim xususiyatlari mavzusini o’rganishda ham foydalanish mumkin.

Meteorologik kuzatish natijalaridan «Yog’inlar», «Bulutlar», «Havoning namligi», «Ob-havo va uning o’zgarishi», «Iqlim» mavzularini o’rganishda ham foydalaniladi. Eng muximi bu mavzular o’lkashunoslik materiallari asosida o’quvchilar ongiga singdiriladi. Bundan tashqari meteorologik kuzatishlarni olib borishda bevosita qatnashgan o’quvchilar ob-havo elementlarini doimo o’rganib, bilib oladilar, mavzu materiallarini oson o’zlashtiradilar.

Geografiya maydonchasida olib borilgan meteorologik kuzatishlardan amaliy maqsadlarda foydalanishni ko’rsatish muxim axamiyatga ega. Bu o’quvchilarda kasb tanlashga yordam beradi, fanning jamiyat hayotidagi rolini tushunib olishlariga imkon beradi.

Kuzatish natijalari qayta ishlanganda yaqin kunlarda ob–havo qanday bo’lishini oldindan aytib berishga axamiyat beriladi. Buning uchun geografiya xonasi va maydonchasida ob–havoni o’zgarishini bildiruvchi belgilar ilib qo’yiladi. Bu beldilarni taqqoslanadi, ob-havo to’g’risida xulosa chiqarishda biror belgidan emas, ko’pgina belgilar birgalikda kuzatilgandagina amalga oshirish mumkin.



Ma’lumki, qishloq xo’jalik ekinlariga baxorgi va kuzgi sovuq olishlar katta zarar etkazadi. Geografiya maydonchasida quruq va namlangan termometrlar bo’yicha kuzatish olib borilsa, kuzatish natijalariga asoslanib kechasi bo’ladigan sovuq olishlarni oldindan aytish mumkin. Bunda 7-rasmda keltirilgan jadvaldan foydalaniladi. Masalan, quruq termometrning ko’rsatishi 15o, namlangan termometrning ko’rsatishi 11o bo’lsa, jadvaldan bu raqamlarni topib kesishgan katakchada kechasi sovuq bo’lmasligini bilib olamiz. Agar, quruq termometr 10o, namlangan termometr 5o ko’rsatgan bo’lsa jadvaldan ko’rinadiki shu kuni kechasi sovuq bo’ladi. Maktabda issiqxona bo’lsa, baxorda yoki kuzda uning oynalarini kechasi ochib qo’yish yoki berkitib qo’yish to’g’risidagi xulosani yuqoridagi usul yordamida chiqarish mumkin. Bu ma’lumotlardan dehqon va fermer xo’jaliklari xududida joylashgan issiqxonalarda ham foydalanishlari mumkin.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish